Farg'ona/Ixtisoslashtirilgan maktablar
3.8K subscribers
12.9K photos
640 videos
80 files
3.14K links
🏫 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi Farg'ona viloyati rasmiy kanali.

Murojaat uchun: @Ferpm_bot
Download Telegram
2030-2040 yillarga sayohat

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi G.Mirzaliyeva tomonidan 7-sinf o'quvchilar bilan"O'zgarishlar muqarrar - yillarga sahoyat uyushtirildi.O'quvchilarga kelajakdagi yangi tashkillanadigan kasblar haqida tushunchalar berildi.

Ko'zlangan maqsad:o'quvchilarni kasb tanlashlarida to'g'ri tushuncha va tavsiyalar berish.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati


O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida psixolog Z.Rahimova  tomonidan  10-sinf o‘quvchilari bilan      "Agrobank" АTB O'zbekiston filialiga sayohat   uyushtirildi. Sayohat davomida mutaxassislar  kasb faoliyatlari, hamda o'z kasblarining jamiyatda tutgan o'rni borasida ma'lumotlar berib ,o'quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Maqsad:
kasb- hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish
kasbiy bilimlarini oshirish va tanlagan kasbiga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
#yozyovon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#zakovat

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yozyovon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktabga biriktirilgan 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘zaro "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

O‘yin murosasiz ruhda o‘tdi va yakunda g‘olib jamoa qo‘shimcha savollar orqali aniqlandi.
Natijalarga ko‘ra Yozyovon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
ЮРТНИНГ ОТАСИГА

Оталар болам деб куйиб ўтганлар,
Юртни биздан кўпроқ суйиб ўтганлар.
Сиз битта уй қуриб, саранжом қилинг,
Юртнинг отасига осон тутганлар!

Биз билмаган хавфга тўғаноқ бўлган,
Эл дардида юрак-бағри доғ бўлган.
Ўйламанг, давр сурган султон – шоҳ бўлган...
Юртнинг отасига осон тутганлар.

Оёқ остида чўғ, бошида қилич,
Кўнглининг тубида озодлик – илинж.
Сиз ўша кунларни эслайсизми ҳеч?
Юртнинг отасига осон тутганлар.

Кимдир ҳамон мудрар очиқ кўз билан,
Турткиланг, уйғотинг тўғри сўз билан.
Синовлардан ўтсин ёруғ юз билан
Юртнинг отасига осон тутганлар

Кемага тушганнинг жони бир, билинг,
Сиз ҳам халқ деб ўзни сафарбар қилинг,
Томошабин бўлманг, ёнинг, интилинг!
Юртнинг отасига осон тутганлар!

Давлат тимсоли у, зоти муҳтарам,
Нурли сиймосида Ўзбекистон жам.
Дунё кўзи бизда, кўз очинг сиз ҳам,
Юртнинг отасига осон тутганлар.

Оталар болам деб куйиб ўтганлар,
Тинч бўлсин олам деб куйиб ўтганлар.
Сиз битта ҳовлини саришта айланг,
Юртнинг отасига осон тутганлар!

© Иқбол МИРЗО

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!