"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.81K subscribers
5.69K photos
1.13K videos
3 files
2.39K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHAYXONTOHUR VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan Shayxontohur va Olmazor tumanlaridagi Farobiy, “Toshkent xalqa avtomobil yo’li” ko’chasida joylashgan yuqori bosim gaz taqsimlash punkitini xavfsiz joyga ko’chirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 22 - sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Olmazor tumanidagi “Toshkent xalqa avtomobil yo’li” ko’chasidagi 3 ta yerli xonadon hamda ushbu manzildagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvarda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi 22 - son qaroriga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan jadval hamda ta'riflar bo‘yicha iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari va “zangori olov”dan foydalanish uskunalariga profilaktik xizmat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan. Xususan, “Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limining mas’ullari ham iste’molchilar xonadonida bo’lib, uy ichiga xizmat ko’rsatish barobarida, targ’ibot ishlarini ham olib bormoqda. Ushbu video rolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.


“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
#JARAYON
Gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Chilonzor tumanida 2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, uni betalofat o’tkazish, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida, mahallalardagi gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlanib, rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Xususan, “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti chilangarlari tomonidan “Olmazor” mahallasida,”Qirqqiz”, Lutfiy ko’chalarida, 1 - 5 - 8 - 9 - mazvelardagi gaz quvurlari, quduqlar nazoratdan o’tkazilmoqda. Tumandagi 165 ta gaz taqsimlash punkti to’liq texnik taftishdan o’tkazib bo’lindi, 3 donasi mukammal ta’mirlandi. Yer osti gaz quvurlarining 14,9 km holati tekshirilib, reja - grafikni 100 % ga bajardi.
Natijada, Chilonzor tumani aholisini kuz - qish mavsumida uzluksiz, bir me’yordagi tabiiy gaz bilan ta’minlashga erishiladi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
#JARAYON
KUZ – QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK

2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, uni betalofat o’tkazish, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida, “Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi ishchi xodimlari tomonidan, tuman hududidagi yer osti gaz quvurlarini maxsus apparat yordamida profilaktik tekshiruvdan o’tkazmoqda.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Audio
📻 2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, uni betalofat o’tkazish, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati aholisining ba'zi hududlaridagi aholilarni barqaror tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun yangi gaz tarmog‘i tortib kelingani haqida “Yangihayottumangaz” gaz taminoti bo`limi mutaxassisining fikrlari “O‘zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar” dasturida eshittirildi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati