Psixolog || Bonu Bakhodirovna
28 subscribers
1.38K photos
1.15K videos
22 files
199 links
Download Telegram
Aloqalarning yakun topishidan uncha taʼsirlanmayman.
     Aloqalarni qay tarzda yakun topishi meni ko‘p o‘ylantiradi.
     Ochiq ko‘ngil bilan tugasin, deyman.
     Yaqin insonni safarga kuzatib qo‘yishdek.
     Jang maydonida ajralayotgan ikki raqibdek emas.


@psixolog0611
👏2
Odamlar odatda qalb va aqldagi fikrlarni oʻqiy olmaydi.
Biz oʻylagan narsani umuman xayoliga ham keltirmagan boʻlishi mumkin.

Shunga nima xohlayotganimizni ochiq aytishimiz kerak.

Agar aytmasak va u tushunmasa, undan oʻpkalab yurish durust emas.

@psixolog0611
Ilm dushman erur kibri borlarga,
U nasib etmagay ko‘ngli torlarga.
Yomg‘ir to‘planolmas tog‘ cho‘qqisida,
Suv hech oqib bormas baland joylarga.

@psixolog0611
Xotirjam uxlamoq baxtning yarmidir,
Qolgan yarmi esa, tongda uyg‘onmoq.


@psixolog0611
1


"Илм уч қаричдан иборат:
- Ким (илмда) бир қарич илдамласа, кибрланади.
- Ким икки қарич илдамласа, камтар бўлади.
- Ким уч қарич илдамласа, (ҳали ҳеч нарсани) билмаслигини тушуниб етади".


"Илм талаб қилувчиларнинг одоби"дан
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 21-apreldagi 153-sonli buyrug’i bilan “Kelajak” markazlarining umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi o’quvchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha maktab maslahatchisi faoliyatini tashkil etish to’g’risida"gi Nizomga asosan Namangan viloyati Chortoq tumani 45-sonli maktab maslahatchisi Sobirova Xurshidabonu tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videolavha...
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Namangan viloyati “Kelajak markazi” vakillari teatrda

Namangan viloyatida xodimlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda “Kelajak markazi” vakillari, tuman (shahar) markazlari direktorlari hamda maktab maslahatchilari Namangan viloyati musiqali drama teatri sahnasida namoyish etilgan “Usmon Nosir” spektaklini tomosha qildilar.

Tadbir davomida viloyat “Kelajak markazi” direktori Sh.Ortiqov so‘zga chiqib, teatr san’ati xodimlarning madaniy-estetik didini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi hamda jamoalar o‘rtasida “teatr kunlari”ni yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi.
👍1
Harakat mukammallikdan muhimroq

Ko‘pchilik harakatni boshlash o‘rniga, mukammal bo'lishni izlaydi. Sizda hech qachon to‘liq ma’lumot bo‘lmaydi. Shunga qaramay qaror qilishingiz kerak. Tezroq harakat qilishingiz kerak. Bitta model hamma vaziyat uchun ishlamaydi. Shuning uchun sizga bir nechta “mental model”lar kerak. Masalan, samaradorlik uchun 3 ta oddiy model:
1. Ikki daqiqa qoidasi: agar ish 2 daqiqadan kam vaqt olsa - darhol qil
2. Ivy Lee usuli: ertaga qilinadigan eng muhim 6 ta ishni yozib, tartib bilan bajar
3. Seinfeld strategiyasi: har kuni qiladigan odating uchun kalendarga belgi qo‘y, uzluksizlikni saqla

Ularning hech biri mukammal emas. Lekin birga ishlatilsa, kuchli tizim hosil qiladi:
- biri boshlashga yordam beradi
- biri rejalashga yordam beradi
- biri davom etishga yordam beradi

p.s. Dinimiz ham 23 yilda mukammal bo'lgan...

@psixolog0611
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak markazi”da 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari maktab maslahatchisi hamrohligida faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, ajdodlar xotirasini e’zozlash, faxriylarni qadrlash va tinchlikning qadriga yetish mavzularidagi chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Mazmunli tashkil etilgan ushbu tadbir o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔥1
Yaratgan Egamdan ko‘z yosh bilan so‘raganlaringiz kechikyaptimi?

