Dr. Algorithm
3.05K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Dr. Algorithm
Ertaga 2 ta zo`r tadbir bor: 1. UzGeeks DevOps meetup 2. Job&Edu fest 2024 Afsus bora olmas ekanman. Lekin aniq bilaman, siz kutmagan korxona qatnashadi. @DrAlgorithm
UzGeeks DevOps tadbiri

Bunaqangi raqamlarni ko`rib, ba'zilar qo`rqib ketsa kerak. Nega buncha ko`p son va grafiklar deb.

Aynan shu sonlar va o`zgarishlar biznesning qanchalik foydali bo`layotganini hisoblashga yordam beradi.

Bir vaqtlar loyiha ko`rgan edim.
StarUp qilishgan va asosiy imkoniyatligi boshqa bir websitega bog`liq. Odam soni ko`payib, pul tushumi ko`paygan. Ammo foyda kattalashmagan. Aksincha, zararga kirishni boshlashgan.
Sababi esa, bular pul to`lab ishlatadigan xizmat (website) API uchun narxini oshirgani bo`lgan.


Bir tomondan minglab odamlarni u loyihasiz qoldira olmaysiz. Ikkinchi tomondan ziyonga ishlayapsiz.

Shunga puxta reja qilish, oldindan hisoblab ko`rish, ziyon qilmaydi - aksincha, foyda keltiradi.

Boshlasammikan - boshlamasammikan?


Tadbirlar yaxshi o`tsin, ko`proq qatnashib yurilik.

@DrAlgorithm
👍20
Forwarded from Botir Ziyatov
Figma uchun imloni xatolarni tekshiruvchi SpellCheck plaginining daromadi oyiga $380 ga yetdi.

Startup shunday boʻlsinki:
- odamlarni muammolarini hal qilsin.

@botirziyatov
12
Botir Ziyatov
Startup shunday boʻlsinki:
- odamlarni muammolarini hal qilsin.
1. Figma plugin qanday qilinishini o`rganamiz.
2. O`zbek tilidagi Imlo tekshirish tizimlaridan biriga ulanamiz. (ular birnechta)
3. Plugin yasab, bozorga kirib ko`ramiz.


Oyiga $10 topamiz + Server harajati $20 bo`ladi. = -$10/oyiga 😐

Bizga qilish biroz qiyin ekan. Lekin portfolio uchun qilaman deganlar uchun qizziq g`oya ekan.

@DrAlgorithm
9👍5😁4
Kattalar ham oʻyin oʻynaydi

Metroda ketayotib, katta odam oʻyin oʻynayotganini koʻrdim. Hamma yaxshi gumonda boʻlishi kerak deyilganidek hayolimga kelgan oʻylar:

1. Strategiya oʻynayotgan boʻlsa kerak. Iqtisodiyot, moliya, xalqaro aloqalar va xalqni boshqarish uchun zoʻr simulyayor. 1996 yillar men ham oʻynardim. Miyyani qizdirib yuboradi bagʻzida.

2. Bu tester boʻlsa kerak. Oʻyin ishlab chiqarishda QA (testerlar) koʻp kerak.

3. Ishdan charchab qaytmoqda. Biroz miyyaga dam berish kerak.

Albatta bular hammasi vaqtni zoya ketgazish kabi / koʻrinadi.


Sizda yana qanday oʻylar (variant) bor?

Izohlarda muhokama qilamiz.

@DrAlgorithm
👍15
CTO boʻlmoqchiman

Shaxsiy xabar orqali bir yosh hamkasbimiz (dasturchi demoqchiman) aloqaga chiqib qoldilar. Tanishib online video suhbat qildik.

P.S. Uzr, post juda uzun. Qisqa qilishga harakat qildim.


Oʻzlari Frontendda ishlar ekanlar. Kelajakda CTO boʻlish niyatlari bor ekan. Hech oʻylab koʻrmagan ekanman, reja asosida CTO boʻlish mumkinmi? CTO kurslari bor, ular CTOlar uchun deb oʻylar edim. Chunki koʻpchilik kutilmaganda guruh sardori (Team lead) yoki IT direktor (CTO) etib tayinlanadi. Koʻpincha oʻzidan soʻrab ham oʻtirishmaydi. Bu yigitimiz bilan suhbatlashib ba`zi fikrlar keldi. Shular bilan oʻrtoqlashmoqchiman.

Mavzu: CTO boʻlish.

@DrAlgorithm
👍4
CTO boʻlmoqchiman

Shaxsiy xabar orqali bir yosh hamkasbimiz (dasturchi demoqchiman) aloqaga chiqib qoldilar. Tanishib online video suhbat qildik.

P.S. Uzr, post juda uzun. Qisqa qilishga harakat qildim.


Oʻzlari Frontendda ishlar ekanlar. Kelajakda CTO boʻlish niyatlari bor ekan. Hech oʻylab koʻrmagan ekanman, reja asosida CTO boʻlish mumkinmi? CTO kurslari bor, ular CTOlar uchun deb oʻylar edim. Chunki koʻpchilik kutilmaganda guruh sardori (Team lead) yoki IT direktor (CTO) etib tayinlanadi. Koʻpincha oʻzidan soʻrab ham oʻtirishmaydi. Bu yigitimiz bilan suhbatlashib ba`zi fikrlar keldi. Shular bilan oʻrtoqlashmoqchiman.


Mavzu: CTO boʻlish.

1. Dasturchi odam CTO boʻlgani yaxshimi yoki texnik boʻlmagan odammi?
Bu savolni koʻp oʻylaganman. Mening fikrim, texnik odam CTO boʻlishga moslashishi tezroq. Oʻrganadigan narsasi koʻp boʻladi. Odamlar bilan ishlash, moliyani rejalashtirish, oʻzidan aqlliroq odamlar bilan ishlash va boshqalar.

2. Asosiysi masala "Qanday qilib?" savolini "Nima uchun?" ga almashtirishi kerak. Chunki ixtiyoriy masalani texnik jihatdan yechish mumkin ekanini biladi. Yechim aslida kerakmi? Shuni aniqlashi va his qilishni oʻrganishi kerak.

3. Biror yoʻnalish (stack) da ishlab koʻrdingiz deylik (Backend, Frontend, Mobile), ishlash sizga yoqmayapti yoki eplay olmayapsiz yoki matematika pand bermoqda. Kelajakda qayerda boʻlishingizni tasavvur qila olmayapsiz. Nima qilsangiz boʻladi?
Bu holatda sizga boshqa yoʻnalishlar bor ekanini eslatgan boʻlar edim. Masalan,
* DevOps - serverlarga mahsulotni chiqarish, sozlamalar bilan ishlash va boshqalar - Frontend va Backendda ishlagan odam osonlikcha DevOpsga oʻta oladi.
* Security officer - havfsizlik mutaxassisi - xodimlar uchun tizimlarga huquqni sozlash (access management), boʻlinma va guruhlarni shakllantirish (org. chart), qurilmalarni boshqarish (MDM), kiber hujumlardan himoyalash (pentest, antimalware, antifishing) va boshqalar.
* Information officer - boshqa biznes boʻlimlar (operation team) bilan tizimlarni joriy qilish, biznes jarayonlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishini nazorat qilish, IT jarayonlar boʻyicha huquqiy hujjat (policy and procedure) ishlab chiqish, tizimlardan foydalanishni oʻrgatish (training), hujjat va qoʻllanmalar ishlab chiqish (documentation and tutorial) va boshqalar.

4. Agar matemakam yaxshi boʻlsa, qayerga qarab harakat qilsam yaxshiroq?
Analitika va fikrlashni doim rivojlantirib borish orqali Arxitektorlikka harakat qilsangiz boʻladi. Turli tizimlarni ishlab chiqishda sizda aniq struktura orqali ishlash, tizimni mustaxkam qilish, turli jarayonlarda oʻziga hos yondashuvlar qilishni amaliyotda qoʻllashingiz kerak. Shunda 7-10 yilsa arxitektor boʻla olasiz.
U kim? Yangi tizim ishlab chiqilayotganda qaysi texnologiya (stack) tanlanishi, qaysi framework'lardan foydalanishdan tortib, qanday qilib tekshirish va serverga qoʻyishgacha boʻlgan jarayonlarni nazorat qiladi. Oʻzi kod yozmaydi yoki kam yozadi. Lekin koʻproq boshqa boʻlinmalar bilan gaplashadi va masalaning mohiyatiga yetishga harakat qiladi.

5. Har bir dasturchi, u qaysi texnologiya (stack)da boʻlishidan qat'iy nazar oʻziga Hayot yoʻlini chizib olishi kerak. 10 yil, 15 yil faqat bitta texnologiyada qoladimi yoki davomli almashtirib turadimi? Dasturchi boʻlib umrini oxirigacha ishlay oladimi yoki katta boʻlganida boshqa sohaga oʻtib ketadimi?
Bu savollarning javobini hozir bilmasligingiz mumkin. Lekin kamida 15 yilga reja qilish uchun harakat qilsangiz, sizda 5 yillik reja paydo boʻladi. Bu esa keyinchalik qayerda va qanday ishlashingiz, zerikib, oʻz sohangizdan sovib qolmasligingiz, oilaviy hayotingizga koʻproq vaqt ajrata olishingiz kabi masalalarga yechim boʻladi.

Xulosa.

1. Sizdan CTO chiqadi.
2. Doim texnik yechimi bor.
3. Boshqa yoʻnalishlar koʻp.
4. Matematika, analitika, arxitektura.
5. Hayot yoʻlini ishlab chiqish kerak.


Reja asosida CTO yoki Arxitektor boʻlish mumkin. Buni talabalik davridan boshlasa yaxshiroq. Rejani katta qoʻyish kerak. Lekin kichik qadamlar bilan natijaga erishish kerak.

Vaqtingizga rozi boʻling.

@DrAlgorithm
👍271🔥1🆒1
Rejani kattaroq oling

Faraz qiling sizni IT manager (CTO) sifatida ishga olishmoqchi. Sizning yordamingizda korxonani $2mlnʼdan $10mlnʼga olib chiqishmoqchi. Sizni ishga olish uchun suhbat (interview) qilishmoqda. Sizning harakatingiz va soʻzingiz:

- Yaxshi, men shu yerda ekanman, texnologiya sizning oʻsishingiz uchun toʻgʻri ishlashini taʼminlayman, - deb aytishingiz mumkin.


Lekin bu gapni kichik CTO gapirsa yarashadi. Senior CTO bunday deydi:

- Demak, men sizni $2mlnʼdan $10mlnʼga olib chiqishga yordam beruvchi CTOman.


Maqsad korxonaning C-daraja odami boʻlmoqchimisiz? Unda marhamat Imkoniyat va Masʼuliyatni birga qabul qiling. CEO siz bilan birga korxonani kattalashtirishini oʻzingiz his qiling va unga ham his qildiring.

(CTO in 100days: 3-kun)

@DrAlgorithm #cto
👍25🔥6
Masʼuliyat

Qaror biznes uchun foydali yoki zararli boʻlganini aniqlashga qancha koʻp vaqt ketsa, bu qarorlarni qabul qiladigan odamdan shunchalik koʻp ishonch talab etiladi.

The longer it takes to reveal whether a decision is good or bad for the business, the more trust is required in the people making those decisions.


(CTO in 100 days: 4-kun)

@DrAlgorithm #cto
👍114🔥1🤔1🆒1
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Nega Discord loyihasi Go tilida yozilgan servisni Rustda qayta yozib chiqdi

Discordni 614 millionga yaqin foydalanuvchi ishlatadi. Ulardan 200 milliontasi aktiv tarzda ishlatadi. Hazillashadigan raqamlar emas.

Xullas shu Discordda har bir foydalanuvchi qaysi kanallarni va qaysi xabarlarni o‘qiganini o‘zida saqlab turadigan “Read Service” degan servisi bor. Kimdirlar buni microservice deb atashlari mumkin. Bu degani, har safar Discordga kirganingizda, har safar xabar yuborilganda va o‘qilganda ishlatiladigan service. Ya’ni eng ko‘p ishlatiladigan servicelardan biri. Gap millionlab requestlar haqida ketyapti. Va bu service Go tilida yozilgan ekan.

Boshida hammasi yaxshi bo‘lgan, lekin vaqt o‘tib har bir necha daqiqada ushbu service qisqa vaqtga sekinlashib qolishni boshlagan: latency va CPUlarda o‘sish kuzatilgan. Discord jamoasi bu sekinlashish “Garbage Collection”ni deb bo‘layotganini aniqlagan. O‘zi Garbage Collection (ahlat tozalash) nima?

Sizning dasturingiz kompyuter xotirasidan foydalanadi. Aytaylik bitta o‘zgaruvchi yaratib shu o‘zgaruvchida ismingizni saqlasangiz shu ma’lumot xotiraga yoziladi. Dasturingiz bu ma’lumotdan foydalanib bo‘lgandan so‘ng kompyuter xotirasidan uni o‘chirib tashlash kerak. Agar shu tarzda tez-tez tozalanib turmasa xotirada joy qolmaydi va tabiiyki hech nima ishlamay qoladi.

Go tilida bu ish avtomatik tarzda bajariladi. Taxminan har ~2 daqiqada Go tili xotiradagi har bir ma’lumotni tekshirib chiqadi. “Sen hali ham ishlatilyapsanmi?” deb so‘raydi. “Ha, men hali ham dasturga kerakman” desa, “Bo‘pti, qolaver. Propiskangni uzaytiraman” deydi. “Yo‘q, meni ishlatib bo‘ldi dastur. 2 daqiqadan beri ishsiz o‘tiribman” desa, “Unda senga rahmat, ketaver qishlog‘ingga“ deb u ma’lumotni o‘chirib tashlaydi.

Ana endi eslang. “Read Service” ni millionlab foydalanuvchi ishlatadi va har bir foydalanuvchi uchun ko‘plab ma’lumot saqlanadi. Undan tashqari bu service juda ham aktiv, har sekundda millionlab request keladi. Ya’ni, tozalash kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumot juda juda ko‘p. Garbage Collector hammasini har 2 daqiqada tekshirib chiqish uchun yaxshigina kuch va vaqt sarflaydi. Natijada dastur sekinlashadi. Garbage Collectionni esa o‘chirib qo‘yib bo‘lmaydi. Unda Go tili ishlamay qolgan bo‘lar edi.

Ana endi Rustni eslaymiz. Rust tilida Garbage Collection umuman yo‘q. Xotirani u boshqa usulda boshqaradi. Xotiradagi ma’lumot ishlatib bo‘lishiga darhol uni o‘chirib tashlaydi. 2 daqiqa kutib o‘tirmaydi. Natijada tozalash uchun Go kabi ko‘p kuch va vaqt sarflamaydi.

Shuning uchun ham Discord “Read Service” ni Rust tilida qayta yozib chiqqan va zo‘r natijalarga erishgan. Tezlikdan tashqari, ularning aytishi bo‘yicha kodning o‘zi ham ancha osonlashgan. Sababi qiyin asinxron kodni Rustda Go tiliga solishtirgan yozish ancha osonroq.

“Go baribir top” deb yozishni boshlaydiganlar uchun eslatib o‘tay. Hech kim Rustni Godan ko‘ra ustunroq demayapti. Shunchaki Discord uchun va aynan ushbu service uchun Rust ko‘proq to‘g‘ri kelgan.

Manba: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust

📱 @jakhonrakhmonov   🤝 Muallifni qo‘llab-quvvatlash
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍6
Jakhongir Rakhmonov - IT
Manba: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust

📱 @jakhonrakhmonov   🤝 Muallifni qo‘llab-quvvatlash
Jamiyat uchun foydali

Maqolani o`qib mazza qildim. Juda ko`pchilik tushunmasdan talashadigan tillar jangiga chiroyli javob bo`lgan. Undan ham muhimi tillarning mihiyati va GC tushunchalarini muammoli tushuntirib berilgan.

Shu o`rinda bir fikr kelib qoldi. Ko`pchilik maqolalarni rus tilida o`qiydi. Yana ham ko`pchilik umuman o`qimaydi, chunki faqat o`zbek tilini biladi.
Aslida bunday foydali maqolalar ko`p. Ko`p kitob o`qishga qiziqqanlar yaxshi bilishadi.

Ma'lumotli bo`lish uchun quyidagi usul bor:
1. Ketma-ket soha maqolalarini o`qishni boshlaysiz. Tanlamasdan.
2. Qaysi maqola foydali, qaysi maqola ko`chirilgan, qaysi maqola takrorlandi tahlil (analiz) qilish ko`nikmasi shakllanadi. Endi tanlashni boshlaysiz.
3. Faqat sara maqolalar beriladigan manbalarga a'zo bo`lasiz. Sara maqolalarni o`qishni boshlaysiz. 2-3 kun orqada yurishingiz mumkin. Lekin 5 ta maqola o`qishdan ko`ra, 1 ta sini o`qib vaqt tejagan bo`lasiz.
4. Maqolalarni yig`ib, jamiyatga ulashishni boshlaysiz. Afsuski hamma ham siz o`qigan tilni (rus, ingliz, fors, ispan, arab, yapon) bilmagani uchun o`qiy olishmaydi.
5. Jamiyatga foydali bo`lish uchun maqolalarni o`zbek tiliga tarjima qilib, ulashishni boshlaysiz. Tushunasiz-ki, o`qigan 30-40 ta maqoladan faqat bittasini tarjima qila oldingiz. Afsus...

