Farg'ona/Ixtisoslashtirilgan maktablar
3.72K subscribers
13.1K photos
649 videos
80 files
3.2K links
🏫 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi Farg'ona viloyati rasmiy kanali.

Murojaat uchun: @Ferpm_bot
Download Telegram
#Margilon_IM
#Ochiq_dars
#Matematika

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Marg‘ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 17-fevral kuni matematika fanidan 6-"BLUE" sinfi o‘quvchilari ishtirokida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
🖼 Mavzu: Bir o'zgaruvchili tengsizliklar sistemasini yechish.
Metod:   kichik guruhlarda ishlash,  "Xatosini toping" metodlari.
♻️Natija:  o‘quvchilar o‘tilgan darsdan olgan bilimlarini hayotiy misollar yordamida mustahkamladilar.
Maqsad: o‘quvchilarda matematika faniga oid hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
🔰O‘qituvchi:  Umarxon Abdurahmonov
📓Ochiq darsda yangi baholash tizimi joriy etilgan shahardagi 18-maktabdan ham ustozlar ishtirok etdilar.
📂Kuzatuvchilar dars haqida o'zlarining ijobiy fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi bo‘lib o‘tdi

17-18-fevral
kunlari bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 ta masala, kimyo fanidan 3 ta masala, biologiya fanidan 20 ta test topshiriqlari taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o'quvchilar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan

Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diqqat!
Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushuriladi.

Hurmatli pedagoglar, Sizdan ommalashtirishga topshiriladigan metodik ishlarni 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlatish so'raladi.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
#Davra_suhbati

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Buyuk ajdodlarimiz yodi mangu barhayot” deb nomlangan davra suhbati bo'lib o'tdi
.

🎤Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Farida Sulton(Husainova), Bag‘dod tuman hokimi Til masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abduqodirova Dilnozaxon va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bag‘dod tuman bo‘linmasi rahbari(v.b) Zaripova Nargizaxon hamda tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassisi Xoldarova Dilafruzxonlar ishtirok etdilar.

📚Davra suhbati davomida oʻquvchilarga buyuk mutafakkirlarimizning hayotiy faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, shohlik davridagi siyosiy jarayonlar haqida maʼlumotlar hamda shoira Farida Sultonning “Katta bozor bizniki” deb nomlangan kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Davra suhbat oʻquvchilarga maʼnaviy ozuqa berdi.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
#CHQBT_AMALIY_ISH

🏢Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 10- sinf o'quvchilari "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" fanidan navbatdagi amaliy mashg'ulotida ishtirok etdilar.

Bu galgi dars mashg'uloti "Ommaviy qirg'in qurollari qo'llanilganda umumhimoya to'plamlaridan foydalanish" mavzusida bo'ldi. Jarayon davomida tinglovchilar maxsus himoya to'plamlarini kiyish, undan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'ldilar.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!