Forwarded from Qudrat Abdurahimov
Men tavsiya qiladigan 3 ta kitob
Bugun siz bilan men uchun manfaatli bo'lgan TOP 3 ta kitob haqida gaplashamiz.
E'tibor bergan bo'lsangiz, hamma o'qishi kerak bo'lgan TOP 3 ta kitob deb har kim har xil kitobni aytadi
Buning sababi har kimning vaziyat har xil bo'lgan. Har xil bilimga extiyoji bo'lgan
Shuning uchun har xil kitoblar tavsiya qilinadi.
Odamlar har xil kitob tavsiya qilishining sababini ham taxlil qilamiz.
@QudratAbdurahimov - kanaliga a'zo bo'ling
Telegram | Instagram | Youtube
https://www.youtube.com/watch?v=ue32f41yKSk

YouTube
Men tavsiya qiladigan 3 ta kitob | Qudrat Abdurahimov
👉 Telegram kanal: https://t.me/QudratAbdurahimov
👉 Instagram: https://www.instagram.com/qudratabdurahimov
👉 Youtube: https://www.youtube.com/@QudratAbdurahimov/join
👇🏻 *Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? _Xoziroq ro'yhatdan o'ting:_*
👉 1) Dasturlash - h…

Forwarded from Kitoblar ombori 2.0
Aqliy mehnat sirlari
Aqliy mehnatning misollari: qiyin kitob o‘qish, murakkab masala ustida ishlash va ma’nili matn yozish.
Oz odamlargina aqliy ishga osongina sho‘ng‘ib, jarayondan lazzat topa oladilar, natija esa ularga qo‘shimcha mukofotdek bo‘ladi. Ko‘pchilik esa bunga kirishadi-yu qandaydir ichki sovuq to‘siqqa urilib xafsalasini yo‘qotadi. Shu to‘siqlarni yengib o‘tish ba’zi sirlari bilan bo‘lishmoqchiman.
1. Aqliy ish qilishdan oldin taomingizga ahamiyat bering. Oqsilga boy, yengil hazm bo‘ladigan ozuqa miyaga hujayralari tez va samarali ishlashiga omil bo‘ladi. Baliq, yog‘sizroq go‘sht, tuxum, tvorog, bir oz yong‘oqlar, ko‘tara olsangiz sut – mana shular kabi. Shirinlik, xamir ovqatlar aqliy ishni sekinlashtiradi. Yaxshisi ularni mukofot tariqasida ish bitgach yegan yaxshi, mutlaqo voz kechvorish yaramaydi.
2. Jismoniy mashqqa kirishish oldidan a’zolarni qizdirib, cho‘zish harakatlari qilinadi. Xuddi shunday aqliy ishni boshlash oldin miya a’zolarini yaxshilab qizdirib olish kerak. Lekin qizdirish harakatlari, birinchidan, ishingiz mazmuniga aloqador bo‘lgani yaxshi; ikkinchidan, yengil iste’mol bo‘ladigan vizual kontent bo‘lmasin. Misol uchun biologiya bo‘yicha kitob o‘qiyotganingizda “qiziqishni uyg‘otish uchun” yengil yelpi mavzuga oid bo‘lsa ham video rolik ko‘rmang. Undan ko‘ra biologiyaga oid jurnal, kichik maqolalarini varaqlang, yoki kitobingizdagi ajratib yozilgan abzaslarni ko‘z yugurtirib chiqing. Asosiy narsa miyangizda savollar tug‘ilsin va o‘zingizcha javobni o‘ylab ko‘ring, o‘qish jarayonida miyangiz javobingizni tekshirib ko‘rishga urinadi. Qizitish yo‘llaridan biri bu. Video kontent esa tashqi hissiyot ichki hissiy ishtahani bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin (shirinliklar kabi).
3. O‘pka, qon tomirlari va miya hujayralari yetarlik kislorod bilan to‘yinishini ta’minlang. Bilib qo‘ying, miyani zo‘riqtiradigan aqliy mehnat - biokimyoviy jarayon. Biokimyoviy jarayonni yonish desa bo‘ladi, kislorodsiz yondirish, kuydirib bosish mumkin emas. Nafas olish mashqlari juda ko‘p, birontasini tanlab qo‘llang. Yurish harakati ham kislorod bilan yaxshi ta’minlaydi. Suv ichish ham kislorod bilan to‘yinishga yordam beradi, umuman biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi.
4. Ishga kirishishdan oldin chalg‘imaslikka ahd qilib 10, 20, 40, 60 minutdan iborat tanaffusli muddatlar belgilang. Samarasiz bo‘layotgan bo‘lsa ham shu 10 yoki 20 minutlik vaqt oxirigacha yetkazib o‘tiravering. Agar miya ishlab ketib, ilhom yoqangizdan tutganini his qilsangiz-u muddat tugagan bo‘lsa ham to‘xtash intizomini shakllantiring. Bir oz tanaffus qilib yangi muddatni boshlang. Internetda “Pomodorro” uslubi haqida qiziqib ko‘ring. Ishning eng qiziq joyida uzishdan qo‘rqmang! Bu haqda keyingi bandda.
5. Hech qachon charchab xolsizlanguncha, ko‘nglingizga tegib ketgunicha ishlamang! Shunday qilsangiz vazifangizga boshqa safar qaytish juda og‘ir kechadi. Charchoqning boshqa nomi - og‘riq. Miya og‘riqni yomon ko‘radi. Miya og‘riqni unutmaydi, ming xil bahona bilan aqliy ishga qaytishingizga to‘sqinlik qiladi. Yaxshisi ishtaha borida to‘xtang. Ertasi kuni uchun qaysi joyidan davom eitishni belgilab boshqa ishlaringizga ravona bo‘ling, masalan uxlang. Vaqti kelib yengilgina shu joyidan davom etib ketaverasiz. Bu nafaqat sinalgan uslub balki deyarli barcha yozuvchilar va olimlar muvaffaqiyatli mehnati siri! Bundan kuchliroq tavsiya topmaganman... Ishonishingiz uchun, eslang nima uchun odamlar uzundan uzun seriallarni kutib, sevib ko‘rishadi? Har bir seriya qiziq joyidan uziladi. Ming bir kecha ertaklaridagi Shahrizoda ham bu sirni yaxshi bilgan.
Bu haqda yana yozgim keldi-yu, ajratilgan taym tugab qoldi.
@kitob_ombori

Forwarded from UNICON SOFT
Saidolim Djurayev (Chief Technology Officer, Moneff) bilan "coin"lar haqida #texnosuhbat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Kriptovalyutalar: Notcoin o'zi nima?
Saidolim Djurayev (Chief Technology Officer, Moneff) bilan "coin"lar haqida #texnosuhbat
"Unicon-Soft" kompaniyasi
Kanalga obuna bo‘ling: https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1
Aloqa markazi:
+998712004646
+998712356239…

Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ICQ - so'nggi kun
"Chollar" yaxshi bilishadi buni kim ekanini.
O'z davrida juda mashhur va keng tarqalgan edi. O`z davrining telegrami desa ham bo`ladi. Bu yerda botlar bo`lmasa ham, shaxsiy va biznes uchun ko`p ishlatilar edi.
Ba'zi qizziq hotiralarni ulashmoqchiman.
1. ICQ raqamlari: Uzoq muddatli foydalanuvchilar ko‘pincha o‘z ICQ raqamlarini ularning xizmatga qanchalik erta qo‘shilganini ko‘rsatuvchi faxriy belgisi sifatida eslashadi.
* UINlar tushunchasini foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish uchun joriy qildi, bu o‘sha davrda yangilik edi. Har bir foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda o‘ziga xos raqamga ega bo‘ldi.
* U vaqtlarda telefon raqamga ulash shart emas edi.
* Qisqa (4-5 xonalik) raqamlarni sotish mumkin edi.
2. ICQ offline xabarlar, ko‘p foydalanuvchili chat va fayllarni uzatish kabi xususiyatlarni kiritgan bo‘lib, bu o‘z davri innovatsiasi edi.
3. Buddy List: ICQ foydalanuvchilarga ularning kontaktlari orasida kim online ekanligini ko‘rishga imkon beruvchi "buddy list" (do‘stlar ro‘yxati) tushunchasini ommalashtirdi.
4. Ovozli xabarlar: 2001-yilda ICQ ovozli xabarlarni yuborish imkoniyatini taqdim etdi, foydalanuvchilar matn o‘rniga audio kliplarni yuborishi mumkin bo‘ldi. ("23 yil oldin, Karl")
5. Innovatsion meros: ICQ tomonidan kiritilgan yoki ommalashtirilgan ko‘plab xususiyatlar hozirgi zamonaviy xabar almashish ilovalari uchun asos bo`ldi, jumladan, onlayn holat indikatorlari va multimedia xabarlari.
6. Mashhurlik: O‘z cho‘qqisiga 2001-yilda yetgan vaqtda ICQ’da 100 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bor edi.
7. Madaniy hodisa: ICQ ovozi “Uh-oh!” ikonaga aylangan va foydalanuvchilar uchun yangi xabar kelganini ifodalardi.
Hullas, bugun uning so`nngi kuni edi. ICQ bilan hayrlashdik.
@DrAlgorithm

Forwarded from Far·hod·jon
📣 Hiring alert (June 2024 edition)
Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:
- Senior Backend Engineer (Python)
- Middle Backend Engineer (Python)
- Senior Engineering Manager
- Director of Engineering
Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va shaxsan minnatdorligim. Agar taklif qilingan odam Super Dispatch’ga qo’shilsa - $1 000 referral fee.

Bloomberg HQ
Kecha Javohir Bloomberg Bosh ofisini aylantirib chiqdilar.
Yurtdoshlarimiz bunday katta korxonalarga ishga kirishlari quvonarli xolat. Kelganlariga 1 hafta boʻlgan boʻlsa ham tashrif qilish uchun chaqirdilar. Ofisni barcha 8 qavatini aylanib chiqdik.
* Bino arxitektura boʻyicha juda koʻp mukofotlar sovrindori.
* Bloomberg binosi Open Space shaklida ishlashga moslab qurilgan. Xonalar yoʻq, hamma bitta katta xonada ishlaydi.
* 5-6 ta video va audio studiolarini koʻrdik. Kichik studiodan boshlab, bitta sahna uchun 30-40 ta kamera va chiroq ishlatiladigan studiolargacha.
* Terminal (MDI) asosida ishlab chiqilgan ish joylari har bir xodim istalgan qavat va joydan ishlashi mumkin qilingan. Login/parol terasiz va ish joyingiz boshqa stolga oʻtib qoladi. Hatto IP telefonia ham.
* Qavatlar ranglar bilan ajratilgan. Kutibxona, dam olish xonasi va ibodat xona kabi maxsus joylari bor.
Geografiya fanini yaxshilab oʻrganing, binoda yurganingizda Shimoliy lift, Gʻarbiy kutubxona, Janubiy tomondagi stoldaman, - kabi soʻzlarni eshitishingiz mumkin.
Bino London markazida joylashgani uchun derazadan London City'ning tarixiy binolari koʻrinib turadi. Doim turistlar kelib, tomosha qiladigan manzara oldida ishlab oʻtirasiz.
6-qavat. Hamma shu yerni yaxshi koʻrar ekan. Hatto lift birdaniga 6-qavatga olib chiqar ekan. Boshqa qavatga chiqish uchun liftga alohida aytishingiz kerak. 🍫
Bu qavatda taomlanish boʻlimi joylashgan boʻlib, ixriyoriy vaqt ochiq: choy, kofe, shirikliklar, meva kabi narsalarni olishingiz mumkin. Ertalab ishga kelib, nonushta qilishga rosa zoʻr joy ekan.
Oʻzbekmiz-da, mehmon kelsa avval taom qoʻyamiz. Jaa biza bop joy ekan.
Bino markazidagi zinapoya barcha qavatlarga piyoda chiqish uchun moslangan. Eng muhim jihati barcha boʻlim xodimlari shu yerdan yurib, bir-biri bilan tanishishi uchun qilingan ekan.
Qizziq-a, bitta domda turib, qoʻshningiz kim ekanini bilmaysiz. Huddi shunday hajmdagi katta ofisda esa barcha qavat odamlarini tanib olish mumkin. (Bu haqida alohida yozsam kerak.)
Corporate culture - korxona madaniyati juda ajoyib tashkil etilgan. Buni oʻrganib, Oʻzbekistonda ham tadbiq qilishimiz kerak jihatlari bor.
Hulosa qilsam, sayyohat juda unumli bo`ldi. Javohirga alohida rahmat!
Berlindan kelib Londonni aylantirgan IT mutaxassisi.

Forwarded from Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☕ Kofe
Avvallari kofeni soat mili boʻylab (clockwise) aralashtirar edim. Shu kunlarda soat miliga teskari (counter clockwise) aralashtirishni boshladim.
Bunga sabab nima boʻlishi mumkin?
P.S. O(n) chilardan yaxshi izoh kutib qolaman!

☕ Kofe Avvallari kofeni soat mili boʻylab (clockwise) aralashtirar edim. Shu kunlarda soat miliga teskari (counter clockwise) aralashtirishni boshladim. Bunga sabab nima boʻlishi mumkin? P.S. O(n) chilardan yaxshi izoh kutib qolaman! @DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Unicorn
📢 Java Spring sir-asrorlarini professionaldan o‘rganing!
✅ ZaytunTech da Tech Lead, Java bo'yicha 10 yillik tajribaga ega G'ayratjon Rayimjonov ishtirokidagi workshopda ishtirok eting.
Workshopda siz nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarga ham ega bo‘lasiz.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: bu yerga bosing
🕓 Tadbir vaqti: 14 - iyul (yakshanba), soat 13:00 — 15:00
📍Manzil: bu yerga bosing
Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani,
Mustaqillik prospekti, Mirzo Ulugbek kuchasi 54A.
Sohaga endi qadam qo‘yganlar imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang.