Dr. Algorithm
3.6K subscribers
588 photos
54 videos
3 files
601 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Big Tech and Beyond

Azim Pulat
Founder @ 42.uz

Juda zoʻr chiqish.


Puxta tayyorgarlik, puxta reja, qiziq mavzu, chiroyli chiqish.

Shu bilan Azim Pulat Big Techni tugatdi. Boshlagan ishlariga baraka tilaymiz.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍49🔥12
DevFest++

Yana bir yil.


O‘zbekiston AT olamidagi katta tadbir DevFest ham o‘tdi.
* Qiziqarli mavzular
* Yangi taqdimotchilar
* Ko‘rgazmada yangi ishtirokchilar
* Tanish-bilish (Networking)

Mavzular juda sifatli tayyorlangan. Hozirgi davrda dolzarb mavzular. Eshitib o‘tirib, mavzuning ichiga kirib ketasiz. Yoningizda kimdir savol bergan bo‘lsa eshitmay qolishingiz mumkin.

Juda ko‘p yaxshi insonlar

Do‘stlar davrasiga kirganda odam har biri bilan qo‘l berib ko‘rishadi. Bu kun menda ham shu his bo‘ldi, 30-50 kishi bilan qo‘l berib ko‘rishdim. Balki yana ko‘proq. Ertaga katta odam bo‘lib ketishadi, nevaralarimga aytib yuraman:

Shu odam bilan qo‘l berib ko‘rishganman, - deb.


2021 ni esladim. Ataylab 1.5 soat Networking uchun vaqt ajratilgan edi. 1 dona odam kelib:

- Aka, ismiz nima? Man Falonchi, dizayn sohasiga qiziqaman. Sizda ishlar bo‘lsa, intern bo‘la olaman. Telefonimni yozib oling, - degan edi.

Bu 4 yilda farq juda katta.

Yosh dasturchilar, hamkasblar, xalqaro korxona xodimlari, kursdoshlar, ustozlar, shogirdlar, shogirdlarning shogirdlari, shogirdlarning shogirdlarining shogirdlari... kanal tufayli ustoz tutganlar... 🤯 (welcome mas'uliyat++)

Og‘a aytganlaridek: "Buning hisi boshqacha"


StartUp

Yoshlarimiz StartUp vibe’iga kirishib ketishibdi. Avvallari ATga kirish uchun qaysi kursga borishni so‘rashar edi.

Hozir esa Falon ish boshlamoqchiman piston qilsa bo‘ladimi? Kabi aniq savollar bilan kelishdi.

Juda xursand bo‘ldim.


Ta’limga qiziqqan yoshlar bilan gaplashdim

Data science qayerda o‘qisam bo‘ladi?

degan savol bergan ham bo‘ldi.
Ta’limga oid loyiga qilayotgan ham.

Qo‘ldan kelganicha fikrlarimni aytdim.


Chet el ta’lim tizimini o‘rganish va bizga tatbiq etish bo‘yicha ancha ishlar qilinibdi. Rosa fikr almashdik. Agar sizga ham Angliya ta’limiga doim ma’lumot kerak bo‘lsa ayting, imkon borida yordam qilaman.

Selfi

Deepfake rivojlangan davrda maza qilib rasmga tushdim. Afsus u rasmlar menda emas. Egalari balki tashlab berishar.

Agar siz bilan rasmga tushgan bo‘lsam izohda yoki kanaldagi shaxsiydan yozib yuboring.


Rasmlarni to‘plab qo‘ymoqchiman. Keyin eslab yuramiz.

Tabdir juda zo‘r ruhda o‘tdi. O‘tgan yili kela olmaganimni ham chiqarib oldim.


Sizda qanday bo‘ldi? Izohlarda bo‘lishing.

07.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥276👍3
Forwarded from Khumoyun Codes
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saidolim aka bilan ham interviewni tugatib oldik, qiziqmi?

200 olov 🔥 yig'sak shu hafta chiqadi, bo'lmasa keyingisida 🙃

P.S. Boshqa qiziq postlarni qo'shimcha kanalda kuzating 👉 @khumoyun_writes

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥82🕊2
Humoyun bilan dildan suhbat qurdik.

Taklif uchun rahmat aytaman.

Oldindan mavzu etilmagan edi. Shunga javoblar pishmay qolgan yoki qattiq ta'sirchan boʻlishi mumkin
(Dangerous)

Humoyun boshlagan loyihalarini tavsiya qilaman. Juda ajoyib loyiha boʻlibdi.

Agar 200 ta olov (🔥) yigʻib bersak, shu hafta chiqarar ekanlar.

https://t.me/khumoyun_codes/887

08.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥603👍1
AI 2027

Ajoyib loyiha topib oldim. Olimlar SI taqdirini bashorat qilishar, vaqt o‘tishi bilan ro‘yobga chiqishini kuzatishar ekan.

👉 https://ai-2027.com/

Daniel Kokotajlo, Scott Alexander, Thomas Larsen, Eli Lifland, Romeo Dean tomonidan tashkil etilgan sayt ekan.

Biz AI kelajagini bashorat qiluvchi yangi notijorat tashkilotmiz. Biz ushbu veb-saytni Lightcone Infrastructure bilan hamkorlikda yaratdik.

deyiladi veb sahifada.

O‘qib ko‘rdim, juda ajoyib bashoratlar yozilgan ekan:
* 2025 yil oxiri: Dunyodagi eng qimmat AI
* 2026 yil o‘rtalari: Xitoy uyg‘ondi
* 2027 yil Yanvar: Agent-2 hech qachon o‘rganishni tugatmaydi
* 2027 yil Fevral: Xitoy agent-2ni o‘g‘irladi
* 2027 yil May: Milliy xavfsizlik

bularni o‘qib, qayerga ketayotganimizni o‘ylab qoladi kishi.

Nima bo‘lsa ham yaxshilikka bo‘lsin.

Siz ham bashoratlarni o‘qib ko‘ring. Sizga ham shunday bashoratlar aqlingizga kelganmi?

Izohlarda ulashamiz.

10.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍18🔥4