Dasturchilar bilan ishlash
Trillion Dollarlik Murabbiy kitobi qahramoni Bill Campbell ning fikrlaridan.
#cto
@DrAlgorithm
Dasturchilar bilan ishlashda, ularga yechim bilan kelma. Ular oldida kechmoqchi boʻlgan muammoing bila kel, dasturchilar esa shu muammo yechimini topishadi.
Trillion Dollarlik Murabbiy kitobi qahramoni Bill Campbell ning fikrlaridan.
#cto
@DrAlgorithm
👍17⚡3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitob - “1% Yaxshiroq” chellenj
@BirFoizBilim kanali challenj e'lon qilibdi. Keling biz ham kitob o`qishga qo`shilamiz.
Storyga qo`yib borish kerak bo`ladi.
Boshladik bo`lmasam!
https://t.me/+tkU35OlzUzE1MDNi
@birfoizbilim ga qo`shilish uchun bu guruhga qo`shilasiz.
@DrAlgorithm
@BirFoizBilim kanali challenj e'lon qilibdi. Keling biz ham kitob o`qishga qo`shilamiz.
Shartlari juda oddiy ekan.
* Bitta kitob tanlaysiz.
* 1 - kun 10 dadiqa o`qiysiz.
* 2 - kun 11 daqiqa o`qiysiz.
...
30-kun 39 daqiqa.
har kuni 1 daqiqa qo`shib borasiz.
Storyga qo`yib borish kerak bo`ladi.
Boshladik bo`lmasam!
https://t.me/+tkU35OlzUzE1MDNi
@birfoizbilim ga qo`shilish uchun bu guruhga qo`shilasiz.
@DrAlgorithm
👍10🆒5🔥1
Email va PM
Emaildan foydalanish juda qulay narsa. Sizga katta hajmda maʼlumot yuborsa boʻladi, kimdan qachon kelganini nazorat qilsa boʻladi. Agar odamlarimiz Telegramdan emailga oʻtib ketishsa ham hursand boʻlaman.
Bitta kichkina farq, sizga kindur xabar yozsa, sizdan oʻchira olmaydi! Bilamiz Telegramda kimdur manga xabar qoldirsa, xohlagancha uni oʻzgartira oladi va oʻchira oladi. Bu esa avval qilingan kelishuvga taʼsir qilishi mumkin.
Emailda buning imkoni yoʻq. Aytilgan soʻz - otilgan oʻq. Yuborilgan email ham shunday.
Lekin bugun mavzu boshqa narsa haqida.
Dastur ishlab chiqishda muhim narsalardan biri bu hujjatlashtirish. Har qanday muloqot hujjatga kiritilishi talab etilishi mumkin. Ayniqsa mijoz bilan gaplashganda.
Shunday misollardan 2 tasini aytib oʻtmoqchiman.
1. Mijoz bilan email orqali talablarni muhokama qilish vaqtida email sarlavhasiga loyiha nomini qoʻyib qoʻying. Masalan, siz Telegram bot yasab bermoqchisiz. Elektron xat sarlavhasiga [TB] qoʻshib qoʻysangiz, izlashda oson boʻladi. Sizga yuzlab kelgan xatlar orasidan faqat shu loyihaga tegishli qismini ayrata olasiz.
Agar sizda loyiha kattaroq boʻlsa, uning boʻlimini ham bera olasiz. Masalan, [TB.Design] bilan siz Telegram bot loyihasining dizayni masalalarini muhokama qila olasiz.
Izlashda esa
[TB - sizga shu loyihadagi barcha soʻzlashuvlarni;
[TB.Design - esa bu loyihaga tegishli faqat dizaynga tagʻluqli xabarlarni beradi.
Shuncha vaqt email ishlatib bu tajribadan juda kam foydalanganman. Odatda qavslar [] ni qoʻymas edim.
2. Emailda CC boʻlimi bor. Har bir loyiha uchun alohida email ochib (email group) uni doim CC boʻlimiga yozib borsangiz. Loyihada ishtirok etayotgan barchaga bu xabarni yetkaza olasiz. Va eng qizzigʻi faqat shu loyihada ishtirok etayotganlarga.
Xohlagan vaqt guruhga odam qoʻshish va chiqarish orqali unga eski email xabarlarni koʻrinadigan qila olasiz.
Masalan, tb-design@yordam.uz bu guruh email manzili. Shunga xat yuborsam, loyiha ichtirokchilarining barchasiga xat yetib boradi.
Hech boʻlmasa, talablarni shu emailda saqlagan boʻlaman. Asosiy email manzilimda barcha xatlar, hatto spam xabarlar, boʻladi. tb-design@yordam.uz da esa faqat loyihaga tegishli dizayn talablari.
Shunaqa, har kun yangi ilmni bilimga aylantiramiz.

Hamr uchidan patr, ruknidan.
@DrAlgorithm
👍22❤1
Java vs C#
Tashashamiz.
📱 Kimga eski Java?
📱 Kimga yosh C#?
~ ~ ~
Shartlarni kelishib olaylik. Aniq argument bilan biror tilning yaxshi tomonini aytish mumkin. Aniq argument bilan buni falon joyi yaxshi emas deyish mumkin.
Manga shu yoqadi deyish mumkin emas.
Aniq odamlar aniq fikr eta olishi kerak.
P.S. Rasm AI da yasaldi, shunga xatolari bor.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9😁8👨💻1
Java vs C# muhokamasida qatnashganlar uchun rahmat.
Biroz gaplashilgan gaplarni yig`ib chiqdim. Qizziq bo`lsa o`qib ko`rarsiz:
Fikrlarni yig`ishga harakat qilib ko`raman.
1. Orqasida kim turibdi?
C# ni orqasida Microsoft.
Java ni orqasida Oracle
2. Har xil qurilmalarga Ilova yozsa bo'ladimi - HA.
3. Resurs va o`qilishi.
- Java ancha ko'proq resurs talab qiladi
- C# da asinxron dastur yozish osonroq, ham "readable"
4. Qachon chiqqan?
- Java 1996 da chiqqan.
- C# 2000 da chiqqan.
// 4 yil yosh ekan holosku
5. Ko`p resurs yeydi.
- oddiy leetcode dayam ko'p ko'raman bir xil yozilgan kodla Javada boshqa tillarga qaraganda ancha ko'proq xotira yidi
- Javani recursive funksiyaga o'xshataman, ishlashi tez, lekin resurs ko'p talab qiladi
6. Juda xammasi bilan emas (adashyabsiz), Android OS Googlega tegishli, va u shu OS ga oldin Java dasturlash tilini Native til deyilgan, xozir lekin Kotlin to'g'ri, lekin Kotlin ham Javani asosida qurilgan ya'ni uni tushinchalari. asosiy Android OS larga Java yoki Kotlinda yoziladi( asosiy deyabman). Lekin C# qila oladigan ishni Javadaqa zo'r qilish qiyin va Java yoki Kotlinda(xozirda) qilinayotgan ishni C# mukammalik bn qilib bo'lmaydi( Valloxu a'lam). Ikkalasi ham o'z soxalariga tegishli narsada zo'r, xullas shunaqa
7. U leetcode bilan production da ishlaydigan kodni yer bilan osmoncha farqi bor. 10 sekund ishlab o'chadi u. Productionda kod kunlab, haftalab ishlaydi. Java esa aynan shunga optimizatsiya qilingan. Keyin hozir graal kundan-kunga rivojlanyapti, jar ni o'rniga native executable qilib beradi.
8.
> Microsoft o'zi biror yangilik qilolmasa , creativ bo'lolmasa bechara faqat o'g'irlab yurishi yangiliklarni. Masalan Boshida Apple yaratilganda stiv jobsni ancha g'oyasidan o'g'irlab microsoftga qo'shgan, vaqt o'tb yana boshqa joylardan ham, 2000-yillardan o'tib esa Javadan o'g'irlab o'zini C# ni chiqargan. bir so'z bilan aytganda faqat CTRL+C, CTRL+V qib yuridi ham yoqdan
>> Bir sportchi ma'lum spor turini yaratdi.
Shug'ullandi, o'zini ustida iwladi...
Keyin boshqa sportchi xuddi shu sport turi bilan shug'ullaniwni bowladi.
Undan o'tib ketdi..
Bu joyda ma'no bormi?
Yoki shunda undan keyin bu sport turi ustida iwlagani uchun 2 - ci sportchi hech kimmi?
9. Qaysi tomonlama qarashga bog'liq, Dasturchilar asosan Linux ishlatishadi xavfzsizlik bo'yicha. Qulaylik esa Windows tarafda deb xisobleman, Valloxu a'lam
10. Linux ‼️
Linuxni support qiladiganlarning eng asosiysi Microsoftku
https://t.me/mukhammadkarim_tukhtaboev/2332
11. Syntax
- Java's syntax is typically more verbose and consistent, while .NET (especially C#) offers more syntactic sugar and flexibility.
- C# also supports dynamic types, which Java lacks
12. Til tanlash - rizq
- Shu fikrga 100% qo'shilaman men, karvon ko'p rizqi bo'lak degandey, xamma tilni ham ishlatish bo'yicha o'zlarini mutaxassislari bor va shundan oylik olishib bola chaqa boqishyabdi
13. Getter / Setter
- Javada haliyam getter setterlar ruchnoy qilinarkanmi? Har holda izlanishlarim natijasi shunaqa chiqvotti
- Set qilayotganizda, kelayotgan ma'lumotni tekshirsa bo'ladi, lekin C# da bilmadim
14. Reyting 2024
Java - 4 o`rin
C# - 5 o`rin

👍12⚡2
Forwarded from Mukhammadkarim Tukhtaboev
Buni hamma biladi. Hammasi o’z joyida yaxshi. O’ziga yarasha imkoniyatlari bor. Xech birini bitta so’z bilan bu zor deyilmaydi. Ammo birma-bir ularning imkoniyatlarini solishtirish mumkin.
Syntax, localda, cloudda, json serialization/deserializationda, single query, multiquery… hammasida. Xech qachon ular bir xil bo’lmaydi.
Hamma techni orqasida ularning egalari turibdi. Va ular doim boshqa konkurentidan yaxshiroq qilishga harakat qilishadi. Shuning uchun rankinglar o’zgarib turadi.
Biz qayerdadir ularning imkoniyatlarini solishtiramiz, butun bir boshli techni emas. Agar polniy tech solishtirilgan, “php unaqa”, “java unaqa” degan gaplar ko’rsangiz, albatta hazil tariqasida boladi.
Sardor oga, Jahongir Rahmonov va boshqalar ham shu tartibda hazil postlar qilishadi. Bundan maqsad bor!
Maqsad. Jamiyatda har xil temalarda tortirushuvlar boladi. Munisa Rizayeva zo’r, Chingiz unaqa, Qori aka bunaqa… Bizning maqsad, mana shu satxdagi tortishuvlarni ilmiy sathga ko’tarish. Jamiyatdagilar ilm ustida talashsin, qayerdagi kimlarnidir gapi uchun emas.
UniconSoft ning Texno Suhbat loyihasining maqsadi ham huddi shunday.
Buni yillar o’tib tushuna boshlaysiz. Hozir sizga ko’ringan narsalar asli unday emas. Maqsad ham boshqa.

👍18✍4
Hammaga muhokama uchun rahmat!
Har bir tilning o`zining o`rni bor.
Talashganimiz bilan hech nima o`zgarmaydi. Har birining sababi bor.
Endi o`rganayotganlar uchun:
- Tilni emas, dasturlashni o`rganing.
Ustozlar uchun:
- Tildan oldin Algoritm ni o`rgating. Iloji bo`lsa qog`ozda. Kompsiz.
Dasturchilar uchun:
- Biror tilni maqtab bellashmang.
- Foydasi bor joyini tavsiya qilib bellashing.
Hammaga:
- Katta rahmat!

👍15❤2
Forwarded from Samurai with cat
C# masalasida aytsak. Ular javani copy paste qilganini qolgan hamkasblarimiz ham aytdi.
Demak sizlar aytayotgan tillarni barchasi bir biridan ideani copy/paste qiladi.
PHP masalasiga kelsak. PHP endigina JIT qo'shdi texnologik jixatdan qaraganimizda ancha orqada. Hamma sevayotgan mashxur tillarni birortasi tayinli rivojlanyotgani yo'q.
Javaga ham genericlarni kim olib kirgan bilasizmi ?
Albatta Martin Oderskiy. Oqibatda nima bo'ldi ? Dotty paydo bo'ldi....
Tiplar mavzusiga kelsak. Popular tillarda tiplar anchagina qashoq. Community uchun atayin
Traditional tillarda syntax sugardan boshqa birorta tayinli narsalar qo'shilayotganiga guvoh bo'lmadim.
Sizlar yoqtirmaydigan o'sha g'alati FP tillarda esa anchagina yangiliklar bor va ular haligacha rivojlanyabti. OOPni ham boshlab kegin rivojlantirolmasdan static methodlar, imperativ error handling kabi narsalar qo'shildi ))
Shunday ekan rivojlanmagan organizm qariyabti... yoki qarib o'lib bo'lgan ))
Demak sizlar aytayotgan tillarni barchasi bir biridan ideani copy/paste qiladi.
PHP masalasiga kelsak. PHP endigina JIT qo'shdi texnologik jixatdan qaraganimizda ancha orqada. Hamma sevayotgan mashxur tillarni birortasi tayinli rivojlanyotgani yo'q.
Javaga ham genericlarni kim olib kirgan bilasizmi ?
Albatta Martin Oderskiy. Oqibatda nima bo'ldi ? Dotty paydo bo'ldi....
Tiplar mavzusiga kelsak. Popular tillarda tiplar anchagina qashoq. Community uchun atayin
any
berishadi. Bu rivojlanish emas o'z oyog'iga bolta urish deb o'ylayman.Traditional tillarda syntax sugardan boshqa birorta tayinli narsalar qo'shilayotganiga guvoh bo'lmadim.
Sizlar yoqtirmaydigan o'sha g'alati FP tillarda esa anchagina yangiliklar bor va ular haligacha rivojlanyabti. OOPni ham boshlab kegin rivojlantirolmasdan static methodlar, imperativ error handling kabi narsalar qo'shildi ))
Shunday ekan rivojlanmagan organizm qariyabti... yoki qarib o'lib bo'lgan ))
👍9🔥1
Dr. Algorithm
C# masalasida aytsak. Ular javani copy paste qilganini qolgan hamkasblarimiz ham aytdi. Demak sizlar aytayotgan tillarni barchasi bir biridan ideani copy/paste qiladi. PHP masalasiga kelsak. PHP endigina JIT qo'shdi texnologik jixatdan qaraganimizda ancha…
Muallif: https://t.me/c/1935887514/2266
👍1
Assalomu alaykum!
Kanalga yozmaganimga ham koʻp boʻldi. Baʼzi sabablari bor.
Nasib qilsa yangiliklar koʻp.

👍12🔥1
https://youtu.be/J-OL1gTPsGg?si=3Q2RI-b0FaXm9goI
Aziz Murtazayevni koʻpchilik tanimasligi mumkin. Lekin juda foydali maslahatlar berganlar.
* Katta IT kompaniyada ishlash uchun nima qilish kerak?
* Oʻzimni qaysi odatlarimni rivojlantirishim kerak?
va yana koʻp mavzularda suhbat boʻldi.
Gashtak Angliyadagi koʻp muvaffaqiyatli insonlar bilan suhbat oʻtkazdi. Yoshlar uchun foydali boʻladi deb oylayman.

YouTube
Samsung va Facebookda ishlash - dasturchi Aziz Murtazaev
🎙️Aziz Murtazaev bilan yangi #Gashtak!
Nega Faceboook kompaniyasi Aziz Murtazaevni ishga taklif qilishgan va buning uchun nimalar qilish kerak? Sobiq Samsung hodimi nega u yerdan ketgan va Koreadan Angliyaga ko'chib kelgan? O'z tajribasidan kelib chiqgan…

👍10👌1
Devorga qaratilgan kursi
Bir devor yonidan oʻtar ekanman koʻzim kursiga tushdi. Devorga qarab turibdi. Gʻoyaga qoil qoldim.
Diqqat savol: Bu kursining vazifasi nima?
Javob kechki payt chiqadi. Oʻylash uchun 10:00 soat vaqt qoldi.

🤔7👍5
Forwarded from Javohir Fikrlar
Londonda ham O’zbek IT chilar yig’ildik. 🇺🇿🇬🇧
Zo’r kutib olishdi, rahmat katta baraka topilar maslahatlar uchun. Saidolim aka (@DrAlgorithm) ga tashkilot uchun alohida rahmat

👍22❤🔥1❤1
Javob: Ilgak
Ertalab savol joylagan edim. Shuning javobini yozvomman.
IKEAning oʻziga hos yondashuvi bor. Uyda mebel olsangiz oʻzingiz yigʻib olasiz. Eng qizzigʻi oʻzizga moslab yigʻib ola olasiz.
Doʻkonga kirib qolgandim. Bir devorga turli kursilarni qoʻtirib chiqishibdi. Sariq rangli xalta esa doʻkon ichida foydalanish uchun moʻljallangan. Shuni ilib qoʻl yuvgani kirib ketsangiz boʻladi.
Tushunish uchun sodda qilishgan. Shaxsiy buyumlarni emas, faqat sariqni il degandek. Oʻgʻrilasa ham kassada toʻlab chiqib ketadi 🤣
Yaxshi dam oling!

👍7😁3❤🔥1🤣1
Dr. Algorithm
Java vs C# Tashashamiz. 📱 Kimga eski Java? 📱 Kimga yosh C#? ~ ~ ~ Shartlarni kelishib olaylik. Aniq argument bilan biror tilning yaxshi tomonini aytish mumkin. Aniq argument bilan buni falon joyi yaxshi emas deyish mumkin. Manga shu yoqadi deyish mumkin…
Dasturlash tili 20% holos
Oʻtgan safar Java va C# ni koʻrsatganimda rosa tortishuv avjiga chiqqan edi. Aslida niyatim esa, bu jang hech nima bermasligini aytish edi.
Kecha borib, Python va PHP ni doʻstlashtirib keldim. Boshqa urishmimiz, yonma-yon yuramiz deyishdi. Hatto bir biri bilan birga ishlayotganlari ham bor (orqamda Python va PHP birga API orqali gaplashishyapti).
Aslida biz bilgan va tortishib yurgan mavzu siz oʻylaganchalik muhim emas. Chunki dasturchi ham bir quruvchi kabi gap. Gʻish yoki gazoblokdan imorat koʻtarish pudratchining qaroriga bogʻliq.
Siz oʻrgangan dasturlash tili esa, toʻliq loyihada atigi 20% ni tashkil etadi. Unda qolgan 80% nima ekan deb soʻrashingiz mumkin. Shuni yoritishga harakat qilaman.
Bilasiz ishga topshirishingizda sizdan Soft skill va Hard skill larni imtixon qilishadi. Hard skill aynan siz bilgan dasturlash tili. Uni doim oʻstirib, rivojlantirib borishingiz kerak.
Masalan, Pythondan boshlasangiz PHP ga oʻtasiz, PHP da boshlasangiz Pythonga oʻtasiz. Vaqt oʻtib Java, C# va yana koʻp tillarni oʻrganish kerak boʻladi.
Soft skill esa siz oʻzingizni qanday tutishingiz. Agar tepangizda rahbar boʻlmasa Dota oʻynaysizmi yoki Backlogdan vazifa qidirasizmi? Aynan shu narsalarning toʻplami. Sizni intixon (interview) qilishganida ham aynan shunga e'tibor berishadi.
Demak, tillar bilan talashib turishgan bir vaqtda dono dasturchilar Soft skill nima ekani va uni qanday rivojlantirish mumkin ekani haqida bosh qotirishadi.
Kuningiz hayrli o`tsin!
Savollar boʻlsa, izohda berishingiz mumkin.

