"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.12K subscribers
6.78K photos
1.3K videos
3 files
2.75K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
🔹 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda

“Hududgaz Poytaxt” GTF hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlarida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Tayyorgarlik ishlari doirasida gaz taqsimlash tarmoqlari, gaz taqsimlash punktlari hamda mavjud gaz infratuzilmasining texnik holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, eskirgan uskunalarni yangilariga almashtirish va gaz tarmoqlarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, gaz ta’minotining barqaror, uzluksiz va xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Barcha ishlar belgilangan reja asosida, mutaxassislarning doimiy nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
❗️ Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash va texnik ishlar tufayli 2026-yil 4-sentabr kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

🔹 Sergeli tumani

“Qubaytepa” MFY Sadiy ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari munosabati bilan soat 10:00 dan 17:00 gacha:

Aholi iste’molchilari:
• “Qubaytepa” MFY Sadiy ko‘chasidagi yerli xonadonlar — 356 ta.

Ulgurji iste’molchilar:
12 ta.

🔹 Bektemir tumani

“H. Bayqaro” MFY Yu. Chirchiq ko‘chasida joylashgan gaz taqsimlash punktini yangisiga almashtirish ishlari munosabati bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha:

Aholi iste’molchilari:
• Yu. Chirchiq ko‘chasidagi yerli xonadonlar — 12 ta;
• Yu. Chirchiq ko‘chasidagi 2-, 3-, 77-sonli ko‘p qavatli uylardagi — 116 ta xonadon.

🔹 Yangihayot tumani

“Chortoq” MFY Gulzor 6-tor ko‘chasidagi aholi xonadonlarini gaz ta’minoti tizimini 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazish hamda gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari munosabati bilan soat 11:00 dan 16:00 gacha:

Aholi iste’molchilari:
• “Chortoq” MFY Gulzor ko‘chasidagi yerli xonadonlar — 38 ta.

Ulgurji iste’molchilar:
3 ta.

Ta’mirlash va texnik ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#rasmiy_xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanining Glinka ko‘chasida yuz bergan hodisa haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari tomonidan hududdagi gaz tarmoqlari oʻrganildi. Mazkur hududdan yuqori bosimli gaz quvuri oʻtmagani hamda sodir boʻlgan hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan bogʻliq emasligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, oʻrganishlar davomida gaz sizib chiqishi bilan bogʻliq holatlar aniqlanmadi.

Ayni paytda hodisa sabablarini aniqlash va uning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlar olib borilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining quyidagi hududlariga 4-sentyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari
:
“Alisherobod” MFY Anay buloq, Alisherobod, Jo‘shqin, Nihol, Yangi tong va Yangi avlod ko‘chalaridagi 5 ta ko‘p qavatli uy va 643 ta yerli xonadon.
“Yangi Avayxon” MFY Qorasuv-6 dahasidagi 42 ta ko‘p qavatli uylardagi 2769 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar: Ushbu hududlardagi 38 ta ulgurji iste’molchilar

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF