"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.18K subscribers
6.93K photos
1.33K videos
3 files
2.81K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Koreyadagi vatandoshlar bilan suhbatlashdi.

Глава нашего государства побеседовал с соотечественниками в Корее.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️ Hurmatli iste’molchilar!
Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 14-sentabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Sergeli tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilari:

“Xalqobod” MFY, Qo‘yliq-5 mavzesi — 23 ta ko‘p qavatli uy, 746 ta xonadon;
“Madaniyat” MFY, Qo‘yliq-5 mavzesi — 18 ta ko‘p qavatli uy, 518 ta xonadon;
“Birdamlik” MFY, Qo‘yliq-6 mavzesi — 14 ta ko‘p qavatli uy, 436 ta xonadon;
“Shukrona” MFY, Qo‘yliq-7 mavzesi — 11 ta ko‘p qavatli uy, 424 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar:
22 ta.

Tabiiy gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlangach, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

"Hududgaz Poytaxt" GTF
Matbuot xizmati
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Seulning markaziy ko‘chalari hamda Seul minorasi mamlakatimiz bayrog‘i va davlat ramzlari bilan burkandi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi e’lon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — “The Chosun Daily”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.

Maqolada qayd etilganidek

🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;

🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;

🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;

🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;

🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.

Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.

“Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi”.


Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.

Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.

“...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan”.


Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

“Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman”- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.


🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.

Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔎 Toshkent shahrida yer osti gaz quvurlarida qo‘shimcha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida yer osti gaz quvurlarining texnik holatini o‘rganish, gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq ehtimoliy holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish maqsadida qo‘shimcha nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda.

🤝 Tadbirlar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali, Toshkent shahar hokimligi, “Veolia Energy Tashkent”, “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ hamda “O‘zenergoinspeksiya” mas’ullari hamkorligida olib borilmoqda.

🛠 Nazorat jarayonida maxsus mobil laboratoriya hamda VARIOTEC uskunasi yordamida yer osti gaz quvurlari tekshirilmoqda. Aniqlangan gaz sizib chiqishi holatlari va boshqa kamchiliklar mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etilmoqda.

📊 Bugungi kunda Toshkent shahrida foydalanishdagi gaz quvurlarining umumiy uzunligi 8 923,1 kmni tashkil etadi. Shundan 2 266,7 km qismi yer osti gaz quvurlaridir.

Jumladan:
🔹 204,9 km — yuqori bosimli;
🔹 805,6 km — o‘rta bosimli;
🔹 1 256 km — past bosimli gaz quvurlari.

📍 Mazkur nazorat tadbirlari poytaxtning barcha tumanlarida davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Seuldagi “Chong Va De” saroyida Prezidentimizni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Во дворце «Чонг Ва Дэ» в Сеуле прошла церемония официальной встречи Президента нашей страны.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
❗️Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 15-sentabr kuni Yangihayot tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

🔹 Yangihayot tumani
“Yangi Darxon” MFY — soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Ta’sir doirasi:

• Aholi iste’molchilari — 68 ta yerli xonadon;
• Ulgurji iste’molchilar — 2 ta.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
❗️Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 16-sentabr kuni soat 10:00 dan 22:00 ga qadar Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

🔹 Mirobod tumani

“Tong yulduzi” MFY Sayxun ko‘chasidagi yer usti o‘rta bosimli zulfin va kompensatorning korroziyaga uchraganligi sababli ularni yangisiga almashtirish ishlari olib boriladi.

Ta’sir doirasi:

Aholi iste’molchilari:
“Tong yulduzi” MFY — 14 ta ko‘p qavatli uy, 2 100 ta xonadon va 350 ta yerli xonadon;
“Inoqobod” MFY — 7 ta ko‘p qavatli uy, 600 ta xonadon va 450 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar: “Tong yulduzi” va “Inoqobod” MFYlar — 8 ta.

🔹 Yashnobod tumani

Ta’sir doirasi:

Aholi iste’molchilari:
“Yangi davr” MFY — 15 ta ko‘p qavatli uy, 400 ta xonadon va 470 ta yerli xonadon;
“Nodira” MFY — 250 ta yerli xonadon;
“Donishmand” MFY — 5 ta ko‘p qavatli uy, 240 ta xonadon va 320 ta yerli xonadon;
“Hosiyat” MFY — 8 ta ko‘p qavatli uy, 384 ta xonadon va 180 ta yerli xonadon;
“Assalom havo” turar joy majmuasi — 10 ta ko‘p qavatli uy, 480 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar: “Yangi davr”, “Nodira”, “Donishmand” va “Hosiyat” MFYlari — 48 ta.

Tabiiy gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich tiklanadi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу со Спикером Национальной Ассамблеи Республики Корея Чо Чжон Шиком.

#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #parlament

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz