O‘ZENERGOINSPEKSIYA
2.39K subscribers
4.3K photos
609 videos
10 files
3.18K links
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy kanali

📞Ishonch tel.: 71 200 02 86
📧 evuzenergoinspeksiya@umail.uz

🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya

Manzil: Yashnobod tumani, Istiqbol 21-uy
Download Telegram
“O‘zenergoinspeksiya” xodimlari neft-kimyo va gazni qayta ishlash sanoati rivojida yangi texnologik bosqich hisoblangan “Uzbekistan GTL” zavodi bilan yaqindan tanishdi

Iqtisodiyotimiz rivoji va jahonda tutgan o‘rni bilan katta ahamiyat ega mazkur zavod yiliga 1,5 mln tonna yuqori sifatli va ekologik toza bo‘lgan, halqaro standartlarga to‘liq javob beradigan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradi. Jumladan, 724,6 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 307,3 ming tonna aviakerosin, 437,3 ming tonna nafta, 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.

Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida avtonom elektr energiyani ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy quvvati 90 MVtgacha bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Inspeksiya xodimlari mazkur obyektda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shu bilan birga, ushbu uchrashuvlar sohadagi xalqaro tajriba va so‘ngi texnologiyalarning faoliyati yuzasidan fikr almashish hamda kelgusida keng amaliyotda joriy etilishida katta ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energiyasini tarmoqlar bo‘ylab uzatishdagi texnologik sarflarni kamaytirish choralari ko‘rilmoqda

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan respublika isteʼmolchilariga yetkazib berilgan elektr energiyasi sifatini talab darajasiga keltirish maqsadida tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

joriy yilning shu vaqtiga qadar Inspeksiya tomonidan quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarda energiya resurslarini oqilona foydalanish yuzasidan 18 mingdan ziyod berilgan ko‘rsatmalarga asosan 1 mln 60 ming kVar quvvatga ega bo‘lgan reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatilishi taʼminlandi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil yakuniga qadar 340 mln 379 ming kVt·soat elektr energiyasini iqtisod qilinishiga erishiladi hamda isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashiga sabab bo‘ladi.

Ma‘lumot uchun: reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinmasligi natijasida elektr tarmoqlaridan reaktiv quvvat o‘tishi qo‘shimcha yo‘qotishlar paydo bo‘lishi, kuchlanish va chastotaning pasayishiga olib keladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona viloyatida davlat manfaatlariga 12 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi

Farg‘ona viloyat Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat departamenti va “O‘zenergoinspeksiya” mutaxassislari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, Qo‘qon shahrida joylashgan hozirgi kunda faoliyatini to‘xtatgan parrandachilik korxonasi binosida fuqaro M.N. ga qarashli 31 ta mayning qurilma elektr hisoblagichsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulanganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 12 mlrd 369 mln 49 ming so‘m (2 mln 794 ming kVt⋅soat) zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilish_shart!

“Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari ”ning 2.3.23-bandiga ko‘ra:

Har bir kabel liniyasi o‘z raqamiga yoki nomiga ega bo‘lishi shart!

Agar kabel liniyasi bir nechta parallel kabellardan iborat bo‘lsa, ularning har biri A, B, V va boshqa xarflar bilan bir xilda raqamga ega bo‘lishi lozim.

Ochiq kabellar va barcha kabel muftalarining markasi, kuchlanish, ko‘ndalang kesimi, raqami va liniya nomi ko‘rsatilgan yorliqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Bir-biriga ulash muftalarining yorliqlarida mufta raqami va montaj qilingan sanasi ko‘rsatilishi lozim.

Birkalar atrof-muhit taʼsiriga chidamli bo‘lishi lozim. Shuningdek, kabel inshoatlarida yotqizilgan kabellarda birkalar kamida har 50 metr uzunlikda o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_energiya

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 457 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.
U viloyatdagi birinchi eng yirik fotoelektr stansiya hisoblanadi.

Bu haqda ushbu reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

—————

Сегодня при Президенте Шавкате Мирзиёеве состоится совещание по проектам в сфере гидроэнергетики и задачам подготовки энергетической системы к осенне-зимнему сезону.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
So‘nggi yillarda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda, chunki GESlar ishlab chiqariladigan elektr tannarxi boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon, ular energetikada kunlik energiyani barqaror taʼminlashda eng samarali vositadir.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizdagi gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi. Ayniqsa, Toshkent, Surxondaryo va vodiy viloyatlarida bu borada katta salohiyat bor.

Joriy yilda “To‘palang” GESni modernizatsiya qilish ishlari yakunlanib, uning quvvati 30 megavattdan 175 megavattga oshdi.

“Darg‘om” kanalida 7,2 megavattli “Shaudar” GESi foydalanishga topshirildi.

Lekin hozirda jami gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam.

Shu bois, yangi loyihalarni boshlash bo‘yicha katta marralar olingan. Sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Yig‘ilishda energetika tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorligi ko‘rib chiqildi.

So‘nggi besh yilda tarmoq va transformatorlarni modernizatsiya qilishga 4 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgani taʼkidlandi.

Lekin, ayrim viloyat hokimlari o‘zlari harakat qilib, mahallalarda transformator va tarmoqlarni yaxshilashga, kuz-qishni betalafot o‘tkazish uchun mablag‘lar, transformator, sim va boshqa ehtiyot qismlar zaxirasini shakllantirishga yetarli eʼtibor qaratmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, hududlardagi 33 mingta transformator, 122 ming kilometr elektr tarmoqlari eskirgan, oqibatda ishlab chiqarilgan elektrning 12 foizi yo‘qotilgan. 20 ta tumanda elektr yo‘qotishlari hajmi respublika ko‘rsatkichidan 1,5 barobar yuqori.

Shu munosabat bilan Energetika vazirligiga hududlarda eskirgan transformator va tarmoqlarni yangilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish, viloyat hokimlari va prokurorlariga dasturni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

2026 yilga borib jami yo‘qotishlar hajmini 8 foizga tushirish shartligi taʼkidlandi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Mamlakatimizdagi elektr ulgurji isteʼmolchilarining 28 foizi avtomatlashgan tizimga (ASKUE) ulanmagani qayd etildi. Yoki, aqlli hisoblagichlar o‘rnatilgani bilan, 170 mingdan ziyod abonentlarning avtomatlashgan tizim bilan aloqasi yo‘q.

Soha mutasaddilariga barcha ulgurji isteʼmolchilarni ASKUE tizimiga ulash topshirildi.

Joriy yilda hududlarda 3,5 milliard kilovatt-soat elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani taʼkidlandi.

Misol uchun, Karmanadagi qurilishi yakunlanmagan binoda 452 ta “mayning” qurilmasi o‘rnatilgani oqibatida o‘n oy davomida qariyb 5,5 million kilovatt-soat elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Karmana tumani hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlari o‘n oyda hududda shuncha elektrdan o‘g‘irlikni payqamagani, tumanda oylik isteʼmol birdaniga 5 foizga oshganini tahlil qilmagani tanqid qilindi.

Ushbu rahbarlarning barchasi ishdan olinishi belgilandi, Bosh prokuraturaga ularning harakatiga baho berib, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.

Mutasaddilarga o‘g‘irliklar eng yuqori bo‘lgan hududlarda noqonuniy isteʼmolga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-oktyabr kuni gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев 31 октября провел совещание по обсуждению проектов, реализуемых в гидроэнергетике, а также задач подготовки энергетической системы к осенне-зимнему сезону.

Подробнее об этом вы можете узнать в репортаже телеканала «O‘zbekiston 24».

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Elektr energiyasini behuda sarflagan tadbirkorlik subyektilariga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilmoqda

“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan elektr energiyasidan nooqilona foydalanishni olidini olish maqsadida iste’molchilarga tegishli tartibda tushuntirish va profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Ammo ayrim tadbirkorlar tomonidan berilgan tushuntirishlarga e’tiborsizlik bilan qarash natijasida kunning yorug‘ vaqtida ko‘cha chiroqlarini yoqib qo‘yib foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, joriy yilning oktyabr oyining o‘zida 12 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy chora ko‘rish uchun sud organlariga topshirildi.

Sud tomonidan 5 ta tadbirkorlik subyektiga ogohlagtirish hamda jarima ta’sir choralari ko‘rildi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yorug‘lik nuri evolyutsiyasi va hozirgi zamonda elektrning qo‘llanishi haqida

Unutmang, yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM