"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.8K subscribers
5.72K photos
1.14K videos
3 files
2.4K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, uni betalofat o’tkazish, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilari xavfsizligini ta’minlash, tabiiy va is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarga barham berish “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining oldida turgan eng dolzarb vazifalaridan biridir. Havo haroratining keskin sovushi natijasida tabiiy gazga bo’lgan talab ortadi. Shunday holatlarda nostandart gaz jihozlaridan foydalanmaslik kerak. Toshkent telekanalining “Toshkent 24” yangiliklar dasturida efirga uzatilgan lavha shu haqida.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YASHNOBOD TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yashnobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Qorasuv” ko’chasida joylashgan yer osti D - 108 mm past bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 22 - oktabr kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar “Qorasuv” ko’chasidagi 4 ta ko’p qavatli uylardagi 84 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Audio
📻 Tabiiy gaz iste’molchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, FVV bilan hamkorlikda Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida targ’ibot – tashviqot ishlari amalga oshirildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad, mavsumni betalofat o’tkazish, is gazidan ehtiyot bo’lishga qaratilgan. Muammolar joyida o’rganilib, mas’ullar tomonidan bartaraf etishga erishilmoqda. “Yoshlar” radiosining “Bugun layf” dasturida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Audio
📻 Kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali bo’lim boshlig’i Mirsobit Mirtolipov ma’lumotlari “O’zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar” dasturida eshittirildi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQАT! Hisoblagichingiz oʼchib qolganda, ushbu👆 rolikdagi yoʼriqnomadan foydalanib, uni yoqishingiz mumkin.
❗️“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati hisoblagichingiz blok holatiga tushib qolmasligi uchun gaz uchun toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirishingizni soʼraydi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Сайлов кодексига кўра, овоз беришда иштирок этган сайловчиларнинг ярмидан кўпининг овозини, яъни 50 фоиздан ортиқ овоз олган номзод Президент этиб сайланган, деб ҳисобланади.
Ушбу маълумотларга таяниб, Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партиясидан номзод Шавкат Миромонович Мирзиёев сайловчиларнинг энг кўп – 80,1 фоиз овозини олиб, ишончли ғалаба қозонганини ва Ўзбекистон Республикаси Президенти этиб сайланганини мамнуният билан маълум қиламиз.

Зайниддин Низомходжаев
Марказий сайлов комиссияси раиси

Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter - Ok.ru - Портал
Audio
📻 Kuz - qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida, tabiiy gaz iste’molchilariga qulaylik yaratish uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida “O’zbekiston 24” radiosining “Muhim mavzudagi muloqot” dasturida mutaxassislarimizning fikrlari eshittirildi.

✔️“Zamonaviy” elektron gaz hisobdonlari bilan bog’liq savollarga ham mutaxassislarimiz batafsil javob berishdi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI OLMAZOR TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

“Hududgaz Poytaxt” GTFning “Olmazortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Qizg’aldoq” mahallasida joylashgan o’rta bosim D - 57 mm yer osti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 27 - oktabr kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar ushbu mahalladagi 105 ta yerli aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Таъмирлаш ишлари сабаб Тошкентнинг қатор туманларида газ ўчирилади

#ЖАМИЯТ

👉 http://darakchi.uz/uz/130672

Darakchi.uz расмий саҳифалари

Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
TABIIY GAZ ISTEʼMOLCHILARI DIQQATIGA!!!

Respublikamizga sovuq havo oqimi kirib kelishi munosabati bilan, isteʼmolchilarda tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj oʻz - oʻzidan ortib boradi. Gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilarni bir meʼyorda hamda uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.
Yuqoridagilarni eʼtiborga olgan holda "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz taʼminoti filiali, Sizdan yongʻin va isitish jihozlari sababli kelib chiquvchi is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida quyidagilarga eʼtibor berishingizni soʻraydi va ogohlantiradi.

Elektr Isitish jihozlaridan uzoq vaqt va uzluksiz foydalanmang;

Qoʻlbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

⚠️Gaz plitasidan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

⚠️Gaz uskunalarini ulashda nostandart rezina shlanglardan foydalanmang;
⚠️Gaz uskunalarini ulashda oʻzboshimchalikga yoʻl qoʻymang albatta gaz idorasidan mutaxassis chaqiring;
Isitish pechlari va moʻrikonlarning sozligini tekshiring yoki mutaxassislarga tekshirtiring;

Moʻrikonlar bekilib qolmaganiga alohida eʼtibor bering;

Koʻp qavatli uylarni vet.kanallari ochiqligiga eʼtibor bering;

Gaz jihozlaridan foydalanishga koʻnikmasi boʻlmagan shaxslar yoki yosh bolalar tomonidan foydalanishga yoʻl qoʻymang;

Gaz jihozlarini yoqilgan holda qarovsiz qoldirmang.

Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda sogʻligʻini asrash oʻz qoʻlingizda!



▶️ Gaz taʼminotida yuzaga kelgan nosozlik va kamchiliklar yuzasidan "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz taʼminoti filialining "Avariya dispetcherlik" xizmatiga (71) 255 - 44 - 27, 255 - 44 - 29, 253 - 56 - 31, "104" va "Call - Markaz" ga bogʻlanish uchun (55) 503 - 28 - 28 raqamlariga murojaat qiling.

Shuningdek, oʻz murojaatlaringizni gaz taʼminoti rahbariyatlariga dispetcherlik boʻlimlari orqali yetkazishingiz ham mumkin.
📞 Murojaat uchun telefonlar:


🏢 🔥"CHILONZORTUMANGAZ " gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 278 - 09 - 99

☎️ (95) 144 - 89 - 03



🏢 🔥"MIROBODTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 254 -15 - 61

☎️ (95) 144 - 89 - 01


🏢 🔥"YAKKASAROYTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 255 - 49 - 59

☎️ (95) 144 - 89 - 05


🏢 🔥"BEKTEMIRTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 295 -14 - 43

☎️ (95) 144 - 89 -11


🏢 🔥"OLMAZORTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 248 - 35 - 48

☎️ (95) 144 - 89 - 08


🏢 🔥"SHAYXONTOHURTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 244 - 39 - 26

☎️ (95) 144 - 89 - 06


🏢 🔥"SERGELITUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 258 - 84 - 33


🏢🔥 "YANGIHAYOTTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (55) 503 - 04 - 98




🏢 🔥"YUNUSOBODTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 212 - 25 - 52

☎️ (95) 144 - 89 - 07


🏢 🔥"MIRZO ULUG‘BEKTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 267 - 46 - 24

☎️ (95) 144 - 89 - 02


🏢 🔥"UCHTEPATUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 274 - 44 - 34

☎️ (95) 144 - 89 - 10


🏢 🔥"YASHNOBODTUMANGAZ" gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmati:

☎️ 104 (24 soat)

☎️ (71) 296 - 39 - 61

☎️ (95) 144 - 89 - 04


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Hurmatli isteʼmolchilar!

Oʼzbekistonda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yogʼingarchiliklar sababli, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmoli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, “Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan yopiq gaz uskunalari, xususan, gaz plitalari, isitish va issiq suv uskunalari hamda dudburonlardan foydalanishdan oldin ularga texnik xizmat koʼrsatish kerakligini soʼraydi.

Shuni yodda tutish kerakki, is gazi bilan zaharlanish, yongʼinlar, gaz-havo aralashmasi va boshqa shunga oʼxshash hodisalar bilan bogʼliq favqulodda holatlar koʼpincha qoʼlbola isitish moslamalari (“tarakan” pechkasi, “qozonli pechka”, “sandal”), shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi (ventilyatsiya) va dudburonlar nosozliklar tufayli sodir boʼladi.

“Hududgaztaʼminot” АJ xalqimizni isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʼlish, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilish lozimligi haqida iltimos qiladi.

Аgar sizda gaz taʼminoti bilan bogʼliq muammolar yuzaga kelganda, kecha-kunduz ishlovchi 1104 koll- markaziga, 104 avariya-dispetcherlik xizmatiga, shuningdek, tuman, shahar va viloyat gaz taʼminoti tashkilotlarining telefon raqamlariga murojaat qilishingiz soʼraladi. Shuningdek, siz “Facebook” ijtimoiy tarmogʼining “Gaz taʼminoti muammolari va hal qilish yoʼllari” hamda “Oʼzbekiston uy-joy kommunal xoʼjaligi” ijtimoiy guruhlarida murojaat qoldirishingiz mumkin.

“Hududgaztaʼminot” АJ yurtimizdagi har bir oilaga, har bir xonadonga iliqlik, ezgulik va farovonlik tilaydi.