German Pathway
218 subscribers
101 photos
90 videos
31 files
111 links
Germaniya sari...
Download Telegram
Forwarded from Aziz Rahimov
chanqoqning cho‘qqisi suvni rohatli qiladi

ochlikning cho‘zilishi ovqatni shirin qiladi

mehnatda charchash damda vijdonni tinch qo‘yadi

yolg‘onsiz pul topish uyquni xotirjam qiladi

uzoq muddatda erishish yutuqni qadrli qiladi

hissiyotlarni tashqaridan qidiramiz

asli ularning manbasi ichimizda bo‘ladi
https://youtu.be/zfOYKSK_3xo?si=IS_B8GsDH7IIf3BO

Vaqt bölganida körish kerak.(turmush qurgan, qurmaganlar hamma)
Alhamdulillah.
Forwarded from Mirabbos Mirsidikov MD
26-mart kuni Bundestag ga yangi qaror loyihasi kiritilgandi va u endi tasdiqlandi. Unga köra 3-dunyo davlatlaridan kelgan doktorlarning diplomini tezroq tan oldirish uchun diplomning haqiqiyligi va undagi fanlar va ularning soatlari tekshirib ötirilmaydi, balki tög’ridan-tög’ri Kenntnisprüfung ga Termin beriladigan böldi.

Yaxshi tomoni: bizning davlatdan kelgan diplomlarni oylab tekshirib, shundoq ham Kenntnisprüfung topshirishga majbursiz deyishardi, endi esa oylab kutilmaydi, balki darrov Termin berishadi.

Yomon yangilik: bu qonunni notögri tushunganlar: endi bizning diplom ham Kenntnisprüfung siz tan olinadigan böldi deb öyladhgandir. Afsuski, imtihonsiz ilojisi yöq.

Keyingi yaxshi yangilik mendan: havotir olmang, hamma topshirgan, siz ham topshira olasiz 💪

Mirabbos Mirsidikov
Forwarded from Mirabbos Mirsidikov MD
Mirabbos Mirsidikov MD
26-mart kuni Bundestag ga yangi qaror loyihasi kiritilgandi va u endi tasdiqlandi. Unga köra 3-dunyo davlatlaridan kelgan doktorlarning diplomini tezroq tan oldirish uchun diplomning haqiqiyligi va undagi fanlar va ularning soatlari tekshirib ötirilmaydi,…
Real qaraganda, imtihon qiyinlashdi. Buning asosiy sabablari quyidagilar:
Nima uchun qiyinlashdi?
Qattiq vaqt bosimi (Eng katta qiyinchilik): Oldin ko‘p joylarda anamnez, ko‘rik va hisobot uchun umumiy 45–60 daqiqa berilar edi. Endi anamnez va fizik ko‘rik uchun jami 20 daqiqa, hisobot (Bericht) yozish uchun esa 30 daqiqa qat’iy chegara qo‘yildi,. 20 daqiqa ichida chet tilida ham to‘liq anamnez yig‘ish, ham bemorni ko‘rikdan o‘tkazish juda katta tezlikni talab qiladi.
Yozma hisobotning baholanishi: Oldin yozma hisobot ko‘proq og‘zaki suhbat uchun asos bo‘lib xizmat qilardi. Endi uning tuzilishi, mantiqiyligi va tibbiy to‘g‘riligi rasman yakuniy bahoga ta’sir qiladi. 30 daqiqada tushunarli va tizimli Arztbrief yozishga ulgurish kerak,.
Komissiyadagi noaniqlik: Oldin aniq 1 ta terapevt (Innere), 1 ta xirurg (Chirurgie) va 1 ta qo‘shimcha fan bo‘lardi. Endi 3 ta imtihon oluvchidan faqat 1 tasi Innere yoki Chirurgie bo‘lishi shart, qolgan 2 tasi boshqa klinik sohalardan bo‘lishi mumkin,. Bu oldindan qaysi fanlarga ko‘proq urg‘u berishni taxmin qilishni qiyinlashtiradi.
Muloqot va amaliy yondashuv: Nazariyani yodlab aytib berish yetarli emas — bemor, uning yaqinlari va tibbiy xodimlar (masalan, hamshiralar) bilan professional muloqot qilish ham alohida baholanadi,,.
Qaysi tomoni osonlashdi (yoki aniqroq bo‘ldi)?
Standartlashtirish: Barcha federal yerlar (Bundesländer) uchun majburiy mavzular ro‘yxati bir xil qilindi. Imtihonda nimalar tushishi qonunan aniq belgilab qo‘yildi.
Klinik mantiq: Quruq nazariy faktlardan ko‘ra ko‘proq amaliy klinik fikrlashga (tashxisni asoslash, dori tanlash, bemorni yo‘naltirish) urg‘u beriladi,.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy bilim hajmi deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa-da, vaqt limiti (20+30 daqiqa) va yozma hisobotning baholanishi hisobiga imtihondan o‘tish amaliy jihatdan murakkablashdi.

Videoga havola: http://www.youtube.com/watch?v=_JU5hYASsSg

Havotir olmanglar. Maqsad imtihondan yiqitish emas, hammani bitta routine ga tushirish va shu orqali keyinchalik klinikada ishlashni tezlashtirish.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Why?
Why not?
Why not you?
Why not now?
Instagram akkauntini qayta deaktivatsiya qildim. Sabab noma'lum. Balki foydalanishni bilmayman. Har safar qayta aktivlashtirib, doimiy kerak boʻlganda ishlataman deb oʻylayman. Baribir boʻlmadi.
📍Signal Iduna Park

Randomni omadimiz kelib sharf yutib oldim. 20 daqiqa kutdik shu barabanni aylantirish uchun. Nemislar ham tekin narsadan qolmas ekan, 7 yoshdan 70 yoshgacha navbatda turdi.😂

Yutuq faqat koʻk katakda edi)
#Statistika

Bundesärztekammer (Germaniya Federal shifokorlar palatasi) 31.12.2025 holatiga ko'ra Germaniyadagi shifokorlar 👨‍⚕️👩‍⚕️ haqidagi statistikani e'lon qilgan ekan.

Unga ko'ra, Germaniyada ro'yxatga olingan O'zbekiston fuqaroligiga ega shifokorlar soni 287 nafarga yetgan. Ulardan 263 nafari shifokorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda.

O'tgan yilgi ko'rsatkich 252 nafar edi. Demak, bir yil ichida ularning soni 35 nafarga yoki 13,9 foizga oshgan. Ularga faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Germaniyada shifokor sifatida ishlash uchun Approbation yoki Berufserlaubnis talab qilinadi. Hali bu ruxsatnomalarni olmagan, diplomini tan oldirish yoki imtihonlarga tayyorgarlik jarayonida bo'lgan yurtdoshlarimiz ushbu statistikaga kiritilmagan. Tez orada ular ham imtihonlardan o'tib, shifokorlik faoliyatini boshlashlariga tilakdoshmiz. Balki tez orada Germaniyadagi özbekistonlik shifokorlar soni 500 nafardan ham oshib qolar.

Bundan tashqari, statistikada shifokorlarning kelib chiqishi emas, balki fuqaroligi asos qilib olingan. Ya'ni O'zbekistondan kelib, allaqachon Germaniya fuqaroligini olgan shifokorlarimiz bu statistikaga qöshilmagan.

Manba: Bundesärztekammer, Ärztestatistik 2025, Tabelle 10.

@uzDeutschland
Oilangdan uzoqdasan. Aniqrog‘i, boshqa mamlakatda, o‘z ona yurtingdan minglab kilometr olisda.

Bu yerda sen hayotni deyarli noldan (0) ham boshlamaysan. Balki minusdan boshlaysan.

Tasavvur qil, dunyoga yangi kelgan chaqaloqni olaylik. Uning yonida ota-onasi bor, mehr beradigan yaqinlari, boshpana bo‘ladigan oilasi bor. U hayotni noldan boshlaydi, chunki uning tayanchi bor.

Ammo sen-chi?

O‘z yurtingda sen kimningdir farzandisan, kimningdir ukasi yoki akasisan. Kimdir seni kutadi, kimdir sendan xabar oladi, kimdir qoqilsang qo‘lingdan tutadi.

Begona yurtda esa ko‘pincha faqat o‘zingga tayanishing kerak.

Yangi til, yangi muhit, yangi odamlar, yangi qonun-qoidalar. Hammasini qaytadan o‘rganasan. O‘zingga joy topasan, hayotingni qurishga harakat qilasan. Bularning barchasini esa yaqinlaringning yordamisiz uddalashga majbursan.

Eng qiyini — yiqilganingda seni ko‘taradigan qo‘llar uzoqda ekanini his qilish.

Shuning uchun chet elda erishilgan kichik bir yutuq ham oddiy yutuq emas. Uning ortida qancha sabr, sog‘inch, yolg‘izlik va ko‘zga ko‘rinmaydigan kurashlar bor.

Chunki sen shunchaki noldan boshlamayapsan. Sen minusdan turib, o‘z nulingni yaratishga harakat qilyapsan.

Ikrom Hafizov

09.11.26
Germaniya
Oʻtgan kuni tugʻilgan kunim edi. Shu bilan birga dam olish kunim ham. Kollegalar shunga qaramay sovgʻa tayyorlab qoʻygan ekan, bugun berishdi🤩.
Hörenlarizni tekshirib koʻring)😂
Qaysi tilni örganishingizdan qat’iy nazar, mahalliy aholidek gapira olish uchun quyidagi usullarni qöllang (tajribamdan ötgan):

- badiiy kitob öqish (söz boyligini oshirish)

- bir kinoni qayta qayta körish: maqsad dialoglarni yodlab yuborish. Savolni oxirigacha eshitmasdan, javob qaytarishdagi gapning boshlang’ich sözlari avtomatik keladigan bölib qoladi.

- radio eshitish (eshitsa, eshitmasa ham xonada doim yoqib qöyish)

- mahalliy aholidan olingan podcast eshitish

- sherik topib gaplashish

- mahalliy seriallarni körish (gollivudning nemischaga tarjima qilingan emas, masalan, nemis tili uchun nemislar özi suratga olgan seriallarni körish)

- atrofingizdagi barcha narsalarni chet-tiliga özgartirish: computer, telefon va ijtimoiy tarmoq

Sizda yana qanday usul mahalliy aholidek gapirishga yordam bergan?

Mirabbos Mirsidikov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM