Devorga qaratilgan kursi
Bir devor yonidan oʻtar ekanman koʻzim kursiga tushdi. Devorga qarab turibdi. Gʻoyaga qoil qoldim.
Diqqat savol: Bu kursining vazifasi nima?
Javob kechki payt chiqadi. Oʻylash uchun 10:00 soat vaqt qoldi.
@DrAlgorithm

Forwarded from Javohir Fikrlar
Londonda ham O’zbek IT chilar yig’ildik. 🇺🇿🇬🇧
Zo’r kutib olishdi, rahmat katta baraka topilar maslahatlar uchun. Saidolim aka (@DrAlgorithm) ga tashkilot uchun alohida rahmat

Javob: Ilgak
Ertalab savol joylagan edim. Shuning javobini yozvomman.
IKEAning oʻziga hos yondashuvi bor. Uyda mebel olsangiz oʻzingiz yigʻib olasiz. Eng qizzigʻi oʻzizga moslab yigʻib ola olasiz.
Doʻkonga kirib qolgandim. Bir devorga turli kursilarni qoʻtirib chiqishibdi. Sariq rangli xalta esa doʻkon ichida foydalanish uchun moʻljallangan. Shuni ilib qoʻl yuvgani kirib ketsangiz boʻladi.
Tushunish uchun sodda qilishgan. Shaxsiy buyumlarni emas, faqat sariqni il degandek. Oʻgʻrilasa ham kassada toʻlab chiqib ketadi 🤣
Yaxshi dam oling!

Dr. Algorithm
Java vs C# Tashashamiz. 📱 Kimga eski Java? 📱 Kimga yosh C#? ~ ~ ~ Shartlarni kelishib olaylik. Aniq argument bilan biror tilning yaxshi tomonini aytish mumkin. Aniq argument bilan buni falon joyi yaxshi emas deyish mumkin. Manga shu yoqadi deyish mumkin…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegramsiz 24 soat
Qisqa:
Telegram hisobim oʻchib ketdi. Barcha qurilmalardan bir vaqtda chiqib ketdi.
2FA qoʻyilgan, oʻzimni emailga ulangan, support javob bermayapti. Shuncha yasagan kanallar, guruhlar, maʼlumotlar bittada yoʻq boʻldi.
24 soat sokinlikda va havotirda yashadim. Keyin tiklab oldim, doʻstlarimga rahmat!
Endi tajribamni ulashsam ham boʻladi.
TLDR = JUTE (Juda Uzun, oʻqish Tavsiya Etilmaydi)
Hech tasavvur qilib koʻrganmisiz Telegram hisobingiz oʻchib ketdi.
Telegramni ishlatishni kechroq boshlagan boʻlsam ham foydalanayotganimga 10 yildan oshibdi. Buni ilk rasmimni qoʻygan sanamdan ham bilsa boʻladi.
Bir necha kun avval mening nomimdan qalloblar (moshennik) hisob ochib, tanishlardan mening nomimdan qarz soʻragan edi. Buni kanalda post qilib, story qoʻyib yozgan edim.
Bu safar, majlisda (online call) oʻtirgan edim, birdan telegramim boʻshab qoldi. Hayron boʻlib, boshqa qurilmada tekshirdim, u yerda ham chiqib ketdi. Soʻnggi umid 3-app ni tekshirdim, shu holat.
Barcha telegram qurilmalarimdan chiqib ketildi.
Hisobni tiklash uchun SMS orqali kirishga urindim. Na SMS keladi, na qoʻngʻiroq qilishadi. Shu bilan urinishlarim soni koʻpligi uchun muzlatildim (blokka qoʻyildim).
Boshqa telefon orqali yangi hisob ochdim. Albatta boshqa ishlatilmagan telefon raqamga. Keyin u yerdan oʻzimga yozib koʻrdim. Xabar ketmoqda, ammo oʻqilmadi.
Bunday xolatda shoshmaslik va vahima qilmaslik foydaliroq deb bilaman. Shu sababli ertalab yana urinib koʻraman dedim va urinishlarni toʻxtatdim.
Orada xabar borib turishi uchun kechiktirilgan xabarlar (scheduled) yozib qoʻydim.
Ertalab tekshirdim. Yana 750 daqiqa bor dedi. Hisoblasam 12 soatdan koʻp ekan. Bu son koʻz oldimda qoldi. Kechroq yana urinishni reja qildim.
Kechki payt hisobni tiklash algoritmi tayyor edi. Telefon raqamim eSIM boʻlgani uchun, uni Oʻzbekiston qurilmasiga oʻtkazishim kerak, SMSni olgach yana qaytara olaman.
eSIM qogʻozida QR kod mavjud. Shuni boshqa qurilmada oʻqitilsa, telefon raqam yangi qurilmaga oʻtadi.
Doʻstim bilan xabarlashib ishni boshladik.
Avvaliga eSIM boshqa qurilmaga oʻtmadi. Bilsam oʻzimdagi qurilmadan oʻchirmagan ekanman. Oʻchirdim va eSIM ulandi.
Telegram hisobimga kirishga harakat qildim, SMS soʻradi. SMS yangi qurilmaga keldi va u qismidan oʻtdim. 2FA yoqilgani uchun 2-maxsus kalit soʻz (parol)ni soʻradi, kiritdim. Endi email manzilimni soʻradi. Uni gam yozdim va emailga kelgan kodni kiritdim.
Oʻziga shukr, hisobim tiklandi.
Tekshirishlarim kimdur mening telegram hisobimga kirganini bermadi. Lekin 2 hafta avval urinish boʻlgan, mening email manzilimga kodlar kelgan edi. Oʻshanda telegramimga boshqalar ulanib qolmaganini tekshirgan edim.
Keyin yana boshqa maqolalar oʻqib koʻrdim va quyidagilarni ayta olaman:
1. SMS yaxshi himoya emas.
Bir vaqtlar kontent providerda ishlagan edim. Barcha SMS xabarlar menga (dasturchiga) koʻrinar edi. Demak sizning raqamingizni bilsam, sizga kelgan kodni ishlata olaman. Siz manga etishingiz shart emase.
2. 2FA ni yoqib qoʻying.
Sababi siz va faqat oʻziz biladigan kalit soʻz (parol) qoʻygan boʻlasiz. Uni qiyinroq yoki uzunroq qilsangiz, buzish imkonsiz boʻladi.
Eslatma: oʻziz ham esdan chiqarib qoʻysangiz, hafa boʻlmang.
3. Sizning email buzilsa.
Email manzilingizni yaxshi himoya qiling. Sababi sizning emailni buza olishsa, SMSsiz ham hisobingizni ochish mumkin boʻladi. Telefonni SMS bormaydigan hududda deb koʻrsatsa, telegram SMS kodini emailga yuborar ekan.
Bu haqida Habrda ham maqola bor.
4. Shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻzingizda saqlang.
Koʻpgina shaxsiy ma'lumotlarimizni (passport, ID, kalit soʻz (parol), hisob raqam va boshqalar) telegramda saqlaymiz. Bu juda qulay. Lekin telegram hisobingiz buzilsa, barcha ma'lumotlaringiz internetga chiqishini oʻylab koʻring.
5. eSIMga oʻting.
Telefoniz yoʻqolsa yoki oʻgʻrilansa tez telefon raqamingizni tiklash uchun qulay usul. QR kodni 10 martagacha ishlatish mumkin. Shu QRni saqlab qoʻysangiz (qogʻozda) kuningizga yarashi mumkin.
Oʻzingizga va ma'lumotlaringizga ehtiyot boʻling.

Forwarded from Xurshid Saidmuhammad | Notes
Ozchilik ta’siri.
Millioner Warren Buffet kuniga 600-1000 varoq kitob o’qiydi.
Xuddi shunday Bill Gates ham yiliga o’rtacha 50 ta kitob o’qiydi.
Elon Musk ham qolishmaydi. Yiliga 100 ga yaqin kitob o’qiydi.
Va boshqa ko’plab boy insonlar ham doimiy kitob o’qishadi. Nega?
Chunki hamma yaxshi g’oyalar, yaxshi loyihalar kitob o’qish paytida chiqib keladi.
Ma’lum bir so’rovnomadan ishonarli natija olish uchun kamida 100 kishi ishtirok etishi kerak. Bitta Jahongir Ortiqxo’jayevning “Men umuman kitob o’qimayman” degan gapidan o’rnak olib, kitob o’qimay boy bo’lsa ham bo’lar ekan deb zaxarlanayotgan yoshlar yuqoridagi statistikalarga bee’tibor bo’lmang. 100 ta boydan 1-2tasigina kitob o’qimas balkim, qolgan 98tasi albatta kitob o’qiydi.
Ko’plar qatorida bo’laylik!
🟩 @yetakchi_notes

Forwarded from Qudrat Abdurahimov
O'ziga sarmoya kiritishning 5 usuli
Shaxsiy rivojlanish nimadan boshlanadi?
Shu mavzuda qisqa video tayyorladik.
Bu videoda aytilganlarni sodda qilib Soft Skills deyish mumkin.
Qaysi kasb egasi bo'lishingizdan qat'iy nazar bu narsalarga e'tibor bering.
Youtube kanalizmida tomosha qilishingiz mumkin.
@QudratAbdurahimov - kanaliga a'zo bo'ling
Telegram | Instagram | Youtube
https://youtu.be/LZngFap-Q8U

YouTube
O'ziga sarmoya kiritishning 5 usuli. Qudrat Abdurahimov
👉 Telegram kanal: https://t.me/QudratAbdurahimov
👉 Instagram: https://www.instagram.com/qudratabdurahimov
👉 Youtube: https://www.youtube.com/@QudratAbdurahimov/join
👇🏻 *Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? _Xoziroq ro'yhatdan o'ting:_*
👉 1) Dasturlash - h…

O'ziga sarmoya kiritishning 5 usuli Shaxsiy rivojlanish nimadan boshlanadi? Shu mavzuda qisqa video tayyorladik. Bu videoda aytilganlarni sodda qilib Soft Skills deyish mumkin. Qaysi kasb egasi bo'lishingizdan qat'iy nazar bu narsalarga e'tibor bering.…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin tarix
* Oracle ma'lumotlar bazasi dasturlash tili PL/SQL.
* DOS 5.0 - DOS 5.0 Opetarsion tizimida ishlash bo`yicha qo`llanma.
Bu kitoblarni yozish qanchalik ko`p mehnat talab qilgan. Juda kerakli kitoblar bo`lgan. Albatta vaqt to`xtab turmaydi. Texnologiya rivoji ham avjida.
Har doim oldinda (trendda) bo`lish uchun kitob o`qishni to`xtatmang.

Forwarded from Azimjon's Fikrlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
Men tavsiya qiladigan 3 ta kitob
Bugun siz bilan men uchun manfaatli bo'lgan TOP 3 ta kitob haqida gaplashamiz.
E'tibor bergan bo'lsangiz, hamma o'qishi kerak bo'lgan TOP 3 ta kitob deb har kim har xil kitobni aytadi
Buning sababi har kimning vaziyat har xil bo'lgan. Har xil bilimga extiyoji bo'lgan
Shuning uchun har xil kitoblar tavsiya qilinadi.
Odamlar har xil kitob tavsiya qilishining sababini ham taxlil qilamiz.
@QudratAbdurahimov - kanaliga a'zo bo'ling
Telegram | Instagram | Youtube
https://www.youtube.com/watch?v=ue32f41yKSk

Men tavsiya qiladigan 3 ta kitob | Qudrat Abdurahimov
👉 Telegram kanal: https://t.me/QudratAbdurahimov
👉 Instagram: https://www.instagram.com/qudratabdurahimov
👉 Youtube: https://www.youtube.com/@QudratAbdurahimov/join
👇🏻 *Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? _Xoziroq ro'yhatdan o'ting:_*
👉 1) Dasturlash - h…
👉 Instagram: https://www.instagram.com/qudratabdurahimov
👉 Youtube: https://www.youtube.com/@QudratAbdurahimov/join
👇🏻 *Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? _Xoziroq ro'yhatdan o'ting:_*
👉 1) Dasturlash - h…
Forwarded from Kitoblar ombori 2.0
Aqliy mehnat sirlari
Aqliy mehnatning misollari: qiyin kitob o‘qish, murakkab masala ustida ishlash va ma’nili matn yozish.
Oz odamlargina aqliy ishga osongina sho‘ng‘ib, jarayondan lazzat topa oladilar, natija esa ularga qo‘shimcha mukofotdek bo‘ladi. Ko‘pchilik esa bunga kirishadi-yu qandaydir ichki sovuq to‘siqqa urilib xafsalasini yo‘qotadi. Shu to‘siqlarni yengib o‘tish ba’zi sirlari bilan bo‘lishmoqchiman.
1. Aqliy ish qilishdan oldin taomingizga ahamiyat bering. Oqsilga boy, yengil hazm bo‘ladigan ozuqa miyaga hujayralari tez va samarali ishlashiga omil bo‘ladi. Baliq, yog‘sizroq go‘sht, tuxum, tvorog, bir oz yong‘oqlar, ko‘tara olsangiz sut – mana shular kabi. Shirinlik, xamir ovqatlar aqliy ishni sekinlashtiradi. Yaxshisi ularni mukofot tariqasida ish bitgach yegan yaxshi, mutlaqo voz kechvorish yaramaydi.
2. Jismoniy mashqqa kirishish oldidan a’zolarni qizdirib, cho‘zish harakatlari qilinadi. Xuddi shunday aqliy ishni boshlash oldin miya a’zolarini yaxshilab qizdirib olish kerak. Lekin qizdirish harakatlari, birinchidan, ishingiz mazmuniga aloqador bo‘lgani yaxshi; ikkinchidan, yengil iste’mol bo‘ladigan vizual kontent bo‘lmasin. Misol uchun biologiya bo‘yicha kitob o‘qiyotganingizda “qiziqishni uyg‘otish uchun” yengil yelpi mavzuga oid bo‘lsa ham video rolik ko‘rmang. Undan ko‘ra biologiyaga oid jurnal, kichik maqolalarini varaqlang, yoki kitobingizdagi ajratib yozilgan abzaslarni ko‘z yugurtirib chiqing. Asosiy narsa miyangizda savollar tug‘ilsin va o‘zingizcha javobni o‘ylab ko‘ring, o‘qish jarayonida miyangiz javobingizni tekshirib ko‘rishga urinadi. Qizitish yo‘llaridan biri bu. Video kontent esa tashqi hissiyot ichki hissiy ishtahani bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin (shirinliklar kabi).
3. O‘pka, qon tomirlari va miya hujayralari yetarlik kislorod bilan to‘yinishini ta’minlang. Bilib qo‘ying, miyani zo‘riqtiradigan aqliy mehnat - biokimyoviy jarayon. Biokimyoviy jarayonni yonish desa bo‘ladi, kislorodsiz yondirish, kuydirib bosish mumkin emas. Nafas olish mashqlari juda ko‘p, birontasini tanlab qo‘llang. Yurish harakati ham kislorod bilan yaxshi ta’minlaydi. Suv ichish ham kislorod bilan to‘yinishga yordam beradi, umuman biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi.
4. Ishga kirishishdan oldin chalg‘imaslikka ahd qilib 10, 20, 40, 60 minutdan iborat tanaffusli muddatlar belgilang. Samarasiz bo‘layotgan bo‘lsa ham shu 10 yoki 20 minutlik vaqt oxirigacha yetkazib o‘tiravering. Agar miya ishlab ketib, ilhom yoqangizdan tutganini his qilsangiz-u muddat tugagan bo‘lsa ham to‘xtash intizomini shakllantiring. Bir oz tanaffus qilib yangi muddatni boshlang. Internetda “Pomodorro” uslubi haqida qiziqib ko‘ring. Ishning eng qiziq joyida uzishdan qo‘rqmang! Bu haqda keyingi bandda.
5. Hech qachon charchab xolsizlanguncha, ko‘nglingizga tegib ketgunicha ishlamang! Shunday qilsangiz vazifangizga boshqa safar qaytish juda og‘ir kechadi. Charchoqning boshqa nomi - og‘riq. Miya og‘riqni yomon ko‘radi. Miya og‘riqni unutmaydi, ming xil bahona bilan aqliy ishga qaytishingizga to‘sqinlik qiladi. Yaxshisi ishtaha borida to‘xtang. Ertasi kuni uchun qaysi joyidan davom eitishni belgilab boshqa ishlaringizga ravona bo‘ling, masalan uxlang. Vaqti kelib yengilgina shu joyidan davom etib ketaverasiz. Bu nafaqat sinalgan uslub balki deyarli barcha yozuvchilar va olimlar muvaffaqiyatli mehnati siri! Bundan kuchliroq tavsiya topmaganman... Ishonishingiz uchun, eslang nima uchun odamlar uzundan uzun seriallarni kutib, sevib ko‘rishadi? Har bir seriya qiziq joyidan uziladi. Ming bir kecha ertaklaridagi Shahrizoda ham bu sirni yaxshi bilgan.
Bu haqda yana yozgim keldi-yu, ajratilgan taym tugab qoldi.
@kitob_ombori

Forwarded from UNICON SOFT
Saidolim Djurayev (Chief Technology Officer, Moneff) bilan "coin"lar haqida #texnosuhbat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Kriptovalyutalar: Notcoin o'zi nima?
Saidolim Djurayev (Chief Technology Officer, Moneff) bilan "coin"lar haqida #texnosuhbat
"Unicon-Soft" kompaniyasi
Kanalga obuna bo‘ling: https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1
Aloqa markazi:
+998712004646
+998712356239…
"Unicon-Soft" kompaniyasi
Kanalga obuna bo‘ling: https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1
Aloqa markazi:
+998712004646
+998712356239…
Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ICQ - so'nggi kun
"Chollar" yaxshi bilishadi buni kim ekanini.
O'z davrida juda mashhur va keng tarqalgan edi. O`z davrining telegrami desa ham bo`ladi. Bu yerda botlar bo`lmasa ham, shaxsiy va biznes uchun ko`p ishlatilar edi.
Ba'zi qizziq hotiralarni ulashmoqchiman.
1. ICQ raqamlari: Uzoq muddatli foydalanuvchilar ko‘pincha o‘z ICQ raqamlarini ularning xizmatga qanchalik erta qo‘shilganini ko‘rsatuvchi faxriy belgisi sifatida eslashadi.
* UINlar tushunchasini foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish uchun joriy qildi, bu o‘sha davrda yangilik edi. Har bir foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda o‘ziga xos raqamga ega bo‘ldi.
* U vaqtlarda telefon raqamga ulash shart emas edi.
* Qisqa (4-5 xonalik) raqamlarni sotish mumkin edi.
2. ICQ offline xabarlar, ko‘p foydalanuvchili chat va fayllarni uzatish kabi xususiyatlarni kiritgan bo‘lib, bu o‘z davri innovatsiasi edi.
3. Buddy List: ICQ foydalanuvchilarga ularning kontaktlari orasida kim online ekanligini ko‘rishga imkon beruvchi "buddy list" (do‘stlar ro‘yxati) tushunchasini ommalashtirdi.
4. Ovozli xabarlar: 2001-yilda ICQ ovozli xabarlarni yuborish imkoniyatini taqdim etdi, foydalanuvchilar matn o‘rniga audio kliplarni yuborishi mumkin bo‘ldi. ("23 yil oldin, Karl")
5. Innovatsion meros: ICQ tomonidan kiritilgan yoki ommalashtirilgan ko‘plab xususiyatlar hozirgi zamonaviy xabar almashish ilovalari uchun asos bo`ldi, jumladan, onlayn holat indikatorlari va multimedia xabarlari.
6. Mashhurlik: O‘z cho‘qqisiga 2001-yilda yetgan vaqtda ICQ’da 100 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bor edi.
7. Madaniy hodisa: ICQ ovozi “Uh-oh!” ikonaga aylangan va foydalanuvchilar uchun yangi xabar kelganini ifodalardi.
Hullas, bugun uning so`nngi kuni edi. ICQ bilan hayrlashdik.

Forwarded from Far·hod·jon
📣 Hiring alert (June 2024 edition)
Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:
- Senior Backend Engineer (Python)
- Middle Backend Engineer (Python)
- Senior Engineering Manager
- Director of Engineering
Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va shaxsan minnatdorligim. Agar taklif qilingan odam Super Dispatch’ga qo’shilsa - $1 000 referral fee.