"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.18K subscribers
6.93K photos
1.33K videos
3 files
2.82K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с ходом строительства Национального музея Узбекистана и созидательной работой, проводимой в Алмазарском районе столицы. Глава нашего государства также проведет видеоселекторное совещание по изучению исполнения задач по повышению доходов населения на примере Алмазарского района.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish avvalida bugungi murakkab sharoitda har bir tuman va mahallaning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, qo‘shimcha qiymat, investitsiya va yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirishga yangicha yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Poytaxt tumanlarining har biri o‘z salohiyatidan kelib chiqib, aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashishi lozimligi qayd etildi.

Xususan, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarida Toshkentga kirib kelayotgan yuklarni saralash, qadoqlash, taqsimlash va yetkazib berishga ixtisoslashgan yirik logistika majmualarini tashkil etish uchun katta imkoniyat bor.

Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida zamonaviy biznes va moliyaviy markazlarni ko‘paytirish orqali 2 milliard dollarlik kapital bozorini shakllantirish hamda 20-25 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

Olmazor, Chilonzor va Uchtepada esa ta’lim, tibbiyot, savdo va servis sohalarida kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 15-20 mingta ish o‘rni yaratish salohiyati mavjud.

Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda Toshkent shahrida investorlar bilan ishlash tizimi samaradorligi ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda poytaxtning 12 ta tumani bo‘yicha 9 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Biroq ayrim hududlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Investorlarning masalalarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal qilish uchun alohida ish tizimi joriy etilishi belgilandi. Respublika va shahar darajasidagi mas’ullar har hafta tumanlarga chiqib, tadbirkor va investorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini tezkor hal qiladi.

Yuqori darajada yechim talab qiladigan masalalar bo‘yicha shu kunning o‘zida asoslangan takliflar tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Mazkur tartib yil oxiriga qadar alohida nazoratda ishlaydi.

Kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
Olmazor tumanida mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yil boshidan tumandagi 9 ta ko‘cha biznes, aholi va sayyohlar uchun jozibador hududga aylantirildi. Bu borada Qichqiriq mahallasidagi o‘zgarishlar yaxshi natija bergani qayd etildi.

Ilgari infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan hududda qisqa vaqt ichida 450 o‘rinli bog‘cha, sport maydonchalari, sayilgoh, amfiteatr, piyodalar yo‘lagi va favvoralar barpo etildi. Natijada 5,5 ming nafar aholi uchun yashash va dam olish sharoiti sezilarli darajada yaxshilandi.

Ushbu tajribani kengaytirib, Olmazorda yana 8 ta ko‘chada, poytaxtning qolgan 11 ta tumanida esa kamida 3-4 tadan ko‘chada shu kabi ishlar boshlanishi belgilandi.

Toshkent shahridagi 100 ta ko‘chani kompleks yangilash uchun 1 trillion so‘m ajratilgan. Shuningdek, 400 ta mahallani “Qichqiriq” namunasi asosida obod qilish bo‘yicha 4 yillik, 10 trillion so‘mlik dastur ishlab chiqiladi.

Har bir tumanda qaysi ko‘cha va mahallada, qachon va qanday o‘zgarish bo‘lishi aniq belgilab olinib, mahalliy kengashlarda muhokama qilinishi va aholiga ochiq e’lon qilinishi zarurligi ta’kidlandi.

Facebook|Instagram|X
Poytaxtning tarixiy qismi – Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi.

Xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1-noyabrga qadar mazkur hududni rivojlantirish bo‘yicha yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfelini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda poytaxtdagi davlat idoralariga tegishli binolardan samarali foydalanish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Bugun Toshkentda umumiy maydoni 765 ming kvadrat metr bo‘lgan 497 ta ma’muriy bino mavjud.

Davlat tashkilotlarini maqbul tarzda joylashtirish, bo‘sh va samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, servis, xususiy tibbiyot va ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Mas’ullarga davlat idoralari binolarini xatlovdan o‘tkazib, maqbul maydonlarni tadbirkorlarga kafolatli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangi investitsiya va biznes loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Birgina Olmazor tumanining o‘zida qiymati 100 milliard so‘m bo‘lgan 52 ta davlat obyekti savdoga chiqarilmoqda. Ularni tayyor biznes loyihalari bilan birga tadbirkorlarga taklif etish budjet tushumlari va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, aholining ko‘proq piyoda yurishi, sport bilan shug‘ullanishi va ochiq havoda dam olishi uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Qichqiriq mahallasida 2,5 kilometr soybo‘yi hududida ekosayilgoh va 12,5 kilometr piyodalar yo‘lagi tashkil etilgan. Bu aholi orasida ertalab badantarbiya qilish va kechqurun piyoda sayr qilish odatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Poytaxtdagi kanal va katta ariqlar bo‘yini aholi uchun ochiq va xavfsiz sayr hududiga aylantirish taklif qilindi. Jumladan, Bo‘zsuv kanalining Shahidlar xotirasi xiyobonidan Chilonzor tumanigacha bo‘lgan qismida 20 kilometrlik uzluksiz piyodalar yo‘lagini tashkil qilish imkoniyati mavjud.

Bu borada bir oy ichida alohida loyiha ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
Mahallalarda kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarini savdo va servis faoliyatiga moslashtirish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu bilan birga, Toshkent shahrida biznes boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 100 million so‘mdan 200 million so‘mga oshiriladi.

Olmazor tumanida ushbu imkoniyatlardan foydalanib, joriy yilning o‘zida 300 nafar yangi tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va 1 mingta ish o‘rni yaratish belgilandi. Mazkur tajribani poytaxtning boshqa tumanlariga ham kengaytirib, yil yakunigacha 20 ming nafar aholini daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Miskin va Ibrohim ota mahallalari hududidagi 305 gektar sanoat zonasida 504 ta tadbirkorlik obyekti mavjud. Ularning aksariyati 1-2 qavatli binolarda joylashgani sababli hududning iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.

Bu yerda ish o‘rinlarini hozirgi 35 mingtadan 100 mingtaga, eksport hajmini esa 600 million dollarga yetkazish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbirkorlarga sanoat ipotekasi, kredit va lizing kabi qulay moliyaviy instrumentlarni taklif etib, sanoat hududida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan yangi loyihalar boshlanishi belgilandi.

Facebook|Instagram|X
🧐Xabaringiz bor, joriy yilning 3-sentyabr kuni Glinka ko‘chasida yer ostidan o‘tgan gaz quvuridan sizib chiqish oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan edi.

Bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Toshkent shahar hokimligi topshirig‘iga asosan maxsus ishchi guruh tuzildi. Uning tarkibiga “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlarining tajribali mutaxassislari jalb etildi. Ishlarga zarur maxsus texnikalar ham biriktirildi.

Bugungi kunga qadar o‘rta bosimli gaz quvurlarida 4 ta, past bosimli quvurlarda esa 6 ta gaz sizib chiqish holati aniqlanib, barcha nosozliklar tezkor ravishda bartaraf etildi.

Ayni paytda Glinka ko‘chasida ta’mirlash va tiklash ishlari yakunlanib, yo‘l avtomobillar harakati uchun to‘liq ochildi.

Shu bilan birga, “Hududgazta’minot” AJ va boshqa mutasaddi tashkilotlarning mobil laboratoriyalari tomonidan ko‘chaga tutash hududlardagi muhandislik tarmoqlari ehtimoliy gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash maqsadida kompleks tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Mazkur ishlar kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda shahar infratuzilmasining barqaror va ishonchli ishlashiga qaratilgan.

Vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan munosabatda bo’lgan aholi va haydovchilarga minnatdorlik bildiramiz. Tekshiruvlar natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etib boriladi.



🧐Как известно, 3 сентября текущего года на улице Глинки произошла вспышка в результате утечки из подземного газопровода.

В целях недопущения повторения подобных случаев по поручению хокимията города Ташкента была создана специальная рабочая группа. В её состав вошли опытные специалисты ИП ООО "Veolia Energy Tashkent," ООО "Ташкентское городское водоснабжение," газоснабжающего филиала "Худудгаз Пойтахт" и районных отделов газоснабжения. К работам также была привлечена необходимая специальная техника.

На сегодняшний день выявлено 4 случая утечки газа в газопроводах среднего давления и 6 — в газопроводах низкого давления, все неисправности были оперативно устранены.

В настоящее время ремонтно-восстановительные работы на улице Глинки завершены, и дорога полностью открыта для движения автотранспорта.

Наряду с этим мобильные лаборатории АО "Худудгазтаъминот" и других ответственных организаций проводят комплексную проверку инженерных сетей на прилегающих к улице территориях с целью выявления возможных утечек газа.

Данные работы направлены на предотвращение возможных аварийных ситуаций в будущем, обеспечение безопасности населения, а также на стабильное и надёжное функционирование городской инфраструктуры.

Выражаем благодарность жителям и водителям, которые с пониманием отнеслись к временным неудобствам. Дополнительная информация по результатам проверок будет предоставляться по мере их завершения.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

“Dolzarb 40 kunlik” doirasida shahardagi 2 ming kilometr ariq chiqindilardan tozalandi, 500 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi.

Elektr ta’minotida muammo bo‘lgan 114 ta mahallada transformatorlar yangilanib, 443 tasi ta’mirlandi. 600 kilometr elektr tarmog‘i almashtirilib, 2,5 mingta yoritish ustuni soz holatga keltirildi.

Noqonuniy iste’molning oldini olish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bir oyda poytaxtda 11 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 10 million kub metr tabiiy gaz tejaldi. Elektr va gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qariyb 1 foizga kamaytirishga erishildi.

Mutasaddilarga noqonuniy qurilmalarni aniqlash, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash ishlarini tizimli davom ettirish topshirildi.

Olmazor misolida ko‘rib chiqilgan vazifalar poytaxtning barcha tumanlariga birdek tegishli ekani qayd etildi.

Yakunda poytaxt tumanlari hokimlari va boshqa rahbarlarning axboroti tinglandi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_xabar

Yunusobod tumanida tabiiy gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish hamda gaz ta’minoti tizimida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Yunusobod tumani “Turkqo‘rg‘on”, “U. Shirin”, “Jomiy”, “Yangiariq” va “Iftixor” MFYlari, Akmal Po‘lat ko‘chasidagi isteʼmolchilarda vaqtincha to‘xtatilgan tabiiy gaz ta’minotini tiklash ishlari 12-sentabr kuni soat 08:00 gacha davom etadi.

Shuningdek, mazkur ishlar doirasida Olmazor tumanidagi Miskin va Marvarid ko‘chalarida joylashgan 370 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri tumanlarini rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития районов города Ташкента, увеличения инвестиций и повышения занятости, а также создания современной инфраструктуры в махаллях.

#Mirziyoyev #videoselektor #Toshkent #Olmazor

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM