Dr. Algorithm
4.37K subscribers
662 photos
64 videos
4 files
661 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Yechim: CIS va ITIL.

Assalmu alaykum, maqola yozishga shu kunlarga vaqt bo`lmayapti. Lekin bugungi Data leak mening ham asabimga tegdi. Shunga aytib kelayotgan narsalarimizga e'tibor bermaslik natijasi deb bilaman.

To`liq fikrimni ertaga chiqarsam kerak.

03.02.2026 London
@DrAlgorithm
👍409👏2
Yangi turdagi "Moshennik"

Assalomu alaykum,

Bu bezorilar sodda odamlarni aldash uchun nimalar qilmaydi-ya?

Bugun ko‘p kanallarning izohlar bo‘limida shu kanal nomida o‘xshash hisob ochib, kanal nomidan o‘zini nopok guruhlarini reklama qilmoqda.

Iltimos ularga ishonmang.

Agar e’tiborsiz qolib, kanaliga qo‘shilsangiz, keyin sizga sababchi bo‘lgan yaxshi kanal egasidan arz qilib yurasiz.

Iltimos, begona guruhlarga kirishdan oldin Tekshiring.

Dam olish kunlaringiz barakali o‘tsin!


06.02.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4531🙏1👨‍💻1
Odami ersang, demagil odami,
Onikim, yo‘q xalq g‘ami, din g‘ami.


~~~

Gemini bilan oʻzbek tilida tahlil qilib koʻring. Ajoyib natija berar ekan.

09.02.2026 London
@DrAlgorithm
🔥24👍6
Forwarded from Adkham Zokhirov
Biz Sun’iy intellekt (AI) yechimlari ustida ishlashni yangi bosqichga olib chiqmoqdamiz va jamoamizga kuchli mutaxassislarni qidiryapmiz.

Ochiq vakansiyalar bilan tanishing va ariza topshiring:
👉 https://mohirdev.ai/careers

Eslatma: Nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini AI (Sun’iy intellekt) amalga oshiradi! 😉

@adkham_zokhirov
🔥11👍5
Forwarded from Umidjon Ishmukhamedov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bloomberg’dagi oʻzbek yigit

Millat Umidi podkastining ushbu sonida Londonda joylashgan Bloomberg kompaniyasida faoliyat yuritayotgan Javohir Joʻrahodjayev mehmon boʻldi.

Ushbu podkastni ota-onalar, talabalar, yoshlar – barcha koʻrishini xohlardik va tavsiya qilardik. Tomosha qilsangiz, bu safargi suhbat nega odatdagidan koʻproq davom etganligiga amin boʻlasiz 🙌🏻

Koʻring va ulashing, barchaga foydali boʻlsin 🚀

🔗 Video havolasi: https://youtu.be/Xy7pr8K5acc

@umidjon_ishmukhamedov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20😱1
Forwarded from MohirDev.uz
Kirib kelgan Ramazon oyi muborak boʻlsin!

Bu muqaddas oyda uyingizga fayz, ilmingizga baraka tilaymiz.

@mohirdev
🎉22🔥7👍5
Ramazon muborak!

Ramazon barakali o`tsin. Ibodatlarga qiynalmay qoim turish nasib etsin.
Duolaringiz ijobat bo`lsin!

Ramazon sabab ishlarimiz yanada rejali va intizomli bo`ladi.


Ayyom muborak!

18.02.2026 London
@DrAlgorithm
🔥52👍169🎉6
Forwarded from Khumoyun Codes
Sardor og'a bilan bo'lgan suhbatni yukladik, iftorgacha ko'rib ulgursa bo'ladi bemalol, og'a qanday qilib PHPchi bo'lib qolganlaridan, 13 yildan beri nega ish joyini almashtirmayapganlari va boshqa mavzular haqida gaplashdik. Xullas suhbat qisqa bo'lmadi, lekin qiziqarli bo'lganiga shubham yo'q.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz 😊

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Bcv9b6H6FNs
1👍17🔥83💯1🏆1
AICA | Central Asian Association for AI
🚀 AICA совместно с Yoshlar Ventures запускает серию оффлайн-митапов и профессиональных встреч

Мы начинаем цикл живых встреч с экспертами, которые строят карьеру на глобальном рынке и работают с передовыми технологиями.

Первый гость — Жавохир, Data Engineer at Bloomberg L.P..
Assalomu alaykum do`stlar,

Shu do`stimiz, Javohirni, juda yaxshi taniyman. Ko`pchilik yoshlar uchun o`qish va ish topish bo`yicha yaxshi tavsiyalar bera oladilar deb ishonaman.

Agar hali ko`rishishga ulgurmagan bo`lsangiz, off-line ko`rishib oling. Bilishimcha Vatanda biroz bo`lib qaytadilar.

Tadbir Fourders Club (Yoshlar agentligi, Toshkent)da bo`lib o`tar ekan.

Joy: Founders Cafe
28 Fevral, 10:00 – 12:00
O`zbek tilida
Ro`yxatdan o`tish [havolasi]


27.02.2026 London
@DrAlgorithm
👍19
Forwarded from UK Hayot | Saidolim
Assalomu alaykum do`stlar,

Ramazonning qiymatli kunlari ham o`z nihoyasiga yetmoqda. Ibodatlaringiz qabul bo`lsin.

Shu aziz kunda Londondagi yurtdoshlarimiz ajoyib ish boshlashdi. Londonda O`zbekistonliklar uchun markaz barpo etishmoqda.

👉 https://t.me/alkhorezmiuk/181

Bu markaz nasib qilsa UK da yurgan O`zbek Vatandoshlarimiz uchun xususiy maskan bo`ladi. Talabalarga yordam berishda, oilalar bir biri bilan tanishishida, farzandlar uzoq yillik do`st orttirishida turtki bo`ladi.

Bugun markaz binosi uchun pul yig`ish tadbiri qilinayotgan ekan. Agar sizda ham ham savob ham kelajakda bir bino bo`lishi uchun o`z hissangizni qo`shmoqchi bo`lsangiz, tadbirda qatnashishingiz mumkin.

Barcha tafsilotlarni tashkilotchilar yana aytib berishadi.

Bir bino uchun $20 atalsa, x100++ savol bilan qaytar ekan.


15.03.2026 London
@UKHayot
👍13🔥5👏31🤝1
Kitob

Kitob oʻqishda qaysi kitobni oʻqish kerak degan savol hayolimdan chiqmaydi.

Lekin bugun ustoz bilan suhbat qilar ekanman vaziyat yanada qiziq va qiyin holatga keldi. Endi hayolni boshqa narsa egalladi:

Faqat koʻp kitob oʻqish najot emas.


Kitob qushning 2 qanoti kabi boʻlmas ekan. Faqat bir qanot ekan. Unda 2-qanot nima?

Shuni tushuntirib berishdi. Esga solishdi. Endi u ilmni ham bilimga aylantirishim kerak.

Bu yil Ramazon juda barakali va manfaatli boʻldi.


Kanalga shu sabab maqola yoza olmadim. Endi quvvat yigʻdik, davom etamiz.

17.03.2026 London
@DrAlgorithm
27🔥21👍18👏2👌1
Kitob o‘qish yetarli emas

Avvalgi maqolamda yozgan narsam, aynan faqat kitob o‘qish orqali bilimga ega bo‘lish haqida edi. Ammo shunday narsalar bor-ki, ularni kitobdan o‘rganib bo‘lmaydi.

Shunday narsalar bor yozib bo‘lmaydi,
Shunday narsalar bor o‘qib bo‘lmaydi,
Shunday narsalar bor aytib bo‘lmaydi,
Ularni faqat ko‘rish va amal qilish mumkin.


Ilmiy ish bilan shug‘ullangan olimlar biladi-ki, ko‘p ilm odamlari ko‘rganiga ishonadi. Shu sababli ulamolar bilan kelishmovchiliklari bor. Ammo eng qizig‘i, aynan o‘sha olimlar oxir-oqibatda ulamolar aytgan narsaga borib qoladi.

Ulamo amal qiladi, keyin ilmini o‘rganadi,
Olim avval o‘rganadi, keyin amal qilmoqchi bo‘ladi.


Bundan olgan natijam, bizga Ustoz-Shogird an’anamiz kerak ekan.

Inson ustozdan o‘rgansa manfaatli bo‘ladi ekan.
Demak farzandlarimiz uchun yaxshi ustoz topishimiz kerak.

👨‍🏫 Ustozlar, sizlar bilan esa, yangi ustoz bo‘ladigan shogirdlar chiqarishimiz kerak ekan.

Harakat qilish vaqti keldi...

19.03.2026 London
@DrAlgorithm
1🔥37👍117😁1💯1
Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Anchadan beri maqola yoza olmadim. Shu sababli bir necha maqolani birdan tayyorlashga harakat qilaman.

Sizlar bilan biror mavzuni to‘liq yoritish ustida o‘ylayotgan edim. Chunki mana 2 yildan beri Shaxsiy ma’lumotlar gigiyenasi, Korxona ma’lumotlari xavfsizligi bo‘yicha gapirib kelaman. Afsuski, hammaga ham yetkazish imkoni bo‘lmadi.

Buning natijasida esa odamlarimiz ma’lumotlari (qisman) ko‘chaga chiqish, yoki korxonalarimiz tizimlari buzilishi haqida xabarlar chiqdi.


Keling, siz bilan shuni qanday qilib to‘g‘rilash mumkin ekanini ko‘rib chiqsak.

Agar har birimiz o‘zimizda va korxonamizda shu ishlarni yo‘lga qo‘yishni boshlasak, o‘ylaymanki ko‘pchilikka foydali bo‘ladi.

Oxirgi postlarimdan birida CIS va ITIL haqida yozgan edim. Buni men O‘zbekistonda ishlab yurganimda yaxshi his etmas edim. Va albatta ko‘p xatolar qilganman. CISni o‘rganib, uni korxonada tatbiq qilganimdan keyin, shuni bildim-ki, buni O‘zbekistonda hammamiz qo‘llashimiz kerak.

CIS nima?

CIS (Critical Security Controls) bu shunchaki qoidalar to‘plami bo‘lmay, balki butun dunyodagi ekspertlar tomonidan, haqiqiy hayotdagi kiberhujumlarni o‘rganib chiqib tuzilgan "jangovar" qo‘llanma.

CIS Controls - Korxonada Axborot Texnologiyalari (AT) xavfsizligini ta’minlash uchun aniq, qadamma-qadam yozilgan yo‘riqnoma.


Buning qismlari bizning O‘zDST standartimizda ham bor. Lekin CISning eng katta ustunligi - u "tirik". Har yili xakerlarning yangi usuldagi hujumlariga qarab yangilanib turadi. Men ilk bor ishlashni boshlaganimda 6-talqinini ishlatgan edim. Hozirda CIS Controls v8.1 amalda.

Shu mavzuda bir necha post tayyorlab, siz ham korxonangizda ishlatishingiz uchun sodda tilda yozishga harakat qilaman. Tayyorlab qo‘ygan andozalarimni ulashaman. Sizga va korxonangizga foydali bo‘lsa, xursand bo‘laman. Bitta duo qilib qo‘ysangiz yetadi.

Demak CIS ni o‘rganishni boshladik.

#CIS #CISControls #Xavfsizlik

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism

28.03.2026 London
@DrAlgorithm
2🔥37👍15
CIS: Tatbiq etish Guruhlari (IG)

CIS tarixan katta korxonalar xavfsizligi uchun ishlab chiqilgan. Lekin hamma ham katta bank yoki zavod emas. Kichik korxonalar ham CISni o‘zida tatbiq qilishni xohlaydi. Buni amalga oshirish uchun esa Implementation Groups (IGs) - Tatbiq etish Guruhlari ishlab chiqilgan.

Har bir korxona o‘zining "vazni" va imkoniyatiga qarab, qaysi guruhga kirishini tanlab oladi. Barcha nazorat (controls) turlari 3 ta IG ga ajratilgan.


IG1 - Asosiy kiber gigiyena (Essential Cyber Hygiene)

Bu o‘rta va kichik korxonalar uchun. Odatda alohida xavfsizlik mutaxassisi yo‘q yoki IT xodimlar soni kam korxonalar uchun. Ular asosan tayyor texnika va dasturlardan foydalanishadi.

Maqsad: Eng keng tarqalgan, oddiy hujumlardan himoyalanish.

Kimlar uchun: Kichik ofislar, do‘konlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar. Asosiysi - ish to‘xtab qolmasligi.


IG2 - Korxona darajasi (IG1 ni o‘z ichiga oladi)

Bu guruh alohida IT bo‘limi va infratuzilmani boshqaradigan xodimlari bor korxona uchun. Korxonada mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlansa, shu guruhdagi nazoratlarni ishlatishlari taklif etiladi.

Maqsad: Murakkab IT tizimni boshqarish va axborot sizib chiqishini oldini olish.

Kimlar uchun: O‘rta biznes, ishlab chiqarish korxonalari, xizmat ko‘rsatish servislari. Agar korxona tizimi buzilsa, korxona abro‘siga va mijoz ishonchiga katta ta’sir qiladi.


IG3 - Mutaxassis darajasi (IG1 va IG2 ni o‘z ichiga oladi)

Bu darajadagi korxonalarda xavfsizlik bo‘yicha alohida bo‘limi yoki mutaxassis (Xavfsizlik bo‘limi) bo‘lishi kerak. Ular davlat ahamiyatiga ega ma’lumotlarni yoki katta moliyaviy tizimlarni boshqaradi.

Maqsad: Eng zamonaviy, maqsadli va murakkab (zero-day) hujumlarni qaytarish.

Kimlar uchun: Banklar, davlat tashkilotlari, tibbiyot markazlari, katta fintech kompaniyalar.


Nimadan boshlash kerak?

Ko‘pchilik ro‘yxatni ko‘rib qo‘rqib ketadi. Qo‘rqmang!

Sizning kompaniyangiz qanchalik katta bo‘lmasin (hatto bank bo‘lsa ham), tavsiyam - IG1 dan boshlang.

Avval "gigiyena"ni to‘g‘rilab olmasdan, murakkab himoya tizimini qurolmaysiz.


Keyingi postlarda har bir nazorat (Control) bo‘yicha o‘tib chiqamiz.

#CIS #CISControls #Xavfsizlik

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism

29.03.2026 London
@DrAlgorithm
🔥12👍5
IT Asset Management

CIS Controls v8.1 asosida

Tasavvur qiling: Korxonangizda 200 ta noutbuk bor. Bir kuni xavfsizlik hodisasi yuz berdi — kimningdir kompyuteri orqali ma’lumotlar sizib chiqqan. Siz so‘raysiz: "Bu kompyuter kimniki? Qachon berilgan? Qanday dasturlar o‘rnatilgan?" — va hech kim javob bera olmaydi.

Bu muammo asset management (aktivlarni boshqarish) yo‘qligidan kelib chiqadi.

Ushbu maqolada CIS Controls v8.1 xalqaro standartiga asoslangan holda, qurilmalarni boshqarish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz.

1. Asset Management Nima?

Asset management (IT aktivlarni boshqarish) tashkilotdagi texnik qurilmalarni ro‘yxatga olish, kuzatib borish va nazorat qilish jarayoni o‘z ichiga oladi.


Nimalar "asset" hisoblanadi?

* Kompyuterlar: noutbuk va ish stoli kompyuterlari (Mac, PC)
* Serverlar: fizik serverlar, virtual mashina va cloud serverlar (AWS, GCP, Azure)
* Tarmoq qurilmalari: router, switch, access point va firewall’lar
* Mobil qurilmalar: smartfon va planshetlar
* IoT qurilmalar: printer, kamera, smart TV va sensorlar
* Tashqi saqlash: USB disk, tashqi HDD/SSD va NAS qurilmalari

Nega uchun bu muhim?

1. Xavfsizlik: noma’lum qurilma = nazorat qilinmagan xavf.
2. Moliyaviy nazorat: qurilma qayerda, kimda, holati qanday ekanini bilishimiz kerak.
3. Qonuniy talablar: audit o‘tkazilganda ro‘yxat tayyor turishi uchun.
4. Samaradorlik: ortiqcha qurilma sotib olmaslik, mavjudlarini to‘g‘ri taqsimlash.

CIS Controls v8.1 nima deydi?

CIS Safeguard 1.1 talabi:
Tashkilotdagi ma’lumotlarni saqlash yoki qayta ishlash imkoniyatiga ega barcha aktivlarning aniq, batafsil va yangilangan ro‘yxati yuritilishi kerak.


Har bir qurilmaga quyidagi ma’lumotlar belgilanishi shart:

* Qurilma identifikatsiyasi: qurilma nomi (hostname), model, ishlab chiqaruvchi, seriya raqami
* Mas’ul shaxs (owner): qurilmadan kim foydalanadi va kim javobgar
* Bo‘lim (department): qaysi tashkiliy birlikka tegishli
* Qurilma konfiguratsiyasi: protsessor, RAM, disk hajmi, operatsion tizim versiyasi
* Tarmoq ma’lumotlari (agar statik ulanish bo‘lsa): MAC va IP manzili, tarmoqqa ulanish ruxsatnomasi (approved / not approved)

#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism

30.03.2026 London
@DrAlgorithm
👍91