#Tezkor_tadbir
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda
“O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida “Chorbog‘” MFY hududida faoliyat yurituvchi “T.B.” fermer xo‘jaligi mas’ullari elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 106,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shuningdek, Samarqand tumanida yakka tartibdagi tadbirkor F.A. ga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish sexida jami 123,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan yashirin ravishda foydalanilgan.
Shu kabi holat Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yakka tartibdagi tadbirkor E.H. ga tegishli binoda 108,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan yashirin ravishda foydalanib kelinganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Telegram | Facebook | YouTube | Twitter