Sun’iy intellektdan aqlli nazoratgacha. StartupFest tanlovida innovatsion loyihalar taqdim etildi
“Hududgaztaʼminot” AJ tizimida yangi texnologik loyihalarni amalga oshirish, sunʼiy intellektni joriy etish va ish jarayonlarini raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, bu yoʻnalishdagi ishlarga yosh mutaxassislarni jalb qilish, ularning innovatsion gʻoyalarini tizim oldida turgan amaliy vazifalar bilan uygʻunlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda 15-sentyabr kuni “Hududgaztaʼminot” AJda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda StartupFest loyihasining Catalyst dasturi doirasida tanlov oʻtkazildi. Unda yosh startapchilar va dasturchilar gaz taʼminoti sohasidagi dolzarb masalalarga qaratilgan startap loyihalarni ishlab chiqib, ekspertlar hayʼatiga taqdim etdi.
Taqdim etilgan 10 dan ortiq ishlanmalarda isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda sunʼiy intellektdan foydalanish, gaz yoʻqotishlarini aniqlash va ularning oldini olish, xodimlar faoliyatini nazorat qilish, gaz toʻldirish shoxobchalarida aqlli nazorat-kuzatuv tizimini yoʻlga qoʻyish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, GPS texnologiyalaridan foydalanish va logistika jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha yechimlar ilgari surildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻz loyihalarining ishlash mexanizmi, amaliy ahamiyati hamda tizimga joriy etilishi natijasida kutilayotgan samaralar haqida taqdimot oʻtkazdi. Ishlanmalar ekspertlar tomonidan dolzarbligi, samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari asosida baholandi.
Tanlov yakunlariga koʻra, 4 ta ishlanma gʻolib deb topildi. Mazkur loyihalar “Hududgaztaʼminot” AJ tizimida pilot tartibida sinovdan oʻtkaziladi. Sinov natijalariga koʻra o‘z samaradorligini ko‘rsatgan loyihalarga grant mablagʻlari ajratilib, ularni ishlab chiqqan jamoalar bilan hamkorlik davom ettiriladi.
Kelgusida bu kabi loyihalarni yanada kengroq qamrovda oʻtkazish, ularga hududlardagi iqtidorli yoshlar va istiqbolli startap jamoalarini faol jalb etish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, tanlov doirasida taqdim etilgan samarali ishlanmalarni takomillashtirish va gaz taʼminoti tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha ishlar olib boriladi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz

Forwarded from Jahongir Olimov | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ketma-ket boʻlib oʻtgan 10 ta tadbir…
Hech qanday tanaffussiz va hatto tushliksiz davom etgan qariyb 10 soatlik ish vaqti…
Prezidentning Koreyaga tashrifi 1 kuniga nazar tashlasak.
Odatda Oʻzbekiston yetakchisining xorijiy tashriflari juda tigʻiz boʻlib, tadbirlar, uchrashuvlarga boy oʻtadi. Prezidentimiz hech bir tashrifda faqat siyosiy muloqotlar bilangina cheklanib qolmagan. Davlat rahbari har gal oʻsha mamlakatning yirik kompaniyalari, katta biznes egalari bilan shaxsan uchrashadiki, ular Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yanada koʻproq sarmoya kiritsin, texnologiyasini olib kirsin, zavod, fabrika, qoʻshma korxona qursin, pirovardida oʻzimizning qora koʻzlar uchun yangi va yuqori daromadli ish oʻrinlari boʻlsin.
📆 15-sentyabr, Koreya tashrifining 2-kuni. Prezidentimizning ish jadvali shu qadar tigʻiz ediki, shu kuni biz jurnalistlarga ham oson boʻlmasligini erta tongdanoq payqadik. Davlat rahbari 1 kunning oʻzida 10 ta tadbirda ishtirok etdi. Koreya Parlamenti raisi va Bosh vaziri bilan uchrashuv, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida 6 ta qabul, Oʻzbekiston — Koreya biznes forumida qatnashish va eng soʻnggida vatandoshlar bilan muloqot. Tasavvur qiling, ertalab soat 10 larda boshlangan tadbirlar ketma-ket, orada hech qanday tanaffuslarsiz, oʻrni kelganda aytishim kerak, hatto tushliksiz salkam 20:00 ga qadar davom etdi. Nafas rostlashga ulgurmasdik hatto.
🇺🇿 Vatandoshlar bilan muloqot taxminan 18:00 larda boshlandi. Bu vaqtga kelib, tan olaman biz juda toliqqan edik. Ammo oxirgi biznes uchrashuvni yakunlab, ketidan darrov yurtdoshlarimiz bilan muloqot uchun zalga kirib kelgan Prezidentimiz hamon ishchan kayfiyatda edi. Hech qanday mubolagʻasiz aytamanki, davlatimiz rahbarida hayratlanarli darajadagi energiya bor va uning juda yuqori darajadagi TEMPiga chidash oson emas.
⏰ Muloqot boshlanganiga 1 soatlar boʻlganida protokol xizmati rahbari Prezidentga “9 soat boʻldi” dedi past ovozda. Ya’ni davlat rahbari uzliksiz 9 soatdan beri ishlayotgan edi. Shu gapdan keyin ham Oʻzbekiston yetakchisi vatandoshlarimiz bilan 1 soat suhbatlashdi. Va shunda ham ertaga (ya’ni 16-sentyabrda) katta sammit borligi, unga tayyorgarlik koʻrish kerakligini aytgan holda Koreyada yashayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan xayrlashdi.
Ana shunaqa gaplar. Aslida, davlat rahbarining yurt taraqqiyoti yoʻlidagi har bir kunlik faoliyati, har bir xorijiy tashrifi ana shunday betinim oʻtadi. Men faqat bu safargisini batafsil sharhlashga urindim, xolos. Yuqoridagi videoda esa ushbu kun voqealarini 3 daqiqaga sigʻdirish uchun uning 20–30 barobarga qisqartirilgan variantini tomosha qilishingiz mumkin.
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈

#qonunchilikdagi_yangiliklar
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) hamda Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga (TGNHAT) ulangan, masofadan o‘chirish (yoqish) imkoniyatiga ega hisoblagichi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
☑️ elektr energiyasi va tabiiy gazning oylik iste’moli uchun oldindan to‘lanadigan haq miqdori 15 foiz etib belgilandi
(oxirgi ikki oy davomida to‘lov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno);
☑️ elektr energiyasi va gaz sarfi to‘g‘risidagi yozma hisobotlarni hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalariga topshirish majburiyati bekor qilindi.
Iste’molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini elektron tuzish orqali ularni pochta orqali yuborish amaliyoti bekor qilindi.
Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilindi, bundan jinoyat ishi doirasida, inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash (qaytarish) va tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar mustasno.
Moratoriy amal qilish davrida:
☑️ kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi va ushbu huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi;
☑️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkaziladi. Bunda:
♻️ nazorat organlarining oxirgi 3 yillik tekshiruv materiallari joyiga chiqqan holda to‘liq o‘rganib chiqiladi;
♻️ o‘rganish yakunlari bo‘yicha nazorat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘riladi;
♻️ tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz