𝑫𝑼𝑵𝒀𝑶𝑫𝑨 𝑻𝑬𝑵𝑮𝑰 𝒀𝑶'𝑸 𝑶𝑵𝑨𝑴"-𝑰𝑱𝑹𝑶𝑳𝑨𝑹𝑰
398 subscribers
6.15K photos
10.1K videos
40 files
3.34K links
Ассалому алайкум! Ҳуш келибсиз. 😍
Ажойиб Ижро ва ижодимиздан баҳраманд бўлинг. 😍😘

ҲУРМАТ ЭҲТИРОМ БИРИНЧИ ЎРИНДА!

Хурматсизлик, беманилик, қилганларни учириб юборамиз!
Ким ва қандай мавқеда бўлса ҳам!
Download Telegram
Audio
ВОХИДЖОН
ДАВО
🎙🎙НИГОРА
ХАКИМОВНА
💻💻МУХАММАДЖОН
📜📜БИЗ ЁМОНМИЗ
ЁМОНЛАР УЧУН.
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Audio
#PREMYERA

БИЗ ЁМОНМИЗ ЁМОНЛАР УЧУН

Хақиқатни сўзлаймиз кўпроқ,
Ёқмас бўҳтон томонлар учун,
Яхшидирмиз кимгадир бироқ,
Биз ёмонмиз, ёмонлар учун....


              Вохиджон Даво
🎤#DunyodaTengiYuqOnam
Shohrux
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

KIMSALAR!!!

Ortimdan gapirib topibsiz huzur,
Sizni do'st deb bildim ming bora uzur,
Bor ekan qalbingizda juda koʻp qusur
Go'rimga g'isht qalab yurgan kimsalar.

Andisha otini qo'rqoq qo'yganlar,
Yonimda do'st bo'lib dushman bo'lganlar,
O'tkinchi dunyoga mehr qo'yganlar,
G'iybatsiz kunlari o'tmas kimsalar.

Deydilar pastlarga qasd qilib bo'lmas,
O'zlari kimdurki so'zi so'z emas,
Oyni etak ila yopib hech bo'lmas,
Ayblari kun kelib oshkor kimsalar.

O'ylamang men kabi bo'la olmassiz,
Guruchning ichidan chiqgan kurmaksiz,
Bugun doston bo'lib indin ertaksiz,
Dovrig'i bir chiqib so'ngan kimsalar.

Qildan qiyiq izlab topishar sabab,
Xato qilar deya ko'zlari mahtal,
Men ham bandamanku bo'ldida yetar,
Gunohlarim yuvib yurgan kimsalar.

Ko'rsatar o'zlarin farishta misol,
Aslini bilsang gar shaytondin abgor,
Mayliga bo'lingiz fitnachi ayyor,
Bir kuni yer aro kirar kimsalar.

Borimda borligin ko'rolmay yurgan,
Qadrimni bilmayin turgan kimsalar.

Xolidaxon Xudaynazarova.
Audio
#PREMYERA...

AYOL...!!!

Ba'zida yashaysan bir so'z demasdan,
Chidashga mahkumsan hayot shu deya,
Haqqing yo'q sevishga sevilishga ham,
Chunki sen ayolsan shunday yaralgan.

Tunlari yig'laysan yostig'ing quchib,
Bir dartkash topilmas darding olgani,
Aldanding soxta yor so'ziga uchib,
Vafodoring topilmas senla qolgani.

Paryostiq ham botar toshday boshingga,
Yoningda bo'lmaydi umr yo'ldoshing,
Yillar yosh qo'shibdi qara yoshingga,
Metindan mustahkam sening bardoshing.

Farzandlar boqasan kami uch to'rtta,
Ro'zg'orning yukini yelkangga ortib,
Yuraging yig'laydi kulib jo'rttaga,
Kunlaring o'tadi g'ishu loy qorib.

Seni tirgak qilib yaratgan Alloh,
Suyab turguvchisan erkak zotini,
Chap qovurg'adan senga jon berib,
Sen uchun berarlar bor bisotini.

Toshdan ham gul ungay mehring sababli,
Sen shundayin buyuk Alloh berganim,
O'zingni asragin qilgin extiyot,
Chunki sen bizga Xudo berganim.

Xolidaxon Xudoynazarova

🎙Xolidaxon Xudaynazarova

❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PREMYERA...

MENSIMAGANLAR.

Boshimda chit durra nonim haloldur,
Yigitman ko'ksimda g'ururim bordur,
Qalbimda iymon bor Allohim yordur,
Meni mardikor deb mensimaganlar.

Nahot sevganmidim shahlo ko'zini,
Xiloldek to'lishgan oydek yuzini,
Bilmayin sevibman boyning qiziniyey,
Meni mardikor deb qiz bermaganlar.

Qadrimni bilmayin do'stlar sottida,
So'zlari dilimga tig'dek bottida,
Ulardan baxt qushi uchib kettidayey,
Meni mardikor deb mensimaganlar.

Borimni beribman yorginamga deb,
Yorim to'yi bugun o'zga berar zeb,
Otasi bermadi boylik mansab debey,
Meni mardikor deb qiz bermaganlar.

Omadim ko'rolmay yurganlar qancha,
Do'stlarim ko'nglimdan qoldingiz ancha,
Qadrimni arzonga sottingiz bunchayey,
Meni mardikor deb mensimaganlar.

Ming shukur Allohim qo'lladi hargiz,
Izlarim poylashar Shahloyu,Nargiz,
To'yimga aytayin sizlar kelingizey,
Meni mardikor deb mensimaganlar,
Meni mardikor deb qiz bermaganlar.

Xolidaxon Xudaynazarova.

2024.04.29 20:02


@onajonim923
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

O'LGANIMCHA YO'Q...

Men ketsam dunyosi tugaydi dema,
Sensiz ham yashadim o'lganimcha yo'q,
Qadringni o'zingcha osmon deb bilma,
Yo'llaring to'smayman to'sganim ham yo'q.

Endi yo'llaringga mushtoqligim yo'q,
Qadrimni qadrlay yashay boshladim,
Qara kamonidan chiqib ketti o'q,
Sen yo'q ostonaga qadam tashladim.

Ketaver sen uchun eshiklar ochiq,
Ortingdan zorlanib yalinmam aslo,
Endi sening uchun yuragim yopiq,
Hayolim chetiga kelganing ham yo'q.

Sevildim takroran seva boshladim,
Shu bugun mendayin baxtli inson yo'q,
O'tmish armonlarim o'tga tashladim,
Sog'inchlar senga uraverar do'q.

Ketaver orsizim sensiz yashayman,
Sensizlik meni o'ldirgani yo'q.

Xolidaxon Xudaynazarova.


@onajonim923
#PREMYERA🔥

𝐕𝐢𝐣𝐝𝐨𝐧𝐥𝐢 𝐬𝐡𝐚𝐲𝐭𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫

Oxirlab bormoqda bu yangi zamon,
Insonda qolmadi zaracha iymon.
Buni koʼrgan shayton qoladi xayron,
Vijdon oʼchogʼimiz boʼlibdi vayron.

Ota oʻz qiziga tambeh bermaydi,
Xotin  oʻz erini pisand qilmaydi,
Onasi bor  lekin qadrin  bilmaydi,
Dunyo ham bu ishga qoldida hayron.

Oila neligin uqtirmas ona,
Yoshlar sevgi deya doim ovvora,
Farzandli  insonlar sevishar qara,
Qiyomat kunida bo‘lmasmi sarson.

Vaqtiga achinmas chatlar bo‘lsa bas,
Sevgi deb hayotni qadrin anglamas,
Bir birin erkalar xayoni bilmas,
SHu sabab shayton ham yuribdi shodon.

Ijodkorman deya ash'orlar bitib,
Soxta hushomadga o‘zidan ketib,
Gohida aldovda shaytondan oʻtib,
O‘zicha ijodkor tillari biyron.

Yoshlari qirq, elik  nevarsi bor,
Shunda xam muhabbat qiladi izxor,
Bularda yoʼqmidi  vijdon ila or,
Tun uyqu bilmayin o‘ylayman obdon.

𝐌𝐮𝐫𝐨𝐝 𝐬𝐡𝐨𝐱

28.12.2023
2 : 45
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

JILMAYING AZIZLAR....!!

Ishonib yashaymiz aldasalar ham,
Kulib yengamizda boshga kelsa g'am,
Ayting qachon to'lgan bu dunyoda kam,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Mayliga kulushsin masxara aylab,
Sizni gumrox deya o'zni zo'r saylab,
Dilingizga iymon shukurni joylab,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Bilarman osonmas soxta kulmoqlik,
Soxta kimsalarla shodon bo'lmoqlik,
Joizda ba'zida jim ham turmoqlik,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Dardingiz so'zlamang aslo bandaga,
Qo'shilmang bemavrid bo'lgan handaga,
Aylansin ust boshim mayliga jandaga,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Qora mehnat ila qaynating qozon,
Umringiz bo'lmasin ertadan hazon,
Qadringiz bilmayin sotsalar arzon,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Shukringiz uchun bergaydur ajir,
G'am kelsa jimgina qildikda sabr,
Kun kelib xammani yutarda qabr,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Yolg'onchi dunyoda mehmonmiz ahir,
Ba'zida so'zlarim shundayin taxir.

Xolidaxon Xudaynazarova.

2024.05.02 🕰19:33


@onajonim923
Audio
9-МАЙ ХОТИРА ВА ҚАДРЛАШ КУНИ МУНОСАБАТИ БИЛАН

ОТАЖОНИМ

ХОТИРАСИГА БАҒИШЛАДИМ.


#PREMYERA

ОТАЖОНИМ.....

Бугун меҳр истаб йиғлайди қалбим.
Дардлашмоқ истадим сиз билан озроқ.
Соғинчдан юрагим озроқ ўксиди.
Овозсиз йиғладим бугун сал кўпроқ.

MUALLIF:SHOIRAGINAM.(SEVARA)
🎙Холидахон Худойназарова

@onajonim923
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA

OTAJON MING RAXMAT...!!!

Otam bor doimo qaddim bo'lar g'oz,
El ichra qilishar qadrimni e'zoz,
Ming shukur yashadim beklarga xos,
Otajon ming rahmat boringiz uchun.

Yillar o'tar ammo bolaman hamon,
Men deya otamning qaddi ham kamon,
Mayli o'taversin yillar ko'p zamon,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Sochingiz rangi ham bo'libdi oppoq,
Mehnatdan qo'lingiz bo'lganda qadoq,
Boshimda tojim deb qilayin ardoq,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Siz kabi bo'lmoqlik men uchun havas,
Ko'nglim to'q bemalol olgayman nafas,
Otalar o'lmagay yashagay abas,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Suyansam ishongan tog'im erursiz,
Hovlimda yashnagan bog'im erursiz,
Ko'ksimda jo'sh urgan orim erursiz,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Istagim farzandim sizga o'xshasin,
Sizning izingizdan qadam tashlasin,
Bek bo'lib xalqini haqqa boshlasin,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Xolidaxon Xudaynazarova.


@onajonim923
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA

Biram yarashibdi oppoq libosing, Seni erkalaydi tunlari yoring, Ortingdan baxt tilab qoldiku zoring, Yor yorlar muborak yolg'onchi yorim. Xolidaxon Xudaynazarova. Inshaallah tugatib qoyamiz. Davom etsammikina nima deysizlar.
Anonymous Poll
38%
Albatta yozing kutamiz
7%
Men uchun qiziq emas
16%
Yigitlar dardi ekan zor mavzu tanlabsiz
9%
Yozmang kerak emas
30%
Ijodingizga omad intizorlik bilan kutamiz
Soʻngi qoʻngʻiroq
Suxrob Mirzayev
#PREMYERA... Soʻngi qoʻngʻiroq


🎙 Suxrob Mirzayev
✍️ Muhayyo Begaliyeva .
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Audio
#PREMYERA...

''NEGA SEVDIM!...

🥺🥺🥀🥀😢😢😢

Sevgidan so‘z, ochma sen aslo,
Bu kok‘simga, yetmaydi havo,
Dardlarimga topmadim davo,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Eslasam gar, ko‘zim yoshlanar,
Qalbda yana, titroq boshlanar,
Muhabbatdan, ko‘ngil g‘ashlanar,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Soddagina bo‘lmay, man o‘lay,
Qachongacha, senga ishonay,
Bo‘ldi bas qil, sevgimdan tonay,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Va'dalaring rostligi yolg‘on,
Yuragimda jo‘sh, urga to‘fon,
Eh bunchalar, azobi yomon,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Yuragimni etding-ku  parcha,
Azoblara ochgansan darcha,
Orularim bor edi, qancha,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Va'da berib, unutib qo‘yib,
Yolg‘ontakam ko‘ngilni berib,
Ketding mana, bizdan ham tonib,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Dilnoza Abduqayumovna.

🎙Dilshoda


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐃𝐈𝐋𝐍𝐎𝐙𝐀 𝐀𝐁𝐃𝐔𝐐𝐀Y𝐔𝐌𝐎𝐕𝐍𝐀
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Sevgidan To'ydim Man Sevgidan #premyera #премьера
Yulduz Usmanova
Ассалому алайкум! Хайрли кун аъло кайфият ҳамроҳ бўлсин!... Бу дунёда яшар экансиз! Севиб севилиб яшашни ўзи бахтдур асло-"СЕВГИДАН ТЎЙДИМ"-деган сўз айтилмасин. Бошланган кун барокотли ва файзли бўлсин. Ўзингизни асранг, ўзингизга керакли инсонлар учун! Хурмат билан камина Дилноза ❤️‍🔥🤝


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐃𝐈𝐋𝐍𝐎𝐙𝐀 𝐀𝐁𝐃𝐔𝐐𝐀Y𝐔𝐌𝐎𝐕𝐍𝐀
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Gulinur-Chaki-Chaki (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
🎶Guminur-Chaki-Chaki
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
#PREMYERA...


O'LIB KETMASIMDAN MENDAN XABAR OL!

Holimni so'ragin bir bora kelib!
Qalbim so'ziga bir bor quloq sol.
Ketib qolmayin  indamay o'lib,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

Haydama ketsam topolmay qolma,
Onda sonda kelib so'ra hol-ahvol.
Sog'inch boshimga sinovdek solma,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

Yashayman jonimni joningga qo'shib,
Yuragim urmoqda negadir be hol.
Ketsam afsusda qolasan bir kun,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

Ko'p narsa so'rmadim men sendan,
Yonimda bo'lmasang yurak xasta hol.
Bir kunda bir bor iltimos sendan,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

Yuragim urushi sustlashib qoldi,
Yuragim urmoqda juda bemajol.
Sog'inch ostonamda qovjirab qoldi,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

O'lishim kerakmi kelishing uchun,
Sog'inganing yo'qmi rostini ayt tan ol.
Menga bir dasta gul ko'tarib kelgin,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

Gar o'lsam gullaring ola olmayman,
Qabrimni bezaydi sen keltirgan gul.
Sen yutgan havodan yuta olmayman,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

Nega buncha toshbag'irsan ayt,
Meni sevgin hamma qolsin lol.
Ketgan eding kel ortinga qayt,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

Kutaman oxirgi nafas chiqquncha,
Seni keladi deb suraman xayol.
Bu jonim bo'g'zimga qadar yetguncha,
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.

Kutaman, kutaman , kutaveraman.
Bir kuni yonimga kelarsan ey yor.
Meni sevmasangda, sevaveraman,
OGOHLANTIRAMAN..
O'lib ketmasimdan mendan xabar ol.
XABAR OL...

©Muallif. SEVARA...✍️
©Taxallus. SHOIRAGINAM.
#PREMYERA..

Duet


Xabar olmasam sendan bir bora,
Negadir bundan xech xafa bo'lmaysan.
Qalbingni qilsam ham chil pora-pora,
Negadir sen mendan kecha olmaysan.

Shoiraginam.

Yuraman tuygʼuyim aytolmay oshkor,
Yonimda boʼlishing hamon istayman.
Kechdim dep aytaman takror va takror,
Va lekin men sendan kecha olmayman

Surxon ogʼa(Shuxratbek)

Qalbingni nimtalab tashlasa sog'inch,
Sog'indim seni deb  ayta olmaysan.
Olisdan yashirin mehringla boqib,
Negadir sen mendan kecha olmaysan

Shoiraginam

Men uchun nasiba ayriliqmi yo,
Befarqdek yonimdan oʼtib ketyapsan.
Koʼzinga boʼlganman netay mahliyo,
Shu uchun men sendan kecha olmayman

Surxon ogʼa(Shuxratbek)

Sevgi ham kutmaysan mendan aslo hech,
Sevsangda yo'limdan birbor chiqmaysan,
Ketolmaysan  ortingga qayrilib, boqmay,
Negadir sen mendan kecha olmaysan

Shoiraginam

Boraman qaytaman manzilga yetmay,
Sendan bir ozgina etibor kutmay.
Yuribsan pok mehr sevgimni sezmay,
Netay men sendan hech kechaolmayman

Surxon ogʼa(Shuxratbek)

Mendayin bir qalbsiz senga mos emas,
Sen mening dardimni aslo bilmaysan.
Sevmoqqa yirak bor ammo imkon yoq,
Negadir sen mendan kecha olmaysan.

Shoiraginam

Qoʼlimdan kelmadi seni unutmoq,
Barchasidan kechib jimgina ketmoq.
Chorasiz ishqimni tuproqqa koʼmmoq,
Ne qilay men sendan kecha olmayman

Surxon ogʼa(Shuxratbek)

Tunlari qo'ng'iroq qilarsan goh-goh,
Ovozimni eshitib sen indamaysan,
Sukunat bag'riga ishqing yashirib,
Negadir sen mendan kecha olmaysan.

Shoiraginam

Teraman nomering har kuni tunda,
Ne demoq bilmasdan asta qoʼyaman.
Ozordan ezilib kettim men juda,
Ne sabab men sendan kecha olmayman.

Surxon ogʼa(Shuxratbek)

Sen mendan nega kecha olmaysan,
Mendan olislarga keta olmaysan.