Dr. Algorithm
3.37K subscribers
515 photos
53 videos
3 files
579 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (4-qism)

[1-qism] [2-qism] [3-qism] [5-qism]

Maqolaning navbatdagi qismini ham yozib qo‘ysam. Foydali bo‘lsa kerak deb o‘yladim.


1-qismda Junior dasturchilarning afzalliklari haqida yozilgan edi.
2-qismda korxonalar Juniorlar bilan ishlashdagi muammolari yozilgan.
3-qismda esa Ishga olish (Hiring) vaqtida nimalarga e’tibor berish haqida so‘z boshlagan edim. Shuni davomini yozib, maqolani tugatmoqchiman.

Ishga olish (hiring) jarayoniga 5 ta qadam:

2. "O‘ziga yoqqan vositalardan foydalanish" uy vazifasi

Istalgan vositadan (tool) foydalanishga ruxsat berib, kichik va hayotiy masalasini yechishni so‘rang.

Asosiysi, sizning keyingi qadamingiz. 30 daqiqalik savol-javob tashkil qiling. Ular o‘z yechimlarida qanday yondashuv qilganini tushuntirib bersin. Siz esa o‘z navbatida ularni savolga turing - "Nega bunday qarorga keldingiz?" yoki "Bu qism qanday ishlaydi?" deb. Ularning tushuncha chegarasiga yetguncha ichkariroq kirib boring.

Ular topshirgan kodni o‘zi tushunadimi? Ular dizayn-arxitektura qarorlari va kelishuvlarni tushuntirib bera oladimi? Ularning tanlagan texnologiyalari haqidagi bilimlari qanchalik chuqur?

3. Sun’iy intellektsiz muammoni hal qilish

O‘rtacha ~40 daqiqalik sinov suhbati uyushtiring. Murakkab muammolar, tizim dizayni (system disign), arxitektura qarorlari va kelishuvlar orqali mulohaza yuritish bo‘yicha savollarga turing. Bu orqali ularning fikrlash qobiliyatini sinab ko‘ring

Ha, ular kelajakdagi vazifalarida sun’iy intellektdan (SI) foydalanishlari mumkin, lekin bu masala uchun ishlatmasinlar. Siz ularning o‘zlari mustaqil fikrlay olishlarini va muhandislik qobiliyatini kuzatishingiz kerak.

4. SI bilan jonli tarzda amalga oshirish (implementatsiya)

Endi ularga kichik jonli kodlash vazifasi uchun 20 daqiqa bering. Ularning AI vositalari bilan qanday ishlashini kuzating. "Prompt" (so‘rov) berish strategiyalari, SI natijalarini qayta ishlashlari (iteratsiya) va SIni mantiqiy yechimlar tomon samarali yo‘naltira olishlari yechimga yetish uchun juda muhim.

5. Ularning SI strategiyasini baholash

Nomzodlardan o‘zlarining odatiy dasturlash ish jarayonini (workflow) tushuntirib berishlarini so‘rang.

Ulardan qachon qo‘lda kodlash va qachon SIda foydalanishni, o‘zlari yozgan loyihalardan aniq misollar bilan tushuntirib berishlarini so‘rang.

SIsiz fikrlay olmaydigan muhandislar yangi muammolarga duch kelganda boshlarini qayerga urishni bilmay qoladi.

SI’ni xushlamaydiganlar esa yangi vositalardan to‘liq foydalanadigan hamkasblaridan ortda qoladi.

Siz har ikki bosqichda ham zo‘r bo‘lgan muhandislarni qidiring. Ham SI berayotgan ulkan foydani tushunadigan, ham uning qayerda zararli ishlashini biladiganlar.


4-qism tugadi. [1] [2] [3] [4] [5] & Manba

09.11.2025 Samarqand
@DrAlgorithm
👍11
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (5-qism)

[1-qism] [2-qism] [3-qism] [4-qism]

Ishga qabul qilingandan keyin

Tabriklaymiz! Siz yangi kichik muhandisni ishga oldingiz. Keyin nima bo‘ladi?


Maqoladagi fikrlar:

* Mentorlik infratuzilmasiga sarmoya kiring

Ular hamma narsani o‘rganish uchun sun’iy intellektdan foydalanishi mumkin deb o‘ylamang. Tajribali muhandislaringiz ular bilan birga ishlashga, o‘rganishda yo‘llanma berishga va ularning savollariga tayyor bo‘lishga vaqt ajratishiga ishonch hosil qiling.

* Qisqa muddatli unumdorlikka sabrli bo‘ling

Ulardan sehr-jodu kutmang chunki ular SI-egalari. Ha, ular tezkor, lekin ularga korxonangiz ma’lumotlarini o‘rganishga vaqt bering.

* To‘g‘ri o‘lchamlarni ishlating

Juniorlar qanchalik tez va samarali bo‘lishi, ularni natija berish darajasi va asosiy blokerlarini kuzatib boring. Biz ularni dasturlash standartlari bilan tanishishi uchun Weave’dan foydalanishlarini tavsiya etamiz :)

* Ular bilan gaplashing!

Ulardan tajriba va Juniorning keyingi qadami uchun nimani yaxshilash mumkinligini so‘rang. Ular keltirgan yangi qarashlardan foydalaning va ularning takliflariga ochiq bo‘ling. Ularning mehnatini qadrlang va o‘zlariga ham ayting. Hatto ular super yulduz bo‘lsa ham, buni bilmasligi mumkin, biroz rag‘batlantirsangiz foydadan holi emas.

* Kichikdan qadamdan boshlang

10 ta Junior’ni ovolib, kodni rasvo qilmang. 1-2 dan boshlang va kattalashishdan avval (oldingi qadamlardan) nimalar ish berishini o‘rganing.


Nega bu har qachongidan ham muhim?

O‘ylashimcha, aksariyat korxonalar Juniorlardan qochib, katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Korxonalar tez o‘rganadigan, yangi vositalarga moslashuvchan va juda tez Senior muhandis bo‘lib yetishadigan SIchi Junioerlarni qo‘ldan bermoqda.

Ushbu bozor samarasizligi abadiy emas. Shopify misolida ko‘rganimizdek, aqlli korxonalar Juniorlarni qanday samarali yollash va rivojlantirishni o‘ylab topadilar. Ular aql bovar qilmaydigan jamoalarni tuzadilar, ularning raqobatchilari esa qimmatbaho Seniorlar uchun kurashadilar.

Ishtiyoqli junior dasturchilarga vaqt sarflash uzoq muddatda o‘zini oqlaydi.

Savol shundaki, siz hozir boshlaysizmi yoki boshqalar buni aniqlaguncha kutasizmi?


5-qism tugadi. [1] [2] [3] [4] [5] & Manba

09.11.2025 Buxoro
@DrAlgorithm
👏17👍5