Bolalar, keling doʻst boʻlib yashaymiz, - degan edi Lyapold.
Kuningiz hayrli o`tsin!
Savollar boʻlsa, izohda berishingiz mumkin.
@DrAlgorithm
😁24👍14🔥5❤1🕊1
30 daqiqa > 1 soat
Baʼzida oʻylab qolamiz. Ishxonaga shaxsiy moshinada borgan yaxshimi, yoki jamoat transportida. Qulaylik tomonidan shaxsiy moshina unumli boʻlib koʻrinadi.
Tanganing ikkinchi tomoni: shaxsiy moshinada 30 daqiqa boshqaruv bilan band boʻlasiz, jamoat transportida esa biror ishingizni bitirishga ham ulgursangiz boʻladi.
Kitobdan tarjima:
Xohish va talablarimizni toʻgʻri ajratib olaylik.
#vaqt

Shaxsiy transportdan jamoat transportiga oʻtishning yagona kamchiligi sayohat vaqtini va ishonchliligini buzishdir. Masalan, ish yoki maktabga borish uchun odatda atigi 30 daqiqada haydash kerak boʻlsa, avtobus yoki poezdda yurish sizga qoʻshimcha 30-40 daqiqa vaqt kerak deb oʻylaymiz. Lekin siz bu haqda ijobiyroq fikrda boʻlishingiz ham mumkin. 30 daqiqani haydashdan boshqa hech narsaga sarflash oʻrniga, ish yoki maktabga borish va qaytishda bir soatdan bir soatgacha va 10 daqiqani samarali ishlashga sarflashingiz mumkin boʻladi. Bunday holda, siz shaxsiy samaradorlik nuqtai nazaridan tajriba va sof daromad olasiz.
Xohish va talablarimizni toʻgʻri ajratib olaylik.
#vaqt
@DrAlgorithm
👍20💯3❤🔥1
Telegramsiz 24 soat
Qisqa:
Telegram hisobim oʻchib ketdi. Barcha qurilmalardan bir vaqtda chiqib ketdi.
2FA qoʻyilgan, oʻzimni emailga ulangan, support javob bermayapti. Shuncha yasagan kanallar, guruhlar, maʼlumotlar bittada yoʻq boʻldi.
24 soat sokinlikda va havotirda yashadim. Keyin tiklab oldim, doʻstlarimga rahmat!
Endi tajribamni ulashsam ham boʻladi.
TLDR = JUTE (Juda Uzun, oʻqish Tavsiya Etilmaydi)
Hech tasavvur qilib koʻrganmisiz Telegram hisobingiz oʻchib ketdi.
Telegramni ishlatishni kechroq boshlagan boʻlsam ham foydalanayotganimga 10 yildan oshibdi. Buni ilk rasmimni qoʻygan sanamdan ham bilsa boʻladi.
Bir necha kun avval mening nomimdan qalloblar (moshennik) hisob ochib, tanishlardan mening nomimdan qarz soʻragan edi. Buni kanalda post qilib, story qoʻyib yozgan edim.
Bu safar, majlisda (online call) oʻtirgan edim, birdan telegramim boʻshab qoldi. Hayron boʻlib, boshqa qurilmada tekshirdim, u yerda ham chiqib ketdi. Soʻnggi umid 3-app ni tekshirdim, shu holat.
Barcha telegram qurilmalarimdan chiqib ketildi.
Hisobni tiklash uchun SMS orqali kirishga urindim. Na SMS keladi, na qoʻngʻiroq qilishadi. Shu bilan urinishlarim soni koʻpligi uchun muzlatildim (blokka qoʻyildim).
Boshqa telefon orqali yangi hisob ochdim. Albatta boshqa ishlatilmagan telefon raqamga. Keyin u yerdan oʻzimga yozib koʻrdim. Xabar ketmoqda, ammo oʻqilmadi.
Bunday xolatda shoshmaslik va vahima qilmaslik foydaliroq deb bilaman. Shu sababli ertalab yana urinib koʻraman dedim va urinishlarni toʻxtatdim.
Orada xabar borib turishi uchun kechiktirilgan xabarlar (scheduled) yozib qoʻydim.
Ertalab tekshirdim. Yana 750 daqiqa bor dedi. Hisoblasam 12 soatdan koʻp ekan. Bu son koʻz oldimda qoldi. Kechroq yana urinishni reja qildim.
Kechki payt hisobni tiklash algoritmi tayyor edi. Telefon raqamim eSIM boʻlgani uchun, uni Oʻzbekiston qurilmasiga oʻtkazishim kerak, SMSni olgach yana qaytara olaman.
eSIM qogʻozida QR kod mavjud. Shuni boshqa qurilmada oʻqitilsa, telefon raqam yangi qurilmaga oʻtadi.
Doʻstim bilan xabarlashib ishni boshladik.
Avvaliga eSIM boshqa qurilmaga oʻtmadi. Bilsam oʻzimdagi qurilmadan oʻchirmagan ekanman. Oʻchirdim va eSIM ulandi.
Telegram hisobimga kirishga harakat qildim, SMS soʻradi. SMS yangi qurilmaga keldi va u qismidan oʻtdim. 2FA yoqilgani uchun 2-maxsus kalit soʻz (parol)ni soʻradi, kiritdim. Endi email manzilimni soʻradi. Uni gam yozdim va emailga kelgan kodni kiritdim.
Oʻziga shukr, hisobim tiklandi.
Tekshirishlarim kimdur mening telegram hisobimga kirganini bermadi. Lekin 2 hafta avval urinish boʻlgan, mening email manzilimga kodlar kelgan edi. Oʻshanda telegramimga boshqalar ulanib qolmaganini tekshirgan edim.
Keyin yana boshqa maqolalar oʻqib koʻrdim va quyidagilarni ayta olaman:
1. SMS yaxshi himoya emas.
Bir vaqtlar kontent providerda ishlagan edim. Barcha SMS xabarlar menga (dasturchiga) koʻrinar edi. Demak sizning raqamingizni bilsam, sizga kelgan kodni ishlata olaman. Siz manga etishingiz shart emase.
2. 2FA ni yoqib qoʻying.
Sababi siz va faqat oʻziz biladigan kalit soʻz (parol) qoʻygan boʻlasiz. Uni qiyinroq yoki uzunroq qilsangiz, buzish imkonsiz boʻladi.
Eslatma: oʻziz ham esdan chiqarib qoʻysangiz, hafa boʻlmang.
3. Sizning email buzilsa.
Email manzilingizni yaxshi himoya qiling. Sababi sizning emailni buza olishsa, SMSsiz ham hisobingizni ochish mumkin boʻladi. Telefonni SMS bormaydigan hududda deb koʻrsatsa, telegram SMS kodini emailga yuborar ekan.
Bu haqida Habrda ham maqola bor.
4. Shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻzingizda saqlang.
Koʻpgina shaxsiy ma'lumotlarimizni (passport, ID, kalit soʻz (parol), hisob raqam va boshqalar) telegramda saqlaymiz. Bu juda qulay. Lekin telegram hisobingiz buzilsa, barcha ma'lumotlaringiz internetga chiqishini oʻylab koʻring.
5. eSIMga oʻting.
Telefoniz yoʻqolsa yoki oʻgʻrilansa tez telefon raqamingizni tiklash uchun qulay usul. QR kodni 10 martagacha ishlatish mumkin. Shu QRni saqlab qoʻysangiz (qogʻozda) kuningizga yarashi mumkin.
Oʻzingizga va ma'lumotlaringizga ehtiyot boʻling.

👍28❤11
Forwarded from Xurshid Saidmuhammad | Notes
Ozchilik ta’siri.
Millioner Warren Buffet kuniga 600-1000 varoq kitob o’qiydi.
Xuddi shunday Bill Gates ham yiliga o’rtacha 50 ta kitob o’qiydi.
Elon Musk ham qolishmaydi. Yiliga 100 ga yaqin kitob o’qiydi.
Va boshqa ko’plab boy insonlar ham doimiy kitob o’qishadi. Nega?
Chunki hamma yaxshi g’oyalar, yaxshi loyihalar kitob o’qish paytida chiqib keladi.
Ma’lum bir so’rovnomadan ishonarli natija olish uchun kamida 100 kishi ishtirok etishi kerak. Bitta Jahongir Ortiqxo’jayevning “Men umuman kitob o’qimayman” degan gapidan o’rnak olib, kitob o’qimay boy bo’lsa ham bo’lar ekan deb zaxarlanayotgan yoshlar yuqoridagi statistikalarga bee’tibor bo’lmang. 100 ta boydan 1-2tasigina kitob o’qimas balkim, qolgan 98tasi albatta kitob o’qiydi.
Ko’plar qatorida bo’laylik!
🟩 @yetakchi_notes

👍19😁5