Darsxona
Yoshligimdan ko‘p qiziqadigan mavzularimdan biri yosh bolalarning dars xonalari.
Men hali maktabga chiqmagan paytlarim buvimning alohida ish stollari bo‘lar edi. Uni ko‘rib biz havas qilar edik.
Ish stollariga tegmas edik. Ustida doim turli kitoblar va qog‘ozlar yoyilib yotardi (bizning fikrimizda).
Maktabga chiqqanimizda ota-onamiz har birimizga alohida shunday dars stoli qilib berishgan. Ba’zida farzandlarning hammasiga dars stoli yetmasligi mumkin, vaqtini kelishib, almashib dars qilsa bo‘ladi. Ko‘pincha bitta xona dars stollari bilan to‘la bo‘ladi :)
Vaqti kelib farzandli bo‘lganimda menda ham shu tuyg‘u bor edi.
Tajribamda 2 ta narsani ko‘rdim:
1. Bolalar ko‘zining oldida kutubxona bo‘lishi ularga foydali.
Kutubxona paydo qilishning bitta usulini aytib o‘taman. Menga buni bir do‘stim o‘rgatgan.
Bu usulni sinab ko‘rganman. Juda maroqli. Bir tomondan foydali narsa olib berasiz, ikkinchidan unchalik qimmat emas (25-30 ming atrofida edi). Uchinchidan jiyanlar kelsa ularga ham olib berasiz. To‘rtinchidan o‘zligi tanlashadi, boshingizni ham qotirmaysiz. Axir qaysi kitobni o‘qiganini o‘zi yaxshiroq biladi-da.
Farzandingizga dars xona yoki dars stoli qilib bersangiz, unda ko‘p ijobiy odatlar paydo bo‘ladi. Intizom bilan stolni toza va osoyishda saqlashni o‘rganadi. Darsini qilish va diqqatini (fokus) yig‘ishni o‘rganadi. Doim turli joyda dars qilgandan ko‘ra osonroq diqqat yig‘iladi. Dars stolida begona (ovqatlanish kabi) ishlar qilinmagani uchun shaxsiy mulk nima ekani, uni saqlash usullari rivojlanadi. Stolni ham dars uchun ham oilaviy ovqatlanish uchun ishlatilsa, bolada bu narsalar bo‘lmaydi.
Shunday ekan,
Izoh: Rasmdagi kitob sahifasi Oxford universiteting LinkedIn kanalida chop etildi.
1733 yilgi kitob sahifasi. Matnda to‘g‘ri o‘tirish va dars stolining holati husnixatga ta’siri haqida yozilgan. Dars stolingiz o‘zingizga qulay bo‘lsa, unda yozish oson bo‘lar ekan. Agar yozishda biror tomonga og‘ib ketadigan husnixatga ega bo‘lsangiz, stolni qanday qilib to‘g‘rilash tushuntirilgan.
09.01.2025 London
@DrAlgorithm

"Katta bo‘lsam, menda ham shunday stol bo‘ladi", - deb.
Ish stollariga tegmas edik. Ustida doim turli kitoblar va qog‘ozlar yoyilib yotardi (bizning fikrimizda).
Maktabga chiqqanimizda ota-onamiz har birimizga alohida shunday dars stoli qilib berishgan. Ba’zida farzandlarning hammasiga dars stoli yetmasligi mumkin, vaqtini kelishib, almashib dars qilsa bo‘ladi. Ko‘pincha bitta xona dars stollari bilan to‘la bo‘ladi :)
Vaqti kelib farzandli bo‘lganimda menda ham shu tuyg‘u bor edi.
- Farzandimning dars stoli bo‘lishi kerak, - degan.
Tajribamda 2 ta narsani ko‘rdim:
1. Bolalar ko‘zining oldida kutubxona bo‘lishi ularga foydali.
Mehmon kutish xonasi (zal)da odatda servant turadi. Uning ichi turli chiroyli idishlar bilan to‘la bo‘ladi. Kelin kelganida bezatiladigan idishlardan...
Bir kuni shartta kelib, barcha idishlarni yig‘ishtirtirdim va turli joylarda saqlanib kelayotgan kitoblar bilan to‘ldirdim. Ko‘rinishi kitob jovoni emas, biroz xunuk ko‘rindi. Kelgan mehmonlar ham avvaliga (negativchilarimizga o‘xshab) tanqid ham qilishdi. Ba’zi kitob nima ekanini biladiganlar aksincha, xursand bo‘lishdi.
Vaqt o‘tib sezgan narsam, farzandlarimga ijobiy ta’sir qilgan ekan. Jiyanlar bilan o‘ynab o‘tirganda birga kitob o‘qish odatlarini ham ko‘rdim.
Kutubxona paydo qilishning bitta usulini aytib o‘taman. Menga buni bir do‘stim o‘rgatgan.
- Har safar oylik olganingda, bollaring bilan kitob do‘koniga bor. Ular qiziqadigan bitta kitob olib ber. Ko‘ribsanki 1 yilda uyingda kutubxona paydo bo‘ladi, - degan edi.
Bu usulni sinab ko‘rganman. Juda maroqli. Bir tomondan foydali narsa olib berasiz, ikkinchidan unchalik qimmat emas (25-30 ming atrofida edi). Uchinchidan jiyanlar kelsa ularga ham olib berasiz. To‘rtinchidan o‘zligi tanlashadi, boshingizni ham qotirmaysiz. Axir qaysi kitobni o‘qiganini o‘zi yaxshiroq biladi-da.
2. Bolalarning shaxsiy dars stoli bo‘lishi kerak.
Farzandingizga dars xona yoki dars stoli qilib bersangiz, unda ko‘p ijobiy odatlar paydo bo‘ladi. Intizom bilan stolni toza va osoyishda saqlashni o‘rganadi. Darsini qilish va diqqatini (fokus) yig‘ishni o‘rganadi. Doim turli joyda dars qilgandan ko‘ra osonroq diqqat yig‘iladi. Dars stolida begona (ovqatlanish kabi) ishlar qilinmagani uchun shaxsiy mulk nima ekani, uni saqlash usullari rivojlanadi. Stolni ham dars uchun ham oilaviy ovqatlanish uchun ishlatilsa, bolada bu narsalar bo‘lmaydi.
Shunday ekan,
Farzandimizga o‘zining dars stoli (yoki xonasi)ni tashkil qilib beraylik.
Izoh: Rasmdagi kitob sahifasi Oxford universiteting LinkedIn kanalida chop etildi.
1733 yilgi kitob sahifasi. Matnda to‘g‘ri o‘tirish va dars stolining holati husnixatga ta’siri haqida yozilgan. Dars stolingiz o‘zingizga qulay bo‘lsa, unda yozish oson bo‘lar ekan. Agar yozishda biror tomonga og‘ib ketadigan husnixatga ega bo‘lsangiz, stolni qanday qilib to‘g‘rilash tushuntirilgan.
Demak dars stoli yangilik emas, 300 yil oldin ham bu masala dolzarb bo‘lgan ekan.
09.01.2025 London
@DrAlgorithm
1👍48❤10💯8🆒3🔥2✍1
Nuruddin Blogs
Mutolaa premiumni 10% chegirma orqali 1 yiliga atigi 139,500 so’m (oyiga 1$ dan) sotib olishingiz mumkin.
Mutolaa'ga obuna sotib oldim
Nuruddinga rahmat, Mutolaadan foydalanish vaqti kelganini eslatdilar. Kindlega oʻrganib qolib, Mutolaani ishlatmay qoʻygan edim.
Chet elda yurib, oʻzbek tilida kitob sotib olishga qiynaladigan vatandoshlarimiz uchun qulay ekan.
11.01.2025 London

Yiliga £8.5
11.01.2025 London
@DrAlgorithm
👍30❤2
Juniorlarda ko‘p uchraydigan xatolar
[1-qism] (davomi 2-qismda)
Kecha yangi kitob o‘qishni boshlagan edim, muallifi podcast yuritar ekan. Eshitib ko‘rish uchun kirdim. Birinchi eshitib ko‘rgan mavzuyim Juniorlar haqida edi.
Juniorlarda ko‘p uchraydigan xatolar
Bilamiz-ki, ko‘p savollar Juniorlar orasida chiqadi. Middle va seniorlar savollari ancha kam va kam takrorlanadi. Bu yerda junior dasturchilarda uchraydigan xatolarning ba’zilarini keltirib o‘taman.
1. Bir vaqtda ko‘p narsa o‘rganish.
Bir vaqtda bir necha katta texnologiyani o‘rganishni boshlashadi. Python, JavaScript yoki MongoDB kabi texnologiyalarni kimdir ularga kerak degani uchun o‘rganishni boshlashadi. Bu esa salbiy natijalarga olib keladi. Biror tilni yaxshi tushunmaslik, kerak bo‘lmasa ham o‘rganishga vaqt sarflash yoki imkoniyatlarni aralashtirib tushunish va ertaga kerak bo‘lganida qo‘llay olmaslik kabi. Eng yomoni biror loyihani faqat shu aytilgan texnologiyada qilish mumkin deb o‘ylash.
Vaqti kelib keyin boshqasiga o‘tib olaverasiz.
2. Version contol’ni tushunmaslik.
Version contol juda ajoyib narsa. U bilan tarixga qaytish mumkin, dasturning turli variantlarini sinab ko‘rish mumkin, bir biriga xalal bermay ishlash mumkin. Gitdan yaxshisi bo‘lmasa kerak, lekin man SVNni yaxshi ko‘rar edim. Agar kimdir hali ham file va zip bilan versiya saqlab yurgan bo‘lsa, uzr siz hali junior darajasiga yaqin ham kelmabsiz.
Bu mavzuda nafaqat juniorlar, balki katta dasturchilar ham xato qilib turishadi. Vaziyatlar ham turlicha. Ba’zilarini keltirib o‘taman.
* Commit qilishni unutish
* Keraksiz filelarni repoga yuklash. Masalan, IDE ishlatadigan sozlama (config)lar, muhit (env) fayllari, vaqtincha va ishga tushuvchi fayllar (build, .class, .so va boshqalar)
* Begona shoxga (branch) kodni yuklash.
* Force-push buyrug‘ini ishlatish 🤯
* Keng tarqalgani, Commit qilib, Push qilmaslik. (Yuklashga tayyorlab, yubormaslik)
Bularni qilmaslik uchun juda ko‘p usullar va qoliplar mavjud. (GitFlow masalan).
3. Ma’lumotlar shakllarini bilmaslik
Ma’lumotlar bilan ishlaganda ko‘pchilik yosh dasturchilar ma’lumotning xotiradagi shaklini biladi. Integer, String va Array kabi. Hayotda esa ko‘proq CSV, JSon va XML lar bilan ishlashi kerak bo‘ladi.
Ko‘rinishidan juda sodda, ammo bilmaganlar uchun vaqt oladigan narsalar. Bu shakllar mohiyatini yaxshi bilmagan dasturchi ishi tushganida parser (o‘qigich) yasashga harakat qiladi. Vaholanki buning har biri uchun minglab parserlar allaqachon internetda bor.
Bu boradagi ba’zi maslahatlar:
CSV
* Barcha matn qiymatlarni qo‘shtirnoqqa oling.
* UTF-8 kodlashdan foydalaning.
JSON
* JSON va JavaScriptni farqini bilib oling.
* JSON to‘g‘ri bo‘lish tablarini o‘rganing.
* JSON ma’lumotingizni json schema yordamida tekshirishni biling.
XML
* Atributlar va elementlarni tushib oling.
* HTML bilan farqini biling.
* XQuery va XPath yordamida so‘rov yozishni o‘rganing.
* Case sensitive (bosh va kichik harflar bir xil hisoblanishi)ni hisobga oling.
* CData nima ekanini va mohiyatini tushunib oling.
davomi bor...
Bitta xabarga sig‘madi. Davomini keyingi postda.
16.01.2025 London

Tavsiya: Bir vaqtda faqat bitta til yoki texnologiyani mukammal o‘rganishga harakat qiling.

Tavsiya: Gitdan foydalanish qoidalari va korxonalar ishlatadigan usullar bilan tanishib qo‘ying. Agar siz ishlayotgan joyda joriy qilinmagan bo‘lsa, kiritishga harakat qiling.
3. Ma’lumotlar shakllarini bilmaslik
Ma’lumotlar bilan ishlaganda ko‘pchilik yosh dasturchilar ma’lumotning xotiradagi shaklini biladi. Integer, String va Array kabi. Hayotda esa ko‘proq CSV, JSon va XML lar bilan ishlashi kerak bo‘ladi.
Ko‘rinishidan juda sodda, ammo bilmaganlar uchun vaqt oladigan narsalar. Bu shakllar mohiyatini yaxshi bilmagan dasturchi ishi tushganida parser (o‘qigich) yasashga harakat qiladi. Vaholanki buning har biri uchun minglab parserlar allaqachon internetda bor.
Bu boradagi ba’zi maslahatlar:
CSV
* Barcha matn qiymatlarni qo‘shtirnoqqa oling.
* UTF-8 kodlashdan foydalaning.
JSON
* JSON va JavaScriptni farqini bilib oling.
* JSON to‘g‘ri bo‘lish tablarini o‘rganing.
* JSON ma’lumotingizni json schema yordamida tekshirishni biling.
XML
* Atributlar va elementlarni tushib oling.
* HTML bilan farqini biling.
* XQuery va XPath yordamida so‘rov yozishni o‘rganing.
* Case sensitive (bosh va kichik harflar bir xil hisoblanishi)ni hisobga oling.
* CData nima ekanini va mohiyatini tushunib oling.
Tavsiya: Fayllar bilan ishlaganda avval u fayl kengaytmasiga mos dasturlar bor ekanini qarab chiqing. Tayyor kutubxonalarni o‘rganib, ishlatib ko‘ring.
davomi bor...
Bitta xabarga sig‘madi. Davomini keyingi postda.
16.01.2025 London
@DrAlgorithm
👍41❤3
Juniorlarda ko‘p uchraydigan xatolar
[2-qism] (boshi avvalgi postda)
4. Hujjatlar havola qilinish uchun mavjud.
Yangi dasturlarga kirganlar yoki junior dasturchilarda ajoyib fikr bor. Ular hujjatlarga havola qilish yoki Googledan narsa qidirishni zaiflik deb bilishadi.
Bizning sohada izlamasdan, yoki bajargan ishingizda biror havola (link) qo‘ymasdan ishlab bo‘ladimi? Bugun yozgan kodingizni ertaga ko‘rsangiz, asabiy bo‘lib o‘tirasiz-ku axir.
Hujjatlarga havolar qiling. Ertaga hamkasbingiz bilan ishlaganda, har yarim soatda oldiga borib, "bu qanaqa edi?", "bunisini nima qilgan edik, eslatvor" deb so‘roqqa tutishgan ko‘ra, bir marta ko‘rsatib berilganida izoh yozib qo‘yish, topgan maqolangiz havolasini ko‘rsatish vaqt tejaydi, ish unumli bo‘ladi.
5. Ishlatadigan ish qurolini bilmaslik.
Barcha dasturchilar, shu jumladan junior dasturchilar, kod yozish uchun IDE (ish quroli)ni ishlatishadi. Ammo uni yaxshi bilmaslik, yoki barcha imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik ish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi.
Ish qurolining ba’zi imkoniyatlarini ko‘rib chiqsak:
Debugging (yurib chiqish):
* kod qatorlarida harakatlanish, o‘zgaruvchilar qiymatlarini tekshirish, shartli va shartsiz to‘xtash tugunlarini yasash, o‘zgaruvchilarni kuzatish va stack zanjirini ko‘rish.
* Console.log ni ishlatish hech qachon yetarli emas.
Profiling (resurs monitoringi)
* kompyuter resurslarining asosiy tushunchalaridan xabardor bo‘lish
CPU ko‘p ishlatadigan kodni topish va tuzatish
Xotiradan ko‘p foydalanishni oldini olish (memory leak)
Qurish (Build) jarayoni
* turli build sozlamalarini ishlata olish (Debug, Release versiyalar)
* Turli qurilmalar uchun yasash (web, desktop, mobile)
Sinov ish qurollari (Testing)
* Unit test - qanday qilib ishlatish va hisobot olish
* kodning qaysi qismlari sinovdan o‘tganini aniqlay olish (code coverage)
Kod uslubi (code style)
* Formatting - IDE larda tayyor formatlash imkoniyati bor (andozaga solish), shuni doim ishlatib turish
* korxona kod uslubi (corporate code style) ga moslab andozaga solish (format). Shunga git formatlash bilan to‘lib qolmaydi.
Bu kabi hayotda ko‘p uchraydigan kamchiliklar doim bo‘ladi. 20-30 yil oldin ham bor edi, hali kelajakda ham ancha vaqt davom etsa kerak. Chunki hammamiz insonmiz.
Ammo, savol berish, xatolar ustida ishlash, yangilikka qiziqish bu kamchiliklar oldimi oladi. Shaxsiy rivojlanishimizga yordam beradi.
Izoh:
Repo - repository. Version control’da saqlanadigan joy nomi. Siz yozgan kodlaringiz yashaydigan shahar.
Force-push - gitga ma’lumot yuklash vaqtida xatolik yuz berganida, barcha boshqalarning o‘zgarishlarini inkor qilib, sizning kodni gitga yuklash.
SVN - Subversion. git chiqishidan avvalroq muomalada bo‘lgan version control dasturi.
IDE - Integrated Development Environment, kod yozish muhiti.

Tavsiya: Googledan narsa izlashga uyalmang. Foydali manbalarni saqlab qo‘ying. Kodingiz yonida (ReadME) foydalangan havolalar ro‘yxatini yig‘ib yursangiz bo‘ladi.
5. Ishlatadigan ish qurolini bilmaslik.
Barcha dasturchilar, shu jumladan junior dasturchilar, kod yozish uchun IDE (ish quroli)ni ishlatishadi. Ammo uni yaxshi bilmaslik, yoki barcha imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik ish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi.
Ish qurolining ba’zi imkoniyatlarini ko‘rib chiqsak:
Debugging (yurib chiqish):
* kod qatorlarida harakatlanish, o‘zgaruvchilar qiymatlarini tekshirish, shartli va shartsiz to‘xtash tugunlarini yasash, o‘zgaruvchilarni kuzatish va stack zanjirini ko‘rish.
* Console.log ni ishlatish hech qachon yetarli emas.
Profiling (resurs monitoringi)
* kompyuter resurslarining asosiy tushunchalaridan xabardor bo‘lish
CPU ko‘p ishlatadigan kodni topish va tuzatish
Xotiradan ko‘p foydalanishni oldini olish (memory leak)
Qurish (Build) jarayoni
* turli build sozlamalarini ishlata olish (Debug, Release versiyalar)
* Turli qurilmalar uchun yasash (web, desktop, mobile)
Sinov ish qurollari (Testing)
* Unit test - qanday qilib ishlatish va hisobot olish
* kodning qaysi qismlari sinovdan o‘tganini aniqlay olish (code coverage)
Kod uslubi (code style)
* Formatting - IDE larda tayyor formatlash imkoniyati bor (andozaga solish), shuni doim ishlatib turish
* korxona kod uslubi (corporate code style) ga moslab andozaga solish (format). Shunga git formatlash bilan to‘lib qolmaydi.
Tavsiya: Ishlatadigan ish qurolingizni yaxshilab o‘rganing. Har hafta 2-3 ta yangi imkoniyatini o‘rganish orqali 1 yilda to‘liq o‘rganib olasiz. Boshqa dasturchilardan ular ishlatadigan ish qurollarini so‘rang.
Bu kabi hayotda ko‘p uchraydigan kamchiliklar doim bo‘ladi. 20-30 yil oldin ham bor edi, hali kelajakda ham ancha vaqt davom etsa kerak. Chunki hammamiz insonmiz.
Ammo, savol berish, xatolar ustida ishlash, yangilikka qiziqish bu kamchiliklar oldimi oladi. Shaxsiy rivojlanishimizga yordam beradi.
Shunday ekan, uyalmay izlaning.
Izoh:
Repo - repository. Version control’da saqlanadigan joy nomi. Siz yozgan kodlaringiz yashaydigan shahar.
Force-push - gitga ma’lumot yuklash vaqtida xatolik yuz berganida, barcha boshqalarning o‘zgarishlarini inkor qilib, sizning kodni gitga yuklash.
SVN - Subversion. git chiqishidan avvalroq muomalada bo‘lgan version control dasturi.
IDE - Integrated Development Environment, kod yozish muhiti.
16.01.2025 London
@DrAlgorithm
👍44🔥5❤4⚡2
English Speaking Club
2000 yillarda British Council va Mustaqillik libraryda shunday klublar bo‘lar edi. Har yakshanba borib, suhbatlashsa bo‘lar edi.
Bu klub eshitish va gapirishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishda, oilada, ko‘chada ona tilimizda gaplashib yurganimiz uchun, biz yangi til o‘rganishda biroz qiynalamiz.
Hatto, IELTS topshirganlarda ham aynan gapirish va eshitish ballari pastroq bo‘ladi.
Agar shunday klublar bor bo‘lsa, izohlarda qoldirsangiz. Ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarimiz uchun foydali bo‘lar edi.
18.01.2025 London
@DrAlgorithm
O‘zbekistoning qaysi shaharlarida "English Speaking Club"lar bor?
2000 yillarda British Council va Mustaqillik libraryda shunday klublar bo‘lar edi. Har yakshanba borib, suhbatlashsa bo‘lar edi.
Bu klub eshitish va gapirishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishda, oilada, ko‘chada ona tilimizda gaplashib yurganimiz uchun, biz yangi til o‘rganishda biroz qiynalamiz.
Hatto, IELTS topshirganlarda ham aynan gapirish va eshitish ballari pastroq bo‘ladi.
Agar shunday klublar bor bo‘lsa, izohlarda qoldirsangiz. Ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarimiz uchun foydali bo‘lar edi.
18.01.2025 London
@DrAlgorithm
👍20⚡7🔥5
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da No-Code kuni!
📆 25-yanvar, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks January2025 No-Code Day Meetup" bo'lib o'tadi.
1️⃣. “No code 5 yillik tajriba. Nima uchun Wix?” - Jamshid Xoliqulov (CEO @ Fido Studio)
2️⃣. “Kambag'algashashlik AppSheet ham ovqat yechim” - Muhammadjavohirbek Sur'atov (AppSheet dasturchi, Frilanser)
3️⃣. “No-Codeda web sahifalar” - Sa'dulloxon Fatkhullayev (Team Lead @ UIC Group)
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)
Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland
Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
https://uzgeeks.uz/
UzGeeks'da No-Code kuni!
📆 25-yanvar, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks January2025 No-Code Day Meetup" bo'lib o'tadi.
1️⃣. “No code 5 yillik tajriba. Nima uchun Wix?” - Jamshid Xoliqulov (CEO @ Fido Studio)
2️⃣. “Kambag'alga
3️⃣. “No-Codeda web sahifalar” - Sa'dulloxon Fatkhullayev (Team Lead @ UIC Group)
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)
Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland
Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
https://uzgeeks.uz/
👍12
UzGeeks Community
No-Code Day Meetup
Qanday zamonlarga qoldik?
Dasturchi boʻlish uchun avval kod yozishni oʻrganar edik. Endi esa kod ham kerak emas.
Kimdir: Dasturchi ham odammi? - degani esga tushdi.
Tadbir tashkilotchilariga rahmat. Juda koʻp foydali mavzularni olib chiqishadi.
25.01.2025 London

Kimdir bora olsa etvorila, Kodsiz hayot bor ekanmi?
Tadbir tashkilotchilariga rahmat. Juda koʻp foydali mavzularni olib chiqishadi.
25.01.2025 London
@DrAlgorithm
🕊14👍12❤2😢2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib savollar
Bu kabi savollar koʻp berishadi. Javobini ham bilishadi. Lekin dangasalikni yengish juda mushkul ish.
Maʼlum-ki, koʻp ishxonalarda ish vaqti soat 9:00 da, ammo ishning oʻzi 11:00 da boshlanadi. Erkin vaqt tartibi desa, koʻpchilik "xohlagan vaqt kelib, xohlagan vaqt ketsam boʻlar ekan", - deb tushunadi. Oylik uning 8 soat ishlab bergani uchun berilishini his qilmaydi.
Hozir mavzu bu odatni yoʻqotish ustida emas. Aksincha, keling oʻzimizni toʻgʻrilashdan boshlaymiz. Boshqalar bilan ishimiz boʻlmasa ham boʻladi. Vaqti emas.
Kompyuteringizda va telefoningizda soat (Clock) dasturi bor. Ichida sportchilar ishlatadigan Timer boʻlimi bor. Tugmani bosasiz, vaqt ishlashni boshlaydi. Lap tugmasini bosasiz, boʻlaklarga ajratib beradi.
Ertalab Timerʼni ishga tushiring. Har bir kichik vazifani bajarganda Lap tugmasini bosib, qancha vaqt ketganini belgilab qoʻying. Buning uchun Spreadsheet yoki Excel ishlatsangiz boʻladi.
Bu hisob faqat oʻzingiz uchun. Oʻzingizni aldamang. Faqat aniq ish qilganingizni hisoblang. Choy damlash, qoʻl yuvib kelish kabi ishlarni qoʻshmang.
Majlis (va Call)larda oʻtirganingizni ham yozing. Yoniga "majlis"deb qoʻysangiz boʻladi.
Agar barcha kichik vaqtlar yigʻindisi 4 soatga yetmagan boʻlsa, demak bugun siz unumli ish qilmagan ekansiz.
Taʼlimda ham, ishda ham, loyihada ham aynan shu vaqt sizga foyda beradi.
Sinab koʻring. Balki foydali boʻladi.
Kuningiz xayrli oʻtsin.
P.S. Maxsus dasturlar bor ekanini bilaman. Unga ham qachondir yetib kelarmiz.
03.02.2025
@DrAlgorithm
* Dasturlashni qanday oʻrgangansiz? Axir siz paytlar internet boʻlmagan.
* Shuncha kitob oʻqimasdan, video dars orqali oʻrgansam boʻlmaydimi?
* 3 oyda dasturchi boʻla olamanmi?
* Dasturlashni oʻrgansam oyiga $500 oylik berishadimi?
Bu kabi savollar koʻp berishadi. Javobini ham bilishadi. Lekin dangasalikni yengish juda mushkul ish.
Bugun sizga bitta oddiy usul haqida aytib bermoqchiman.
Maʼlum-ki, koʻp ishxonalarda ish vaqti soat 9:00 da, ammo ishning oʻzi 11:00 da boshlanadi. Erkin vaqt tartibi desa, koʻpchilik "xohlagan vaqt kelib, xohlagan vaqt ketsam boʻlar ekan", - deb tushunadi. Oylik uning 8 soat ishlab bergani uchun berilishini his qilmaydi.
Hozir mavzu bu odatni yoʻqotish ustida emas. Aksincha, keling oʻzimizni toʻgʻrilashdan boshlaymiz. Boshqalar bilan ishimiz boʻlmasa ham boʻladi. Vaqti emas.
Kompyuteringizda va telefoningizda soat (Clock) dasturi bor. Ichida sportchilar ishlatadigan Timer boʻlimi bor. Tugmani bosasiz, vaqt ishlashni boshlaydi. Lap tugmasini bosasiz, boʻlaklarga ajratib beradi.
Clockʼdagi Timerʼni ishlatib, har bir qilayotgan ishingizni hisoblab koʻring.
Ertalab Timerʼni ishga tushiring. Har bir kichik vazifani bajarganda Lap tugmasini bosib, qancha vaqt ketganini belgilab qoʻying. Buning uchun Spreadsheet yoki Excel ishlatsangiz boʻladi.
Bu hisob faqat oʻzingiz uchun. Oʻzingizni aldamang. Faqat aniq ish qilganingizni hisoblang. Choy damlash, qoʻl yuvib kelish kabi ishlarni qoʻshmang.
Majlis (va Call)larda oʻtirganingizni ham yozing. Yoniga "majlis"deb qoʻysangiz boʻladi.
Kun oxirida 4 soatga yeta oldingizmi?
Agar barcha kichik vaqtlar yigʻindisi 4 soatga yetmagan boʻlsa, demak bugun siz unumli ish qilmagan ekansiz.
Taʼlimda ham, ishda ham, loyihada ham aynan shu vaqt sizga foyda beradi.
Sinab koʻring. Balki foydali boʻladi.
Kuningiz xayrli oʻtsin.
P.S. Maxsus dasturlar bor ekanini bilaman. Unga ham qachondir yetib kelarmiz.
03.02.2025
@DrAlgorithm
👍60🔥12❤3
Forwarded from Amon Olimov *biznesni raqamlashtirish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir odam telefonlarga javob bermaganidan qamalib ketganini o’zim ko’rgandim.
Ba’zida Rad javob berishdan, kelishuv o’xshamaganligidan telefonni ko’tarolmasligimiz afsuski bo’ladigan holat. Lekin bundan qochgan ma’qul.
Kimga javob berolmagan bo’lsam iltimos qayta yozinglar, siz bilan masalamiz ochiq qolgan bo’lsa bir qarorda yopaylik.
@AmonAkramovich

⚡16👍6❤3😁1
YouTube
EPAM’da ishlayapman
Diplom olsam boʻldi deb oʻylardim…
“Yangi O‘zbekiston” universiteti Dasturiy ta'minot muhandisligi yo‘nalishi talabasi Bobosher Musurmonov Top-10 bitiruvchilar loyihasining navbatdagi ishtirokchisi bo‘ldi.
Talabamiz universitetda tahsil olish davomida erishgan…

Bobosherni shaxsan tanishganimda juda xursand bo‘lganman. O‘zim uchun katta ochilish bo‘lgan. Bunday yoshlarimiz borligi - katta umid beradi. Doiradan tashqarida fikrlay oladigan, kutilmagan mavzular haqida savollar beradigan insonlarni kam uchrataman.
* Universitet kerakmi?
* Matematika qiyin-ku?
* O‘lmaydigan IT kasb qaysi?
Har kuni eshitadigan savollarimiz. Ammo Bobosherga berilgan savollar va uning javoblari boshqa “fazo”dan.
10 daqiqalik vaqtingizni ayamang. Foydali suhbat bo‘libdi.
# Tesha tegmagan mavzular.
09.02.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍29❤11🔥10
Tarix xaritasi
Juda ajoyib xaritaga dush kelib qoldim.
- Hudud
- Rahbar (Xukmdor)
- Insonlar
- Janglar
Kattalashtirsangiz (Zoom in) yanada to`liq ma'lumot olish mumkin.
Bir vaqtlar Coffee Time da Sardor og‘a shu g‘oyani aytgan edilar:
- Bizning tariximizni Vaqt chizig‘i(Timeline)ga qo‘yib, sichqoncha bilan surganda ko‘zingiz oldida o‘tishi, ustida bosganda ma’lumotlari chiqishi haqida sayt qilsak,- deb.
Dasturchilar yaxshi bilishadi, Frontend’da buni qilish juda oson.
Hozircha boshqalar qilgan natijalar bilan rohatlanamiz. Bir kun kelib bizda ham amalga oshirsak, yaxshi bo‘lar edi.
Havola: https://www.oldmapsonline.org/en/history/people#position=6.7158/40.609/69.866&year=1035
10.02.2025 London
@DrAlgorithm
Juda ajoyib xaritaga dush kelib qoldim.
- Hudud
- Rahbar (Xukmdor)
- Insonlar
- Janglar
Vaqt chizig‘ida e.a. 40 asrdan 2000 yillargacha tarixni tomosha qilsangiz bo‘ladi.
Kattalashtirsangiz (Zoom in) yanada to`liq ma'lumot olish mumkin.
Bir vaqtlar Coffee Time da Sardor og‘a shu g‘oyani aytgan edilar:
- Bizning tariximizni Vaqt chizig‘i(Timeline)ga qo‘yib, sichqoncha bilan surganda ko‘zingiz oldida o‘tishi, ustida bosganda ma’lumotlari chiqishi haqida sayt qilsak,- deb.
Dasturchilar yaxshi bilishadi, Frontend’da buni qilish juda oson.
Eng qiyini uni ma’lumot bilan to‘ldirish.
Hozircha boshqalar qilgan natijalar bilan rohatlanamiz. Bir kun kelib bizda ham amalga oshirsak, yaxshi bo‘lar edi.
Havola: https://www.oldmapsonline.org/en/history/people#position=6.7158/40.609/69.866&year=1035
10.02.2025 London
@DrAlgorithm
👍32❤6🔥5✍1🆒1
Forwarded from UK Hayot | Saidolim
Har yili mushtoq kutadiganimiz baraka oyi kirib keldi. Bu uy uchun alohida taraddud, alohida eʼtibor qilamiz. Alloh barchamizning ibodatlarimizni qabul aylasin.
🌜 Ramazon Muborak!!
Bu yil ham Ramazonni Vatandan uzoqda nishonlash nasib qildi. Qayerda boʻlsak ham ibodatimiz butun, Vatanimiz tinch boʻlsin!
01.03.2025 London
@UKHayot
~~~
Izoh: (rasm) Qurʼoni, 1639 yildan avval.
Qurʼoni Karimning bu nusxasi 1600 yillardan ancha vaqt avval yozilgan boʻlib, Xindiston oʻlkasidan sovgʻa qilingan. 1639 yilda Cambridge universiteti kollejlaridan biriga taqdim etilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍32🎉11⚡5🔥4
Forwarded from Amon Olimov *biznesni raqamlashtirish
Saidolim aka ham Odoo'ni foydasini biladilar 🤩
O'zbek IT darg'alaridan biri, ustozimiz Buyuk Britaniyada yashab, faoliyat olib boradilar va kuni kecha mahallalaridan rasm yubordilar.
Ha do'stlar Odoo dunyo bo'ylab tadbirkorlarga yordam berishda davom etadi. U o'zining moslashuvchan xarakteri bilan, ko'pchilikni qalbini ham zabt etmoqda. Shu bilan u global ERPlar marketida sotuvlar bo'yicha🔝 TOP 7 ga ham chiqib oldi. Hozirda Odooning 20 ta davlatida o'z offislari mavjud va 80 dan ortiq davlatida reseller partnyorlariga ega.
Saidolim Djuraev ustoz bilan aynan bizneslarni raqamlashtirish sohasida hali qilinadigan ishlar ko'pligi, IT kompaniyalarni faoliyatini rivojlantirish bo'yicha suhbat qilib turamiz.
Ularga Odoo'ga urg'u berganlari va O'zbekistondagi ITni rivojlantirishda qilayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiraman.
@AmonAkramovich - biznesingizga tizimlashtirish nurini olib kiruvchi maslahatchingiz 💪️️️️️️
O'zbek IT darg'alaridan biri, ustozimiz Buyuk Britaniyada yashab, faoliyat olib boradilar va kuni kecha mahallalaridan rasm yubordilar.
Ha do'stlar Odoo dunyo bo'ylab tadbirkorlarga yordam berishda davom etadi. U o'zining moslashuvchan xarakteri bilan, ko'pchilikni qalbini ham zabt etmoqda. Shu bilan u global ERPlar marketida sotuvlar bo'yicha
Saidolim Djuraev ustoz bilan aynan bizneslarni raqamlashtirish sohasida hali qilinadigan ishlar ko'pligi, IT kompaniyalarni faoliyatini rivojlantirish bo'yicha suhbat qilib turamiz.
Ularga Odoo'ga urg'u berganlari va O'zbekistondagi ITni rivojlantirishda qilayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiraman.
@AmonAkramovich - biznesingizga tizimlashtirish nurini olib kiruvchi maslahatchingiz 💪️️️️️️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Far·hod·jon
Ha do'stlar Odoo dunyo bo'ylab tadbirkorlarga yordam berishda davom etadi.
Oʻzbekistonda biznesni tizimlashtirish jadal rivojlanayotgani juda quvonarli. Chunki bundan keyingi qadamlar uchun albatta tizim kerak.
Angliyada faoliyatim davomida korxonalardagi ITning roʻlini yanada chuqur koʻrish imkoniyatiga ega boʻldim. IT faqat MS Wordda matn terish, Excel esa moliya hisobidan tashkil topgan emas.
Tizim mavjudligi, havf (risk) boshqaruvi va muammoli holatlardan chiqish usullari, har bir xodim vazifalari kabi koʻplab tushunchalar tizim va hujjatlar asosida yuritiladi.
Bitta sodda misol keltirsam. Buni koʻp biznes egalariga aytsam, oʻylanib qolishadi.
Siz tadbirda qatnashmoqdasiz, koʻp chet eldan biznes egalari kelgan. Vizitka (biznes maʼlumotingizni) tarqatasiz.
Chunki oyiga $10-$20 ayagan odam bilan qanday qilib biznes qilish mumkin?
Albatta, siz bilmagansiz, sizning saytingiz nomi bilan email ochish mumkin ekanini aytishmagan, oʻzingiz ismingiz yozilishini (turli raqamlarsiz) sinab koʻrmagansiz. Lekin bilmaganingiz sizga foydaga ishlamadi.
Shu sabab Odoo boʻlsin, email provider boʻlsin, boshqa tizimlar boʻlsin, har oy IT uchun budjet ajrating va IT mutaxassislar bilan hamkorlik qiling.
Amon boshlagan loyihalari ham shu rivojlanish uchun boshlangʻich turtki. Davomli boʻlsin.
03.03.2025 London

- Agar men vizirkangizda @gmail.com, yoki @mail.ru koʻrsam, men sizni jiddiy olmayman.
Chunki oyiga $10-$20 ayagan odam bilan qanday qilib biznes qilish mumkin?
Albatta, siz bilmagansiz, sizning saytingiz nomi bilan email ochish mumkin ekanini aytishmagan, oʻzingiz ismingiz yozilishini (turli raqamlarsiz) sinab koʻrmagansiz. Lekin bilmaganingiz sizga foydaga ishlamadi.
Shu sabab Odoo boʻlsin, email provider boʻlsin, boshqa tizimlar boʻlsin, har oy IT uchun budjet ajrating va IT mutaxassislar bilan hamkorlik qiling.
Amon boshlagan loyihalari ham shu rivojlanish uchun boshlangʻich turtki. Davomli boʻlsin.
Biznesingiz rivojlansin, Oʻzbekiston rivojlanadi.
03.03.2025 London
@DrAlgorithm
👍10🔥5
Dasturchi (programmist)
- Doug Linder
- Martin Golding
09.03.2025 London
@DrAlgorithm
Yaxshi dasturchi - bir yoqlama yoʻlni kesib oʻtishda har ikki tomonga qarab oʻtadi.
- Doug Linder
Har doim kodingizni yozishda hissiyotingiz goʻyo uni ertaga sizning uyingizni biladigan zoʻravon aqli zaif ishlatadigandek boʻlsin.
- Martin Golding
09.03.2025 London
@DrAlgorithm
2👍39😁11⚡7