Dr. Algorithm
3.06K subscribers
477 photos
53 videos
3 files
541 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Yangi Eng katta tub son

NewScientist jurnalida yangi eng katta tub son e’lon qilindi.
Havaskor izquvar 41 million raqamli eng katta tub sonni topdi.

2^136,279,841-1


Bugun yangiliklarda yangi eng katta tub son topilganini o‘qib qoldim.
Nima uchun yangi? Nima uchun eng katta?

Matematiklar uchun qiziqarli masala bor. Keyingi tub sonni topish. Bu o‘ziga xos qiziq jarayon.

Yoshlikda ko‘pchilik olimpiadaga tayyorlanishda tub son masalasini yechgan bo‘lsa kerak. 1000 gacha bo‘lgan tub sonlarni hozirgi kompyuterlar soniyada chop eta oladi. 1,000,000 gacha bo‘lgan tub sonlarni hatto telefonimizda topa olamiz.


Endi o‘ylab ko‘ring, siz topa oladigan eng katta tub son necha?

Bu masala bilan ko‘p olimlar shug‘ullanadi. Albatta, katta tub son hozirgi kunda faol ishlatilmaydi. Ammo qiziq masala.

* 2016 yilda eng katta tub son 2^74,207,281–1 aniqlangan edi. 22,338,618 ta raqamdan iborat bo‘lgan tub son. (M74207281)

* 2018 yilda esa 23 million xonalik tub son topildi: 2^77,232,917–1. Avvalgisidan 5 million raqamga uzunroq. (M77232917)

* 2024 yil esa 41,024,320 raqamdan iborat 2^136,279,841-1 soni aniqlandi. (M136279841)

Bularning barchasi GIMPS loyihasi asosida qilingan. GIMPS tub son topish bo‘yicha dasturlardan biri.

Topilma muallifi Lyuk Dyurant (Luke Durant) Nvidia’da GPU’larni ishlab chiqish muhandisi bo‘lib ishlagan. GIMPS ni ko‘pchilik shaxsiy kompyuterlarda ishlatgan bo‘lsa, Lyuk buni Nvidia GPU larida sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan.

GIMPS dasturini ishga tushirish uchun 17 ta mamlakatdagi 24 ta Data Markaz (Datacentre) da minglab GPU larni ulagan.


Amaliy jihatdan bu sondan foyda yo‘q. Lekin juda qiziq jarayon.

Siz ham shunday urinish qilib ko‘rgan bo‘larmidingiz?

Ilmiy maqolasini ko‘ring https://www.durable-science.net

Aytgancha, shu qilgan ishi uchun $3,000 mukofot puli ham berishibdi.

30.10.2024 London
@DrAlgorithm
3👍37🗿311😁1
Bilimning yaroqlilik muddati bor
(срок годности, expiry date)

O`ylab ko`rmagan ekanman. Kitobda shunday ibora kelib qoldi:

Afsuski, bilimning - yaroqlilik muddati bor.


Ilk bor o`qiganimda tushunmadim. Qayta o`qib ko`rdim. Yana tushunmadim. Tagidagi matnni o`qiganimda keyin tushunarli bo`ldi.

Keling birga fikr qilib ko`ramiz.

Bilim yaroqlilikdan chiqishiga sabab yangi texnologiyalar, tillar va muhitlar ishlab chiqarilishida ekan. Bozorning o`zgarishi siz biladigan texnologiyani o`yindan chiqishiga sabab bo`ladi. Sizning bilimingiz pasayishi ishlab turgan korxonangiz yoki mijozingiz oldida sizing qiymatingizni tushiradi.

Unda nima qilish kerak?

Yangi narsalarni o'rganish qobiliyatingiz sizning eng muhim strategik boyligingizdir. Asl boyligingiz yangi bilim olish ko`nikmasi mavjudligida.

Lekin asosiy qiyinchilik "Qanday qilib o`rganish" va "Nimani o`rganish"da.

Bilim portfoliosi

Dasturchilarning kompyuter haqida biladigan ko`nikmalari, dasturlari va texnologiyalarini Portfolio deb atashga odatlanganmiz. Lekin shu portfolioni boshqarish haqida o`ylab ko`rganmisiz? Bilim portfoliosini boshqarish xuddi moliya portfoliosini boshqarishga o`xshar ekan:

1. Tajribali investorlar muntazam ravishda investitsiya kiritib boradilar - odat tusiga kirgan.

2. Diversification uzoq muddatli daromad kaliti.

3. Tajribali investorlar portfoliosini ham konservativ, ham high-risk/high-reward biznes bilan muvozanatda saqlashadi.

4. Investorlar maksimal foyda olish uchun arzon sotib olib, qimmat sotishga harakat qiladilar.

5. Portfolio doim tekshirilib, yangilanib turishi kerak

Endi dasturchilarda qanday bo`lishini ko`rib chiqsak:

1. Muntazam investitsiya kiritish.
Doimo bilimingizga investitsiya kiritib boring. Kam miqdorda bo`lsa ham yangi narsa o`rganing. Bu oddiy ilmiy yangilik o`qish bo`lishi mumkin, yoki yangi chiqqan texnologiyani o`rganishni boshlash.

2. Diversification uzoq muddatli daromad kaliti.
Turli soha bilimlariga ega bo`lishingiz sizning qiymatingizni oshiradi. Bizning holda bitta texnologiyada qotib qolmasdan, yangilariga qiziqish, webdan backendga, mobilega o`tib ko`rish kadi. Yaqin tarixga nazar solsak, avval Desktop rivojlandi, keyin Web, keyin Mobile. Hozir Desktop uchun dastur yozayotgan nechta tanishingiz bor?

3. Portfolio muvozanati.
Texnologiya tanlashda diqqatli bo`ling. Bor kuchingizni bitta yo`nalishdagi texnologiyaga sarflamang. Vaqti kelib (2-3 yilda) vaziyat o`zgarsa, moslashish qiyin bo`ladi. Hamma bitta tilni o`rgansa, o`rganilmagan tilga talab oshib ketadi. Uni o`rganguningizcha unutilgan tilga talab oshadi. Shunga ikkisini bilish yaxshiroq.

4. Arzon sotib olish, qimmat sotish.
Texnologiya hali ommalashmasdan turib o`rganish, keyinchalik katta foyda olib keladi. Masalan, Java chiqqan vaqtda ko`pchilik uni tanimas edi. Hozir ko`p moliya dasturlari Javada yozila. O`z vaqtda o`rgangan yaxshigina natija (moliya)ga etishgan.

5. Portfolioni doim tekshirish.
Texnologiya shunday soha-ki, unda kecha chiqqan yangilik ertaga sovib qolishi mumkin. Shu sababli bilimlaringizni nazorat qiling. Siz biladigan Database texnologiyasi hozir kam ishlatilayotgan bo`lishi mumkin. Balki yangisini o`rganishingiz kerakdir?

Xulosa, bilim olishda to`xtamaslik kerak.
Bilim olishni o`rganaylik. Qanday olishni ham o`rganaylik.



Iqtisodchi emasman. Shunga atamalarni o`zim tushunganimcha yozdim.

* investor - sarmoyador. Biror tijoratga pul kirituvchi, uning ulushini sotib oluvchi odam.
* investitsiya - sarmoya. Biznesga kiritilgan/tikilgan pul yoki mulk.
* Diversification - turli biznes turlariga turlicha investitsiya kiritish. Muvozanat saqlash usuli.
* konservativ sarmoya - low-risk, kichik xavfli va bozorda o`zini o`rnini egallab olgan bizneslar. Kam foyda olib keladi, lekin kuyib qolish xavfi ham kam.
* high-risk - yuqori xavfli tez katta foyda olib kela oladigan va ayni vaqtda bittada 0 ga tushib qolish xavfi bor bizneslar.
* high-reward - yuqori daromadli bizneslar.


04.11.2024 London
@DrAlgorithm
👍50🔥171🤣1
Bir maqola yozish vaqtida boshqa kanallardagi 2 ta maqolani o`qib qoldim.

Foydali deb hisobladim. Ularning havolalarini shu yerda qoldiraman.
Sizga ham foydali bo`ladi degan umiddaman.

* Nega hozir Juniorlar va internlarga ish yo'q?
(Khumoyun Codes - https://t.me/khumoyun_codes)

* Negadur bizda ingliz tiliga bog’lanib qolingan.
(Doniyor Tojikhonov - https://t.me/doniyor_tojikhonov)

P.S. Maqolam ertaga kanalga chiqadi.

@DrAlgorithm
👍16🔥42💯1
Bilimga sarmoya - AyTi Reja

Bilimga sarmoya kiritish kerakligi haqida qilib oldik. Qachon va Qanday qilib savollariga javobni ham tahlil qildik. Keling endi shuni reja asosida qanday qilib amalga oshirish mumkin ekanini fikrlab ko‘ramiz.

Men o‘qigan kitobda quyidagi amallarni reja qilib bergan. Balki shundan boshlasak foydali bo‘ladi.


1. Yiliga kamida bitta til o‘rganing.

Turli tillarni o‘rganish sizga farqli fikrlash usullarini o‘rgatadi. Sababi har bir tilning o‘z shakli va yondashuvi bor. Qo‘shimcha ravishda yangi tilni bilish orqali ko‘proq ma'lumotga va tekin dasturlarga (software) qo‘lingiz yetishni boshlaydi. Faqatgina o‘zbek, Rus va Ingliz tilini bilsangiz, siz Portugal, Koreys, Yapon, Xitoy tillarida yozilgan kitoblar va texnologiyalarga ega chiqa olmaysiz.

2. Har oy bitta texnik kitob o‘qing.

Internetda izlash oson, sun'iy intellekt (SI) yordamida tez yechimga borish o‘z yo‘liga. Chuqur bilimga ega bo‘lish uchun albatta kitob o‘qish kerak. Bu sizga uzoq muddatli foyda beradigan manba. Hozirgi kunda ishlab turgan loyihalaringizga mos kitob toping, eng ko‘p o‘qilayotgan (best seller) kitoblarni ham izlab ko‘rsangiz bo‘ladi. Kitob o‘qishni odat qilganingizdan keyin, oyiga bitta kitob o‘qishni reja qiling. Kundalik hayotda ishlatayotgan texnologiyalarni o‘rganib bo‘lganingizdan keyin, yangi, hali ishlab ko‘rmagan texnologiyalarga o‘tib ko‘ring.

3. Texnik bo‘lmagan kitoblarni ham o‘qing.

Esingizdan chiqarmang kompyuter odamlar ishlatishi uchun chiqarilgan - bu odamlarning og‘irini yengil qilish sizning vazifangiz. Siz odamlar bilan ishlaysiz, odamlar sizni ishga oladi va albatta odamlar sizning dasturingizni buzadi (hack). Demak biz doim odamlar bilan ishlar ekanmiz, ular bilan muloqot qilish, tushunish, his qilishni bilishimiz kerak. Buni odatda Soft-skill (yengil ko‘nikma) deb atashadi, aslida bu yengil ish emas.

4. Kurslarga qatnashing.

Doim kurs va konferensiyalarga qatnashing. Xoh borib qatnaydigan bo‘lsin, xoh online - farqi yo‘q. Har qanday sifatli kurs yoki konferensiya sizni yangi bilim olishga va darajangizni oshirishga yordam beradi.

5. Mahalliy hamjamiyatlar va meetup'larga ishtirok eting.

Yopiq bo‘lish va izolyatsiya sizning zararingizga ishlaydi. Korxonangiz tashqarisida nimalar bo‘layotgani va odamlar nimalar bilan band ekaniga qiziqing. Borib, faqat tinglovchi bo‘lmang, faol ishtirokchi bo‘ling.

6. Turli muhitlarda ishlab ko‘ring.

Agar siz Windowsda ko‘p ishlagan bo‘lsangiz, endi Linuxga o‘tib ko‘ring. Ishlatayotgan IDE ni boshqasiga almashtirib ko‘ring.

7. Doim trendda bo‘ling.

Yangiliklar va maqollar o‘qib yuring. Siz ishlatib kelayotgan texnologiyaga aloqasi bo‘lmasa ham o‘qing. Bu sizning fikrlash doirangiz kengayishiga va doim texnologiya rivojlanishi bilan birga bo‘lishga yordam beradi.

Asosiy maqsad, doimiy sarmoya kiritishda.


Bitta joyda to‘xtab qolmang. Bitta til yoki texnologiyani mukammal o‘rganib bo‘ldingizmi, yangisini o‘rganishga davom eting. Bu bilan boshqa texnologiya (stack) da ishlayotganlarni his qilasiz, ularning sheva (va jargon)larini tushuna boshlaysiz va hokazo.

Yangi o‘rgangan texnologiyani ertaga ishlatasizmi yoki tarjimayi holingizga (CV) qo‘shasizmi, umuman ahamiyati yo‘q.


O‘rganish jarayonining o‘zi fikrlashingizni rivojlantiradi, yangi imkoniyatlar va yondashuvlarga yo‘l ochadi. o‘rgangan narsalaringizni loyihalaringizga tatbiq etishga harakat qiling. Texnologiyani o‘zini ishlata olmasangiz ham uning ishlash uslubini qo‘llay olasiz. Masalan, siz OOPni o‘rgansangiz funksiyalarni boshqacha yozishni boshlaysiz.

UPD: Akhmad's Topic bildirgan qo‘shimcha fikrlar:

8. Doyim research va expirement qiling. Hamma joyda muammolar mavjud birortasini hal etish uchun izlaning.

9. R&D hulosalarni yozib boring, fikrlaringiz va tajibangizni boshqalarga ulashish shu doirada chuqurroq ishlashga imkoniyat yaratadi. Muammolarga hechqachon ko’z yummang.

10. Contribution qiling davomli, ishdan tashqari ham boshqa hamkasblar muammolariga hissangizni qo’shing yordam bering bu sizga sotsial muhitda formal ishlashni o’rgatadi.

08.11.2024 London
@DrAlgorithm
👍25🔥742
Donishmand Dasturchi aytadi:

- Dasturchi sifatida qanday shartnomalar tuzish mumkinligi, ularning turlari haqida maqola yozdim.

O`qib ko`ring, ko`pchiligimiz uchun foydali bo`ladi.

- Qanday turdagi shartnomalar bor?

- Qanday qilib O'zbekistondan turib turib xorijga qonuniy ishlash mumkin?

- Ishchi shartnomasi bilan Yevropada katta mol mulkni bo'lib to'lashga sotib olish mumkinmi?

- Oylik maoshni crypto'da to'laydigan kompaniyalar bormi?

- B2B shartnoma nima o'zi?


Manba 👉 https://t.me/donishmand_dasturchi/347

11.11.2024 London
@DrAlgorithm
👍20🔥1
Nechta davlat Unicorn chiqargan?

LinkedIn'da Stanford professori Ilya Strebulaevga tegishli maqolani ko‘rib qoldim.

AQShda 500 dan ortiq Unicornlarning asoschilarini o‘rganishgan. 1,000 dan ortiq asoschi (founder) tug‘ilgan davlatlarini o‘rganishganda, yarmidan ortig‘i AQShgda tug`ilmagani aniqlangan.

Maqolani to‘liq o‘qishni tavsiya qilaman.

Vatandoshlarimizdan 2 kishi ham unicorn asoschilari ekan. Qaysi unicorn ekan, kim biladi?

14.11.2024 London
@DrAlgorithm
👍17🔥1
✈️ Surish kerak

Husan aka Mamasaidovning #Gashtak'ga bergan suhbatlarida Ketish kerak degan edilar.

Endi esa Akmal Paiziyev ham Kaliforniaga Ko`chib ketganini aytib qoldi.

"Surish kerak", - degani, Grinkarta o`ynab, USga qochish haqida emas.

Aql bilan ketib, ilm olib, O`zbekistonga qaytish kerakligi haqida tushuntirib berishgan.
* Nima uchun aynan bunday qilish kerak?
* O`sha yerda mazza qilib yashasa yaxshi emasmi?
* O`zbekistonga qaytsa yana eski holatga tushib qolmaydimi?

Shu mavzular haqida chiroyli izohlar berishibdi.

O`qib ko`ring, balki sizning ham ilm olishga bo`lgan qiziqishingiz o`zgaradi va ketishingiz albatta O`zbekistonga foydali bo`ladi.

18.11.2024 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤‍🔥9🔥2
🟦🟦🟦 AyTi Tadbirlar oyligi

Noyabr va Dekabr oylarini yaxshi ko`raman. Juda ko`p foydali IT tadbirlarga boy bo`ladi. Mening fikrimcha aynan shu oylarda chet eldan keladigan Speakerlar ko`p bo`ladi.

- Presentation - qiziqarli mavzular
- Networking - tanish-bilish orttirish
- Opportunity - Imkoniyat, yangi ish joyi yoki loyiha bilan ishlash imkoniyati

kabi juda ko`p foydali narsalarga ega bo`lish mumkin.

Tadbirlardan ba'zilarini keltirib o`tsam.

Bu tadbirlar albatta ishtirok etilishi shart bo`lgan tadbirlardan.


🫥

😀 Mohirdevʼdan axborot siyosatini yuritish tadbiri
📅 Noyabr 23, 2024 | 📍Ground Zero Kitob Olami, Tashkent
Tadbir biznes egalari va top menejerlar uchun. Tashrif buyuruvchilar axborotni qonuniy va xavfsiz yoʻl bilan monetizatsiya qilish boʻyicha amaliy tavsiyalar olishi mumkin.
Saidolim Joʻrayev — Moneffʼda CTO;
Ibrohim Saidov — Mohirdevʼda yurist, “Biznes huquqi” maʼruzachisi.

🔗 Roʻyxatdan oʻtish

🫥

🎉 Microsoft Community Conf 2024
📅 November 30, 2024 | 📍Al-Khorazmi maktabi, Toshkent
Microsoft'ning so`nnggi texnologiyalaridan xabardor bo`ling, 15+ spiker, 10+ workshops, va 1,500 dan ortiq ishtirokchi!

🔗 Roʻyxatdan oʻtish

🫥

🎉 GDG DevFest 2024
📅 Dekabr 7, 2024 | 📍Alisher Navoiy Kino Saroyi, Toshkent
Google’s ning so`nnggi texnologiyalaridan xabardor bo`ling, 30+ spiker, 15+ workshops va 5,000 dan ortiq ishtirokchi!

🔗 Roʻyxatdan oʻtish

Tadbirlarga faol qatnashing.
Don’t miss these landmark events shaping Uzbekistan’s tech future!

#MohirDev #TechInUzbekistan #MDCConf2024 #GDGDevFest2024 #Innovation

@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥62
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturlashda 27 yillik tajribaga ega ekspert bilan jonli efir!

😀 O‘zbekistondagi ilk dasturlash mutaxassislaridan biri savollaringizga javob beradi! Ustoz Qudrat Abdurahimov GITA dasturlash akademiyasiga asos solgan.

Savol-javobda AyTiga oid muhim masalalarda maslahat oling. Jumladan:

— Hozir AyTida qanday ko‘nikmalar talab qilinadi?
— Oʻrganishni aynan qayerdan boshlash kerak?
— Qanday qilib muvaffaqiyatli karyera qurish mumkin?

🎥 Instagram Live
🗓 Juma
19:15

Savollaringizni izohlarda qoldiring!

@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥71🆒1
MohirDev.uz
Ustoz Qudrat Abdurahimov
Qudrat aka bilan bir necha yildan beri tanishmiz. Juda bilimli va mahoratli ustoz. Manimcha, TATU ga ishga o‘tganlarida u yerda dasturlash sohasi ularning harakatlari bilan tez rivojlangan. Atroflarida yaxshi ilmli insonlarni yig‘a olgan va juda ko‘p talaba chiqarganlar.

Hozirda GITA akademiyasida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Tanimagan odam bo‘lmasa kerak.

Agar yosh dasturchi bo‘lsangiz va Qudrat akani tanimasangiz, ustozingizdan so‘rab ko‘ring, ularning nevara shogirdi bo‘lib chiqsalar kerak.

Nasib qilsa jonli efirda ko‘rishamiz.

Faqat iltimos, savollarni tiniq, qisqa va ma’nili qilib beraylik. Vaqtdan unumli foydalangan bo‘lar edi.

#Tavsiya etaman.

28.11.2024 Toshkent
@DrAlgorithm
👍34🔥43
O‘zbekistonga safar juda yangiliklarga boy bo‘ldi.

23 Noyabr kuni MohirDev tadbirida qatnashish nasib etdi. U yerda Biznesda Axborot xavfsizligi mavzusida taqdimot qilish nasib etdi.

Taqdimotning maqsadi IT loyihalar bilan ishlayotgan biznes egalari:
- nimalarga e’tibor berishi kerak;
- ma’lumotlar qanday saqlanishi kerak;
- ma’lumotlar 3-shaxslarga chiqib ketish xavflari;
- bu xavflarni qanday oldini olsa bo‘ladi;
- shaxsiy axborot gigiyenasi.
kabi mavzularda bo‘ldi.

Tadbirning yana bir o‘ziga xos jihati, bu men uchun yangilik bo‘ldi, Tanish-bilish (Networking) qismi bo‘ldi. Tadbir tugaganiga qaramasdan ko‘pchilik uzoq vaqt bir biri bilan suhbatlashdi, tanishdi. Hatto keyinchalik birga ishlashga kelishib, ish boshlab yuborgan insonlarni ham eshitdim.

Kiyimimizga yopishtirib olgan ismlarimiz bir birimizga ism bilan oson murojaat qilishga yordam berdi.

Tadbirda qatnashgan va xizmatga bo‘lganlarga katta rahmat.


Biznes egalari IT loyihalarda qanday ish boshlashi haqida savollar bo‘lsa, izohlarda qoldiring. Qo‘limdan kelganida yordam qilaman.

P.S. Tadqimot https://docs.google.com/presentation/d/1MJaBgNAmNvOdsFHkM7J_mX1fv9GL01ey7qUT-hxlKvo/edit?usp=sharing

28.11.2024 Toshkent
@DrAlgorithm
1👍258
Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi

Bu safargi O‘zbekistonga safar davrida juda ko‘p IT korxonalar bilan uchrashish nasib etdi. Ular bilan asosan ma’lumotlarni saqlash, uzatish, himoyalash kabi mavzularda suhbatlar qildik.

Hammamiz biladigan og‘riqli nuqta bu odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zlari himoya qilishda ehtiyotsizliklarga yo‘l qo‘yishlari. Keling ba’zilarini aytib o‘tsam. Balki kundalik odatlarimizga kiritib, o‘zimizni himoyalashni rivojlantiramiz.

1. Ochiq qolgan hujjat, daftar yoki kompyuter.

Odatda ishlab o‘tirganimizda narsalarimizni yig‘ishni istamaymiz. Chunki qaytib kelib, kelgan joyidan davom etishni xohlaymiz.

Keling bitta odat chiqaramiz. Har safar turish vaqtida stolda turgan shartnoma yoki daftar ustida oq qog‘ozni qo‘yib ketamiz.


Bu bilan bizning ma’lumotlarni boshqalarga chiqib ketishini oldini olamiz. Axir siz kim bilan qanday shartnoma qilayotganingizni yoningizdagi stolda o‘tirganlar bilishini istamasangiz kerak?

Kompyuterda ekranni himoyalovchi (ScreenSaver) imkoniyat mavjud. Noutbuklarda odatda yoqish tugmasini bosganda ishga tushadi. Agar ekrandan uzoqlashish vaqtida uni himoya rejimiga o‘tkazib ketsak, atrofda yurgan odamlar bexosdan sizning ma’lumotlaringizni ko‘rmagan bo‘lardi.

Ekrandan uzoqlashish vaqtida sichqoncha yoki yoqish turmasi orqali kompyuterni Ekran himoyalash rejimiga o‘tkazib ketish mumkin.


Sizga qo‘ng‘iroq kelib qolganida ishxonadagi hamkasbingiz kim bilan ishlayotganingizni bilib olib, sizning ishingizga ziyon yetkazishi mumkin. Odatda buni bexosdan qilishadi. Lekin natijasi juda ayanchli.

2. Faqat kerakli ma’lumotni berish.

Sizdan biror ma’lumot so‘rashganida, masalan pasport raqamingiz, siz osonlikni o‘ylab pasportni unga ushlatib qo‘ya qolasiz. Yoki nusxa (kopya)si bor bo‘lsa, uni berib yuborasiz.

Endi o‘ylab ko‘ring, men sizning pasport raqamingiz + tug‘ilgan kuningiz + pasport tugash muddatini bilsam, sizning nomingizdan bank Krediti ola olaman. (Albatta oson emas, lekin yo‘li bor.)

Faqat so‘ralgan ma’lumotni taqdim eting. Ortig‘i bilan emas.


Yoki yana bir misol, sizga Telegramda notanish foydalanuvchidan video qo‘ng‘iroq keldi. Siz uni audio bilan yoki video bilan qabul qilishingiz mumkin. Agar kimligini bilmasangiz, yoki bilganingizda ham avval audio yoqib, uni tanib olib, keyin video yoqsangiz juda ko‘p narsadan o‘zingizni himoya qilgan bo‘lasiz. Masalan:

- Atrofda boshqalar bilishi shart bo‘lmagan narsalar bor. Video yoqilishi bilan hammasi ko‘rinib turadi.

- Tanimagan odamingiz sizning videoingizni yozib olib, MyId kabi dasturlarda ishlatishi mumkin. Sizning nomingizdan hujjatlar imzolay qoladi, yoki kartalaringizni boshqara olasi.

- Videoda gaplashishga qulay holatda bo‘lmasligingiz mumkin. Buni sizga qarshi oson ishlatish mumkin.

- Yoningizga shaxsini ko‘rsatishni xohlamayotgan odam ishlayotgan bo‘lishi mumkin. Sizning yoningizda ekani yoki uning rasmini olish unga qarshi ishlashi mumkin. (Restoranda o‘tirgan 2 kishini videoga tushib qolishi, uning yaqinlari tomonidan salbiy baholanishi mumkin. Oilalar salomat bo‘lsin)

Shu sabab, avval audio orqali yoqib, tanib olib, keyin qulay joyda o‘tib videoni yoqsangiz, ma’qul bo‘ladi.


3. Savodxonlikni oshirish.

Ma’lumot xavfsizligi sizga qiziq bo‘lmasligi mumkin. Lekin Telegramingizni buzishganida qanday holatga tushdingiz? Sinfdoshlar, hamkasblar guruhlaridan ma’lumotlaringizni nusxalab olishganida-chi?

Undan ham ayanchlisi, hozir ko‘pchiligimiz shaxsiy ma’lumotlarimizni (parol, kod, pasport, moshina guvohnomasi kabi) Telegramda saqlaymiz. Hatto farzandlarimiz rasmlarini ham.

Endi o‘ylab ko‘ring, bu ma’lumotlar birovning qo‘liga tushsa, nima bo‘ladi?

* Bank hisob raqami paroli orqali kirib...
* Mashina ijaraga olgansiz, GPS kodini almashtirdi. Endi mashinani masofadan boshqara oladi...
* Farzandingiz rasmini olsa, gapirmasa ham bo‘ladi.
* Men hali sizning "do‘stlarga" yozgan "sevgi" xatlaringizni aytmayapman....

Shaxsiy va o‘ta muhim ma’lumotlarni Telegramda yoki boshqa sizning qo‘lingizda bo‘lmagan joyda saqlamang.


Telegramda 2FA ni yoqib qo‘ying.

Davomi bor...

30.11.2024 GYD
@DrAlgorithm
👍26🔥6
DevFest 2024

Juda zo`r tadbir. Agar eshitmaganlar bo`lsa:

🎉 GDG DevFest 2024
📅 Dekabr 7, 2024 | 📍Alisher Navoiy Kino Saroyi, Toshkent
Google’s ning so`nnggi texnologiyalaridan xabardor bo`ling, 30+ spiker, 15+ workshops va 5,000 dan ortiq ishtirokchi!

🔗 Roʻyxatdan oʻtish

Tadbirlarga faol qatnashing.
Don’t miss these landmark events shaping Uzbekistan’s tech future!
————

04.12.2024 London
@DrAlgorithm
🔥18👍52