"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.8K subscribers
5.75K photos
1.15K videos
3 files
2.42K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Hurmatli isteʼmolchilar!

Oʼzbekistonda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yogʼingarchiliklar sababli, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmoli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, “Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan yopiq gaz uskunalari, xususan, gaz plitalari, isitish va issiq suv uskunalari hamda dudburonlardan foydalanishdan oldin ularga texnik xizmat koʼrsatish kerakligini soʼraydi.

Shuni yodda tutish kerakki, is gazi bilan zaharlanish, yongʼinlar, gaz-havo aralashmasi va boshqa shunga oʼxshash hodisalar bilan bogʼliq favqulodda holatlar koʼpincha qoʼlbola isitish moslamalari (“tarakan” pechkasi, “qozonli pechka”, “sandal”), shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi (ventilyatsiya) va dudburonlar nosozliklar tufayli sodir boʼladi.

“Hududgaztaʼminot” АJ xalqimizni isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʼlish, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilish lozimligi haqida iltimos qiladi.

Аgar sizda gaz taʼminoti bilan bogʼliq muammolar yuzaga kelganda, kecha-kunduz ishlovchi 1104 koll- markaziga, 104 avariya-dispetcherlik xizmatiga, shuningdek, tuman, shahar va viloyat gaz taʼminoti tashkilotlarining telefon raqamlariga murojaat qilishingiz soʼraladi. Shuningdek, siz “Facebook” ijtimoiy tarmogʼining “Gaz taʼminoti muammolari va hal qilish yoʼllari” hamda “Oʼzbekiston uy-joy kommunal xoʼjaligi” ijtimoiy guruhlarida murojaat qoldirishingiz mumkin.

“Hududgaztaʼminot” АJ yurtimizdagi har bir oilaga, har bir xonadonga iliqlik, ezgulik va farovonlik tilaydi.
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIROBOD TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

“Hududgaz Poytaxt” GTFning “Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan Adilxodjayeva ko’chasida joylashgan o’rta bosim D - 89 mm yer usti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 29 - oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ushbu ko’chadagi aholi xonadonlarida hamda 18 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
🌥Yurtimizda kuz faslining so’nggi oyiga ham sanoqli kunlar qoldi. Istaymizmi, yo’qmi kun sayin ob - havoning injiqliklariga duch kelamiz. Havo haroratining sovushi natijasida bizda tabiiy gaz hamda elektr energiyasiga bo’lgan talab tobora ortadi.

✔️Har qanday sharoitda ham baparvolik bilan ish ko’rish yaxshilikka olib kelmaydi. Tabiiy gazdan notoʻgʻri foydalanish oqibatida is gazi va gazdan zaharlanish kabi nohush hodisalar yuzaga kelishi mumkin.

👬Yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishi o’ta xavfli ekanligi haqida gaz ta’minoti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan doimiy ogohlantirilib kelinsa - da, is gazidan zaharlanish holatlari kuzatilmoqda.

🔥Aholida yanada ko’proq tushuncha paydo bo’lishi uchun ayni kunda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari ham tinimsiz mehnat qilmoqda.

✔️“Huquq” gazetasining 2021 - yil 28 - oktabrda chop etilgan 43 - sonida batafsil so’z yuritilgan.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialining Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish hamda Filialning boshqa tegishli boʻlimlari masʼul xodimlari tomonidan joylarda doimiy nazorat - tekshiruvlari oʻtkazilib, isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun mavjud debitor va kreditor qarzdorlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

🔥Tabiiy gazga to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirib borsak, ta’minotchi va iste’molchi o’rtasida tushunarsiz vaziyatlar yuzaga kelmaydi.

✔️“O’zbekiston yoqilg’i va energetikasi” gazetasining 30 – oktabr sanasida chop etilgan sonida “To’lov madaniyatiga rioya qilsak,muammoga duch kelmaymiz” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilingan.

✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Tabiiy gazdan zaharlanish bilan bogʻliq hodisalar asosan kuz - qish mavsumida roʻy berayotganligi sababli, ularning oldini olish maqsadida, aholi orasida doimiy targʻibot - tashviqot ishlari olib boriladi.

Shunday ekan, oʻzimiz va atrofimizdagilarni tabiiy gazdan notoʻgʻri foydalanish, ayniqsa qoʻl bola isitish moslamalaridan foydalanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar nohush oqibatlarga olib kelishidan ogoh boʻlaylik. “Yoshlar” kanalining “Yang davr” informatsion dasturida ana shu haqda so’z yuritildi.

✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
- - - - - - - - - - - - - -
АО "ХУДУДГАЗТАЪМИНОТ" ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!!!
Audio
🔥 Barchamizga yaxshi maʼlumki, gaz oʻta xavfli, portlash xususiyatiga ega boʻlgan yoqilgʻidir. Kundalik hayotimizda tabiiy gazdan har birimiz foydalanamiz.

Agarda gaz qurilmalaridan foydalanish tartib - qoidasini bilsak, koʻngilsiz holatlarni bartaraf etgan boʻlamiz. Bunga beparvolik bilan qarasak, jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tabiiy gazning toʻliq yonmasligi natijasida is gazlaridan zaharlanish holatlari bilan bogʻliq baxtsiz xodisalar sodir boʻlishi mumkin.

📻 ”Mahalla” radiosining “Yangiliklar” dasturida shu haqda eshittirildi.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Tabbiy gaz iste’molchilarimizga bir maromda gaz yetkazib berish oldimizga qo’yilgan ulkan vazifalardan biridir. Gaz ta'minoti tizimida qator kamchiliklar o‘z yechimini topishi kutilmoqda. Jumladan, gaz bosimining pasayishi natijasida so‘nggi nuqtalardagi iste'molchilarni gaz bilan ta'minlash bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi, ko‘p miqdordagi gaz taqsimlash punktlari va gaz quvurlarining qurilishi natijasida yuqori texnologik yo‘qotishlar hamda ulardan foydalanishdagi katta moddiy xarajatlar kabi muammolarga barham beriladi.

✔️Shu munosabat bilan hozirgi kunda Italiya davlatida ishlab chiqarilgan zamonaviy gaz taqsimlash qurilmasi sinov tariqasida Shayxontohur tumanining gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo bo’lgan “Katta hovuz” mahallasiga o’rnatilgan. Bundan tashqari tabiiy gaz sarfini tejashga xizmat qiluvchi tejamkor gaz uskunalari haqida batafsil “Toshkent” telekanalining “Toshkent 24” axborot dasturida efirga uzatildi. Hozir shu haqda.

✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌 Tabiiy gaz haqqini oʻz vaqtida toʻlamasangiz, yangi elektron hisobdon inson omilisiz avtomatik tarzda oʻchadi. Shubhasiz, toʻlovlarni amalga oshirgandan soʻng isteʼmolchilarda hisobdonni qanday yoqamiz, degan savol tugʻilishi tabiiy.

📹 Mazkur videorolikda siz gaz taʼminoti boʻlimi xodimlarini ovora qilmay, oʻzingiz tabiiy gazga ulanishingiz mumkinligi koʻrsatilgan.

🔥"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati