Dr. Algorithm
3.05K subscribers
476 photos
53 videos
3 files
540 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Ping pong

Stol tennisi va dasturlash bir-biriga yaqin tuyulmasa kerak. Lekin aslida unday emas ekanini IT Bloggerlarimiz ko‘rsatib berishibdi

Bunday tadbir hamma uchun foydali bo‘ladi. G‘olib yoki mag‘lub degan tushuncha yoq. Inglizchaga aytgandek Win-Win (G‘olib-g‘olib) holati bo‘ladi. 

Keyingi daraja endi boshqa soha vakillari bilan stol tennisi musobaqasini o‘tkazilsa.


Bitta qiziq ma’lumot: Bitta sohada yangilik qilish hozirgi zamonda qiyin. Sababi ko‘p savollar soha ichida hal etib bo‘lingan. Ammo sohalar kesishmasi (2 va undan ortiq sohalarni birlashtirish) natijasida qilinadigan savollar ko‘p. Aynan o‘sha yerda qiziqarli yechimlar va loyihalar bor. 

Tanish-bilish (Networking) - odamlar va sohalar aro munosabatni yaqinlashtiradi. O‘ylayman-ki, bunday tadbirlar mutaxassislarimizga foydali bo‘ladi. 

Olg‘a do‘stlar! 


Izoh: Vatandan uzoqda xizmat safarida yurganlar, sizlar ham kelganingizda tadbirlarga qatnashib turing :) 

28.04.2025 London
@DrAlgorithm
🔥11👍7
Assalomu alaykum doʻstlar!

Shu Seshanba kunini tarixdagi qiziqarli voqealarga ajratsam, qandoq boʻlar ekan?

Ilmiy savollar va bosh qotirmalarni hafta oxiriga qoldirsak.

Fikringiz juda muhim. Ba'zi narsalarni rejalashtirayotgan edim, sizning ham fikringizdan foydalanmoqchi edim.

Rahmat hammaga!

29.04.2025 London
@DrAlgorithm
👍10🔥8
☎️ Tekin mobil soʻzlashuv
("Ertak")

2000 yillar mobil aloqa juda qimmat boʻlgan. Ilk telefon sotib olganimda (Panasonic edi) qarindoshimizdan 1 oyga ishlatib turish uchun Coscom SIM karta olgan edim.

Kirish $0.17
Chiqish $0.19


Bu narx mendek talaba uchun juda qimmat edi. Keyin borib oʻzimga soddarogʻini olganman.

Hozir eslasam, juda koʻp qiziq ishlar boʻlgan ekan:
- kiruvchi qoʻngʻiroq uchun pul toʻlar edik.
- hisobni online toʻldirish yoʻq edi. Faqat maxsus joy yoki karta (plastik emas) orqali.
- ilk 5 soniya tekin!!!
Mana shu 3-qism ayni muddao edi.

Talablar tekinga soʻzlashar edi.


Deyarli barcha talaba 5 soniya ichida gaplashish tekin ekanini bilardi. Shu sabab goʻshakni koʻtarganda barmoq oʻchirish tugmasida turardi. Chunki savol va javobdan keyin shartta bosilar edi.

- Ehhh..., - derdik agar 6-soniyaga oʻtib ketgan boʻlsa.
- E-e, boʻldi gaplashvur endi, - deb daqiqa tugaguncha gaplashardik.

5 soniya ichida koʻpchilik savol berib, javob olishga ulgurardi. Uddaburon talabalar esa 2 ta savolgacha. :)

- Qaysi fan...
- Mat fiz...


- Domla..
- Poʻlatov...
- Xona...
- A409!


Vaqt oʻtib muloqotni qancha qimmat qilmang, foyda kam edi. Shunga shekilli 5 soniyalik tekin muloqotni olib tashlashdi. Keyinroq esa kiruvchi qoʻngʻiroq ham tekin boʻldi.

Boyvuchcha talabalar esa "VIP paket"ga ulangan boʻlardi. Guruhning "Operatori" edi, bechora.

Kim tanishi ("yaqini")ga qoʻngʻiroq qilishni xohlasa, operator boyvuchcha kursdoshiga qoʻngʻiroq qilar edi.
U esa oʻz navbatida goʻshakni qoʻyib qoʻyardi. :)
Nega?
Chunki qaytib qilardi.
Keyin unga aytgan raqamingizga qoʻngʻiroq qilib, siz bilan "Konferensiya" qilib berardi. Shu bilan soatlab gaplashilardingiz.

Aytgancha, u vaqtlar hali analog telefonlar bor. Gaplashilgan daqiqalar pulga chaqilmasdi. Soatlab gaplashish qulay vaqtlar edi. Shunga uyga kelib telefonda qolib ketish urf edi.

Buni men maktub davridan elektron davrga oʻtishga oʻxshataman. Avval odamlar uzoq masofadagi tanishiga maktub yozardi: kim armiyadan uyga, kim uzoq koʻrisha olmagan tanishiga, yana kimdir qoʻshni davlatga.

Ha, aytgancha, 9-sinf vaqtimda AQShdagi maktab oʻquvchilari bilan xat yozishganimiz esga tushib ketdi. Ilk marotaba Baseball ⚾️ nima ekanini oʻshanda bilganman, Baseball kartalarim ham boʻlgan. Bu haqida alohida yozib beraman.


Taxminan 2005 yillargacha koʻchada telefon qutilar boʻlardi. Uyga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlsangiz tanga tashlab, gaplashar edik. Avval 2 tiyin tanga solish mumkin edi. Keyin narxi oʻzgaruvchan boʻlganidan keyin maxsus tanga ishlab chiqishgan. Tangani sotib olib, 2-3 tasini choʻntakda olib yurar edik. Zarur vaqt ishlatishga.

U yerda ham talabalar yoʻlini topgan edi.


Xullas, agar tanga tashlamasdan uyga qoʻngʻiroq qilsangiz, uydagi odam ovozi eshitilar edi. Sizning ovozingiz esa yoʻq. Shuni bilgan talabalar uydan chiqishdan oldin kelishib olardi, masalan:
- Bitta Alo desang, demak hammasi joyida.
- 2 marta Alo desang, demak vaziyat oʻzgargan.
- keyin, falon boʻldimi deganda qoʻyib qoʻysam, demak oʻsha.

Hullas, bu aqllilar qaysi Alo soʻzidan keyin muloqot uzilganiga qarab, suhbat qilishardi.

3 shaxsda gapirish maza-da.


Bugun oʻzi internetsiz internetni ishlatganimizni aytib bermoqchi edim. Kirish qismi qilib mobil aloqa haqida yozaman deb, uzun yozib yubordim. Qundoz bobo obrazi yuqib qovotti shekilli. Kelasi hafta internetni yozib beraman.

Bu postdan maqsadim nima?

‼️ Narsalarning narxini bilamiz. Ularning qiymatini bilmaymiz.


degan soʻzni sizga yetkazish.

Shunday jadal rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz-ki, narsalarning qiymatini sezmay qoldik.
* Koʻpchilik hozir mobil telefoni uchun oyiga qancha toʻlashini, yoki nima uchun shuncha toʻlashini bilmaydi.
* Internet sotib olamiz. lekin bizga shu tezlik kerakmi?
* Megabaytimizni kerakli narsalarga sarfladikmi? oʻylab qaramaymiz.

Saharda turib, barcha texnikani yoqmasdan, biroz oʻylab koʻring,

Qoʻlingizdagi narsalarning qadri qancha?
Qiymati qanday?
Unumli foydalana oldingizmi?
Isrofga yoʻl qoʻymadingizmi?

....

Kuningiz hayrli oʻtsin!

29.04.2025 London
@DrAlgorithm
21👍51🔥12👏6😁53🕊1
Olimpiada va bellashuv

Maktabda katta sinflar orasida olimpiada va bellashuvlar bo‘lar edi. Hozir turi ko‘payib ketgan.

Lekin aynan o‘sha olimpiada tufayli Charles Babbage mashinasi, Pascal hisoblash uskunasi, birinchi ayol dasturchilar bilan tanishganmiz.

London Fan muzeyida Charles Babbage mashinasini ko‘rib, maza qilgan edim. Bu quvonchni pul bilan sotib olib bo‘lmaydi.


~~~

Bu xabarni yozar ekanman 2 ta narsa bir vaqtda esga tushdi. Shu sababli har birini alohida xabar qilib yozaman.

~~~

Shoxmot o‘yinini bilasiz. U yerda menga eng yoqadigan shakl - ot. Chunki uning yo‘nalishini yaxshi bilsangiz kutilmagan zarbalar bera olasiz.

Shoxmot taxtasida bitta ot bor. Sizga bo‘sh kataklardan biri ko‘rsatiladi. Diqqat savol:

- Ot ko‘rsatilgan katakka eng kam nechta qadam bilan bora oladi?


~~~

Bu masalani avval qo‘lda yechib ko‘ring. Keyin dasturini yozishga harakat qiling. Juda qiziq.

Ilk marta bu masalani 9 sinfda yechib ko‘rgan edim. U vaqtlar dasturlash fani 8-sinfda kirishni boshlar edi. 3 kun urinib, yechimni topganimda, nima uchun aynan shunday ekanini his qilganimda, rosa maza qilgan edim.

Shunday baxtni siz bilan ulashgim keldi.


Eslatma:
1) Izohlarni o`qishdan avval urinib ko`ring. Izohlarda kimdur javobini qoldirgan bo`lishi mumkin.
2) Javobni izohlarga ochiq holda qo`ymang. Hammaga urinishga imkon bering.

01.05.2025 London
@DrAlgorithm
10👍23🔥2
"Algoritmni qayerdan o‘rgansam bo‘ladi?"

Ko‘pchilik shu savol bilan murojaat qiladi. Ularga tavsiyalarim ichida Qudrat akaning kitoblari birinchi qatorda turadi. Nima uchun?

Qudrat aka dasturlashning negizini bilishdan tashqari o‘z amallari bilan 1 qadam oldinda yuradilar.


2006 yil ilk kitoblarini chiqarganlarida man hayron bo‘lgan edim.

- Qanday qilib?
- Buncha tez?
- Qanday qilib tarqatasiz? (puli chiqadimi?)

Manda ko‘proq muammolarga yechim izlash tamoyili ishlab ketgan. Ular esa, shartta o‘tirib, qunt qilib, kitob yozgan edilar.

Kitoblari esa og‘zaki ovoza bo‘lib, tarqab ketgan edi.


Ustozdan o‘rganadigan narsalar ko‘p.
Dasturlashni o‘qitishda qiynalgan o‘quv markazlari Foundation kursini o‘ylab topishdi.
Qudrat aka esa kompyutersiz dasturlashni o‘rgata oladigan ustoz.

Ko‘p yozdim, ko‘p maqtab yubordim. Lekin bori shunday.


👍 Tavsiya qilaman. O‘zingiz, tanishingiz va farzandingiz uchun foydali bo‘ladi deb bilaman.

02.05.2025 London
@DrAlgorithm
👍24🕊1💯1
Barakalla Otabek!

Kechaginda katta tizim, oʻrganish qiyin deb Oracle haqida aytgan edim. Endi qaranggi bu ukamiz nafaqat Oracleni oʻrgandi, balki uni yasash bilan shugʻullanar ekan.

Muborak boʻlsin Otabek!

Yoshlarimiz kuchli salolihiyatga ega. Bilim olishda ancha oldinda. Davomli boʻlsin. Otabeklar koʻpaysin!

03.05.2025 London
@DrAlgorithm
👍54🔥17🆒2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O`zimizning mavzu...

https://t.me/DrAlgorithm/839

Ora-chora hazil qilib turila. Jaa jiddiyni yoqib olmasdan.

03.05.2025 London
@DrAlgorithm
😁17👍9🤣5😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Skype - 05.05.2025

Bugun yana bir muloqot dasturi (messanger) bilan xayrlashdik.

Bu faqat xabar emas, ovozli qo`ng`iroq va internet telefon (VoIP) texnologiyalarida katta burilish yasagan tizim edi.


Skype chiqqan vaqtda xalqaro qo`ng`iroqlar qimmat edi. Endi tasavvur qiling, oddiy narxda chet davlatiga telefon qilishni... - ana shunaqa maxluq edi bu.

Xullas, yana o`sha gap:
- Messangerlar hayoti qisqa, email dan foydalanish kerak.


Havola: [ICQ] [Mail agent]

05.05.2025 London
@DrAlgorithm
👍36🔥64😢1🕊1
Ot masalasi - (javob)

🔗 https://telegra.ph/Ot-masalasi---javobi-05-06

Masala: Shaxmat taxtasida ot va piyoda bor. Ot eng kam yurish bilan piyodani urishi kerak.

Ot eng kam necha qadamda piyodani uradi?

~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~

Masalani ko‘pchilik rekursiya yordamida yechib ko‘rsatishdi. Men esa 9 sinf bolasi qanday yechganini yozib bermoqchiman.

Massiv (array) yasab olamiz. taxta[8][8]

Ot turgan joyni 0 deb belgilaymiz. Endi massivning har bir katagidan yurib chiqamiz. Agar biror son ko‘rsak, shu sondan borish mumkin bo‘lgan joylarni +1 qilib belgilab chiqamiz.

Demak, agar ot 0-raqamda turgan bo‘lsa, undan borish mumkin bo‘lgan joylar 1 ga aylanadi.

Bitta o‘tishda butun taxtani to‘ldirib bo‘lmaydi. Shu sababli bajargan ishimizni bir necha marta takrorlaymiz. Necha marta takrorlash kerak? Aniq bilmaganim uchun o‘sha payt 10 marta takrorlaganman. keyinchalik esa maksimum qadamlar sonini aniqlab, 8 martaga tushirganman.

2-o‘tishda taxtamizda (massivda) 0, 1, va 2 sonlari paydo bo‘ladi. Shu zaylda davom etamiz va 3 lar va 4 lar hosil bo‘lishini kuzatamiz.

Endi, Ot turgan joydan boshlab, keyingi raqamga qarab yurishni boshlasak har doim ham manzilga yeta olmaymiz. Chunki 0->1->2 dan keyin 3 ga o‘ta olmasligimiz mumkin.

Mana shu yerda men o‘rgangan bitta zo‘r falsafa bor:

- Natija olish uchun har doim ham boshlang‘ich nuqtadan tugash nuqtasiga harakat qilinmaydi. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladi, tugash nuqtasidan boshlanish nuqtasiga borish kerak.

Man hayron qolganman (shok bo‘lganman). Rostdan ham shunday ekan.

Agar ot turgan joydan biror keyingi songa o‘tsam va yana ixtiyoriy keyingi onga o‘tsam, men tugash nuqtasiga bora olmas ekanman.

Lekin, agar tugash nuqtasidan orqaga qaytishni boshlasam, ixtiyoriy kichik sonni tanlasam ham doim boshlang‘ich nuqtaga yetib kelar ekanman.

Shunday qilib, piyoda turgan joy 3 ga teng. U yerdan ixtiyoriy 2 ga o‘taman, keyin yana ixtiyoriy 1 ga va 0. Bu eng qisqa yo‘l bo‘ladi. Ishonmasangiz tekshirib ko‘ring. Va agar yo‘llar ko‘p bo‘lsa, shu usulda barchasini ko‘rib chiqa olasiz.


Ana shunaqa gaplar.

🏠 Endi esa, uyga vazifa.

1. Ot turgan katak (manzil) va piyoda turgan katak (manzili) beriladi. Siz borish mumkin bo‘lgan barcha eng qisqa yo‘llarni yozib bering.

2. Ot va piyodani shunday joylashtiring-ki. Ular orasidagi yo‘l eng uzun bo‘lsin. Eng uzun masofa necha qadamli?


07.05.2025 London
@DrAlgorithm
👍17🔥5🥰1👏1
Pivot.UZ
SG Micro SaaS Studio ishga tushirildi — maqsad: 100 dan ortiq global Micro SaaS kompaniyalarini qurish
Micro SaaS (Software as a Service)

Juda ajoyib g‘oya o‘ylashibdi. Ko‘p dasturchilarimiz kichik loyihalar qilishadi. Bu kichik loyiha o‘zlarining ishlarini osonlashtirish uchun xizmat qiladi.

Masalan,
- Har 45 daqiqada, 15 daqiqa dam olish kerak ekanini eslatish;
- Qisqa tugma orqali kerakli IDE yoki boshqa dasturchi ochish;
- Berilgan 100 ta rasm fayllarini bitta PDF ga o‘tkazish;
- emaillaringizning qaysi biri kerakli, qaysini esa reklama ekanini ajratish kabi.
Bu hozir esimga kelganlari.

Tasavvur qiling O‘zbekistonda IT sohasida ishlab yurganlar qancha. Agar ularga o‘z g‘oyalarini ommaga chiqarishga yo‘l berilsa, nima bo‘ladi?

Ko‘pchilik uchun foydali yangi xizmatlar (SaaS) dunyo ko‘radi.


Shundan muhitlardan biri, Startup Garage tomonidan ishlab chiqilgan SG Micro SaaS Studio loyihasi.

Loyihasi asoschisi Muhammad Xalilni yaxshi taniyman. Tavsiya qilaman bu loyihada ishtirok etib, o‘zingizni sinab ko‘rishingizni.

👉 Batafsil

Ba’zida bizga berilgan imkoniyat oyog‘imiz ostida bo‘ladi.


09.05.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👀3
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeksʼda DevOps kuni!

📌 31-may, shanba kuni TATU binosida "UzGeeks May2025 DevOps Day Meetup" boʻlib oʻtadi.

⭐️Meetupʼda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
1️⃣GitOps Beyond Kubernetes: Applying GitOps to VMs, and more
- Numon Amirov (Owner @ Subinc);
2️⃣Lets Nix it.”
- Sokhibjon Orzikulov (Head of OSS @ Uzinfocom);
3️⃣Katta infrastrukturani boshqarishda monitoringning o'rni.”
- Jahongir Yovmuddinov (Yetakchi mutahassis @ Mobiuz);

🔄 Meetup odatiy ravishda bepul boʻlib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida roʻyxatdan oʻtish kerak.

📍Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 108 (Toshkent axborot texnologilari universiteti)

🎙Hamkorlar:
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️ Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi;
➡️ Thinkland.
➡️ Toshkent axborot texnologilari universiteti
➡️ Floss O'zbekiston.

Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
👍5🔥3
UzGeeks Community
UzGeeks May2025 DevOps Day Meetup
Uzgeeks Meetup ko`pchilik dasturchilar uchun juda foydali tadbir.
Agar hali qatnashib ko`rmagan bo`lsangiz, boshlash uchun ayni vaqti.
Agar xabaringiz bor bo`lsa, yana bir bor eslatib qo`yishni xohladim.

Tadbir barchangiz uchun foydali bo`lishini tilab qolaman.

19.05.2025 London
@DrAlgorithm
6👍3🔥1
Google I/O 25

Gemini ishlatib yoqtirib qolgan edim. Endi yana ham ishim osonlashar ekan.

Koʻrishni tavsiya qilaman. Koʻp yangiliklar bor ekan.

20.05.2025 London
@DrAlgorithm
👍15👀3
Qudrat Abdurahimov
Soft Skills ning sinonimi Human Skills. O'zbekchasiga "Odamiylik ko'nikmalari" degani.

Misollar orqali tushuntiraman:
1) Vaqtga amal qilish — bu odamiylik
2) Gapni bo‘lmasdan tinglash — bu odamiylik
3) Jamoada mas’uliyat olish — bu odamiylik
4) Tanqidni qabul qilish va yetkazish — bu odamiylik

Xullas, yumshoq ko'nikma atamasini yo'qotib, "Odamiylik ko'nikmalari" atamasini joriy qilamiz. Bunga yillar ketishi mumkin. Lekin to'g'risi ham shu.

@QudratAbdurahimov - Soft Skills|Odamiylik ustozi
Odamiylik ko`nikmasi

Juda ajoyib talqin va taklif boʻlibdi. Endi suhbat olish jarayonida (job interview) shu atama, Odamiylik koʻnikmasini, ishlatsak atama tezroq hayotga kirib keladi.

Odamiylik
Odob
Intizom
Axloq

Tilimizda oʻzlashgan soʻzlar oʻrniga ishlatish mumkin boʻlgan va maʼnosi toʻlaroq ifoda eta oladigan soʻzlarimiz koʻp. Ularni qoʻllay olish - san'at.

Qudrat aka aytganlaridek: Vaqt ketdi, qani qanchada singar ekan.


Chorlov, chaqiriq (challenge)ga tayyormisiz?

21.05.2025 London
@DrAlgorithm
2👍33🔥2🕊1
Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
Puli ham kerak emas. Shu paytgacha hali shogirdlarimdan norozilar bo'lmadi
Ilm tekin emas, ammo...

Sardor og‘a dars berishni qayta boshladilar. Juda zo‘r mutaxassis ekanlarini yaxshi bilasiz. 20 yil oldin bo‘lganida, kurslariga borgan bo‘lar edim.
Hozir qabul qilmasalar kerak.
HTML, CSS, JSni o‘rganib kelishim kerak bo‘ladi.

Shunga sizga ilindim. Online kurslar yaxshi. Vaqt tejaydi va mustaqil o‘rganishga o‘rgatadi.
Lekin ustoz bilan hamnafas, bir xonada ilm olish gashti boshqacha.

👉 Kurs haqida: https://t.me/Sardoroga_blog/2626

PHP ko‘p veb sahifalarning onasi bo‘lib ulgurgan. Shunga buni ham o‘rganib qo‘yish foydadan holi emas.
* Har yili 1 ta yangi texnologiya o‘rganadigan "oka"larimiz bor.
* Kursni o‘qib bitirganlar "Kotta odam" bo‘lib ketishgan.
Shulardek bo‘lish sizga ham nasib etsin!

26.05.2025 London
@DrAlgorithm
1🔥26👍5🕊5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔42🔥144
Qahva

Ertalabdan Axborot xavfsizligi boʻyicha konferensiyaga bordim.

Vendor risk-management boʻyicha bitta xizmatni koʻrish uchun stend oldida turgan edim. Qahva moshinasini qoʻyib qoʻyishgan ekan. Xodimlaridan biri kelib, birinchi soʻragan narsasi: "Qahva ichasizmi?" - boʻldi.
- Americano, - dedim oʻylab oʻtirmay.

Juda zoʻr gʻoya. Ertalabdan qahva ichadiganlar koʻp. Qahva soʻragandan keyin aniq 5 daqiqa sizning stend oldida turishadi, ular endi siz uchun vaqt ajratishi tayin.

Win-win


Qahva koʻpi bilan £5 tursin. Agar 20 ta shunday suhbatdoshdan bittasi siz bilan shartnoma imzolasa, £15,000 degani.

Konferensiyadan koʻp foydali maʼlumotlar oldim.

05.06.2025
@DrAlgorithm
🔥30👍10🥰1🕊1