Iqtisodiyot_《total essence》
8.29K subscribers
277 photos
72 videos
4 files
306 links
✔️ Specialists;
✔️ Teachers;
✔️ Students;
✔️ ...
Kanal maqsadi o‘zining ilmi, salohiyati, mashaqqati, tirishqoqligi va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun faoliyat olib boradi!
Download Telegram
Bank sizga kredit beradi. Siz foiz to‘laysiz. Bank shu foizdan boshqa mijozga yana kredit beradi.

U mijoz ham foiz to‘laydi. Shu tariqa bir kishining qarzi boshqasining daromadiga aylanadi.
🔥43❤13👍126💯3🕊1
Yaqiniga kelsang hamma narsa katta ko'rinadi.

Atrofimizda bo'layotgan voqealarning ahamiyati o'sha vaqtda va voqea ichida juda muhim ko'rinadi.

Uzoqroq perspektivada tahlil qilsa, u aslida o'ylaganimizchalik ahamiyatli emasligini anglash mumkin.

Shu uchun baʼzi masalalarda orqaga tashlab, qaror berishni kechiktirgan ma'qul.

Vaqt va masofa o'tgach, o'sha qaror anglaganimizdek ahamiyatli emasdir, balki umuman keraksiz ham bo'lib qolishi mumkin.
👍33💯16❤11
Kimlar o'qishga kiribdi?
25🔥13❤4
Bilim laʼnati

Agar qaysidir sohada chuqurroq bilib egasi bo'lsangiz, sizda shunday bo'lishi mumkin.

Bilim la'nati bor insonlar bir narsa bilmaslik aslida qanday ekanligini tasavvur qilolmaydilar.

Masalan, ingliz tili o'qituvchilar oʻzida IELTS 8 yoki 8.5 lekin eplab yetkazib berolmaydi.

Sabab unda bilim la'nati bor. Bilmaslik aslida qanday bo'lishini bilmaydi.
👍29😁1911💯6❤3🔥2
Qaysi ishxonada ishlab baraka topasiz?

Kam oylik bo'lsa ham o'sishga, tajriba yig'ishga katta sabab bo'lgan kompaniya.

O'sish yo'q bo'lsa ham moliyaviy tomondan juda yaxshi to'laydigan kompaniya.
❤28🔥11💯6
Fikrlarni mavzuga, kayfiyatni formatga, o‘zimni esa qandaydir obrazga sig‘dirib o‘tirmaydigan shaxsiy blog ochdim.

Hech qanday rol o‘ynamaydigan joy ham kerak albatta. Bu o‘sha joy. Shunchaki erkin.

https://t.me/+gKlYh24L9KUwYzMy
10❤5🔥3
Propagandani yomonlayverib, obunachilarimni ham yomon xaridorga aylantirib qo‘yibman. Endi o‘zimning propagandamga ham bo‘ysunmayapti.
😁53💯126❤2
Bozor juda oddiy qoidaga amal qiladi. Agar odam muammoni sezmasa, u yechim uchun pul to‘lamaydi.

Inson sog‘lom bo‘lsa, dori haqida o‘ylamaydi. Lekin kasal bo‘lsa, narxiga ham qaramaydi.

Ya'ni muammo his qilinmagunicha, yechim qadrli bo‘lmaydi.
❤30👍19💯85
Bozorda bir usul bor, narxni gap bilan qotirib qo‘yish. "500 ming so'mga bermadim" Narxni chegaralab qo'ydi.

Go‘yoki bu mahsulot allaqachon qimmat baholangan.

Sotuvchi 500 mingga bermagan bo‘lishi ham shart emas. Balki hech kim so‘ramagandir ham.

Aslida esa u hali haqiqiy narxni ham aytgani yo‘q. Bu oddiy savdo emas, bu ong bilan o‘ynash.

Sen endi arzon narx izlamaysan, balki yaxshi kelishuv izlaysan.
😁44🔥13💯9❤1
Moda sanoatining eng katta muammosi odamning kiyimi yetarlicha yaxshi bo‘lib qolishi.

Shuning uchun har mavsumda yangi trend keladi.

Moda shunaqa aqlli bizneski, u sizga yangi kiyim sotishdan oldin eski kiyimingizdan uyalishni o‘rgatadi..
1💯38❤14
Adabiyotning asosiy vazifasi - ishonchsiz hikoyachilarni qanday tinglashni o‘rgatishi.
❤24
Assalom aleykum barchaga!
Bir oz tanaffus bo‘ldi, lekin endi yana shu yerdaman. Shu vaqt davomida yo‘qolib qolganimga qaramay, qolib, kutganingiz va sabr qilganingiz uchun chin dildan rahmat!
🔥49👍17❤147🕊3
Bugungi jamiyatda bir g‘alati faxrlanish bor, odamlar bandligi bilan maqtanadi. Go‘yoki inson har daqiqa foydali bo‘lishi shartdek.

Inson miyasi ham yerga o‘xshaydi. Agar yer doim ishlatilsa, hosil kamayadi. Ba’zan uni bo‘sh qoldirish kerak shunda yer o‘zini tiklaydi.

Shuning uchun ba’zi paytlar shahardan chiqib ketasiz. O‘rmonga borasiz, qo‘ziqorin terasiz, oddiy yurib kelasiz.

Shuning uchun ba’zilar bekorchilikni yoqtirishadi. Haqiqiy erkinlikni his qilasiz, ya'ni sizni e'tiboringizni kimdir o'g'irlamayapdi.
❤3916👍11🔥6
Muammo bo‘lmasa - yaratiladi.

Tarix ham buni ko‘p marta ko‘rsatgan: tashqi dushman bo‘lmasa, jamiyat ichkaridan dushman qidiradi.

Tinchlik uzoq davom etsa, odamlar zerikadi. Zerikish esa dushman izlaydi.

Chunki ba’zida odamlar yovuzlik bilan kurashish uchun emas, o‘zini qahramon his qilish uchun yovuzlikka muhtoj bo‘ladi.

Qahramon bo‘lish uchun esa doim ajdar kerak. Agar ajdar bo‘lmasa, kimdir ajdarga aylantiriladi...
🔥36😁18❤9💯7👍53🕊1
Horror filmlarining bitta yaxshi tomoni bor, tomoshabin qachon qo‘rqishini biladi. Musiqa o‘zgaradi, kamera sekinlashadi, qahramon qorong‘i xonaga kiradi..

Realizmda esa eng qo‘rqinchli narsalar odatda qo‘rqinchli ko‘rinmaydi, ya'ni hayotdagi eng katta muammolarning ko‘pchiligi boshlanayotgan paytda ular muammoga o‘xshamaydi.
👍39💯24🕊6❤3🔥1
Birinchi velosiped haydash voqea.
Keyingi yuzinchi marta velosiped haydash oddiy voqea.

Birinchi marta qor yog‘ishi mo‘jiza.
Keyingi qish ob-havo.

Birinchi marta sevish dunyo o‘zgarishi.
Keyingi safar esa odamlar munosabat deb ataydigan narsaga aylanadi.

Hayotdagi eng katta mo‘jizalarning ko‘pi takrorlangani uchun mo‘jiza bo‘lishdan to‘xtaydi.
❤38🔥18👍15
Qahramon ajdarhoni birinchi betda yengib qo‘ysa, hech kim kitobni oxirigacha o‘qimaydi. Muammo hal bo‘lmagan paytda miyamiz hikoyani davom ettirishga majbur bo‘ladi.
🔥39❤17💯17😁54🕊3
Universitet bilim beradi.
Ish joyi tajriba beradi.
Ishsizlik esa ikkalasini ham qadrlashni o‘rgatadi.

Iqtisodiyotda ba’zan inson eng qimmat darsni eng arzon davrida oladi.
🔥56😁12❤6👍5🕊22
Tasavvur qiling, hayotingizdagi barcha muammolar yo‘qolishini.

Pul muammosi yo‘q. Sog‘liq muammosi yo‘q. Munosabatlar muammosi yo‘q. Hammasi mukammal.

Lekin ma'no beradigan narsalarning katta qismi aynan muammolar ichida bo'lar.

Marafonning zavqi masofada. O‘yinning zavqi qiyinchilikda. Filmlarning zavqi konfliktlarda.

Agar barcha muammolar yo‘qolib qolsa ham ehtimol eng katta muammo o‘sha bo‘lib qolar.
👍23💯8❤5🕊4🔥11