Shu yerga kelganda manga bir fikr kelib qoldi.
Balki yaxshi maqolalarni yig`ishni boshlasak. Kimdur ularni tarjima qilishga yordam berar?

Nima deb o`ylaysiz. Sizda ham shunday bo`ladimi? Agar shunday guruhni topsam, siz ham qo`shilgan bo`larmidingiz?

@DrAlgorithm | #maqola
👍213👎1
Forwarded from UK Hayot | Saidolim
Internet

Mabodo oʻchib qolsa, qayerda ekanini bilib oldik.
😁22👍1
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum
UzGeeks Community 2015-yildan beri faoliyat yuritadi.
Shu muddat davomida ko’plab meetuplar tashkil etildi.
Telegramda guruh va kanallarda minglab yosh mutaxassislar o’z savollariga javob topishdi, ustozlardan bilim va ko’nikmalarni o’rganishdi.

Endi, UzGeeks Communityni yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi.
Shu maqsadda oktabr yoki noyabr oylarida StartUp Day tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda ixtiyoriy UzGeeks Community a’zosi o’z loyihasi bilan qatnashishi mumkin. Meetup tanlov ko’rinishida tashkillashtirilib, g’olib bo’lgan ishtirokchilarga pul mablag’lari, sovg’alar topshiriladi.
Bu meetupni moliyalashtirish maqsadida hamkorlar, homiylar Community tashkilotchilari bilan bog’lanishlari mumkin.
Bundan tashqari UzGeeks Communityni har bir a’zosi ham ushbu meetup’ni hamda umuman UzGeeksni moddiy tomondan qo’llab-quvvatlashi mumkin. Shu maqsadda Tirikchilik.uz platformasida UzGeeks’ning rasmiy sahifasi ochilgan bo’lib, o’sha yerda donate qilish imkoniyati mavjud.
Marhamat, UzGeeks Community’ni yanada rivojlanishida o’z hissangizni qo’shing.

Qo’shimcha takliflar, savollarni rasmiy guruhimizda qoldirishingiz mumkin.

UzGeeks Tirikchilik.uz'da https://tirikchilik.uz/uzgeeks

Hurmat bilan UzGeeks Core Team.

@UzGeeksCommunity
👍8
CTOlar tormoz

CTO lardan biri optimizm (ijobiy baho berish) haqida gaplashganda, oʻzi ishlagan CEOlaridan birining gapini esladi. CEOsi aytar ekan:

Mani vazifam oʻyogʻimni gazga bosish,
Sani vazifang esa, oʻyogʻingni tormozda ushlash, - deb.


Albatta, birdaniga hamma narsani yomonga yoʻymang, hammasining asosi bor.

Tahlilchi odam eng yomon holatni baholay oladi. Eng yomon boʻlganda nima sodir boʻlishini koʻra oladi. Uni oldini olishni oʻylay oladi. Masalaning mohiyati ham shunda. Biror loyiha qilganda, unga harajat qilar ekansiz, eng yomon holatda nimani yutkazishingizni bilishingiz kerak.

Masalan, agar oʻziz tikkan pulga kuysangiz bu muammo emas.
Agar mijoz pulini qaytara olmasangiz, bu fojea.

Shunday ekan doiradan tashqari fikrlashni oʻrganing yoki shunday xodim toping. Risklarni oldindan baholang va sodir boʻlmaslik chorasini koʻrib qoʻying.

Siz sababli mijoz kartasidan pul yoʻqolmasin, tizim oʻchib qolmasin, xizmat turi menyudan yoʻqolib qolmasin. Yer tagida ilon qimirlaganini bilishganidek tizimning ichida nima boʻlayotganini his qiling.

Tormozlar dunyoda koʻp, siz unday emassiz.

@DrAlgorithm #cto
👍101🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nvidia va bepul AI

Nvidia yangiliklarida biri VSCode uchun beshta bepul neyronlarni ko'rsatdi.

Xatolarni tuzatish, kodni tushuntirish, kod yozish va turli boshqa dasturlarni birlashtirgan ekan.

Agar qizziq bo`lsa:

* NVIDIA AI dan roʻyxatdan oʻtib,
* Modeldan birini tablab, “API kalitini” olamiz.
* CodeGPT plaginini VSCode muharririga o'rnatib,
* Provayder sifatida NVIDIA ni tanlaymiz va ajoyib modellardan foydalanishni boshlasak bo`ladi.

@DrAlgorithm
👍8
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Dunyoning ko'plab muvaffaqiyatli odamlari erta turishadi.

hech qanday moslamalarsiz uyg‘onish!!!
103👍3
Shaffoflik - Transparency

Rahbar sifatida jamoangiz ichida shaffoflikni yoʻlga qoʻying.


Loyihani bajarish vaqti va sifati, muammo kam chiqishi, moliyaviy ziyon boʻlmasligi majburiyatini siz olgansiz.

Shaffoflik orqali siz har bir xodimingiz duch kelgan muammo, kechikish va boshqa sabablardan xabardor boʻlib turasiz. Buni jamoangiz ochiq ayta olishiga oʻrgating.

Oʻzingiz ham toʻgʻri qabul qilishni oʻrganing.


Junior vazifasini qila olmasa yoki kechiksa darrov jazolash yoki moliyaviy qisqartirishga shoshilmang. Ahir siz muammo haqida xabar topdingiz. Agar darxol (shu ondayoq) muammo yasash odatingiz boʻlsa, xodimlaringiz sizga kamchiliklarni aytmay qoʻyadi. "Rosa foyda" boʻlsa kerak-a?

Middle buzib qoʻydi, 1 oylik ishni oʻchirib yubordi. Jazolash emas bu holat (risk) nima uchun hisobga olinmagan va nima uchun bartaraf etish jarayoni ishlab chiqilmagan, shu haqda bosh qotiring.

Maqsadingiz shaffoflik orqali vaʼda qilgab ishingizni vaqtida bajarish boʻlsin.


Jamoa ochiq (shaffof) gaplashib, muammolarni hali kichik vaqtida rahbariga yetkazsa, rahbar ham umumiy ishni toʻgʻri baholay oladi.

CTOning vazifasi shu shaffoflikni jamoada paydo qilish.


@DrAlgorithm #cto
👌9👍5❤‍🔥21🆒1
SPAM

3 May SPAMning tug`ilgan kuni ekan.

Atama shaklida keyinchalik shakllangan bo`lsa ham lekin bitta maktubni ko`pchilikka yuborish (SPAM) usuli kenga tarqalgan.
Ba'zi tarihiy ma'lumotlarni eslab o`tsak:

* 1864: Tish doktori
1864 yilning May oyida Western Union o`zining telegraf tarmoqlari orqali xabarlarni birnecha manzilga bir vaqtda yuborishga imkon beradi.
Birinchi kutilmagan telegram xabar 1864 yil May oyida qayd etilgan. Unda Britaniyaning siyosatchilari tish doktorining reklamasini qabul qilishgan.

* 1978: SPAM atamasining tasodifan paydo bo`lishi
Ro`yxatga olingan ilk SPAM 3 May 1978 yil Gari Tyuer tomonidan ARPANET tarmog‘ida 393 ta foydalanuvchiga yuborilgan Digital Equipment Corp (DEC) kompyuterlarining yangi modeli haqidagi xabar edi.
U vaqtlar xabarlar har bir kishiga alohi yuborilar edi. Lekin sherigi, Karl Gartli, hammaga bittada yuboriladigan email yasaydi. Tarmoq ahli buni salbiy baholaydi, lekin natija ish berib, savdo hajmi oshadi.

* 1994: Green Card SPAM and Spammerlarning ko`payishi
Birinchi yirik tijoriy spam hodisasi 1994 yil 5 Martda, er-xotin advokatlar, Lorens Kanter va Marta Sigel, Usenetda ommaviy xabarlar yuborishidan boshlagan.
Ular immigratsiya qonunchiligi xizmatlarini reklama qilish uchun Usenetdagi ommaviy guruhlarda xabar qoldirishni boshlashadi.
Hamma bu holatni qoralasa ham advokatlar o`z ishlarini "So`z erkinligi" deb baholashadi, raqiblari esa buni "tijoratga qarshi radikallar" deb ataydi.
Eng qizzig`i bu er-xotin "Axborot magistralida qanday qilib boylik orttirish mumkin" (How to Make a Fortune on the Information Superhighway) nomli kitob ham yozishadi.

Yana ko`p boshqa holatlar ham bo`lgan. Qolganini Wiki'dan o`qib olsangiz bo`ladi.

Shunaqa gaplar.

Ha aytgancha. Telegramda "1" kabi xabarlarni hamma gruppada yozadiganlar ham SPAM chi ekande.


P.S. Rasmda do`kondagi konservalardan biri. Ko`rib qolib, darrov bizning spam esga tushgandi. Aslida bu rasmda to`g`ralgan va dudlangan cho`chqa go`shti konservasi.

@DrAlgorithm
👍7