O‘ZENERGOINSPEKSIYA
2.14K subscribers
4K photos
578 videos
10 files
3K links
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy kanali

📞Ishonch tel.: 71 200 02 86
📧 evuzenergoinspeksiya@umail.uz

🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya

Manzil: Yashnobod tumani, Istiqbol 21-uy
Download Telegram
Is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymang

Isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Ushbu mavzu yuzasidan quyidagi lavhamizda batafsil tanishishingiz mumkin. https://www.youtube.com/watch?v=hyNFxT-TCmc

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilish_shart!

“Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari”ning 2.3.97-bandiga ko‘ra:

Hovlilarda, shaxsiy avtoturargohlarda va hokazolarda transport vositalariga kirish uchun yo‘llari kabel liniyalari bilan kesishgan joyda kabellarni yotqizish quvurlarida amalga oshirilishi kerak.

Anhor va zovurlari bilan kesishish joylarida esa kabellar xuddi shu tarzda himoyalangan bo‘lishi kerak.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

Qonunchilikka ko‘ra:

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan talon-toroj qilish o‘g‘rilik hisoblanadi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi maʼmuriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 6 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima;

yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish.

Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida isteʼmolchilar bilan elektr energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

“O‘zenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishlarni oldini olish va isteʼmolchilar bilan elektr energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Bekobod tumani hududida o‘tkazilgan nazorat tabirida jami 24 ta isteʼmolchi elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi o‘rganilib, shundan 6 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Xususan:

– “Pastki kerayit” MFY hududida joylashgan, “K. I.” MCHJ tomonidan qurilgan suv nasos stansiyasi 2 ta 25 kVA transformator elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan shartnomasiz ulab qo‘yilgan;

– “B.” APKga tegishli nasos stansiyasi elektr isteʼmoli uchun o‘rnatilgan quvvati 90 kVt bo‘lgan elektr hisoblagichning ulanish sxemasi noto‘g‘ri ulangan;

– “Taqachi” MFY hududida joylashgan “Bekobod Obod Maskani” MCHJga tegishli shag‘al maydalash sexi uchun o‘rnatilgan quvvati 630 kVA elektr hisoblagichning nazorat muhrlari qasddan olib qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilib, isteʼmolchilarning elektr qurilmalari tarmog‘dan ajratildi. Shuningdek, mazkur qoidabuzarlik natijasida tizimga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash hamda unga huquqiy baho berish bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Bilish_shart

"Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari”ning 2.3.92-bandiga ko‘ra:

Kabel liniyalari boshqa kabel liniyalari bilan kesishganda, ular kamida 0,5 metr qalinlikdagi yer qatlami bilan ajratilishi kerak.

35 kVgacha bo‘lgan kabellar uchun tor sharoitlarda bu masofa 0,15 metrga kamaytirilishi mumkin.

Agar kabellarni kesishuvining barcha qismida va har bir yo‘nalishida qo‘shimcha 1 metrgacha bir xil mustahkamlikdagi beton plitalar yoki quvurlar bilan ajratish lozim. Bunda aloqa kabellari kuch kabellaridan yuqorida joylashgan bo‘lishi kerak.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oktyabr oyida 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari boʻyicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsamalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.

Ma’lumot o‘rnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-apreldagi “Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4664-son qarorining 8-bandiga asosan, 2020-yil 1-maydan boshlab AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitiga mezbonlik qilmoqda

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yana-da kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Taʼkidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985 yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi 1992 yildan boshlab IHT aʼzosidir.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti ko‘ra:

Isteʼmolchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki “ELEKTR” dasturiy taʼminoti (Onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi. So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi.

Xizmat uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etganda yig‘im undirilmaydi.

Isteʼmolchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, tegishli to‘lov summasi isteʼmolchiga 3 ish kunida qaytarib beriladi.

Ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr taʼminoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.

Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi

Xorazm viloyati prokuraturasi va “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm hududiy boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.

Xususan, Xiva shahridagi markaziy shifoxona hamda ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasining mavsumga tayyorgarligi, isitish qozonxonalari bir maromda ishlash holati, muassasa va qozonxona tevarak atrofi obodonlashtirilganligi bilan yaqindan tanishdi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mutasaddi tashkilotlar masʼullariga koʻrsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anons

8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn oltinchi sammiti boʻlib oʻtadi.


Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Bilish_shart

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari”ning 23-bandiga asosan:

Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarning elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг ўн олтинчи саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на шестнадцатом саммите Организации экономического сотрудничества

Address by the President of the Republic of Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev at the 16th Summit of Economic Cooperation Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari IHT doirasida Energetika vazirlari kengashini ta’sis etishni taklif etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni mamlakatimizda 11-noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yurtimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati, inson huquq va manfaatlarini taʼminlashdek ustuvor vazifalarni uddalashda kasaba uyushmalari xodimlarining o‘rni beqiyos.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari xodimlarining energetika va neft-gaz sanoati sohasida ishchi va xizmatchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari alohida tahsinga sazovor.

Xalq xizmatida mustahkam bel bog‘lagan siz kabi jonkuyar va fidoyi xodimlarni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, masʼuliyatli va serqirra faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!

Ilhom Nimatullayev,
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i


Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 11-noyabr – Xalqaro energiyani tejash kuni

“Resurslar va energiyadan foydalanish boʻyicha maktab loyihasi” (SPARE - School Project for Application of Recourses and Energy) xalqaro ekologik tarmoq tashabbusi bilan 11-noyabr kuni “Xalqaro energiyani tejash kuni” deb eʼlon qilingan.

Ushbu bayramni belgilash toʻgʻrisida qaror 2008-yilning aprelida Qozogʻistonda SPARE koordinatorlarining xalqaro yigʻilishida qabul qilingan.

2008-yil noyabrida jahonda ilk bor energiyani tejash kuni nishonlandi va ushbu bayram xalqaro maqomga ega boʻldi, chunki mazkur loyihada 20ga yaqin davlat ishtirok etdi.

Bayramning asosiy maqsadi — resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir. Ancha keng maʼnoga ega boʻlgan energiyani tejash masalasi atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirishni ham nazarda tutadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter