Farm effekt_Vop
245 subscribers
85 photos
12 videos
6 files
14 links
O'zingiz va oila a'zolaringiz isteʼmol qiladigan dorilar haqida nimalarni bilasiz? Bu kanalda bilib olasiz!

Faqatgina siz-u bizga kerakli dorilar!!!


Murojaat va takliflar uchun👇
@PediatrUz_7
Download Telegram
#Ensefabol suspenziya
#Энсефабол суспензия

💊DORI SHALI : 👇

Ichga qabul qilish uchun suspenziya ( suyuqlik ko'rinishida ).

💊TARKIBI : 👇

Piritinol digidroxlorid moddasi.

💊TA'SIRIGA KO'RA 👇

Nootrop vosita .


💊QO'LLANILISHI 👇

-- Bosh miya faoliyatini patologik pasaygan funksiyasini oshiradi.
-- Xotira buzilishida, diqqatni va e'tiborni bir joyga jamlay olmaslik holatlarida va fikrlash qobiliyati susayganda buyuriladi.
-- Motivatsiya kuchini pasayishida ,
-- Boshqa serebrovaskulyar kasalliklarda qo'llaniladi.

Yosh bolalarda esa : 👇

-- Nerv psixik buzilishlarda qo'llaniladi.
-- Qo'rqish oqibatidagi yosh bolalarda kuzatilgan duduqlanishda yaxshi vosita.


💊QO'LLASH USULI 👇

Kattalarga 2 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish buyuriladi.

3 kunlik chaqaloqlarga kuniga 1 ml dan beriladi.

1 yosh va 1 yoshdan katta bolalarga kuniga 0,5 - 1 choy qoshiqdan kuniga 1 - 3 martagcha ichirish mumkin.

7 yosh va undan katta bolalarga kuniga 1- 2 choy qoshidan 1 - 3 martagacha ichirish mumkin.


🔴NOJO'YA TA'SIRI 👇

-- Ko'ngil aynish , qusish , diareya
-- Teri toshmasi va teri qichishishi
-- Uyquni biroz buzilishi


QO'LLASH MUMKINMAS 👇

-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Surunkali revmatoid artrit kasalligida mumkin emas.
-- Og'ir qon kasalliklarida mumkin emas.
-- Og'ir jigar va buyrak kasalliklarida mumkin emas.
-- Autoimmun kasalliklarda mumkin emas.
-- Sistemali qizi bo'richa kasalligida mumkin emas ( СКВ ).




🔰ADMIN MASLAHATI 👇

💥Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan mumkin. Shifokor bilan maslahat qiling albatta.

💥Yana bir ma"lumot shuki , instruksiyasida yozilmagan holati bor. Bu yosh bolalarda hayoti davomida qo'rquv natijasida yoki boshqa sabab bo'lib duduqlanish holatida yoki so'zlashishning , nutqning buzilishi holatida bolaga ichiriladi. Amaliyotda yaxshi samara beryapti.

💥Preparat tugilganiga endi 3 kun bo'lgandan keyin qabul qilish buyuriladi. Yani chaqaloq tug'ilgach 3 kundan keyin buyursa bo'ladi.



💉Qo'llash -- retsept bilan.


@Farmeffekt_Vop