Sun’iy intellektdan aqlli nazoratgacha. StartupFest tanlovida innovatsion loyihalar taqdim etildi
“Hududgaztaʼminot” AJ tizimida yangi texnologik loyihalarni amalga oshirish, sunʼiy intellektni joriy etish va ish jarayonlarini raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, bu yoʻnalishdagi ishlarga yosh mutaxassislarni jalb qilish, ularning innovatsion gʻoyalarini tizim oldida turgan amaliy vazifalar bilan uygʻunlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda 15-sentyabr kuni “Hududgaztaʼminot” AJda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda StartupFest loyihasining Catalyst dasturi doirasida tanlov oʻtkazildi. Unda yosh startapchilar va dasturchilar gaz taʼminoti sohasidagi dolzarb masalalarga qaratilgan startap loyihalarni ishlab chiqib, ekspertlar hayʼatiga taqdim etdi.
Taqdim etilgan 10 dan ortiq ishlanmalarda isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda sunʼiy intellektdan foydalanish, gaz yoʻqotishlarini aniqlash va ularning oldini olish, xodimlar faoliyatini nazorat qilish, gaz toʻldirish shoxobchalarida aqlli nazorat-kuzatuv tizimini yoʻlga qoʻyish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, GPS texnologiyalaridan foydalanish va logistika jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha yechimlar ilgari surildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻz loyihalarining ishlash mexanizmi, amaliy ahamiyati hamda tizimga joriy etilishi natijasida kutilayotgan samaralar haqida taqdimot oʻtkazdi. Ishlanmalar ekspertlar tomonidan dolzarbligi, samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari asosida baholandi.
Tanlov yakunlariga koʻra, 4 ta ishlanma gʻolib deb topildi. Mazkur loyihalar “Hududgaztaʼminot” AJ tizimida pilot tartibida sinovdan oʻtkaziladi. Sinov natijalariga koʻra o‘z samaradorligini ko‘rsatgan loyihalarga grant mablagʻlari ajratilib, ularni ishlab chiqqan jamoalar bilan hamkorlik davom ettiriladi.
Kelgusida bu kabi loyihalarni yanada kengroq qamrovda oʻtkazish, ularga hududlardagi iqtidorli yoshlar va istiqbolli startap jamoalarini faol jalb etish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, tanlov doirasida taqdim etilgan samarali ishlanmalarni takomillashtirish va gaz taʼminoti tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha ishlar olib boriladi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz

Forwarded from Jahongir Olimov | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ketma-ket boʻlib oʻtgan 10 ta tadbir…
Hech qanday tanaffussiz va hatto tushliksiz davom etgan qariyb 10 soatlik ish vaqti…
Prezidentning Koreyaga tashrifi 1 kuniga nazar tashlasak.
Odatda Oʻzbekiston yetakchisining xorijiy tashriflari juda tigʻiz boʻlib, tadbirlar, uchrashuvlarga boy oʻtadi. Prezidentimiz hech bir tashrifda faqat siyosiy muloqotlar bilangina cheklanib qolmagan. Davlat rahbari har gal oʻsha mamlakatning yirik kompaniyalari, katta biznes egalari bilan shaxsan uchrashadiki, ular Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yanada koʻproq sarmoya kiritsin, texnologiyasini olib kirsin, zavod, fabrika, qoʻshma korxona qursin, pirovardida oʻzimizning qora koʻzlar uchun yangi va yuqori daromadli ish oʻrinlari boʻlsin.
📆 15-sentyabr, Koreya tashrifining 2-kuni. Prezidentimizning ish jadvali shu qadar tigʻiz ediki, shu kuni biz jurnalistlarga ham oson boʻlmasligini erta tongdanoq payqadik. Davlat rahbari 1 kunning oʻzida 10 ta tadbirda ishtirok etdi. Koreya Parlamenti raisi va Bosh vaziri bilan uchrashuv, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida 6 ta qabul, Oʻzbekiston — Koreya biznes forumida qatnashish va eng soʻnggida vatandoshlar bilan muloqot. Tasavvur qiling, ertalab soat 10 larda boshlangan tadbirlar ketma-ket, orada hech qanday tanaffuslarsiz, oʻrni kelganda aytishim kerak, hatto tushliksiz salkam 20:00 ga qadar davom etdi. Nafas rostlashga ulgurmasdik hatto.
🇺🇿 Vatandoshlar bilan muloqot taxminan 18:00 larda boshlandi. Bu vaqtga kelib, tan olaman biz juda toliqqan edik. Ammo oxirgi biznes uchrashuvni yakunlab, ketidan darrov yurtdoshlarimiz bilan muloqot uchun zalga kirib kelgan Prezidentimiz hamon ishchan kayfiyatda edi. Hech qanday mubolagʻasiz aytamanki, davlatimiz rahbarida hayratlanarli darajadagi energiya bor va uning juda yuqori darajadagi TEMPiga chidash oson emas.
⏰ Muloqot boshlanganiga 1 soatlar boʻlganida protokol xizmati rahbari Prezidentga “9 soat boʻldi” dedi past ovozda. Ya’ni davlat rahbari uzliksiz 9 soatdan beri ishlayotgan edi. Shu gapdan keyin ham Oʻzbekiston yetakchisi vatandoshlarimiz bilan 1 soat suhbatlashdi. Va shunda ham ertaga (ya’ni 16-sentyabrda) katta sammit borligi, unga tayyorgarlik koʻrish kerakligini aytgan holda Koreyada yashayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan xayrlashdi.
Ana shunaqa gaplar. Aslida, davlat rahbarining yurt taraqqiyoti yoʻlidagi har bir kunlik faoliyati, har bir xorijiy tashrifi ana shunday betinim oʻtadi. Men faqat bu safargisini batafsil sharhlashga urindim, xolos. Yuqoridagi videoda esa ushbu kun voqealarini 3 daqiqaga sigʻdirish uchun uning 20–30 barobarga qisqartirilgan variantini tomosha qilishingiz mumkin.
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈

#qonunchilikdagi_yangiliklar
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) hamda Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga (TGNHAT) ulangan, masofadan o‘chirish (yoqish) imkoniyatiga ega hisoblagichi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
☑️ elektr energiyasi va tabiiy gazning oylik iste’moli uchun oldindan to‘lanadigan haq miqdori 15 foiz etib belgilandi
(oxirgi ikki oy davomida to‘lov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno);
☑️ elektr energiyasi va gaz sarfi to‘g‘risidagi yozma hisobotlarni hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalariga topshirish majburiyati bekor qilindi.
Iste’molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini elektron tuzish orqali ularni pochta orqali yuborish amaliyoti bekor qilindi.
Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilindi, bundan jinoyat ishi doirasida, inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash (qaytarish) va tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar mustasno.
Moratoriy amal qilish davrida:
☑️ kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi va ushbu huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi;
☑️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkaziladi. Bunda:
♻️ nazorat organlarining oxirgi 3 yillik tekshiruv materiallari joyiga chiqqan holda to‘liq o‘rganib chiqiladi;
♻️ o‘rganish yakunlari bo‘yicha nazorat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘riladi;
♻️ tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
❗️Hurmatli iste’molchilar! Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 16-sentabr kuni soat 10:00 dan 22:00 ga qadar Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 🔹 Mirobod tumani “Tong yulduzi” MFY Sayxun…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Hurmatli iste’molchilar!
2026-yil 17-sentabr kuni Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va texnik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
🔹 Yangihayot tumani
“Yangi Choshtepa” MFY, Uzar ko‘chasi — soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Ta’sir doirasi:
• Aholi iste’molchilari — 35 ta yerli xonadon;
• Ulgurji iste’molchilar — 2 ta.
🔹 Mirzo Ulug‘bek tumani
“Alisherobod” MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasi — soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Ta’sir doirasi:
• Aholi iste’molchilari — 40 ta yerli xonadon;
• Ulgurji iste’molchilar — 4 ta.
Tabiiy gaz ta’minoti ishlar yakunlangach, iste’molchilarga bosqichma-bosqich tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi" biznes sammitida ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства принял участие в бизнес-саммите «Центральная Азия – Республика Корея».
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
—
Глава нашего государства принял участие в бизнес-саммите «Центральная Азия – Республика Корея».
