Dr. Algorithm
3.06K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from Nodirxon C# Darslari (ELBEK)
Crowdstrike 🍈 Tushurdi

Bu 80 milliard dollar deb baholangan dunyodagi xavfsizlik dasturlarini ta'minlovchi kompaniya. Kecha qilgan o'zgarishlari butun dunyo bo'yicha Windows operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarni buzib qoydi. Ya'ni, barcha Windows kompyuterlarida blue screen of death kuzatildi.

Har bir komyuterni qo'lda birma-bir tuzatib chiqish kerak bo'lar ekan. Tasavvur qiling, butun dunyo bo'yicha aeroport, kasalxona, maktav va universitetlardagi ish to'xtab qolishi birgina kompaniyani deb bo'lsa?!

Telegram | YouTube | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sariq Dev
Angliyaga kelib, Saidolim akani koʻrmasdan ketsa boʻladimi. Saidolim aka Londonda joylashgan Moneff kompaniyasida CTO, Oʻzbekistondagi juda koʻp senior dasturchilarning ustozi.

Yoshlar bilmasligi mumkin, lekin Saidolim aka UzGeeks hamjamiyati va @UstozShogird kanali kabi loyihalari bilan Oʻzbekistonda AyTi sohasi rivojiga beminnat hissa qoʻshib kelayotgan insonlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oʻzlarining @DrAlgorithm kanallarida ham foydali maslahatlar berib boradilar.

Xullas, har tomonlama hurmatga va oʻrnak olishga sazovor inson.

p.s. Ha, aytgancha, rasmda mening yonimda turgan yigit Oxforddagi PhD talaba yurtdoshimiz Iqboljon. Medisinada Sun’iy zakoni qoʻllash boʻyicha mutaxassis.

Saidolim akaning yonidagi yigit esa - Javohir, Bloomberg Data Analitika kompaniyasining London ofisida ishlaydigan yurtdoshimiz, Business Analitika sohasi mutaxassisi.

Mana shunday insonlar bilan tanishishning oʻzi qanchalik odamga zavq bagʻishlashini soʻz bilan yetkazib boʻlmasa kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kitoblar ombori 2.0
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻnta farzandli kitobxon oila

Instagram'ni gʻarb segmentida bookbloging anchagina rivojlangan. Bizdan farqli ravishda ularda bu jarayon faqatgina tarmoqlarda emas amaliy hayotda ham oʻz aksini topadi.
Masalan mana bu ayolni olaylik.

Uning 10 ta bolalari boʻlib eng kattasi 12 yoshda boʻlsa eng kichigi esa 5 oylik. Onani oʻzi faol kitobxon va bolalarini ham kitobxon qilgan.

Katta oʻgʻli Evan ayni paytda seriyali katta kitoblar ishqibozi ekan. Videoda koʻrsatilgan kitobni 2-marta qayta oʻqibdi. Eng kichik bolasini qoʻlida esa vizual tasavvur xosil qiladigan kitob turibdi.

Bu videoni koʻrib biz musulmonlarni oʻsha mashhur gapi yodga tushadi:
"Bir erkakni oʻqitsang bir oilani oʻqitasan. Bir ayolni oʻqitsang butun ummatni oʻqitasan."
Faqat bu gapni magʻzini gʻarblik ertaroq anglab yetishgan.

Manba

@kitob_ombori
Forwarded from MohirDev.uz
🔥 Antiqa savollar vaqti keldi!

Yangi “10 ta antiqa savol” rubrikasining birinchi sonini kutib oling. Moneff CTO’si Saidolim Djuraev hazil va professionallik bilan biroz g‘ayrioddiy savollarimizga javob berdi.

👉 Videoni koʻrish

✔️ Kanalimizga obuna bo‘ling va yangi sonlarni oʻtkazib yubormang!

@mohirdev
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Python kuni!

📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks August2024 Python Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Queue va stack pythonda qanday ishlaydi?" - Xojarbu Xaitmetova (Software Engineer, Epam)

2️⃣ "CPython qanday ishlaydi?" - Bobosher Musurmonov (Software Engineer, Epam)

3️⃣ "Odoo bilan birga yuksalamiz! Low Code, No Code..." - Erkin Isoyev (UIC Group, Aurora+)

4️⃣ "Python da sun’iy intellekt bilan ishlash" -
Ayubxon Ibrohimzoda (Python backend o'qituvchi, Ustudy IT Akademiya)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

🌐 UzGeeks.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi

Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.

Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda. Bunga sabab qilib, Durov Fransiya huquq organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani va Telegramda moderatsiya yo‘qligi keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda #freedurov heshtegi ommalashmoqda. Ko‘plab kanal adminlari Durovga ozodlik so‘rab, postlar qoldirgan.

Telegram ma’muriyati Durovning hibsga olinishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgani, zaxira rejalari mavjudligi, messenjer faoliyati bir maromda davom etishi uchun barcha choralar ko’rilishini ma’lum qilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Dr. Algorithm
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan. Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda.…
Qizziq. Telegram oʻchishi mumkinligi haqida gap yuritgan edik. Lekin bunchalik tez boʻlishini kutmagan edim.

Email hech qachon oʻchib qolmaydi, - deb aytganimda, aynan messangerlar umri qisqaroq boʻlishi bilan solishtirgan edim.

Email bu yagona protokol. Uni ishlashi uchun dasturlar koʻp va bir biri bilan xabarlasha oladi.

Messangerlar biroz boshqacha. Ular bir biri bilan gaplasha olmaydi. Siz Telegramda turib WhatsAppʼga xabar yubora olmaysiz.

Shu sababli Email xizmatini Oʻzbekistonda rivojlantirishimiz kerak.

Yaxshilik boʻlsin!

@DrAlgorithm
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"UzGeeks" IT hamjamiyati vakillarining yoshlar bilan uchrashuvi

muxbir: Muxlisa Abdujalilova

#Toshkent shahri

@hududtv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UNICON SOFT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱 Telegram o‘chadimi? Hamster Kombat nima bo‘ladi?

❗️Premyera bugun soat 19:30da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https://youtu.be/lSdpjSIX7eg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM