Muxlisbek_Qurbonov_O_zimdan_Ortolmayapman_Hech_O_zimdan_Ortol
<unknown>
🎼 O'zimdan ortolmayapman
🎤 Muxlisbek Qurbonov
✍ Farhod Mo'min.
🎤 Muxlisbek Qurbonov
✍ Farhod Mo'min.
👍3
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini!
Xazonlar qoplasa ko'ngil
bog'ini
Armon yemirganda sabr tog'ini
Dard bilang sinasang sinagin ammo
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Dunyosi qorong'u bo'lganda ko'zga
Zaboni aylanmas bironta so'zga
Dardini bilmaydi o'zidan o'zga
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Taqdir azal deymiz azaldan azal
Asli farzand bilan bu hayot go'zal
Endi og'zi oshga yetgan bir mahal
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Bu armon bag'rini ketganda o'yib
Ota ona ketar dunyodan to'yib
Jonu jahonini tuproqqa qo'yib
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Farzand tobutini ko'targan odam
Qabristonga tashlar qandoq bir qadam
Dunyoni o't olib ketganda kunda ham
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Bu dardga bandasi topmagan davo
Bu kunda yurakka yetmaydi havo
Hatto dushmanga ham ko'rmaslar ravo
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Ko'z oldida o'sgan ko'zi qorasi
Bir kunda yo'qolsa jigar porasi
Ojiz qolar ekan topmay chorasi
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Tunlar tushlariga kirganda bir bor
Ayting bu holatga qanday izoh bor
Otayu onani yig'latib zor zor
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
O'ylasa qabrda yotgan zorini
Endi qaytib kelmas bolajonini
Sendan zor yolvorib so'rayman faqat
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 30.01.2026 yil.
Xazonlar qoplasa ko'ngil
bog'ini
Armon yemirganda sabr tog'ini
Dard bilang sinasang sinagin ammo
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Dunyosi qorong'u bo'lganda ko'zga
Zaboni aylanmas bironta so'zga
Dardini bilmaydi o'zidan o'zga
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Taqdir azal deymiz azaldan azal
Asli farzand bilan bu hayot go'zal
Endi og'zi oshga yetgan bir mahal
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Bu armon bag'rini ketganda o'yib
Ota ona ketar dunyodan to'yib
Jonu jahonini tuproqqa qo'yib
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Farzand tobutini ko'targan odam
Qabristonga tashlar qandoq bir qadam
Dunyoni o't olib ketganda kunda ham
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Bu dardga bandasi topmagan davo
Bu kunda yurakka yetmaydi havo
Hatto dushmanga ham ko'rmaslar ravo
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Ko'z oldida o'sgan ko'zi qorasi
Bir kunda yo'qolsa jigar porasi
Ojiz qolar ekan topmay chorasi
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
Tunlar tushlariga kirganda bir bor
Ayting bu holatga qanday izoh bor
Otayu onani yig'latib zor zor
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini
O'ylasa qabrda yotgan zorini
Endi qaytib kelmas bolajonini
Sendan zor yolvorib so'rayman faqat
Hech kimga ko'rsatma farzand dog'ini.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 30.01.2026 yil.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum azizlar. Boshlangan yangi kuningiz hayrli boʻlsin.
O'lgunimcha!
Yoshing ellikdan oshib
Sochinga tushsa qirov
Yoningda tursa yana
Men emas boshqa birov
Yoshlikdagi sevgimiz
Bir yodga olarmisan
Uzoqlarga termulib
Jimgina qolarmisan
Sevmading sevolmading
Meni to o'lguningcha
Yonimda bo'lolmading
Bo'ldimku bo'lgunimcha
Ayrildik ayting nechun
Bilmadim kimlar uchun
Men hamon yolg'izlikda
Bir o'zim qoldim bugun
Begona bo'ldi yorim
Bilmadi ohu zorim
Yoki men devonaman
Yoki sen bo'lding zolim
Yoshligim qoldi qayda
Yerdami yoki oyda
Men seni asrab keldim
Qalb degan o'sha joyda
Sendami menda xato
Bermaysan endi sado
O'rtada bo'lib ketdi
Begunoh ishqim ado
Kutmading kelgunimcha
Bo'ldimku bo'lgunimcha
Men sevib yashaymanda
Seni to o'lgunimcha.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 30.01.2026 yil.
Yoshing ellikdan oshib
Sochinga tushsa qirov
Yoningda tursa yana
Men emas boshqa birov
Yoshlikdagi sevgimiz
Bir yodga olarmisan
Uzoqlarga termulib
Jimgina qolarmisan
Sevmading sevolmading
Meni to o'lguningcha
Yonimda bo'lolmading
Bo'ldimku bo'lgunimcha
Ayrildik ayting nechun
Bilmadim kimlar uchun
Men hamon yolg'izlikda
Bir o'zim qoldim bugun
Begona bo'ldi yorim
Bilmadi ohu zorim
Yoki men devonaman
Yoki sen bo'lding zolim
Yoshligim qoldi qayda
Yerdami yoki oyda
Men seni asrab keldim
Qalb degan o'sha joyda
Sendami menda xato
Bermaysan endi sado
O'rtada bo'lib ketdi
Begunoh ishqim ado
Kutmading kelgunimcha
Bo'ldimku bo'lgunimcha
Men sevib yashaymanda
Seni to o'lgunimcha.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 30.01.2026 yil.
👍1
Hayot!
Sichqon sig'mas iniga
G'alvir boylab dumiga
Gapni katta gapirgan
Ishonarkan kimiga
Dengiz suvi sho'r bo'lar
Kibr ko'zi ko'r bo'lar
Zo'rman deya kerilma
Bilsang zo'rdan zo'r bo'lar
Eshshakka qo'ysang egar
Ot bo'lmaydi hech safar
O'zingda bo'lavergin
Chindan mard bo'lsang agar
It hurar, o'tar karvon
Manzilga yetar karvon
Osmonlarga chiqsa ham
Bir uchi yerda narvon
Kimlar kimni sotibdi
Ortidan tosh otibdi
Sendan ancha zo'rlar ham
Yer tagida yotibdi
Mansab, obro', nishona
Har bandaga peshona
Yiqilsang goh jigardan
Yaqin bo'lar begona
Kim osmonda oy ekan
Kim hammadan boy ekan
Borar yeri oqibat
Qabr degan joy ekan
Shunday ekan bu hayot
Tunday ekan bu hayot
Ko'z ochib yumguncha, bir
Zumday ekan bu hayot
Yo'l bo'lsa yurovramiz
Hayollar surovramiz
Bir yaxshi bir yomonni
Yashasak ko'rovramiz.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 31.01.2026 yil.
Sichqon sig'mas iniga
G'alvir boylab dumiga
Gapni katta gapirgan
Ishonarkan kimiga
Dengiz suvi sho'r bo'lar
Kibr ko'zi ko'r bo'lar
Zo'rman deya kerilma
Bilsang zo'rdan zo'r bo'lar
Eshshakka qo'ysang egar
Ot bo'lmaydi hech safar
O'zingda bo'lavergin
Chindan mard bo'lsang agar
It hurar, o'tar karvon
Manzilga yetar karvon
Osmonlarga chiqsa ham
Bir uchi yerda narvon
Kimlar kimni sotibdi
Ortidan tosh otibdi
Sendan ancha zo'rlar ham
Yer tagida yotibdi
Mansab, obro', nishona
Har bandaga peshona
Yiqilsang goh jigardan
Yaqin bo'lar begona
Kim osmonda oy ekan
Kim hammadan boy ekan
Borar yeri oqibat
Qabr degan joy ekan
Shunday ekan bu hayot
Tunday ekan bu hayot
Ko'z ochib yumguncha, bir
Zumday ekan bu hayot
Yo'l bo'lsa yurovramiz
Hayollar surovramiz
Bir yaxshi bir yomonni
Yashasak ko'rovramiz.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 31.01.2026 yil.
❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum azizlar. Boshlangan yangi kuningiz hayrli boʻlsin.
Soxta doʻst!
Borligim bersa foyda
Toparsiz hamma joyda
Mendan omad ketgan kun
Yoʻqlamaysiz bir oyda
Doʻst tanlashda adashib
Katta xato qilibman
Kelib kelib sizdayin
Nomardni doʻst bilibman
Ishlarim besh boʻlganda
Poyimga qoʻy soʻydingiz
Bugun asl kimligingiz
Koʻrsatib ham qoʻydingiz
Qani bergan vadalar
Qayda qoldi shiddati
Tugadimi doʻstlikning
Amal qilish muddati
Bilmam hali boshimga
Ne kunlarni solarsiz
Narxi chiqsa o'ylamay
Boshimni ham olarsiz
Hech qayda yoʻq foydani
Balki mendan topdingiz
Yoʻqlab borsam yuzimga
Eshiklarni yopdingiz
Kecha sochim tolasidan
Doʻstlarim koʻp deganman
Boshimga ish tushganda
Aslida kal ekanman
Doʻstim deya endi kimning
Qoʻyniga qoʻl solarman
Sizdek soxta kimsalarni
Loydan yasab olarman
Sizdek ayyor tulkini
Hali dunyo koʻrmagan
Qilmishingiz yetti uxlab
Tushlarimga kirmagan
Mayli, davr kelganda
Davringizni suringlar
Faqat bitta iltimos
Mendan uzoq yuringlar.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 28.07.2024 yil.
Borligim bersa foyda
Toparsiz hamma joyda
Mendan omad ketgan kun
Yoʻqlamaysiz bir oyda
Doʻst tanlashda adashib
Katta xato qilibman
Kelib kelib sizdayin
Nomardni doʻst bilibman
Ishlarim besh boʻlganda
Poyimga qoʻy soʻydingiz
Bugun asl kimligingiz
Koʻrsatib ham qoʻydingiz
Qani bergan vadalar
Qayda qoldi shiddati
Tugadimi doʻstlikning
Amal qilish muddati
Bilmam hali boshimga
Ne kunlarni solarsiz
Narxi chiqsa o'ylamay
Boshimni ham olarsiz
Hech qayda yoʻq foydani
Balki mendan topdingiz
Yoʻqlab borsam yuzimga
Eshiklarni yopdingiz
Kecha sochim tolasidan
Doʻstlarim koʻp deganman
Boshimga ish tushganda
Aslida kal ekanman
Doʻstim deya endi kimning
Qoʻyniga qoʻl solarman
Sizdek soxta kimsalarni
Loydan yasab olarman
Sizdek ayyor tulkini
Hali dunyo koʻrmagan
Qilmishingiz yetti uxlab
Tushlarimga kirmagan
Mayli, davr kelganda
Davringizni suringlar
Faqat bitta iltimos
Mendan uzoq yuringlar.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 28.07.2024 yil.
❤1👍1
Yoshligim!
Shamollarga qo'shilib
Uchib ketgan yoshligim
Hammasidan qo'l siltab
Kechib ketgan yoshligim
Ko'zim tushgan gullarni
Sevdim qancha dillarni
Umr degan yillarni
Quchib ketgan yoshligim
Yomon bo'lib yomonga
Tik boqmadim zamonga
Bilmadim qay tomonga
Qochib ketgan yoshligim
Bag'rimdagi tutunni
Dedim faqat bugunni
Yurakdagi tugunni
Yechib ketgan yoshligim
Yillar borim olganday
Dilga armon solganday
Nedan quruq qolganday
Shoshib ketgan yoshligim
Yurgan edim boy bo'lib
Osmondagi oy bo'lib
Daryo bo'lib, soy bo'lib
Toshib ketgan yoshligim
Sog'inib qolsam mana
Yonimda har bir sana
Sho'xligi haddan yana
Oshib ketgan yoshligim
Bir gapim bor deb bizga
Qarolmay ketdi ko'zga
Armon degan hovuzga
Tushib ketgan yoshligim
Eh yoshligim yoshligim
Mening qalam qoshligim
Shamollarga qo'shilib
Uchib ketgan yoshligim.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 01.02.2026 yil.
Shamollarga qo'shilib
Uchib ketgan yoshligim
Hammasidan qo'l siltab
Kechib ketgan yoshligim
Ko'zim tushgan gullarni
Sevdim qancha dillarni
Umr degan yillarni
Quchib ketgan yoshligim
Yomon bo'lib yomonga
Tik boqmadim zamonga
Bilmadim qay tomonga
Qochib ketgan yoshligim
Bag'rimdagi tutunni
Dedim faqat bugunni
Yurakdagi tugunni
Yechib ketgan yoshligim
Yillar borim olganday
Dilga armon solganday
Nedan quruq qolganday
Shoshib ketgan yoshligim
Yurgan edim boy bo'lib
Osmondagi oy bo'lib
Daryo bo'lib, soy bo'lib
Toshib ketgan yoshligim
Sog'inib qolsam mana
Yonimda har bir sana
Sho'xligi haddan yana
Oshib ketgan yoshligim
Bir gapim bor deb bizga
Qarolmay ketdi ko'zga
Armon degan hovuzga
Tushib ketgan yoshligim
Eh yoshligim yoshligim
Mening qalam qoshligim
Shamollarga qo'shilib
Uchib ketgan yoshligim.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 01.02.2026 yil.
❤2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum azizlar. Boshlangan yangi kuningiz hayrli boʻlsin.
O'zimdan kecholmadim!
Qush edim ucholmadim
Samoni qucholmadim
Hammasidan kechdimu
O'zimdan kecholmadim
Yaralganim shu zayli
Indamay dedim mayli
Bilmadim ne tufayli
O'zimdan kecholmadim
O'zgaray deya ko'p bor
Urindim takror takror
Shuncha qilganim bekor
O'zimdan kecholmadim
Taqdirimga tan berib
Omadimga pand berib
Yuragimga dam berib
O'zimdan kecholmadim
Jon deya jon talashmay
Qay yo'llarda adashmay
Boshqa libos yarashmay
O'zimdan kecholmadim
Dedim ko'zu qoshgacha
Tovongacha toshgacha
Netayin shu yoshgacha
O'zimdan kecholmadim
Omad ketdi baxt ketdi
Qo'limdagi naqd ketdi
Oradan ko'p vaqt o'tdi
O'zimdan kecholmadim
Shayton sherik yur dedi
Yonimizda tur dedi
Yurmagin yugur dedi
O'zimdan kecholmadim
Osmonlarga oy berib
Dardga dildan joy berib
Hammasini boy berib
O'zimdan kecholmadim
Yor o'zganing yorida
Armon dilga dorida
Bo'lganim shu borida
O'zimdan kecholmadim.
+998906783795
+998906783795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 01.02.2026 yil.
Qush edim ucholmadim
Samoni qucholmadim
Hammasidan kechdimu
O'zimdan kecholmadim
Yaralganim shu zayli
Indamay dedim mayli
Bilmadim ne tufayli
O'zimdan kecholmadim
O'zgaray deya ko'p bor
Urindim takror takror
Shuncha qilganim bekor
O'zimdan kecholmadim
Taqdirimga tan berib
Omadimga pand berib
Yuragimga dam berib
O'zimdan kecholmadim
Jon deya jon talashmay
Qay yo'llarda adashmay
Boshqa libos yarashmay
O'zimdan kecholmadim
Dedim ko'zu qoshgacha
Tovongacha toshgacha
Netayin shu yoshgacha
O'zimdan kecholmadim
Omad ketdi baxt ketdi
Qo'limdagi naqd ketdi
Oradan ko'p vaqt o'tdi
O'zimdan kecholmadim
Shayton sherik yur dedi
Yonimizda tur dedi
Yurmagin yugur dedi
O'zimdan kecholmadim
Osmonlarga oy berib
Dardga dildan joy berib
Hammasini boy berib
O'zimdan kecholmadim
Yor o'zganing yorida
Armon dilga dorida
Bo'lganim shu borida
O'zimdan kecholmadim.
+998906783795
+998906783795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 01.02.2026 yil.
👍1
Sevaman de jonim!
Sev mani o'lguningcha
Devona bo'lguningcha
Dunyolar bilgunicha
Sevaman de jonim
Berayinda borim
Eng katta shaharlar
Har shomu saharlar
Eshitsin odamlar
Sevaman de jonim
Sen meni hayotim
Sevgingni sezdirib
Samoga kezdirib
Aqlimdan ozdirib
Sevaman de jonim
Meni mehribonim
Baxtlarga to'larman
Ko'rganda kularman
O'l desang o'larman
Sevaman de jonim
O'zing mani yorim
Xiyonat aylamay
Yolg'onlar so'ylamay
Ko'zlarim boylamay
Sevaman de jonim
Sen meni hayotim.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 18.10.2025 yil.
Sev mani o'lguningcha
Devona bo'lguningcha
Dunyolar bilgunicha
Sevaman de jonim
Berayinda borim
Eng katta shaharlar
Har shomu saharlar
Eshitsin odamlar
Sevaman de jonim
Sen meni hayotim
Sevgingni sezdirib
Samoga kezdirib
Aqlimdan ozdirib
Sevaman de jonim
Meni mehribonim
Baxtlarga to'larman
Ko'rganda kularman
O'l desang o'larman
Sevaman de jonim
O'zing mani yorim
Xiyonat aylamay
Yolg'onlar so'ylamay
Ko'zlarim boylamay
Sevaman de jonim
Sen meni hayotim.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 18.10.2025 yil.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum azizlar. Boshlangan yangi kuningiz hayrli boʻlsin.
Bo'lmaganga bo'lishma!
Yulduz to'la osmonda
Oyman deya to'lishma
Do'stginam hech zamonda
Bo'lmaganga bo'lishma
Itlar yesa oshingni
Ko'rsatma ko'z yoshingni
Mag'rur tutib boshingni
Bo'lmaganga bo'lishma
Yo'qlamaslar kunda bir
Bilinarkan shunda bir
Arzimaslar baribir
Bo'lmaganga bo'lishma
Ishi tushsa xo'p degan
Ishing tushsa yo'q degan
Oyog'imdan o'p degan
Bo'lmaganga bo'lishma
Birovlarga bir zamon
Kuning qolmasin yomon
Ey do'stginam hech qachon
Bo'lmaganga bo'lishma
Bo'riman degan shoqol
Yo'qol ko'zimdan yo'qol
Eskidan qolgan maqol
Bo'lmaganga bo'lishma
Topganlarin jo'rtaga
Qo'yishmasa o'rtaga
Bugunmi yo ertaga
Bo'lmaganga bo'lishma
So'z to'g'irlab so'zinga
Aldar qarab ko'zinga
Rahm qilib o'zinga
Bo'lmaganga bo'lishma
Yiqilganda kelmagan
Odamiylik qilmagan
Yaxshiliging bilmagan
Bo'lmaganga bo'lishma.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 01.02.2026 yil.
Yulduz to'la osmonda
Oyman deya to'lishma
Do'stginam hech zamonda
Bo'lmaganga bo'lishma
Itlar yesa oshingni
Ko'rsatma ko'z yoshingni
Mag'rur tutib boshingni
Bo'lmaganga bo'lishma
Yo'qlamaslar kunda bir
Bilinarkan shunda bir
Arzimaslar baribir
Bo'lmaganga bo'lishma
Ishi tushsa xo'p degan
Ishing tushsa yo'q degan
Oyog'imdan o'p degan
Bo'lmaganga bo'lishma
Birovlarga bir zamon
Kuning qolmasin yomon
Ey do'stginam hech qachon
Bo'lmaganga bo'lishma
Bo'riman degan shoqol
Yo'qol ko'zimdan yo'qol
Eskidan qolgan maqol
Bo'lmaganga bo'lishma
Topganlarin jo'rtaga
Qo'yishmasa o'rtaga
Bugunmi yo ertaga
Bo'lmaganga bo'lishma
So'z to'g'irlab so'zinga
Aldar qarab ko'zinga
Rahm qilib o'zinga
Bo'lmaganga bo'lishma
Yiqilganda kelmagan
Odamiylik qilmagan
Yaxshiliging bilmagan
Bo'lmaganga bo'lishma.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 01.02.2026 yil.
👍1
Gulgina!
Muhabbatim o'yinmidi, zerikkuncha o'ynading
Yuragimga azoblarni berib yana to'ymading
Sanda sanam, manda alam kuyib bo'ldim kulgina
Sevgimizni olovlarda yoqib ketgan gulgina
Shirin shirin xotiralar qolmadi endi bizda
Ikki yurak kuyib kuyib, kul bo'ldi o'rtamizda
Yolg'onlaring sevgimizga so'ngi nuqta qo'ydi yor
Ko'ngil berib xato qildim senday bevafo qizga
Yuragingda yo'q edimi sevgi degan diyonat
Yuragimni ikki bo'lib qilding menga xiyonat
Quchog'imda kulib asli boshqasiga zormiding
Narxi arzon bevafolar ro'yxatida bormiding
Bir zamonlar jonim desam deyardingku jon mani
Seni sevib alamlarda ikki ko'zim qon mani
Qaytar dunyo qaytganida topolmaysan izimni
Mendan ketib xor bo'lasan, gapimga ishon mani
Bilganingni qilavergin bir o'zinga havola
Faqatgina oshiq dilim ketdi bugun zavola
Seni desa bemor edim, ko'zlaringa zor edim
Bugun borib boyvachchalar och nafsini davola.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 07.02.2026 yil.
Muhabbatim o'yinmidi, zerikkuncha o'ynading
Yuragimga azoblarni berib yana to'ymading
Sanda sanam, manda alam kuyib bo'ldim kulgina
Sevgimizni olovlarda yoqib ketgan gulgina
Shirin shirin xotiralar qolmadi endi bizda
Ikki yurak kuyib kuyib, kul bo'ldi o'rtamizda
Yolg'onlaring sevgimizga so'ngi nuqta qo'ydi yor
Ko'ngil berib xato qildim senday bevafo qizga
Yuragingda yo'q edimi sevgi degan diyonat
Yuragimni ikki bo'lib qilding menga xiyonat
Quchog'imda kulib asli boshqasiga zormiding
Narxi arzon bevafolar ro'yxatida bormiding
Bir zamonlar jonim desam deyardingku jon mani
Seni sevib alamlarda ikki ko'zim qon mani
Qaytar dunyo qaytganida topolmaysan izimni
Mendan ketib xor bo'lasan, gapimga ishon mani
Bilganingni qilavergin bir o'zinga havola
Faqatgina oshiq dilim ketdi bugun zavola
Seni desa bemor edim, ko'zlaringa zor edim
Bugun borib boyvachchalar och nafsini davola.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 07.02.2026 yil.
👍2❤1