​Demak, siz kutayotgan o‘sha narsa ilohiy bir nafosat bilan bezatilmoqda. Sabr qiling, u yanada go‘zallashmoqda, mukammallashmoqda...

Zotan, Mehribon Zot hech birimizga zulm qilmaydi.

U bizga eng yomonini emas, eng xayrlisini — aynan munosib vaqtda hadya etadi.

Qalbingizni xotirjam qiling, kutilgan kunning tarovati kutilganidan-da go‘zal bo‘ladi.


@psixolog0611
👍2
Ey Rabbim! Menga bir fayz-i qanoat ber-ki,
Nomardga emas hatto mardga aylama muhtoj.

@psixolog0611
👍2
Bir hakimdan so'rashdi:
"Tanballikdan zararliroq narsa bormi?"

Hakim javob berdi:
"Noto'g'ri joyda qilingan tirishqoqlik"

@psixolog0611
Бахт кeлмайди — уни яратиш кeрак.
Кимдир кeлиб ҳаётингизни ўзгартириб қўйишини кутманг. Ўша “кимдир” сизнинг ўзингизсиз.


Мавлоно Жалолиддин Румий
Eng kuchlilarni ham sindirishgan;
Eng yaxshilarga ham xiyonat qilishgan;
Eng aqllilar ham adashishgan;
O‘ta ishonchi balandlar ham-shubhalanishgan;
Matonatlilar ham qulagan;
Tajribalilar ham ojiz qolgan;
Bardoshlilar ham-ortga chekingan;

Hayot tarbiya borasida juda qaysar!
Ayniqsa, faqat o‘ziga, “o‘z qobiliyatlari, aqli va tajribasiga” haddan ziyod suyanadiganlarga nisbatan…

Aslida, bizniki bo‘lgan hech narsa yo‘q!
Har bir muvaffaqiyat, har bir natija-Uning rahmati va bir vaqtning o‘zida sinovi hamdir
Qanday yo‘l tutasiz?
Kibrlanasizmi?
Yoki aksincha, Uning huzurida o‘zingizni yanada ojizroq his qilasizmi?

Mana shu sinovda koʻpincha qoqilamiz…

Alloh qalbimizni isloh qilsin…

@psixolog0611
👍1
Бир ўқитувчи болаларга иншо ёздириб, имтиҳон қилмоқчи бўлибди ва улардан ўзларининг орзулари ҳақида ёзишни буюрибди. Бир шароити оғир ўқувчи болалигидан унинг катта яйлови бўлишини, унда чопиб юрган отлари ва катта отхонаси бўлишини орзу қилишини ёзибди.
Устоз:
— Бу камбағал бола қандай қилиб бунча нарсани орзу қила олади? Ҳолбуки, дафтарини ҳам ижтимоий кўмак маркази олиб бераётган бўлса, — деб унга жуда паст баҳо қўйибди.
Шундан сўнг устоз ҳалиги ўқувчига яна бир бор иншони ўзгартириб, қайта ёзиш ва баҳосини кўтариб олишини таклиф қилибди.
Ўқувчи эса:
— Устоз, баҳойингиз ўзингизда қолаверсин. Мен орзуларим билан қоламан, — деб жавоб берибди.
Ва келажакда у орзу қилган нарсаларининг барчасига эришибди.

@psixolog0611
👍1
... voz kechma, balki bir duolik masofa qolgandir. 🌷🌷🌷

@psixolog0611
🏅 YANA BIR XALQARO E’TIROF

Chortoq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining maktab maslahatchisi Sobirova Xurshidabonu Bahodir qizi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovning 20-mavsumida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

📚 “Scientific Academy” ilm-ma’rifat markazi hamda “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan nashr etilgan ilmiy maqolasi asosida u “O‘Z KASBINING FIDOYISI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🌟 Ushbu yutuq — ilm-fanga bo‘lgan qiziqish, izlanish va kasbga sadoqatning munosib e’tirofidir.

👏 Sobirova Xurshidabonu Bahodir qizini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

💐 Muvaffaqiyatingiz bardavom bo‘lsin!
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM