Dr. Algorithm
3.05K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Dr. Algorithm
Izohlarni o`qib, bir vaqtlar Payment system yasaganimiz esimga tushib ketdi.

Autorun da command line script turardi. Windows ishlatardik. Vazifasi bilasmi nima?

Ish boshlanganida loyiha turgan folder (papkani) arxivlash (project-20070812092312.rar) 🤯

Yoshlik - beboshlik....

@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba va mardikor

Talabalik davrida universitetimiz yonida Talaba kafesi boʻlar edi. Taomlari mazali va arzon edi. Faqat bitta tovuqli kotlet biroz qimmat boʻlardi. Stipendiya olganda tatib koʻrardik.

Eng qizzigʻi professor oʻqituvchilar, rektorat xodimlari va talabalar bitta xonada ovqatlanar edi. Koʻpincha yoningizda oʻtirgan odam qoʻshni fakultet professori yoki dekani ekanini bilmay qolar edingiz. Man uchun bu oddiy xolat boʻlgan, toki boshqa universitetda alohida xona tashkil etilganini koʻrmagunimcha. Mayli, u alohida hikoya.

Bir kuni tushlik qilgani kirsam, ikki professor-oʻqituvchi suhbatlarini eshitdim. Mavzu: Mardikorlik qilayotgan talabar uchun tizim qilib, domlalar ehtiyoji boʻlsa ular murojaat qila olishi.

Kursdoshlarimdan baʼzilar mardikorlik qilishini eshitganim uchun mavzu qizziq boʻldi. Mijoz kutib sovuqda turganidan koʻra tizimdan ish topish juda zoʻr gʻoya. Keyin domlalar uyida ishonchli odam ishlatadi va vazifalar yelgilroq boʻladi.

Ammo, suhbatdosh domlalar bu gʻoyani maʼqullashmadi. Sababi, agar biror bitta domla talaba haqqini suisteʼmol qilsa, masalan tekinga ishlatsa, domla-talaba udumiga putur yetadi. Poraxoʻrlik usuli (instrumental)ga aylanib qolishi mumkin.

Talaba uchun mardikorlik juda zoʻr ish. Hayotga orgatadi. Jismoniy mehnat qiyinroq ekanini his qilib, ilm olishga gayrati oshadi. Ertaga ishsiz qolganida ham qiynalmaydi. Yigit kishiga 40 xunar oz ekanini oʻrganadigan joy.

Oʻylab qarasam, 20 yil oldin hayot ancha sodda boʻlgan ekan. Ishingizga va kasbingizga baraka bersin.

@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rust

IT direktorlar (CTO) hamjamiyatida Rust tili haqida muhokama ketvotti. Ko`pchilik uchun noma'lum bo`lgan til. Lekin..

1. Ma'lumki tillarning bobosi Assembler bo`ladi. 1 va 0 lar tilini soddalashtirish uchun Assembler tili o`ylab topilgan edi.

2. C tili esa Assembler tilini soddalashtirish va qulaylashtirish uchun ishlab chiqilgan.

3. Rust o`z o`rnida C ni mukammallashtirish ustiga qurilgan. Lekin quyi til holatini saqlab qolgan.

Rust qilida yozadigan mutaxassislar kam. Chunki bu tilda ishlay olish uchun "kompyuter bilan sansirab gaplasha olish" kerak. Kompyuterning ichki kechinmalari, kayfiyatini yaxshi xis qilish kerak.

Rustchi (rashqchi emas) hamkasblarga yuborib qo`yamiz.

Sizni izlayotganlar ko`p ekan. (19.04.2024)

@DrAlgorithm
Forwarded from Botir Ziyatov
Figma uchun imloni xatolarni tekshiruvchi SpellCheck plaginining daromadi oyiga $380 ga yetdi.

Startup shunday boʻlsinki:
- odamlarni muammolarini hal qilsin.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Nega Discord loyihasi Go tilida yozilgan servisni Rustda qayta yozib chiqdi

Discordni 614 millionga yaqin foydalanuvchi ishlatadi. Ulardan 200 milliontasi aktiv tarzda ishlatadi. Hazillashadigan raqamlar emas.

Xullas shu Discordda har bir foydalanuvchi qaysi kanallarni va qaysi xabarlarni o‘qiganini o‘zida saqlab turadigan “Read Service” degan servisi bor. Kimdirlar buni microservice deb atashlari mumkin. Bu degani, har safar Discordga kirganingizda, har safar xabar yuborilganda va o‘qilganda ishlatiladigan service. Ya’ni eng ko‘p ishlatiladigan servicelardan biri. Gap millionlab requestlar haqida ketyapti. Va bu service Go tilida yozilgan ekan.

Boshida hammasi yaxshi bo‘lgan, lekin vaqt o‘tib har bir necha daqiqada ushbu service qisqa vaqtga sekinlashib qolishni boshlagan: latency va CPUlarda o‘sish kuzatilgan. Discord jamoasi bu sekinlashish “Garbage Collection”ni deb bo‘layotganini aniqlagan. O‘zi Garbage Collection (ahlat tozalash) nima?

Sizning dasturingiz kompyuter xotirasidan foydalanadi. Aytaylik bitta o‘zgaruvchi yaratib shu o‘zgaruvchida ismingizni saqlasangiz shu ma’lumot xotiraga yoziladi. Dasturingiz bu ma’lumotdan foydalanib bo‘lgandan so‘ng kompyuter xotirasidan uni o‘chirib tashlash kerak. Agar shu tarzda tez-tez tozalanib turmasa xotirada joy qolmaydi va tabiiyki hech nima ishlamay qoladi.

Go tilida bu ish avtomatik tarzda bajariladi. Taxminan har ~2 daqiqada Go tili xotiradagi har bir ma’lumotni tekshirib chiqadi. “Sen hali ham ishlatilyapsanmi?” deb so‘raydi. “Ha, men hali ham dasturga kerakman” desa, “Bo‘pti, qolaver. Propiskangni uzaytiraman” deydi. “Yo‘q, meni ishlatib bo‘ldi dastur. 2 daqiqadan beri ishsiz o‘tiribman” desa, “Unda senga rahmat, ketaver qishlog‘ingga“ deb u ma’lumotni o‘chirib tashlaydi.

Ana endi eslang. “Read Service” ni millionlab foydalanuvchi ishlatadi va har bir foydalanuvchi uchun ko‘plab ma’lumot saqlanadi. Undan tashqari bu service juda ham aktiv, har sekundda millionlab request keladi. Ya’ni, tozalash kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumot juda juda ko‘p. Garbage Collector hammasini har 2 daqiqada tekshirib chiqish uchun yaxshigina kuch va vaqt sarflaydi. Natijada dastur sekinlashadi. Garbage Collectionni esa o‘chirib qo‘yib bo‘lmaydi. Unda Go tili ishlamay qolgan bo‘lar edi.

Ana endi Rustni eslaymiz. Rust tilida Garbage Collection umuman yo‘q. Xotirani u boshqa usulda boshqaradi. Xotiradagi ma’lumot ishlatib bo‘lishiga darhol uni o‘chirib tashlaydi. 2 daqiqa kutib o‘tirmaydi. Natijada tozalash uchun Go kabi ko‘p kuch va vaqt sarflamaydi.

Shuning uchun ham Discord “Read Service” ni Rust tilida qayta yozib chiqqan va zo‘r natijalarga erishgan. Tezlikdan tashqari, ularning aytishi bo‘yicha kodning o‘zi ham ancha osonlashgan. Sababi qiyin asinxron kodni Rustda Go tiliga solishtirgan yozish ancha osonroq.

“Go baribir top” deb yozishni boshlaydiganlar uchun eslatib o‘tay. Hech kim Rustni Godan ko‘ra ustunroq demayapti. Shunchaki Discord uchun va aynan ushbu service uchun Rust ko‘proq to‘g‘ri kelgan.

Manba: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust

📱 @jakhonrakhmonov   🤝 Muallifni qo‘llab-quvvatlash
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UK Hayot | Saidolim
Internet

Mabodo oʻchib qolsa, qayerda ekanini bilib oldik.