O‘ZENERGOINSPEKSIYA
2.14K subscribers
4K photos
578 videos
10 files
3K links
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy kanali

📞Ishonch tel.: 71 200 02 86
📧 evuzenergoinspeksiya@umail.uz

🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya

Manzil: Yashnobod tumani, Istiqbol 21-uy
Download Telegram
#bilish_shart

Qonunchilikka ko‘ra, maishiy isteʼmolchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma gaz tarmog‘iga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi.

Bunda gaz taʼminoti tashkiloti mazkur isteʼmolchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuzish hamda tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rishi shart.

Ammo, isteʼmolchilarning boshqa toifalariga tabiiy gaz faqat shartnoma asosida yetkazib beriladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilish_shart

Qonunchilikka ko‘ra,
nazorat tadbirlarini amalga oshirishda tafovutlarni aniqlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilg‘i-energiya resurslari isteʼmoli to‘g‘risidagi maʼlumotlarni monitoring qilish belgilangan.

⚡️ Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish va tegishli maʼlumotlarni "E-ma‘muriy ish" tizimiga kiritiladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilish_shart

“Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari ”ning 2.3.24-bandiga ko‘ra:

Qurilish mavjud bo‘lmagan joylarda yerga yotqizilgan kabel liniyalarining muhofaza zonalari axborot belgilari bilan belgilanishi kerak.

Axborot belgilari kamida har 500 metrda, shuningdek, kabel liniyalarining yo‘nalishini o‘zgartirish joylarida o‘rnatilishi lozim.

Axborot belgilarida kabel liniyalarining xavfsizlik zonalari kengligi va kabel liniyalari egalarining telefon raqamlari ko‘rsatilishi kerak.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilish_shart

Qonunchilikka ko‘ra, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o‘rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

——————

Согласно законодательству, электрическая энергия и природный газ поставляются потребителям на договорной основе в соответствии с правилами их использования.

В договоре оговариваются права и обязанности сторон, установка приборов учета, расчеты за электрическую энергию и природный газ и другие условия.

За нарушение данных правил стороны могут быть привлечены к административной и уголовной ответственности в соответствии с законодательством.

⚠️ Также установлено, что произвольное подключение к сетям, повреждение приборов учета, их пломб либо изменение показателей приборов учета расцениваются как кража или мелкое хищение, и влекут за собой ответственность.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#bilish_shart

“Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”ning 2.3.86-bandiga ko‘ra: quvurlarning ustida va ostida kabellarni parallel yotqizish mumkin emas.

Kuchlanishi 35 kVgacha bo‘lgan kabellar va moy to‘ldirilgan kabel tarmog‘larini:

⚡️ ularga parallel bo‘lgan quvurlargacha, kanalizatsiya va drenajgacha bo‘lgan masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi;

⚡️ gaz quvurlari past (0,0049 MPa), o‘rta (0,294 MPa) va yuqori bosimli (0,294 MPa dan 0,588 MPa gacha) 1 metrdan kam bo‘lmasligi;

⚡️ yuqori bosimli (0,588 dan 1,176 MPa gacha) gaz quvurlari
2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilish_shart

“Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari"ning 23-bandiga asosan:

🚫 Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarni elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

⚠️ Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Bilish_shart

Ko‘p qavatli uylar qurilishini loyihalashtirishda quyosh panellari o‘rnatilishi talab qilinadi


Qonunchilikka ko‘ra, yangi ko‘p qavatli uylar qurilishini loyihalashtirishda ularning tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilinishi belgilangan.

—————

При проектировании строительства многоэтажных домов требуется установка солнечных панелей

Согласно законодательству, определено требование установки солнечных панелей на не менее 50 процентах свободной части крыши новых многоэтажных домов при проектировании их строительства.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilish_shart

Barcha “zapravka”lar elektr energiyasining bir qismi quyosh panellari orqali qoplanishi lozim


Respublikadagi barcha yoqilg‘i (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi ta’minotining kamida 50 foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etilishi belgilangan.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM