Dr. Algorithm
3.15K subscribers
486 photos
53 videos
3 files
550 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
C++

C++ dasturlash tilini oʻrganish yoʻlida undan soddaroq 2 ta boshqa tilni oʻrgangan edim. Oʻylab qarasam, har birining oʻrganishim tarixi bor ekan.

Basic - Pravets-8A kompyuterida faqat shu dasturlash tili boʻlgani uchun.

Pascal - kitob, uyda shu dasturlash tili kitobim bor edi.

Keyinchalik kompyuterlar ham rivojlandi, kitoblar ham koʻpaydi. C++ ni ham oʻrgandik.

Qiziq: Qaysi dasturlash tilini oʻrganay? - deb soʻramagan ekanmiz.


Rasmda: Google'ning Londondagi idorasi (ofisi)dagi C++ qahvaxonasi, qahva tayyorlab berishdi.

Dam olish kunlaringiz maroqli oʻtsin. Ish haftasini boshlashga kuch yigʻib oling.

10.08.2025
@DrAlgorithm
1👍34🕊4🔥3👀1
Hujjat

Dastur ishlab chiqishda High-level design va Low-level design degan tushuncha bor. Ammo ko‘pincha biz to‘g‘ridan to‘g‘ri dastur yozishga o‘tib ketamiz. Design bo‘ladimi, requirement gathering bo‘ladimi, - bizga farqi yo‘q. Axir natija kod bo‘ladi-ku, baribir, - deb shartta kod yozib ketamiz.

Sababi nima ekan? - deb o‘ylab qarasam. Bizga kod yozish oson bo‘lgani uchun ekan. Kod kerakmi, kerak emasmi, ertaga tashlab yuboramanmi? - umuman farqi yo‘q.

Kod, kod, kod...


Lekin biroz tashqariga chiqib qaralsa, biz sevgan kodlash ishning 15% qismi bo‘lishini bilib qolamiz. Shunday, atigi 15%. Unda qolgan 85% qayerga ketadi?

O‘tgan safar talablarni o‘rganish (requirement gathering) haqida yozgan edim. U juda ko‘p ishni hal qiladi. Mijozning talablarini bilmasdan turib, ishni boshlab bo‘lmaydi. Birovning uyiga kelgan usta akalar: Sizga katta zal, 2 ta yotoqxona, yuvinish xonasi qurib beraman, - demaydi-ku.

Matematiklar aytganidek: Vazifaning berilishini tushunish, masala yechimining yarmi, - deb.


- Demak, talablarni bilib oldik, endi kodlashga o‘tib ketamizmi?
- Yo‘q!
- Nima uchun?
- Endi qanday qilib qilishni yozib chiqamiz.

Hujjat

Har bir kelishuv hujjat shakliga kelishi kerak.


Biz hujjat yozishni yoqtirmasligimiz mumkin. Lekin aynan vaqtida yozib qo‘yilgan hujjat bizni va biznesni salbiy holatlardan qutqarib qoladi. Chunki og‘zaki kelishuv ertaga o‘zgarib qoladi. Keyin o‘tiramiz:
- San nima deganding?
- Man nima degandim?
kabi.

Dastur ishlab chiqar ekansiz, doim hujjat yuriting. Shart emas hamma narsani yozib olib, keyin kodga o‘tish. Hujjat ham tirik narsa, vaqti o‘tishi bilan ko‘payib boradi. To‘ldirib boriladi. Lekin mavjud bo‘lishi kerak.

Har bir majlis vaqtida, biror yangi imkoniyat (feature)ni muhokama qilish vaqtida yozib boring. O‘zi hujjat yig‘ilib qoladi.


Rasm: Kembrij (Cambridge) universiteti markaziy kutubxonasi yo‘lagi.

Kuningiz xayli o‘tsin.

11.08.2025 London
@DrAlgorithm
👍31🔥7💯5🕊21👏1
Assalomu alaykum doʻstlar,

Bir yurtdoshimiz Londonda Magistraturada oʻqib kelmoqdalar. Menga bir iltimos bilan chiqdilar va man qoʻllab quvatlagim keldi.

Oʻzbekistonda FinTech rivojlanishiga hissa qoʻshib, yangi mijoz topishda AI agentning roʻli mavzusida ilmiy izlanish qilayotgan ekanlar.

3-4 daqiqa vaqtingizni ayamay, shu shakl (forma)ni toʻldirib bersangiz.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf5jyDiuyfKfn0nV9OWTM2FZu0MNpXWNTqFkOhtcM2KcC2BFA/viewform?usp=sharing&ouid=104742074056040566482

Oddiy test savollari kabi, variant belgilab berilsa boʻldi.

🤲 Nasib qilsa kelasi yil oʻqishni bitirib, Oʻzbekistonda FinTech va SI rivojlanishiga hissa qoʻsha olsalar ajab emas.

Rahmat kattakon!

Hello Saidolim Djuraev,

I’m conducting a short research study for my MSc Digital Marketing dissertation at Northumbria University on the role of AI agents in optimizing customer acquisition in Uzbekistan’s fintech sector.

I’d greatly value your input by completing a quick 10–15 minute anonymous questionnaire. Your feedback will help identify key trends, challenges, and opportunities in the industry.

Below is the link for survey. I will also attach Participant Information Sheet.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf5jyDiuyfKfn0nV9OWTM2FZu0MNpXWNTqFkOhtcM2KcC2BFA/viewform?usp=sharing&ouid=104742074056040566482

Thank you for your time, and I can share a summary of findings with you once the study is complete.

Best regards,
Azamjon Abdurashidov
MSc Digital Marketing, Northumbria University


Rasm: Cambridge Press nashyoti chop etgan kitoblar. Nashriyotning doʻkoni.

16.08.2025 London
@DrAlgorith
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🕊2🔥1🤝1
Forwarded from UzGeeks Community
UzGeeksʼda Sunʼiy intellekt kuni

📌 23-avgust, shanba kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida “UzGeeks August2025 AI Day Meetup” boʻlib oʻtadi.

⚜️Meetupʼda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
1️⃣S.I. va Jamiyat: Qo’rquv va optimistik qarashlar” - Xurshid Maroziqov ("EDU" va "EDU-Sofiya" xususiy maktab va o‘quv markazlari tarmog‘i, "birfoizbilim", "Protocol 57" loyihalari asoschisi);
2️⃣Zero to Agent” - Yunusjon Yusupov (Software Engineer);
3️⃣Backpropagation, Gradientlar qanday hisoblanadi?” - Azimjon Mehmonali oʻgʻli (Machine Learning Engineer).


❗️Meetup odatiy ravishda bepul boʻlib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida roʻyxatdan oʻtish kerak.

📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi.

✅️Hamkorlar:
➡️Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi;
➡️Thinkland.

Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Loyiha dasturchiga bog‘liq bo‘lmasin

Bir vaqtlar dasturchilar jamoasi yiqqan edim. Ishlab turgan loyiha, ammo jamoa yo‘q edi. Shu sababli tezroq ishni boshlay olish uchun Senior dasturchilardan jamoa yig‘ish fikrida edim.

Bir kuni chet el korxonasida 10+ yildan ortiq ishlagan Senior bilan gaplashdim. Jamoaga qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Unga loyiha arxitekturasini to‘liq topshirdim. Chunki uning chet el korxonasida ishlagan ish tajribasi men uchun muhim edi. O‘zim faqat mahalliy korxonalarda ishlagan bois.

Ish boshladik, lekin ish boshlashdan avval qiziq gap edi:

- Loyihani manga bog‘lama!
- ...
- Sanga etgan ishingni qilib beraman, loyihani to‘liq eplab beraman, korxonada ishlash tizimini (madaniyatni) shakllantirib beraman. Faqat loyihalarni manga bog‘lab qo‘yma. Ertaga ketadigan bo‘lsam, xafagarchilik bo‘lmasligi kerak.

Man uchun bu qiziq tuyuldi. Xuddi muzdek suv quygandek. Bu gapni birinchi marta eshitishim edi.

Hozir fikrim unday emas. Rostdan ham loyihani dasturchiga bog‘lash kerak emas. Dasturchi keladigan va ketadigan odam. Loyiha esa doim ishlashi, takomillashishi va kengayishi kerak.

Har safar dasturchingiz ketib qolsa, loyihani qaytadan yozmaysiz-ku.


Demak, loyihani dasturchiga bog‘lab bo‘lmas ekan. Unda nima qilaman? Qanday qilib korxonani doim ishlashini ta’minlayman? Qanday qilib dasturchilarni qiziqishini ushlab turaman yoki o‘qitaman? Ular baribir ketadigan bo‘lsa. Ularga nima uchun sarmoya (Investitsiya) kiritishim kerak?

Yechim izlash kerak.

Ba’zi yechimlarni ishlatib ko‘rdim.

1. Hujjat yozing. Loyiha davomida dasturchi korxona yordamida o‘rgangan tajribasini hujjat qilib yozsin. Biror jarayonni eplay boshladimi, darrov qanday qilib bajarayotganini yozib qo‘ysin.

2. Vazifa berishda, biror mavzuni muhokama qilishda doim hujjat shakllantiring. Odatda ba’zilar kunlik majlis (Stand-up)larni qilmaydi. Qilsa ham, og‘zaki gaplashib, hech nima yozmaydi. Siz esa yozing. 4 qator bo‘lsa ham yozing..

3. Dasturchingiz salohiyatini doim o‘stirib boring. Kurslarga borsin, bilim olsin. Yilda bir marta bo‘lsa ham bitta kurs olib bering. Xarajat qilganingizda ketib qolishidan qo‘rqmang. Juda bo‘lmasa, 2 yil ishlab berasan deb shart qo‘yasiz.

4. Konferensiya va MeetUplarda qatnashsin. Faol bo‘lishini ta’minlang. Ham shaxsiy brendi kuchayadi ham sizning korxonangiz nomi chiqadi.

5. Dasturchilar jamoasi: "Yo‘q", - desa, salbiy qaramang, asosini o‘rganing. "Yo‘q" deyish mumkin. Nima uchun ekanini o‘rganish mumkin emas.

Bu holat hammamizda bo‘ladi. Shu sababli aybni xodimimizdan emas, avval ishni tashkil etishda qilgan xatoimizdan izlang. Tizim ishlashi kerak. Shunga harakat qiling.


Kuningiz barakali o‘tsin. Dasturchilar ketaman deyishmasin :)

28.08.2025 London
@DrAlgorith
12🔥61👍192🤝2👏1🕊1
Axborot asri o`tib ketdi. Hozir qayerdamiz?

Kompyuter tashqi qurilmalarini ko‘pchilik biladi. Hozirgi kunda keng tarqalgani tashqi SSD disklar bo‘lsa kerak. Ham hajmi katta, ham o‘lchami kichik.

ℹ️ Axborot asri

Keling tarixga nazar solsak. Axborot asri (Information Age) boshlarida, elektron ma’lumotlar qanday saqlangan? Hozir ham ishlatiladimi?

Quyida men bilgan ma’lumot saqlovchi qurilmalarni yozib o‘taman. Biladiganlar fikr qoldiring, to‘ldirib qo‘yamiz.

0. Tashqi SSD disk - 1GB ~ 30TB (2006-)
-1. Blu-ray disk - 25GB ~ 128GB (2006-)
-2. Flesh karta - 8mb ~ 1TB (2000-)
-3. DVD (DVD-R, DVD-RW) - 4.7GB ~ 17GB (1996)
-4. ZIP Drive - 100mb ~ 700mb (1995 - 2003)
-5. CD (CD-R, CD-RW) - 650mb ~ 870mb (1982-2019)
-6. Floppy disk 3.5in - 360kb ~ 1.44mb (1983-2011)
-7. Floppy disk 5.2in - 360kb ~ 1mb (1976-1995)
-8. Floppy disk 8in - 237kb ~ 1.2mb (1971-1985)
-9. Audio kaseta - 200kb - 1mb (1970-1999)
-10. Tashqi HDD disk - 4mb ~ 36TB (1960-)
-11. Magnit lenta - 11kb ~ 580TB (1951-)
-12. Perfo-karta 80byte (1890-1980yy.)
-13. Perfo-lenta - 1byte ~ (1846; 1944-1980yy.)

Bu maqolani yozishimga sabab, bir vaqtlar audio kassetaga dasturlarimni saqlab yurganim yodimga tushdi. Man perfo-kartalar vaqtida yashamaganman, lekin ungan keyingi disklarni deyarli hammasini ishlatib ko‘rganman. Hozirgi kunda saqlanib qolgan 3-4 ta disk turini hisobga olsak, buni sun’iy intellekt (SI) bilan solishtirsa bo‘ladi.

4️⃣ Toʻrtinchi sanoat inqilobi (4IR)

Axborot asri orda qoldi.


Sunʼiy intellekt (SI) , Internet buyumlar (IoT), Jismoniy va raqamli dunyolarning birlashishi, Toʻldirilgan va virtual reallik (AR/VR) asridamiz.

SI tizimlarni oddiy suhbat va file o‘qishdan boshladi. Keyin audio yordamchilar va agentlarga o‘tdi. Hozirgi kunda fikrlashish (brainstorming), o‘rganish (supporting) va ta’lim (education)ga juda keng yordam berib kelmoqda.

Bitta savol meni qiynagan edi:

- SI juda tez rivojlanib ketdi. Endi men ham SI oqimiga kira olamanmi?


O‘ylab qarasam, qo‘rqqan va boshlamagan odam albatta kirmay qolib ketar ekan. Hozir boriga qo‘shilib olaman degan odam esa, albatta oqim bilan hamnafas suzar ekan.

Orqaga qaramaymiz, hozirgi kunga moslashib, kirishib yashaymiz.


Ilm olishda to‘xtamang, SI ni esa kundalik hayotdagi yordamchi asbob deb qarang. Ishingizni osonlashtirsin. O‘rganing va o‘rganishga kirishing.

30.08.2025 London
@DrAlgorith
💯17👍13🔥3🕊1
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak! 🎆 🎉

34 yil muqaddam bu kunni eslagan inson, Allohga shukr qilib, u davrlar qaytmasligi va hozirgi davrimizning rivojini tilaydi deb bilaman.

Mustaqillik yilida tug‘ilgan farzandlarimiz hozirda oila boshlig‘i yoki ro‘zg‘or egasi bo‘lishdi.


📚 Ko‘rib turgan yana bir narsam, bu xalqlimiz farzandlarini o‘qitish ishtiyoqida.
Qo‘shimcha kurslar, to‘garaklar, xususiy va xorijiy maktablar, universitetlar.

Ilm olish doim yaxshi.


🤲 Ilohim ilmga ilitilishimiz ortib borsin. Yoshlarimiz bizdan-da aqlli, baxtli va muvaffaqiyatli bo‘lishsin.

Biz boshlay olmagan ishlarni egasi bo‘lishsin!


🤲 Mustaqillik Ayyomi Muborak yurtdoshlar!

01.09.2025 London
@DrAlgorith
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉29👍11🔥8🕊1
Mitti odatlar

Jamoa bilan ishlashda turli xil muloqot dasturlari (messengerlar)dan foydalanamiz. Ammo shunday kichik narsalar borki, ertangi ish jarayonini murakkablashtiradi.

Muloqot dasturida fayl yubormang.


Muloqot dasturi tez xabarlashish uchun ishlatiladi. Turli fayllar (Doc, PDF, Zip, Excel kabilar)ni yuborish uchun mo‘ljallanmagan.

Unday bo‘lsa, fayllarni qanday qilib yuboramiz?

Barcha fayllar maxsus dastur - Cloud Disklarda saqlangani ma’qul. Masalan, Google Drive, OneDrive, Nextcloud, iCloud va boshqalar.

Fayllar huquq va ehtiyojga qarab (access and roles) ajratilgan bo‘lishi kerak.


Demak, biror jamoa a’zosi bilan gaplashib turibsiz, unga fayl uzatish kerak.
Nima qilamiz?


Barakalla! Faylni Diskka tashlab, xabarda esa shu fayl havolasini yuboramiz.

* Ham fayl to‘g‘ri joyda turibdi, yo‘qolib qolmaydi.
* Ham undan faqat kerakli odamlar foydalana oladi.
* Muloqot dasturi katta hajmli fayllar bilan to‘lib qolmaydi.

Bu mitti odat, lekin vaqt o‘tishi bilan juda as qotadi.


Ba’zi og‘riqlar.

- Falon fayl yuborgan edingiz, 2 oycha oldin, shuni qayerda yuborgan edingiz?
- Falon odamning barcha muloqotlarini saqlab qo‘ymoqchi edik, 50GB joy yetmay qoldi.
- Eh! Falon faylni pistonchi ko‘rib qolibdi. Unga berish mumkin emas edi.
- Qayerdan olibdi? Guruhda kimdir fayl qilib tashlab yuboribdi.

Demak, kelishib olsak:

Muloqot dasturi (messenger)da fayl yubormaymiz. Faqat havola yuboramiz.


#mittiOdat #pmkurs

02.09.2025 London
@DrAlgorith
👍5012💯3🕊1🆒1
Motivatsiya < Intizom
[chaqmoq izidan yurmang]


Shu kunlarda g‘ayratlantirish (motivatsiya) kurslari juda ko‘payib ketdi. Boshida foydali ko‘rindi. Vaqt o‘tib, hammasi yuzaga chiqa boshladi.

Biz bizga buyurilgan intizomni tark etdik. Bu Motivatorlarni ko‘payishiga olib keldi.


Motivatsiya chaqmoqqa o‘xshaydi – u birdaniga paydo bo‘ladi, ko‘p energiya beradi va hamma narsani yoritadi. Lekin u bir zumda o‘tib ketadi va ortidan yana qorong‘ulik qoladi. Intizom esa shamga o‘xshaydi – uning nuri kuchli bo‘lmasligi mumkin, lekin u tinmay yonadi. U sizni uzoq muddatli yo‘lingizda doimiy ravishda olg‘a boshlaydi. Sizga bir lahzalik porlash kerakmi yoki uzoq muddatli yorug‘lik?

“Phoenix project” kitobida yangi CTO xatolarini o‘rganish uchun mutaxassisga boradi. Fikrlar orasida shu fikr ham bor edi:
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdi-ki, kuniga 5 daqiqa shug‘ullanish haftada bir 3 soat shug‘ullanishdan yaxshiroq.


Nega?
Chunki intizom kichik, doimiy qadamlardan iborat. Aynan shu kichik harakatlar, kichik g‘alabalar bizga maqsadimizga yetishish uchun barqaror zamin yaratadi. G‘arbdagi ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar aynan shu tamoyilga amal qilishadi: ular hasharlar uyushtirmaydi, ular har kuni oz-ozdan o‘z vazifalarini bajarib borishadi.

Niyatim kimnidir tanqid qilish emas.

Niyatim - esdan chiqib borayotgan intizomimizni qayta tiklashga chaqirish.


Shunday ekan, o‘zimizga bir savol beraylik: bizga bir lahzalik chaqmoq kerakmi yoki hayotimizni nurga to‘ldiruvchi doimiy sham?

03.09.2025 London
@DrAlgorith
🔥34👍11💯8🕊1
Forwarded from Paiziev24
O'zbekistonda Ilk Bor

🎶💻 Informatika O'qituvchilariga Amaliy Seminar

Noodatiy va ijdoiy ta'lim yondashuvi:
Musiqa orqali JavaScript yoki Python dasturlash tillarini talabalarga o‘rgating! 🎵➡️👨‍💻

AQSh'da faoliyat ko'rsatayotgan, turli texnologiya kompanyialari bilan ishlagan, raqamli media fanlar doktori unvonli xalqaro mutaxassisdan o'rganish imkoniyati.

📅 Sana: 25–26 sentyabr
📍 Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
💡 Ishtirok etish bepul, lekin o'rinlar soni cheklangan!

🔗 Batafsil ma’lumot va anketa: www.ijodiydasturlash.uz

🤝 Hamkor va homiylar:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti — tuit.uz
Chevening — chevening.org
EarSketch — earsketch.gatech.edu

🚀 Innovatsion ta’lim imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@paiziev24
👍6🔥3
Paiziev24
🎶💻 Informatika O'qituvchilariga Amaliy Seminar

Noodatiy va ijdoiy ta'lim yondashuvi:
Musiqa orqali JavaScript yoki Python dasturlash tillarini talabalarga o‘rgating! 🎵➡️👨‍💻
Dasturlash va Informatika yanada oson!

Sanjar juda zoʻr loyiha qilgan.

Oʻzi AQShda yashasa ham oʻzbek yoshlari Informatika va dasturlash sohasini oson oʻrganish uchun harakat qildi.

Seminarda qatnashishni tavsiya qilaman.

Maktabda informatika fanini oʻqitayotgan faol ustozlar boʻlsa, ularga ham foydali boʻladi.

Aytgancha, tanish-bilish (Networking) qilish esdan chiqmasin.

📅 Sana: 25–26 sentyabr
🔗 Batafsil ma’lumot va anketa: www.ijodiydasturlash.uz

05.09.2025 London
@DrAlgorithm
🔥15🕊2
BASIC No.1 - Birinchi dasturlash tili

Bugun Microsoft biz kabi ko‘plab "faxriy" dasturchilar uchun kutilmagan sovg‘a qildi: bir vaqtlar dasturlash olamiga kirishimizga sababchi bo‘lgan GW-Basic dasturlash tilining kodini ochiq (open source) qilib e’lon qildi. Bu yangilik meni uzoq o‘tmishga, dasturlashdagi ilk qadamlarimga qaytardi.

Nostalgiya: Qora ekran va cheksiz ishtiyoq

Mening birinchi dasturlash tilim – BASIC edi. Hali Windows nimaligini bilmagan davrlarda, Pravets va Sagdiana kabi kompyuterlarning qora ekranida ilk kodlarimni yozganman. Intel kompyuterida esa birinchi ishlatgan IDE’m o‘sha mashhur GW-Basic bo‘lgan.

O‘sha davrlarni hozir kulib eslayman.
Bir hafta davomida uyda daftarga kod yozib tayyorlanardim. Keyin informatika darsida 30 daqiqa ichida o‘sha kodni kompyuterga terib, xatolarini to‘g‘rilab, qolgan 15 daqiqada o‘zim yaratgan o‘yinni o‘ynashga ulgurardim.

Bu misli ko‘rilmagan zavq edi!

10-sinfda o‘qib yurganimda GW-Basic’da Kutubxona uchun dastur yozganim esimda. Kitoblar katalogi, qidiruv tizimi, menyular... Bularning barchasini noldan yaratish kerak edi. Chunki u paytlarda tayyor ma’lumotlar bazasi (Database), menyu komponentlari kabi qulayliklar yo‘q edi. Hatto sichqonchaning harakatini ham o‘zingiz kodlashingiz kerak edi. Bu hozirgi "framework"lar davrida tasavvur qilish qiyin bo‘lgan mehnat, ammo ayni paytda cheksiz erkinlik va ishtiyoq edi.

Qiziqarli tarixiy faktlar:

* GW-Basic kodini Bill Gates va Paul Allen 1975-yilda yoza boshlagan va bu Microsoft’ning ilk mahsulotlaridan biri bo‘lgan.

* Dastur atigi 8-bitli protsessorlarda ishlagan. Hozir esa 64-bit davri!

* 1977-yili Commodore kompaniyasi Basic litsenziyasini $25,000ga sotib olib, o‘z kompyuterlariga o‘rnatgan. Kompyuter yoqilganda operatsion tizim emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri BASIC muhiti ishga tushgan. Bu esa Microsoft uchun millionlab yangi dasturchilarning yetishib chiqishiga zamin yaratgan.


Ammo texnologiya bir joyda turmaydi. GW-Basic bilan boshlangan safarim vaqt o‘tishi bilan Pascal, Delphi, C++, Assembler, PHP, Java, Kotlin, Python kabi yangi bekatlarga ulanib ketdi. Har bir til va texnologiya yangi ufqlarni ochdi.

Bu yo‘l menga eng asosiy qoidalardan birini o‘rgatdi:

Birinchi o‘rgangan dasturlash tilingizni sevishingiz, u bilan faxrlanishingiz mumkin. Lekin hech qachon bir joyda to‘xtab qolmang. Kamida har ikki yilda bir marta yangi til yoki yangi texnologiyani o‘rganing.


Doim ilm-fan trendida bo‘lish – bu professional o‘sishning eng muhim shartidir.

⁉️ Siz-chi? Sizning dasturlashdagi ilk qadamingiz qaysi til bilan bog‘liq?
Izohlarda o‘z hikoyangiz bilan bo‘lishing.

Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin!

06.09.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥5🕊21