O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik tarixida muhim bosqich bo‘ldi. Nihoyatda sermazmun dastur ilk daqiqalardanoq O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga nisbatan samimiy mehmondo‘stlik, yuksak ehtirom va chuqur hurmat ruhida o‘tdi.
Tashrifning markaziy voqeasi Prezident Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan muzokaralar bo‘ldi. Yetakchilar ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga bo‘lgan qat’iy intilishlarini tasdiqladilar.
Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik va Bosh vazir Xan Son Suk bilan uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari belgilab olindi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston – Koreya biznes forumi, qo‘shma loyihalarni ishga tushirish hamda davlatimiz rahbarining Janubiy Koreya biznesi gigantlari va eng yirik moliya institutlari rahbarlari bilan o‘tkazgan qator amaliy uchrashuvlari muhim o‘rin egalladi. Jumladan, Koreya Eksimbanki, Lotte, Hyundai, KIA, Rotem, Shinhan, KIND, KIGAM, KIRAM va Inchxon xalqaro aeroporti korporatsiyasi rahbarlari bilan muzokaralar O‘zbekistonda yirik investitsiyaviy va yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun yangi istiqbollarni ochdi.
Tashrifning eng muhim iqtisodiy natijasi misli ko‘rilmagan hujjatlar to‘plami – biznes forum yakunlari bo‘yicha 12 milliard dollarlik investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy bitimlar hamda Koreya Eksimbanki bilan 8 milliard dollarlik sheriklik dasturining qabul qilinishi bo‘ldi.
Ushbu kelishuvlar ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va to‘liq yuqori texnologik ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ularning amalga oshirilishi zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Bugun tashrif dasturi Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi ishtiroki bilan davom etadi. Bunday formatda ilk bor Markaziy Osiyoning besh davlati va Koreya Respublikasi yetakchilari bir maydonda jam bo‘ladi. Ushbu tarixiy voqea ko‘p yillik mintaqalararo muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, unga tizimli va uzoq muddatli tus berish hamda tinchlik, innovatsiyalar va umumiy farovonlik yo‘lida yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“9 soat”ning siri nimada?
“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…
Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”
Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.
Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.
Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.
Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.
“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham “ehhe” devorasiz.
Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.
Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.
Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.
Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.
Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.
Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.
Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?
Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».
Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.
"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".
9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.
Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.
“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.
9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.

Sun’iy intellektdan aqlli nazoratgacha. StartupFest tanlovida innovatsion loyihalar taqdim etildi
“Hududgaztaʼminot” AJ tizimida yangi texnologik loyihalarni amalga oshirish, sunʼiy intellektni joriy etish va ish jarayonlarini raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, bu yoʻnalishdagi ishlarga yosh mutaxassislarni jalb qilish, ularning innovatsion gʻoyalarini tizim oldida turgan amaliy vazifalar bilan uygʻunlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda 15-sentyabr kuni “Hududgaztaʼminot” AJda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda StartupFest loyihasining Catalyst dasturi doirasida tanlov oʻtkazildi. Unda yosh startapchilar va dasturchilar gaz taʼminoti sohasidagi dolzarb masalalarga qaratilgan startap loyihalarni ishlab chiqib, ekspertlar hayʼatiga taqdim etdi.
Taqdim etilgan 10 dan ortiq ishlanmalarda isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda sunʼiy intellektdan foydalanish, gaz yoʻqotishlarini aniqlash va ularning oldini olish, xodimlar faoliyatini nazorat qilish, gaz toʻldirish shoxobchalarida aqlli nazorat-kuzatuv tizimini yoʻlga qoʻyish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, GPS texnologiyalaridan foydalanish va logistika jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha yechimlar ilgari surildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻz loyihalarining ishlash mexanizmi, amaliy ahamiyati hamda tizimga joriy etilishi natijasida kutilayotgan samaralar haqida taqdimot oʻtkazdi. Ishlanmalar ekspertlar tomonidan dolzarbligi, samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari asosida baholandi.
Tanlov yakunlariga koʻra, 4 ta ishlanma gʻolib deb topildi. Mazkur loyihalar “Hududgaztaʼminot” AJ tizimida pilot tartibida sinovdan oʻtkaziladi. Sinov natijalariga koʻra o‘z samaradorligini ko‘rsatgan loyihalarga grant mablagʻlari ajratilib, ularni ishlab chiqqan jamoalar bilan hamkorlik davom ettiriladi.
Kelgusida bu kabi loyihalarni yanada kengroq qamrovda oʻtkazish, ularga hududlardagi iqtidorli yoshlar va istiqbolli startap jamoalarini faol jalb etish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, tanlov doirasida taqdim etilgan samarali ishlanmalarni takomillashtirish va gaz taʼminoti tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha ishlar olib boriladi.