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida barpo etilmoqda. Hamkorlikning maqsadlari mutlaqo ochiq, pragmatik va bunyodkorlik xususiyatiga ega;
📌Asosiy vazifa faqat hamkorlik bo‘yicha erishilgan sur’atni saqlab qolish emas, balki bu muvaffaqiyatlarni yanada yuqori sifat bilan oldinga borishning poydevoriga aylantirishdan iborat;
📌Markaziy Osiyo jahon bozorlaridagi beqarorlikka qaramasdan, 6 foizdan ziyod o‘sish sur’atini namoyish etmoqda. Umumiy yalpi ichki mahsulot hajmi 500 milliard dollardan oshdi;
📌80 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyo ishonch bilan Yevroosiyoning “barqarorlik mintaqasi” va “global bog‘liqlik markazi”ga aylanib bormoqda;
📌Zamonaviy tahdidlarga javoban “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik” deb nomlangan uzoq muddatli konseptual qarashni ishlab chiqish taklif qilindi;
📌Kibertahdidlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini yaratish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish o‘ta muhim;
📌Markaziy Osiyo savdo bo‘yicha xavf-xatar zonalaridan tashqarida joylashgan ishlab chiqarish maydonlariga ega ekani va mahsulotlarga talab tez o‘sib borayotgani bilan Koreya Respublikasi uchun Yevroosiyodagi almashtirib bo‘lmaydigan hamkorga aylanishi mumkin;
📌To‘siqlarni bartaraf etish, sertifikatlash bo‘yicha tartib-taomillarni va mahsulotlarning mahalliy savdo platformalariga o‘zaro kirib borishini soddalashtirish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rish muhim;
📌Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologiya parkini joylashtirishga tayyorlik bildirildi;
📌Hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish iqtisodiy hamkorlikning muhim harakatlantiruvchi kuchi ekani qayd etildi;
📌Muhim minerallar sohasidagi hamkorlik Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida strategik manfaatlarning noyob uyg‘unligini yaratadi. Shu munosabat bilan nodir minerallar bo‘yicha mintaqaviy investitsiyaviy alyansni tashkil etish taklif qilindi;
📌Markaziy Osiyo “yashil” investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish va ishonchli platforma bo‘lishga tayyor. Shu maqsadda Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi bo‘yicha formatni ishga tushirish taklifi bildirildi;
📌Inson kapitalini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirish taklif etildi;
📌O‘zbekiston kelgusi yilda Koreya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi va koreys diasporasining mintaqamizda yashay boshlaganining 90 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini eng yuqori darajada o‘tkazishga tayyor ekani ta’kidlandi.

Ta’mirlash ishlari yakunlandi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aholi iste’molchilariga tabiiy gaz ta’minoti 2026-yil 17-sentabr kuni soat 08:00 da qayta tiklanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi alohida strategik sheriklikni keng ko‘lamli loyihalar va ko‘p milliardlik kelishuvlar bilan to‘ldirdi, Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi muloqotni yangi strategik tashabbuslar bilan boyitdi.
—
Государственный визит Президента нашей страны в Республику Корея наполнил особое стратегическое партнерство масштабными проектами и многомиллиардными соглашениями, обогатил диалог Центральной Азии и Кореи новыми стратегическими инициативами.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
—
Государственный визит Президента нашей страны в Республику Корея наполнил особое стратегическое партнерство масштабными проектами и многомиллиардными соглашениями, обогатил диалог Центральной Азии и Кореи новыми стратегическими инициативами.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
Forwarded from Mirobod tumani hokimligi | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Inoqobod” mahallasida gaz quvurini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
“Inoqobod” mahallasi Sayxun ko‘chasida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti tashkiloti Mirobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan diametri 426 mm bo‘lgan gaz quvurining kompressorini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan zarur texnik ishlar bajarilib, gaz tarmog‘ining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar olib borilmoqda.
✅ Facebook 🌐 Instagram📹 Youtube 🌐 Web-site
“Inoqobod” mahallasi Sayxun ko‘chasida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti tashkiloti Mirobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan diametri 426 mm bo‘lgan gaz quvurining kompressorini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan zarur texnik ishlar bajarilib, gaz tarmog‘ining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Hurmatli iste’molchilar
“Hududgazta’minot” AJ hududiy filiallarining rasmiy Telegram sahifalari orqali siz:
➤ o‘zingiz yashayotgan hududdagi tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha yangiliklar
➤ gazdan xavfsiz va tejamkor foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
➤ reja-grafiklar, e’lonlar va ogohlantirishlar
➤ olib borilayotgan ta’mirlash hamda modernizatsiya ishlari haqida doimiy va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Hududiy gaz ta’minoti filiallari Telegram manzillari:
• “Hududgaz Andijon” GTF
• “Hududgaz Buxoro” GTF
• “Hududgaz Farg‘ona” GTF
• “Hududgaz Jizzax” GTF
• “Hududgaz Namangan” GTF
• “Hududgaz Navoiy” GTF
• “Hududgaz Poytaxt” GTF
• “Hududgaz Qashqadaryo” GTF
• “Hududgaz Qoraqalpog’iston” GTF
• “Hududgaz Samarqand” GTF
• “Hududgaz Sirdaryo” GTF
• “Hududgaz Surxondaryo” GTF
• “Hududgaz Toshkent” GTF
• “Hududgaz Xorazm” GTF
❗️O‘z hududingizdagi filialning Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va eng muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘lib boring

#startupfest #HGT_AI
“Hududgaztaʼminot” AJda StartupFest tanlovi o’tkazildi
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
“Hududgaztaʼminot” AJda StartupFest tanlovi o’tkazildi
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
Forwarded from StartupFest
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
#infografika
Bugungi kunda “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan 4,5 milliondan ortiq isteʼmolchi tabiiy gaz, shuningdek, 3,8 millionga yaqin iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
2026-yilning yanvar–avgust oylari davomida suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga jami 352 ming tonnadan ortiq suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berildi. Suyultirilgan gaz mahsulotlarini yetkazib berish hududiy gaz taʼminoti filiallari balansidagi 886 ta maxsus avtotransport vositalari orqali amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, oʻtgan yil mobaynida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan suyultirilgan gaz taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida 8,6 ming dona qo‘shimcha maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Qolaversa, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 48 ta maxsus avtotransport vositalari xarid qilinib, foydalanishga topshirildi.
Suyultirilgan gaz taʼminotida shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida, gaz ballon yetkazib berilganda qabul qilib olgan xonadon egasini yuzini identifikatsiya qilish orqali tasdiqlash – Face ID tizimi yoʻlga qoʻyildi.
💬 Facebook |👉 Telegram |▶️ YouTube |📷 Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qildik. Sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqdik.
Raqamli muhit shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori kasbiy mas’uliyat talab etiladi. Jamoatchilik uchun muhim axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyor bo‘lish, OAV bilan konstruktiv hamkorlik qilish hamda axborot ochiqligi va xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha tahliliy o‘rganish natijalarini ko‘rib chiqdik. Jurnalistlar va jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilish asosiy vazifa, bu ishning sifati esa faoliyat samaradorligining bosh mezoni ekani ta’kidlandi. Muhokama yakunida takliflarni umumlashtirib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldik.
Ertaga seminarda sun’iy intellektdan oqilona va samarali foydalanish, raqamli vositalar yordamida kontent tayyorlash, axborotni tahlil qilish va kommunikatsiya jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan taqdimotlar bo‘lib o‘tadi. Maqsadimiz – axborot xizmatlarining bilim va tajribasini boyitish, jamoatchilik bilan ochiq, ishonchli va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdir.
—
Сегодня в санатории Федерации профсоюзов «Севарсой» в Ташкентской области провели открытый диалог с руководителями информационных служб государственных органов и организаций в рамках учебно-практического семинара «Деятельность информационной службы: анализ, опыт и развитие». Критически проанализировали работу в этой сфере, рассмотрели существующие проблемы и приоритетные задачи.
В условиях стремительных изменений цифровой среды от информационных служб требуются оперативность, инициативность и высокая профессиональная ответственность. Особое внимание уделили своевременному, точному и понятному донесению общественно значимой информации, заблаговременной подготовке к возможным кризисным ситуациям, конструктивному сотрудничеству со СМИ и обеспечению баланса между информационной открытостью и безопасностью.
Рассмотрели результаты аналитического изучения деятельности информационных служб. Было подчеркнуто, что открытое взаимодействие с журналистами и общественностью – их главная задача, а качество этой работы – основной критерий оценки их эффективности. По итогам обсуждения договорились обобщить прозвучавшие предложения и разработать конкретный план мер по их реализации.
Завтра на семинаре состоятся презентации, посвящённые рациональному и эффективному использованию искусственного интеллекта, созданию контента с помощью цифровых инструментов, анализу информации и совершенствованию коммуникационных процессов. Наша цель – расширить знания и обогатить опыт специалистов информационных служб, выстроить открытый, доверительный и эффективный диалог с общественностью.
Facebook|Instagram|X