"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.18K subscribers
6.99K photos
1.33K videos
3 files
2.84K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
📢 “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun, 8-sentyabr kuni MTRK Media markazi binosida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda jamiyat Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, boshqarma boshliqlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🎥 Matbuot anjumani “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Yashnobod tumani Jarqoʻrgʻon koʻchasidagi oʻrta bosimli yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida 8-sentyabr 12:00 dan Mirobod tumani "Oq uy", "Fayzobod" va "Qorasuv" MFYlaridagi 1400 ta yerli xonadon, va koʻp qavatli uylardagi 80 ta xonadonda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng taʼminot qayta tiklanadi.
Toshkent shahar Yashnobod tumani “Yangi davr” MFY Jarkurg‘on ko‘chasidagi yer osti o‘rta bosimli gaz quvurining kompensator qismida gaz sizib chiqishi aniqlandi.

2026-yil 8-sentabr kuni soat 18:30 dan boshlab quyidagi tabiiy gaz iste’molchilari gaz ta’minotidan vaqtincha to‘xtatildi.

Avariya holatini bartaraf etish ishlari yakunlangach, iste’molchilar ogohlantirilib, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yashnobod tumani aholi iste’molchilari:

• “Yangi davr” MFYda 15 ta ko‘p qavatli uy – 400 ta xonadon va yerli xonadonlar – 470 ta;
• “Nodira” MFYda yerli xonadonlar – 250 ta;
• “Donishmand” MFYda 5 ta ko‘p qavatli uy – 240 ta xonadon va yerli xonadonlar – 320 ta;
• “Hosiyat” MFYda 8 ta ko‘p qavatli uy – 384 ta xonadon va Izzat ko‘chasidagi yerli xonadonlar – 180 ta;
• “Assalom Havo” turar majmuasida 10 ta ko‘p qavatli uy – 480 ta xonadon.

Mirobod tumani aholi iste’molchilari:

• “Oq uy” MFYda yerli xonadonlar – 680 ta;
• “Fayzobod” MFYda yerli xonadonlar – 720 ta;
• “Qorasuv” MFYda 20 ta ko‘p qavatli uy – 80 ta xonadon.

Sergeli tumani aholi iste’molchilari:

• “Qo‘yliq-5” mavzesida 48 ta ko‘p qavatli uy – 2 840 ta xonadon;
• “Qo‘yliq-6” mavzesida 10 ta ko‘p qavatli uy – 520 ta xonadon;
• “Qo‘yliq-7” mavzesida 8 ta ko‘p qavatli uy – 484 ta xonadon;
• “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY Nufuzli ko‘chasida yerli xonadonlar – 220 ta.
❗️ Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 9-sentabr kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha Yunusobod tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

🔹 Yunusobod tumani

“Xalqobog’ ” MFY, 16-mavze hududidagi 1, 2, 4, 5, 10 va 28-sonli ko‘p qavatli uylar iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’sir doirasi:
🏢 Ko‘p qavatli uylar — 8 ta
👨‍👩‍👧‍👦 Xonadonlar — 500 ta

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича в формате «тет-а-тет» и с участием официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич подписали Совместную декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. В присутствии лидеров состоялась церемония обмена двусторонними документами.

#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X