"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.17K subscribers
6.99K photos
1.34K videos
3 files
2.84K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
#rasmiy_xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanining Glinka ko‘chasida yuz bergan hodisa haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari tomonidan hududdagi gaz tarmoqlari oʻrganildi. Mazkur hududdan yuqori bosimli gaz quvuri oʻtmagani hamda sodir boʻlgan hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan bogʻliq emasligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, oʻrganishlar davomida gaz sizib chiqishi bilan bogʻliq holatlar aniqlanmadi.

Ayni paytda hodisa sabablarini aniqlash va uning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlar olib borilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining quyidagi hududlariga 4-sentyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari
:
“Alisherobod” MFY Anay buloq, Alisherobod, Jo‘shqin, Nihol, Yangi tong va Yangi avlod ko‘chalaridagi 5 ta ko‘p qavatli uy va 643 ta yerli xonadon.
“Yangi Avayxon” MFY Qorasuv-6 dahasidagi 42 ta ko‘p qavatli uylardagi 2769 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar: Ushbu hududlardagi 38 ta ulgurji iste’molchilar

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani “Oʻrta masjid” mahallasida gaz taʼminoti xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan bildirilgan murojaat oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro gaz hisoblagichini almashtirish masalasida murojaat qilgan. Masʼul xodimlar tomonidan ushbu masala yuzasidan tushuntirish berilgan.

Murojaatda qayd etilgan holat yuzasidan fuqaro bilan muloqot qilgan xodimlar ishtirokida suhbat oʻtkazildi. Ularga tasdiqlanmagan yoki notoʻgʻri talqin qilinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni bermaslik, har bir hujjatning mazmun-mohiyatini isteʼmolchiga batafsil tushuntirish hamda u bilan tanishish uchun yetarli imkoniyat yaratish zarurligi qatʼiy tushuntirildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentyabrdagi PQ–4840-son qarori doirasida aholi xonadonlariga elektron gaz hisoblagichlarini oʻrnatish ishlari yakunlangan. Vazirlar Mahkamasining 430-son qaroriga muvofiq, markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulangan va tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlmagan koʻp qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlarini uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga oʻrnatish belgilangan.
Forwarded from Rasmiy axborot
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda

📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.

📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.

👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.

❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.

CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.


Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 7-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Bektemir tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Tabiiy gaz ta’minoti “Zabardast” Ziyokor, Parkent trakt, Bog’i eram ko‘chalari iste’molchilar uchun vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’sir doirasi:

Aholi iste’molchilari — 190 ta yerli xonadon;
Ulgurji iste’molchilar — 1 ta.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями.

#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yangihayot tumanidagi “Yangihayot” MFY hududidan o‘tgan yer osti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi holati aniqlandi.

Ayni vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan quyidagi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:

🔹 “Yangihayot” MFY hududidagi 12 ta ko‘p qavatli uy — 462 ta xonadon.

Avariya holati to‘liq bartaraf etilgach, iste’molchilar oldindan ogohlantirilgan holda tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati