Dr. Algorithm
3.06K subscribers
477 photos
53 videos
3 files
541 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Saidolim aka ham Odoo'ni foydasini biladilar 🤩

O'zbek IT darg'alaridan biri, ustozimiz Buyuk Britaniyada yashab, faoliyat olib boradilar va kuni kecha mahallalaridan rasm yubordilar.

Ha do'stlar Odoo dunyo bo'ylab tadbirkorlarga yordam berishda davom etadi. U o'zining moslashuvchan xarakteri bilan, ko'pchilikni qalbini ham zabt etmoqda. Shu bilan u global ERPlar marketida sotuvlar bo'yicha 🔝TOP 7 ga ham chiqib oldi. Hozirda Odooning 20 ta davlatida o'z offislari mavjud va 80 dan ortiq davlatida reseller partnyorlariga ega.

Saidolim Djuraev ustoz bilan aynan bizneslarni raqamlashtirish sohasida hali qilinadigan ishlar ko'pligi, IT kompaniyalarni faoliyatini rivojlantirish bo'yicha suhbat qilib turamiz.
Ularga Odoo'ga urg'u berganlari va O'zbekistondagi ITni rivojlantirishda qilayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

@AmonAkramovich - biznesingizga tizimlashtirish nurini olib kiruvchi maslahatchingiz 💪️️️️️️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Far·hod·jon
Ha do'stlar Odoo dunyo bo'ylab tadbirkorlarga yordam berishda davom etadi.
Oʻzbekistonda biznesni tizimlashtirish jadal rivojlanayotgani juda quvonarli. Chunki bundan keyingi qadamlar uchun albatta tizim kerak.

Angliyada faoliyatim davomida korxonalardagi ITning roʻlini yanada chuqur koʻrish imkoniyatiga ega boʻldim. IT faqat MS Wordda matn terish, Excel esa moliya hisobidan tashkil topgan emas.
Tizim mavjudligi, havf (risk) boshqaruvi va muammoli holatlardan chiqish usullari, har bir xodim vazifalari kabi koʻplab tushunchalar tizim va hujjatlar asosida yuritiladi.

Bitta sodda misol keltirsam. Buni koʻp biznes egalariga aytsam, oʻylanib qolishadi.

Siz tadbirda qatnashmoqdasiz, koʻp chet eldan biznes egalari kelgan. Vizitka (biznes maʼlumotingizni) tarqatasiz.

- Agar men vizirkangizda @gmail.com, yoki @mail.ru koʻrsam, men sizni jiddiy olmayman.


Chunki oyiga $10-$20 ayagan odam bilan qanday qilib biznes qilish mumkin?

Albatta, siz bilmagansiz, sizning saytingiz nomi bilan email ochish mumkin ekanini aytishmagan, oʻzingiz ismingiz yozilishini (turli raqamlarsiz) sinab koʻrmagansiz. Lekin bilmaganingiz sizga foydaga ishlamadi.

Shu sabab Odoo boʻlsin, email provider boʻlsin, boshqa tizimlar boʻlsin, har oy IT uchun budjet ajrating va IT mutaxassislar bilan hamkorlik qiling.

Amon boshlagan loyihalari ham shu rivojlanish uchun boshlangʻich turtki. Davomli boʻlsin.

Biznesingiz rivojlansin, Oʻzbekiston rivojlanadi.


03.03.2025 London
@DrAlgorithm
👍10🔥5
Dasturchi (programmist)

Yaxshi dasturchi - bir yoqlama yoʻlni kesib oʻtishda har ikki tomonga qarab oʻtadi.


- Doug Linder

Har doim kodingizni yozishda hissiyotingiz goʻyo uni ertaga sizning uyingizni biladigan zoʻravon aqli zaif ishlatadigandek boʻlsin.


- Martin Golding

09.03.2025 London
@DrAlgorithm
2👍39😁117
Forwarded from Far·hod·jon
Kompaniya/komanda chati

O’zbekistondagi ko’p kompaniyalar ichki muloqot uchun Telegram ishlatishiga hayron qolaman. Telegram - shaxsiy va guruh muloqotlariga juda ma’qul yechim, lekin aynan ish uchun noto’g’riroq.

Birinchidan, xavfsizlik tomondan kompaniya ma’lumotlariga o’zi ega bo’lishi kerak. Ish bo’yicha qilinadigan muloqotlar ham shu toifaga kiradi.

Ikkinchidan, ish uchun alohida chat bo’lishi odamlarga shaxsiy va ish muloqotini ajratish imkoniyatini beradi. Dam olish kerak bo’lgan holatlarda Telegram’dagi bildirishlar xalaqit bermaydi.

Uchinchidan, Slack/Discord kabi servislardagi kanallar juda qulay: odam kompaniyaning hisobiga qo’shiladi va barcha kanallarga qo’shilishi mumkin. Telegram’ning topics (mavzular) imkoniyatiga ham chidasa bo’ladi, lekin noqulay.

Slack/Discord chatlarni bulutda saqlaydi (katta kompaniyalarga minus) va narxi sezilarli bo’lishi mumkin (kichik kompaniyalarga minus).

Lekin, xuddi pochta kabi, bozorda bir nechta ochiq kodli takliflar bor. Ularni bemalol alohida serverga qo’yib ishlatish mumkin. Eng mashhurlari: Mattermost va Rocket.Chat. Ikkalasi ham faqat chat emas, qo’shimcha imkoniyatlar ham beradi.

@farhodjon #work
🔥6👍1
Forwarded from #Gashtak
🎙️Anvar Narzullaev bilan yangi #Gashtak!

Mohirdev - O‘zbekistondagi eng mashhur onlayn ta’lim platformalaridan biri. Uning asoschilaridan biri Anvar Narzullaev bu podkastda qanday qilib o‘z biznesini boshlagani, tadbirkorlik va ta’limni qanday uyg‘unlashtirgani haqida gapiradi.

Shuningdek, IT sohasi bo‘yicha eng yaxshi o‘quv modelini qanday tanlash kerakligi va kelajak ta’lim tizimi qanday rivojlanishi mumkinligi haqida muhokama qilamiz.

📱 https://www.youtube.com/watch?v=ytevk4j3woo

Toʻliq podkast #Gashtak 📱 YouTube kanalida!
📱 Telegram | 📱 Instagram

Homiylar:
🌐 Moneff | Cappadocia Walton’s
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74👎2
Malaka oshirish (Treyning)

Korxonalar xodimlari uchun turli malaka oshirish kurslarini tashkil etishlari kerak. Buning baʼzi ijobiy tomonlarini keltirilgan:

* Malaka oshirish dasturchilarni yanada samaraliroq va albatta xursand qiladi.

* Treningga sarflangan kichik xarajat umumiy ish faoliyatingizni sezilarli darajada yaxshilaydi va xodimlaringizni saqlab qolishingizga yordam beradi.

* Onlayn o'quv kurslari va kitoblar ko'pincha biror ustozga borib oʻrganishga qaraganda kamroq samara beradi. Lekin ular ancha arzon va ixtiyoriy payt vaqtingiz boʻlganida taʼlim olish imkonini beradi.

* Agar 50 dollarlik kitob sizga bitta yangi maslahat bera olsa, ehtimol u shunga arziydi.

12.03.2025 London
@DrAlgorithm
👍27🔥9👌3
Hayit ayyomi muborak!

Assalomu alaykum, hammaga Hayit ayyomi muborak bo`lsin!
Alloh ibodatlarimizni qabul qilsin. Xonadonlarimizga baraka, sakinat va salomatlik bersin!


Barchamizga ayyom muborak!

30.03.2025 London
@UKHayot @DrAlgorithm
👍39🔥7🕊3
Forwarded from MohirDev.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
E’tiborsizlik qancha turadi?

Oddiy xato – katta yo‘qotish. Saidolim Djuraev o‘z taqdimotida xavfsizlikka befarqlik qancha zarar keltirishini ochib berdi.

Unda:
– Mijoz ma’lumotlarini qanday himoyalash kerak?
– Qaysi xalqaro standartlar yordam berishi mumkin?
– Shaxsiy “gigiyena” va ma’lumotdan qanday pul ishlasa bo‘ladi?
savollariga javob berilgan.


Agar katta loyihalarda ishlayotgan yoki ishlamoqchi bo‘lsangiz, videoni o‘tkazib yubormang.

👉 Videoni tomosha qiling

@mohirdev
1👍27🔥4🕊21😱1
Ajoyib kun

Bugun juda ajoyib kun boʻldi.


Londonda Oʻzbek IT jamiyati kurtak ocha boshladi. IT sohasida oʻqiyotgan, ishlayotgan va ITga qiziqadigan boshqa soha vakillari bir dasturxon atrofida yigʻildik.

Qisqa vaqt ichida xabar berilganiga qaramay 22 kishi yigʻilibmiz. Biz uchun bu juda katta natija.

Niyatimiz:
- oʻzbek farzandlari chet el tajribasini olishi;
- shaxsiy koʻnikmalarini oshirishi;
- birgalikda Startup loyihalar qilish;
- Vatanga foydali bilim olib borish.

Suhbatimiz juda mazmunli boʻldi. Teran fikrli va katta maqsadli yoshlarimizni koʻrish odamga gʻayrat bagʻishlaydi.
Hissiyot kuchlilik qilib, koʻp narsani ayta olmayapman. Nasib qilsa rejalar va ularning amalga oshishini yoritib boraman.

Kimdir Angliyaga kelsa va IT jamiyati bormi desa, javob aniq boʻldi: Ha bor. Kelaverasiz.


Kuningiz xayrli boʻlsin!

P.S. Uzbegim restoraniga alohida rahmat! Londonda katta joy topish qiyin, lekin bitta iltimosga 20 kishilik joyi qilib berishdi.
Ovqatlari mazali, turi koʻp. Oshni yep tugata olmaydi kishi. Narxi ham hamyonbop.
Tavsiya qilaman.

03.04.2025 London
@DrAlgorithm
👍70🔥11👨‍💻51🕊1🤝1
Forwarded from Paiziev24
Road24 асосчиси Бахтиёр билан мен 2014 йили танишгандим. У ўшанда Австралиядан эндигина қайтган эди. Унинг фикрлари тиниқлиги ва энергиясини кўриб, уни MyTaxi’га операцион директор лавозимига таклиф қилганман.

Бахтиёр — MyTaxi’ни пивот қилишимизга сабаб бўлган инсонлардан бири. Кейинчалик у Lamuz ва Road24 лойиҳаларини ишга туширди. Ўзим Ўзбекистонда бўлганимда, ГАИдан келадиган жарималарни айнан Road24 орқали тўлардим — жуда қулай илова.

Мен Бахтиёрга аввал ҳам айтганман: бу жуда рискли ҳамкорлик. Чунки давлат идораси раҳбари алмашса, бу хизматга ўзининг яқинларини, жияни ёки танишини қўйиши табиий ҳол. Бундай APIлар тўғридан-тўғри ГАИ хизматлари орқали эмас, балки Ягона Интерактив Давлат Хизматлари портали орқали тақдим этилса ва очиқ бўлса (Public API) мақбулроқ бўлади.

ИТ Парк, Монополияга қарши курашиш қўмитаси ва стартаплар ривожига бефарқ бўлмаган ташкилотлардан бу ҳолатга эътибор қаратишларини сўрайман. Акс ҳолда, Ўзбекистон Бахтиёрдек илғор тадбиркорни йўқотиши мумкин.

@paiziev24
👍53🔥12👏5🐳3
Paiziev24
Road24
Road24 vs Safe Road

Bunday holatlar juda ko‘p bo‘lib kelmoqda. Qachon tugar ekan deb kutib charchadi odam.

2016 yili katta majlisda IIVning Toshkent bo‘limi katta " (plyus) bilan chiqqan edi. Sababi 2015 yili SHOS vaqtida PPX va YPX mashinalariga qo‘yilgan GPS orqali ko‘p ishlarni oson qila olishgan edi. Boshqa hududlarimizda hali GPS qo‘yilmagan edi.

Shunda davlat rahbarimiz:
- Biror vazirlik yasagan tizimni, qaytadan yasashni yig‘ishtirish kerak. Bitta tizim unumli ish berdimi, boshqa vazirliklarga ham tatbiq qilish kerak, - degan fikrni aytgan edilar.

Mana yillar o‘tdi. Lekin nadagur bu hali ham o‘zgarmadi.

Toshkent shahar avtobus xizmatlarini GPS tizimini bir vaqtlar Via Tashkent qilgan edi. Keyin bizga berishdi, keyin yana qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Har yili yangi tizimga o‘tishadi.

Charchashmadimikan???


Agar ravon yurmoqchi bo‘lsak, kelishib ish qilaylik. Bitta tizim uchun har yili biz soliq to‘lovchilarning pullarini sarflamaylik.

Mana nima uchun aql odamlarimizni yurtimizda ishlab qolish qiyin kechmoqda. Keling, endi yangi to‘g‘ri usulda ish yutaylik... deydigan odam bormi?

Xullas, bunday holatlarni kamayishi uchun har birimiz o‘zimizdagi shunday odatlarni kamaytirishimiz kerak. Agar ishimiz ham o‘zimizga ham jamiyatga foyda bermayotgan bo‘lsa, bir fikrlab ko‘rib, har ikkisiga foyda tegadigan ishlarni qilishni boshlaylik.

P.S. Yuqoridagi postni Akmalning blogidan oldim. Undan avval Alisher, Amon yozgan postlarni ham kun davomida ko`rib turdim.

14.04.2025 London
@DrAlgorithm
👍59🔥14🤝5
💻 Dasturchi bo‘lishni xohlaysizmi?

Unda siz uchun zo'r imkoniyat!
22-aprel, soat 15:00 da
TDIU 4-bino, 4-maruzalar zalida
maxsus mehmon bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi!

🎙 Qudrat Abdurahimov —
“GITA mobil dasturchilar akademiyasi” asoschisi
— siz bilan o‘z tajribasi, motivatsiyasi va foydali maslahatlari bilan bo‘lishadi!

Uchrashuvda nimalar kutmoqda?
Dasturchilikka qanday kirib kelish mumkin?
Qanday boshlash kerak?
Nega IT sohasi kelajak kasbi?
Va eng muhimi — motivatsiya!

IT sohasiga qiziqayotgan barchani kutib qolamiz!
O‘zingiz bilan do‘stlaringizni ham olib keling!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
👍12
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
Qudrat Abdurahimov
Ustoz Qudrat akani tanimagan odam kam bo‘lsa kerak. Shunday bo‘lsa ham ba’zi jihatlarni aytib o‘tmoqchiman.

1. Dasturchilikka kirish deganda, hozirgi "Hayp" bo‘lib, reklamani kuchi bilan ko‘payayotgan dasturchilar emas, aynan qalban o‘zi yaxshi ko‘rib, dasturchi bo‘lish haqida gapirsalar kerak. Chunki dasturlashni sizga yoqqani uchun tanlayotgan bo‘lsangiz, bu ustoz maslahati siz uchun.

2. Ustozdan faqat dasturlash emas, hayotga boshqa tomondan ham qarash mumkin ekanini ko‘rsatib beradilar. Ko‘p dasturchilar "Introvert" (yopiq) bo‘lishadi. Ustoz bilan suhbat qursangiz, o‘zingizning ochilmagan xislatlaringizni ochasiz. Shu bilan birga biroz "Extravert" (muloqot qila oladigan) bo‘lishni boshlaysiz.

3. Suhbatlarida biror narsani tushuna olmasangiz, biling-ki, qayerdadir hazil qildilar. Ustoz hazilni juda kuchli qiladilar. Tushunish uchun "Wikipedia master" bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. :)

Suhbat ko‘pchilik uchun manfaatli bo‘ladi deb o‘ylayman.


Izoh: Afsus o‘zim bora olmayman.

22.04.2025 London
@DrAlgorithm
👍21🔥5💯2🤷1
CIO
Chief Information Officer

Kitobni shu qatorini o‘qib turib, o‘zimda bo‘lib o‘tgan bir voqea esimga tushib ketdi.


---- ~ ----

Ertalab. Ishxonada ish qizg‘in. Kelganimizda 1 soat bo‘lgan bo‘lsa ham, hamma qiziqib, ekranidan ko‘z uzmay ishlab o‘tirgan holat.

- HAA! .... , - o‘rtog‘im nimalardir dedi, anglashga ulgurmadim. - Ketishim mumkin!
Narsalarini ryukzagiga solar ekan, baland ovozda rahbarimizga qarab baqirdi. Keyin hamma narsasini yig‘ib, eshikni qattiq yopib, chiqib ketdi.

Sukunat...

Hamma bir biriga qarab qo‘yadi, lekin indamaydi. Shu zaylda 5-10 daqiqa o‘tdi. Keyin rahbarimiz qo‘shni xonadan chiqib, bizga odatdagi muloyim ovozi bilan:
- Endi Botir biz bilan emas. Uning vazifalarini taqsimlashimiz kerak.

Nima uchun? Qachondan? Endi nima bo‘ladi? - kabi savollar javobi aniq qilib aytilgan edi.

- Saidolim, relizlarni qila olasizmi? Boshqa odamimiz yo‘q.


---- ~ (parda) ~ ----

Jarayon juda tez bo‘lgan edi. 10 daqiqa ichida oddiy dasturchidan Guruh sardori (Team lead)ga aylanib qolgan edim. Shunda bilganman ITda rahbarlik egallab olinmaydi, birdaniga berilishini.



Xonadan chiqib ketgan bola mening yoshlikdan taniydigan o‘rtog‘im edi. Bu korxonada 8 yildan ortiq ishlagan. Bitta rahmat bilan 8 yil. Doim yaxshi munosabatga gaplashib kelishar edi. Meni ham bu yerga u olib kelgan edi. Bilmadim nima jin urdi, ertalab rahbar xonasiga kirib ketdi va oradan yarim soat o‘tar o‘tmas shu holat bo‘lib turibdi.

Uning vazifalaridan biri yasagan dasturimizni serverga yuklash edi (reliz qilish). Ketganidan keyin manga qolgan. Linux bilan yaxshi tanish emas edim. Shu bahona o‘rgangan edim. Boshlanishiga qo‘lda fayllar bilan ishlagan bo‘lsam, keyinchalik bash script yozishga o‘tib ketganman.

Shunga bilganman IT sohasida hech kim rahbarlikka intilmaydi, vaqti kelib birdan boshqarish vazifasi unga berilishini. Bu, ham sen uchun bilmaydigan narsang, ham mas'uliyat.

---

Kitobda kichik (5-6 kishilik) guruh sardorini 4,000 ta odam ishlaydigan korxonaga CIO (Chief Information Officer) rahbar qilib qo‘yishadi. Bizning tilda IT Direktor. Endi ham dasturchilarni boshqarishi kerak, ham korxonaning barcha IT so‘zi qatnashgan narsalariga javob berishi. Muallif ham CIO likka zinapoya bilan chiqmagani, uning yuqorisida 2 qavat rahbarlar bo‘lganini aytgan. Xohlamasa ham majburlab berishgan ekan.

Qulay qobiq (Comfort Zone)dan chiqish uchun esa, zo‘r imkoniyat.


1. Texnik bo‘lmagan kitoblarni ham o‘qib turing.
2. Texnik bo‘lsangiz ham rahbar qilib qo‘yishligiga tayyor turing.

24.04.2025 London
@DrAlgorithm
👍45🔥103🎉2🕊1
Kuchli backend va full stack dasturchilar uchun yangi avlod ERPsida kod yozishni taklif qilamiz.
O’zingizni yangi darajaga olib chiqib, daromadingizni ham oshiring.

⚠️ Diqqat: bu kurs sotish emas! pullik emas! Haqiqatda o'rgatish va ish taklifi!

✍️ Ro’yxatdan o’tish
📆 26-aprel, Shanba 15:00 Manzil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍5👎2👏2
Amon Olimov *biznesni raqamlashtirish
📆 26-aprel, Shanba 15:00 Manzil
Tadbir online emas ekan. Qatnasha olmas ekanman.

Lekin niyat bor edi. Chunki tadbirkorlar dasturni 0 dan yozdirish uchun $15,000 sarflaganidan ko`ra, shu tayyor yechim bilan kamroq xarajat qila olishini aytishimiz kerak.

Hali ham bizda o`zimniki bo`lsin deymiz. Uy sotib olamiz, ijarada yashash qimmat deymiz.

Lekin biznesda unday emas-ku. Siz oyoqqa turib olishingiz uchun tayyor xizmatlardan foydalanib, keyin kattaroq bo`lganingizda o`zingizga mosini yasatib olishingiz foydaliroq emasmi?

Shu savol mani ko`p o`ylantiradi. Javobi topilib qolar...

25.04.2025 London
@DrAlgorithm
👍17🔥81🕊1