Dr. Algorithm
3.05K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from Kitoblar ombori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻnta farzandli kitobxon oila

Instagram'ni gʻarb segmentida bookbloging anchagina rivojlangan. Bizdan farqli ravishda ularda bu jarayon faqatgina tarmoqlarda emas amaliy hayotda ham oʻz aksini topadi.
Masalan mana bu ayolni olaylik.

Uning 10 ta bolalari boʻlib eng kattasi 12 yoshda boʻlsa eng kichigi esa 5 oylik. Onani oʻzi faol kitobxon va bolalarini ham kitobxon qilgan.

Katta oʻgʻli Evan ayni paytda seriyali katta kitoblar ishqibozi ekan. Videoda koʻrsatilgan kitobni 2-marta qayta oʻqibdi. Eng kichik bolasini qoʻlida esa vizual tasavvur xosil qiladigan kitob turibdi.

Bu videoni koʻrib biz musulmonlarni oʻsha mashhur gapi yodga tushadi:
"Bir erkakni oʻqitsang bir oilani oʻqitasan. Bir ayolni oʻqitsang butun ummatni oʻqitasan."
Faqat bu gapni magʻzini gʻarblik ertaroq anglab yetishgan.

Manba

@kitob_ombori
👍347🔥2🤯1🤝1
Forwarded from MohirDev.uz
🔥 Antiqa savollar vaqti keldi!

Yangi “10 ta antiqa savol” rubrikasining birinchi sonini kutib oling. Moneff CTO’si Saidolim Djuraev hazil va professionallik bilan biroz g‘ayrioddiy savollarimizga javob berdi.

👉 Videoni koʻrish

✔️ Kanalimizga obuna bo‘ling va yangi sonlarni oʻtkazib yubormang!

@mohirdev
👍15🔥32
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Python kuni!

📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks August2024 Python Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Queue va stack pythonda qanday ishlaydi?" - Xojarbu Xaitmetova (Software Engineer, Epam)

2️⃣ "CPython qanday ishlaydi?" - Bobosher Musurmonov (Software Engineer, Epam)

3️⃣ "Odoo bilan birga yuksalamiz! Low Code, No Code..." - Erkin Isoyev (UIC Group, Aurora+)

4️⃣ "Python da sun’iy intellekt bilan ishlash" -
Ayubxon Ibrohimzoda (Python backend o'qituvchi, Ustudy IT Akademiya)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

🌐 UzGeeks.uz
👍6🎉2
UzGeeks Community
UzGeeks'da Python kuni!

📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks August2024 Python Day Meetup" bo'lib o'tadi.
Assalomu alaykum,

Ko`rishish uchun baxona bor ekan. Meetup'ning foydali mavzilarini eshitib, ketidan networking qilsak, nima deysiz?

Xohlovchilarni UzGeeks MeetUp'ga taklif qilaman!

@DrAlgorithm
51🔥21👍10
Suhbat

Bugun ajoyib suhbat bo`lib o`tdi. Kunni unimli boshladim.
Dasturlash tillari haqida edi.

Menga yoqadigan dasturlash tili qaysi ekanini bilasizmi?


Suhbat chiqishi bilan yana lohida post qoldiraman.

@DrAlgorithm
🔥9👍2
Forwarded from Xushnudbek.uz
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi

Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.

Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda. Bunga sabab qilib, Durov Fransiya huquq organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani va Telegramda moderatsiya yo‘qligi keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda #freedurov heshtegi ommalashmoqda. Ko‘plab kanal adminlari Durovga ozodlik so‘rab, postlar qoldirgan.

Telegram ma’muriyati Durovning hibsga olinishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgani, zaxira rejalari mavjudligi, messenjer faoliyati bir maromda davom etishi uchun barcha choralar ko’rilishini ma’lum qilgan.


👉 @xushnudbek 👈
👍13🤔4😨3🤷2
Xushnudbek.uz
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan. Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda.…
Qizziq. Telegram oʻchishi mumkinligi haqida gap yuritgan edik. Lekin bunchalik tez boʻlishini kutmagan edim.

Email hech qachon oʻchib qolmaydi, - deb aytganimda, aynan messangerlar umri qisqaroq boʻlishi bilan solishtirgan edim.

Email bu yagona protokol. Uni ishlashi uchun dasturlar koʻp va bir biri bilan xabarlasha oladi.

Messangerlar biroz boshqacha. Ular bir biri bilan gaplasha olmaydi. Siz Telegramda turib WhatsAppʼga xabar yubora olmaysiz.

Shu sababli Email xizmatini Oʻzbekistonda rivojlantirishimiz kerak.

Yaxshilik boʻlsin!

@DrAlgorithm
4👍59🔥3🤔21👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"UzGeeks" IT hamjamiyati vakillarining yoshlar bilan uchrashuvi

muxbir: Muxlisa Abdujalilova

#Toshkent shahri

@hududtv
👍21
UzGeeks

UzGeeks yangi pogʻonaga tayyorgarlik koʻrmoqda. Tez kunda rejalar va oʻzgarishlar eʼlon qilinadi.

Nima deb oʻylaysiz: UzGeeks ning yangi rejasiga nimalar kiritilgan?

Jurnalistika ajoyib kasb, lekin montajchi koʻp narsani oʻzgartira oladi. Osh yeb piyolani rasmga olgandek.


Tadbir juda ajoyib oʻtdi. Davomli boʻlsin!

@DrAlgorithm
👍25
Forwarded from UNICON SOFT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱 Telegram o‘chadimi? Hamster Kombat nima bo‘ladi?

❗️Premyera bugun soat 19:30da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https://youtu.be/lSdpjSIX7eg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍7🔥5
UNICON SOFT
📱 Telegram o‘chadimi? Hamster Kombat nima bo‘ladi? ❗️Premyera bugun soat 19:30da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1 📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https:…
Yangiliklar ko`p.

Telegramning taqdiri nima bo`ladi? Alternativ usullar bormi?

Shu haqida ertalab suhbat qilgan edik. Bugun namoyish etishar ekan.
O`zimga ham qizziq, kamchiliklar bo`lsa yozing. Kelasi suhbatlarda to`g`rilashga harakat qilaman.

@DrAlgorithm
👍153
Forwarded from Orif Tolib
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek tili rivojiga osh markazi ham hissa qoʻsha oladi

Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Ustoz – 2020” tanlovi gʻolibi, Toshkent shahridagi prezident maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova “Hammabop oʻzbek tili” mualliflik loyihasini yoʻlga qoʻygani haqida oldinroq yozgan edim.

Bugun YouTube kanaldagi bir videoni koʻrib, hayron qoldim: loyiha moliyaviy muammolar sababli biroz toʻxtab qolibdi. Lekin homiy topilib, davom etibdi. Oʻzbek tiliga oid loyihaga kim homiylik qilgan deb oʻylaysiz? U grant ajratadigan biror xalqaro tashkilot, nodavlat uyushma yoki til rivojiga masʼul davlat tashkiloti emas. Koʻpchiligimiz yaxshi biladigan “Beshqozon” osh markazi loyihani qoʻllab-quvvatlabdi. “Hammabop oʻzbek tili”dan ular biror moddiy manfaat olmas, kanal ularni reklama ham qilmas ekan. Eshitib qoyil qoldim, xursand boʻldim.

Kanalni kuzatib boring, foyda berishi aniq:

👉 YouTube: @Hammabopozbektili
👉 Telegram: @suvaydo

@oriftolib
👍14❤‍🔥1
Hammabop Oʻzbek tili

Loyiha muallifi juda kuchli mutaxassis. Qilgan loyihalarini koʻrib hursand boʻldim. Bizda shunday loyihalar koʻpayishi ham millatimizga ham tilimizga dastak boʻlar edi.

Loyihani kuzatib borishni tavsiya etaman.


Bu kundalik
soʻzlashuvlarimizni tuzatib borishimiz, xato (hato)siz yozishni oʻrganishimiz uchun tayyor yechim ekan.

Kanalni kuzatib boring, foyda berishi aniq:

👉 YouTube: @Hammabopozbektili
👉 Telegram: @suvaydo


@DrAlgorithm tavsiya etadi
👍9🔥5👏2
Bu pulni kuchimikan?
👎3🤷3👍21
UNICON SOFT
📱 Telegram o‘chadimi? Hamster Kombat nima bo‘ladi? ❗️Premyera bugun soat 19:30da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1 📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https:…
Endi Hamster egalari ham oʻyindan tez qutilishadi shekilli.

Hamster toʻxtasa yaxshi edi. Odamlarni vaqtini koʻp olib, asabga tegayotgan edi.

Haster Combat oʻynamang va foyda olish uchun pulini olmang. Bu piramida va koʻpchilik ziyon koʻradigan moliyaviy "oʻyin".



@DrAlgorithm
👍20🔥63
Paradox kema

Tasavvur qiling yangi kema yasadik. Nom berdik , masalan Apollo. Vaqt oʻtib uni taʼmir qilgani olib bordik. Qaysidur qismini almashtirdi. Almashtirilgan qismni yigʻib qoʻydik.

Uzoq vaqt oʻtib, kemaning barcha qismlari almashdi.

Savol: bu kema hali ham Apollo kemasimi?


Keyin bir bahona qilib, yigʻib qoʻyilgan qismlardan yangi kema yasadik. Chunki eski kemaning barcha qismlari bizda bor.

Savol: Bu yangi yasalgan kema Apollomi, yoki tagʻmirdan chiqqan va barcha qismlari almashganimi?


Bu savol Grek faylasuflariga taqaldi. Tesey kemasi paradoksi deyiladi.

Sizning fikringiz qanday? Qaysi kema Apollo?

@DrAlgorithm
🤔18👍52👎1
Forwarded from UNICON SOFT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️ Kimga “eski” Java, kimga “yosh” C#: bahs qanday tugadi? Buyuk Britaniyaning Monef kompaniyasi IT-menejeri Saidolim Jo‘rayev bilan #texnosuhbat

❗️Premyera bugun soat 19:00da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https://youtu.be/TwpZQgkLnds
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Ana endi rasman: Mardon Hazratov Xalqaro Informatika Olimpiadasi 🥉 Bronza medali sohibi.

Bu 🇺🇿 O'zbekiston uchun IOI tarixida 3-bronza medali bo'ldi.

Tabriklaymiz 🎉

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍345🎉4❤‍🔥1🌚1