Dr. Algorithm
3.3K subscribers
510 photos
53 videos
3 files
576 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Assalomu alaykum do‘stlar.

Bugun 21-Oktyabr.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 36 yil bo‘ldi.
Barchani bayram bilan muborakbod etaman.

Shu o‘rinda ikki kundan beri o‘ylantirib kelayotgan bir savolni o‘rtaga tashlamoqchi edim.


Bilasiz, O‘zbek IT hamjamiyatida juda ham ko‘p dasturchilarimiz o‘zbek tilidagi ma’lumotlarni (kontent) ko‘paytirish ustida ishlashadi. Tarjima bo‘lsin, maqola yozish bo‘lsin, o‘zbek tilida tizimlar ishlab chiqish bo‘lsin, biror bir tizimni o‘zbekchaga tarjima qilish bo‘lsin, o‘zbek tilida muloqot qiladigan muhitlarni yaratish bo‘lsin.

Shu o‘rinda, bir vaqtlar, bundan 8 yil oldin, biz yordam.uz saytini ishga tushirgan edik. U yerda ko‘pgina dasturchilarimiz savollarga javob berib kelishar edi. Yosh dasturchilarimiz savol berishardi, ularning savollari yoki muammolariga yechimlarni mutaxassislar javob shaklida yozib kelishar edi. U yoqda muhandislik ham, dasturchilik ham, qiyin savollar ham, juda sayoz savollar ham bor edi. Lekin o‘zbek tilida bitta muhit qilingan edi.

Hozir ikki kundan beri o‘ylantirayotgan narsa, shu yordam.uz saytimiz. U 3 yil oldin to‘xtatilgan edi. Sababi, yangi texnologiyalar rivojlanib ketdi va odamlar ko‘proq ingliz tilida ma’lumot qidirishlari ko‘paygani saytimizga tashriflar soni kamaytirgani edi. Sun’iy intellekt hayotimizga kirib kelgani va Stack Overflow’ga o‘xshagan tizimlar "qulagani" esa, yana bir mavzu. Odamlar savollarni faqat sun’iy intellekt orqali qidirishni boshlashdi, foydali saytlarga kirish kamayib ketdi.

Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim.


⁉️ Savol: Agar yordam.uz sayti qayta tiklanadigan bo‘lsa, uni qaysi shaklda tiklanishini xohlagan bo‘lar edingiz?

Takliflaringizni izohda yozib qoldirsangiz, taklifingiz shu savol-javoblar portalini boshqa bir shaklda, ko‘pchilik uchun foydali bo‘ladigan shaklda qayta ishga tushirgan bo‘lar edik.

Kuninglar xayrli o‘tsin, bayramlar muborak bo‘lsin.

21.10.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍185🆒2🔥1
Assalomu alaykum,

Maqola tayyorlayotgan edim, hali tugatishga ulgurmadim. Lekin Gashtask juda qiziq mavzuni olib chiqdi. Shunga hafta oxirini dam olishda Gashtak podkastini ko‘rishni tavsiya qilaman.

Moneff’ga 6 yil avval qo‘shilganimda men uchun juda ajoyib tajriba bo‘lgan. Qiziq voqealarni boshimdan o‘tkazganman. Lekin bugun Moneff asoschisi so‘zidan bu korxona haqida eshitib ko‘rishingizni ravo ko‘rdim.

📱 https://youtu.be/YZHd9cPoJqo?si=qw9W1QULXg3nIxfP

Bu safar Moneff kompaniyasi hamasoschisi Dilshod Mikhmanov bo’ldi. Ular bilan qanday qilib bu g‘oya real biznesga aylangani, ish jarayonidagi tavakkal va moliyaviy masalar haqida gaplashdik.

Bu sonimizda:
- Moneff’ning tashkil topishi
- Kredit berish o’lchovlari
- O’zbek diaspora’larini qo’llab quvvatlash
- Biznes maslahatlar va boshqa qiziq mavzular haqida suhbatlashdik


Dam olish kunlaringiz foydali o‘tsin!

24.10.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🕊1
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi

[1-qism, 2-qism]

1. Juniorlar faqat o‘zi biladigan bilim bilan cheklanmagan.
* Ular korxona tomonidan "Biz shunday ishlaymiz" degan shartlarni eshitmagan.
* Korxona avvaldan ishlatib kelgan texnologiya va yondashuvni ishlatishni bilmaydi.
* Design pattern qo‘llashni ham bilishmaydi. Odatda bu Design Pattern hamma joyda ham ishlayvermaydi. Korxonalar bog‘lanib qolgan xolos.

2. Yaxshi Junior tez o‘rganadi va unga fikr bildirishlariga ochiq.
* Ularni boshqarish oson.
* Ular o‘sishni xohlaydi. O‘zini ustida ishlashni xohlaydi.

3. Yuqori daraja (shift, potolok)ga hali yetib bormagan.
* G‘ayratli Junior o‘sishi uchun hali joy ko‘p (o‘sib ulgurmagan). Middle yoki kattaroq darajadagi odam o‘sish yo‘li oz qolgan. Xohish ham shunga yarasha.

4. Juniorlar jamoaga yangi quvvat (qon) olib keladi. Ular ham o‘rganishni xohlaydi, ham natijaga chiqish uchun harakat ham qiladi.

Eslatma o‘rnida: Bu fikrlar bilan faqat Juniorlarni ishga olish kerak demoqchi emasman. Ish to‘g‘ri ketishi uchun, natijaga chiqa olish uchun albatta-ki Juniorlar ustida kattaroq dasturchi bo‘lishi kerak. Ularni to‘g‘ri yo‘nalishda ketishini nazorat qila oladigan, yozgan kodini tahlil (code review) qila oladigan ustoz kerak.

Yana bir jihati. Bu Ustoz ham har kim bo‘la olmas ekan. Avval Juniorlar bilan ishlagan odam bo‘lsa yaxshiroq.

Demak, Juniorlarga imkoniyat berish yaxshi ekanini gaplashib oldik. Endi ularni ishga olish yoki olmaslikni o‘zingiz hal qila olasiz.

Biz esa, davom etamiz....

1-qism tugadi. 2-qism

134 ta dasturchi (engineer) bilan suhbat qilgan mutaxassis fikrlari edi. Bu maqolani o‘tgan hafta o‘qib qoldim. 3-4 qayta o‘qib, o‘zimizning holatlar bilan baholab ko‘rdim. Gapida "jon" bor.


Maqolaning keyingi qismlarini ertaga yana yozaman. Manba

27.10.2025 London
@DrAlgorithm
🔥47👍123👏2😁1
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi [2-qism]

(1-qism bu yerda)

Nima uchun korxonalar yosh dasturchi (junior)larni xushlamaydi?

Buning sabablari har bir korxona uchun turlicha. 

1. Kichik korxona (StartUp)larda - Bizning jamoa juda kichik. Juniorlarni o‘qitishga vaqtimiz yo‘q. Bizga birinchi kundan foyda bera oladigan katta dasturchilar kerak. 

2. O‘rtacha korxonalarda - Biz tezroq o‘sishimiz va kengayishimiz kerak. Bizda mas’uliyatni ola oladigan va avval katta loyihalarda ishlagan dasturchilar kerak. 

3. Katta korxonalar - Bizning tizimimiz juda murakkab. Juniorlar kirishib ketishi uchun ko‘p vaqt kerak. 

Bu bahona/sabablardan shuni anglasa bo‘ladi-ki, o‘rtacha 4+ yil ishlagan dasturchi korxonalar uchun eng maqbul yechim. Ular hali yetarlicha o‘sib ulgurmagan (patologga yetmagan) va tajribasi ham bor. 

Bechora talabalar va universitetni tamomlagan bakalavrlar. Hali 1 yil ham ishlab ko‘rmagan bo‘lsa…

Ishlamoqchi bo‘lsa, tajriba kerak. Tajriba orttirish uchun ishlash kerak. 


Shu orada yana bir jihatni ko‘rib chiqsak:
* Tajribasi 1 yillik va 5 yillik dasturchi orasida farq juda katta. 
* Ammo 10 va 15 yil o‘rasi-chi? 

Demak, masala yilda emas. 

Korxonalar nimani yutqazmoqda?

Korxonalar qilayotgan xatolarning ba’zilarini ko‘rib chiqsak:

1. Ishga olish jarayoni eskicha. Ishga olishda hali ham eski tushunchalar qolib ketgan. Juniorni “odam” qilish uchun 6-12 oy vaqt kerak deb o‘ylaymiz. Lekin yaxshi Junior juda tez o‘sa o‘ladi, ayniqsa Sun’iy Intellekt (SI) yordamida. SI bilan ishlashni biladigan Junoir jamoaga xalal bermasdan kodni tahlil qila oladi, yangi texnologiyani o‘rgana oladi, foydali kod yozib ko‘ra oladi. 

O‘zim esa SI ishlatmagan Juniorni ishga olmagan bo‘lar edim. 


2. Eskicha suhbatlar (Interview) - hozirgi SI davrida Juniordan Algoritmlarni yoddan etib berish, qog‘ozda kod yozdirib ko‘rish eskirgan usul. Avvallari juda qo‘l kelar edi. Endi esa yondashuvni o‘zgartirish kerak. SI bu sodda narsalarni ko‘pi bajara oladi, yetmaganiga tushuntirib ham beradi. 

Shunga suhbat (Interview) vaqtida SI bilan kod yozishni talab qilish vaqti keldi. 


3. Yaxshi Juniorlarni qayerdan izlashni bilishmaydi. Ko‘pgina Rekruter (ish topib beruvchi)lar hamma biladigan joydan odam qidiradi. @UstozShogird kabi Telegram kanallar, HH kabi veb saytlar. Yana qayerdan izlasa bo‘lishini bilasizmi?

Zo‘r Juniorlarning bir qismi Y Combinatordan yiqilgan yoshlardir. Ular ishlab ko‘rgan, qiziquvchan, yangiliklarga ochiq va motivatsiya (ishtiyoq) ham kerak emas. Ichi to‘la ishtiyoq. 

Shu 3-qismni o‘ylab ko‘rishim kerak ekan…


2-qism tugadi. 1-qism va manba.

THY 31.10.2025
@DrAlgorithm
🔥27👍8👏2
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (3-qism)

[1-qism] [2-qism]

To‘g‘ri Juniorni qanday topsa bo‘ladi?

Ko‘p korxonalar hali ham 2019 yilda yashamoqda. Sun’iy Intellekt (SI) dasturlashda kod yozishni fundamental darajada o‘zgartirib yubordi. Lekin odamlar hali moslashishga ulgurmayapti.

Agar ishga olish jarayonini o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, siz noto‘g‘ri odamlarni ishga olmoqdasiz. 


Ba’zi korxonalar (yoki ko‘pchiligi) suhbat (Interview) vaqtida SIdan foydalanishga ruxsat bermaydi. Bu bilan ular: Odam o‘zining bilimi kuchli ekanini ko‘rsatishi kerak, - deb bahona qilishadi. 

Balki ishga olish jarayonini o‘zgartirish vaqti kelgandir? 


Quyida ishga olish (hiring) jarayoniga 5 ta qadam:

1. Dunyoqarashni aniqlang.

* Dasturchi (Junior)dan o‘zining qilgan loyihalari haqida so‘rang. Loyiha mavzusiga chuqurroq kirib boring. Ko‘proq “Nima uchun buni qilding?” yoki “Bu qanday ishlaydi?” kabi savollarni bering. Dasturchi loyihasining tub mazmunini ayta olguncha chuqurlashib boravering. Murakkab jarayonlar haqida fikrlay olishini tekshiring.

* Xohishi jiddiy ekaniga qarang. Sizga loyihasi haqida gapirganda, og‘zi to‘lib, maza qilib gapiradigan odam kerak. Ular loyihasida dush kelgan va o‘zi hal qila olgan Haqiqiy muammoni aytib bera olishi kerak. Bu suhbat har ikkingizga quvvat beradigan darajada maroqli o‘tishi kerak. 

* “Ogohlik signali” (Red flag) larga e’tiborli bo‘ling. Suhbat davomida sizning savollaringizga javob bermay, o‘zini himoya qilishga o‘tib olsa, biling-ki, odat-da bunday holatlarda katta oylik uchun harakat qilayotgan bo‘ladi. Sizga ishini sevuvchi inson kerak. Katta oylik uchun ATga kirgan “dasturchi” emas. 

davomi bor...

3-qism tugadi. [1-qism] [2-qism] & Manba

Toshkent 02.11.2025
@DrAlgorithm
🔥82
Assalomu alaykum, do‘stlar!

Oxirgi xabarni yozib o‘tirib, o‘ylanib qoldim.

- Juda uzun emasmi?


Universitetda dars berib yurgan vaqtlarimda sezar edim, 45 daqiqa ma’ruza eshitgan talaba, "ko‘zlari ochiq - quloqlari yopiq" bo‘lib qolar edi. Shu sababli agar domlalaringiz har yarim soatda biror hajviya yoki o‘zining boshidan o‘tkazganini aytib bersa, hayron bo‘lmang. U sizni o‘ylab qilmoqda.

Agar xabarlarim uzun bo‘lib ketsa, biror belgi bildiring:

- Oka, o‘qib bo‘lmaydi-ku
- RAM to‘lib qovotti.
- Token tugab qoldi

kabi bo‘lsa ham.

Shu yerda sizning fikringiz men uchun muhim:

Sizga qaysi biri ma’qul: Qisqa va lo‘ndami yoki uzunroq bo‘lsa ham, batafsilmi?


Fikringizni emoji rasmlar bilan ham qoldirsangiz bo‘ladi.

Kuningiz xayrli o‘tsin.

Toshkent 02.11.2025
@DrAlgorithm
140😭4👍2