Yoshlar ham oʻqib, ham pul topishga qiziqadi. Bu yaxshi.
Lekin, oʻqib pul topishga nima deysiz?
ITBoom millionlab pul berayotgan ekan. Vazifa esa, taʼlim olish.
Hullas, kim ITga qiziqsa, ilm olishga qiziqsa, kirib koʻrila: @ITBoomUz
Oʻzim koʻrdim, olimpiadada qatnashib, 1 mln olganini.
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Forwarded from Khumoyun Codes
2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Troll.Uz kanali misolida
2019-yil menga Telegram uchun qo'shimcha raqam kerak bo'lib qoldi va operatorga bog'lanish nuqtalaridan biriga kirib, oxiri 1218 bilan tugaydigan raqam so'radim, ishlatilganidan bo'lsinmi ishlatilmaganidanmi deb so'rashdi, farqi yo'q desam, shunday raqamlardan birini berishdi, rasmiylashtirdik va men Telegram ochishga harakat qilib ko'rdim, bilsam bu raqamda akkaunt oldin ochilgan. Yangi raqamni kontaktlarga qo'shib qarasam, akkaunt kimniki ekan deng? Troll.Uz asoschisi Umid Gafurovniki ekan 😈. Akkauntga kirib ko'rdim, sms orqali kod keldi, kodni tersam akkauntga kirdi va kanalga kirsam, kanalga post yozish uchun forma ishlamoqda. "Test" deb yozib boshqa akkauntdan qarasam post paydo bo'lgan. BINGO! degan xayol keldi boshimga, lekin vijdonim qiynalib, o'zlarini ogohlantirib akkauntni qaytarib bermoqchi bo'ldim 😇, buning uchun kanal adminlari orasidan kanal egasini qidirdim, mendagi raqam qo'shimcha admin sifatida qo'shilgan ekan. Asosiy admin raqamini ko'rib, o'zimning akkauntimdan yozdim, oradan vaqt o'tdi, xabarim o'qilmadi, menga Telegram akkaunt kerak, yangi raqamni sotib olgim kelmadi. Shu bilan e'tiborni o'zimga tortish uchun, birinchi bo'lib 2 faktorli autentifikatsiyani yoqdim, Telegram akkaunt o'zimda qolishi va akkauntni o'chirib bo'lmasligi uchun, keyin kanalga do'stlarim bilan hazil sifatida "Hacked" degan GIF va "Troll ni troll qilish maza ekan" degan postlar qoldirdik 😁, qarabsizki, yugur yugur boshlandi. Mendagi raqamga vahima qilgan odamlar yozishni boshlashdi, kanaldan post o'chdi, adminlar soni kamaydi, botlar kick qilindi, lekin adminlar orasidan mendagi akkauntni o'chirishni o'ylab ham ko'rishmadi. O'ylab ko'rishganda esa, menda to'liq Troll uzga tegishli xabarlar yig'ilgan Telegram akkaunt bor edi, reklama narxlari, kontraklar, shaxsiy xabarlar va hkz.
Bu xabarlar bilan har xil ish qilish mumkin edi, lekin men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan yo'lni tutdim va qaytadan Umid aka bilan aloqaga chiqdim. Har ehtimolga qarshi o'zimni kimligimni sir saqlab qolish uchun 🕵️♂️, Minskga bo'lgan sayohatdan qolgan Belorus raqami bilan ochilgan Telegram akkaunt orqali aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, lekin boshida doq-popsalar keldi, sudga beraman, militsiyaga xabar qilaman va hkz. Lekin, meni qilgan ishimda o'zim noqonuniylik ko'rmadim, raqamni passportim va pulim bilan sotib olganimni tushuntirib, qo'llaridan hech narsa kelmasligini tushuntirdim. Xalq uchun qilayotgan ishlarini va kerakli ijtimoiy masalalarni ko'tarishlarini yaxshiligini aytib, akkauntni boshqa raqamga o'tkazib olishlarini so'radim. Aka rozi bo'ldilar, lekin 2 faktorlik autentifikatsiyaga backup qilib o'zimni shaxsiy emailimni qoldirgan ekanman, qaysiki u yerda to'liq ism familyam bor😂 . Anonimlik yoqoldi, o'zimni yana bir tanishtirdimda akkauntni qaytarib berib raqamni o'zimda saqlab qoldim. Umid aka ham rahmat aytib jimgina tinchib ketdilar.
Qissadan xissa: Hardoim shaxsiy ma'lumotlaringiz saqlanadigan har qanday platformada, 2 faktorlik autentifikatsiya yoqing, sizni telefon raqamingiz yoki emailingizga yo'l topa olishsa, siz yodingizda saqlab turadigan qo'shimcha 2 parol sizni saqlab qolishi mumkin. Shaxsan aynan shu voqeadan keyin barcha platformalarda ushbu xavfsizlik yo'lini tutaman. O'zbekistonda millionlab mobil raqamlar bor, har kuni ular minglab sotiladi, ehtimolligi past bo'lsa ham shunday tasodif bilan ko'p narsangizni yoqotib qo'yishingiz mumkin.
Pastda voqea payti olingan skrinshotlar keltirilgan👇
P.S. Meni o'rnimda bo'lganingizda siz qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz?
@khumoyun_codes
2019-yil menga Telegram uchun qo'shimcha raqam kerak bo'lib qoldi va operatorga bog'lanish nuqtalaridan biriga kirib, oxiri 1218 bilan tugaydigan raqam so'radim, ishlatilganidan bo'lsinmi ishlatilmaganidanmi deb so'rashdi, farqi yo'q desam, shunday raqamlardan birini berishdi, rasmiylashtirdik va men Telegram ochishga harakat qilib ko'rdim, bilsam bu raqamda akkaunt oldin ochilgan. Yangi raqamni kontaktlarga qo'shib qarasam, akkaunt kimniki ekan deng? Troll.Uz asoschisi Umid Gafurovniki ekan 😈. Akkauntga kirib ko'rdim, sms orqali kod keldi, kodni tersam akkauntga kirdi va kanalga kirsam, kanalga post yozish uchun forma ishlamoqda. "Test" deb yozib boshqa akkauntdan qarasam post paydo bo'lgan. BINGO! degan xayol keldi boshimga, lekin vijdonim qiynalib, o'zlarini ogohlantirib akkauntni qaytarib bermoqchi bo'ldim 😇, buning uchun kanal adminlari orasidan kanal egasini qidirdim, mendagi raqam qo'shimcha admin sifatida qo'shilgan ekan. Asosiy admin raqamini ko'rib, o'zimning akkauntimdan yozdim, oradan vaqt o'tdi, xabarim o'qilmadi, menga Telegram akkaunt kerak, yangi raqamni sotib olgim kelmadi. Shu bilan e'tiborni o'zimga tortish uchun, birinchi bo'lib 2 faktorli autentifikatsiyani yoqdim, Telegram akkaunt o'zimda qolishi va akkauntni o'chirib bo'lmasligi uchun, keyin kanalga do'stlarim bilan hazil sifatida "Hacked" degan GIF va "Troll ni troll qilish maza ekan" degan postlar qoldirdik 😁, qarabsizki, yugur yugur boshlandi. Mendagi raqamga vahima qilgan odamlar yozishni boshlashdi, kanaldan post o'chdi, adminlar soni kamaydi, botlar kick qilindi, lekin adminlar orasidan mendagi akkauntni o'chirishni o'ylab ham ko'rishmadi. O'ylab ko'rishganda esa, menda to'liq Troll uzga tegishli xabarlar yig'ilgan Telegram akkaunt bor edi, reklama narxlari, kontraklar, shaxsiy xabarlar va hkz.
Bu xabarlar bilan har xil ish qilish mumkin edi, lekin men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan yo'lni tutdim va qaytadan Umid aka bilan aloqaga chiqdim. Har ehtimolga qarshi o'zimni kimligimni sir saqlab qolish uchun 🕵️♂️, Minskga bo'lgan sayohatdan qolgan Belorus raqami bilan ochilgan Telegram akkaunt orqali aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, lekin boshida doq-popsalar keldi, sudga beraman, militsiyaga xabar qilaman va hkz. Lekin, meni qilgan ishimda o'zim noqonuniylik ko'rmadim, raqamni passportim va pulim bilan sotib olganimni tushuntirib, qo'llaridan hech narsa kelmasligini tushuntirdim. Xalq uchun qilayotgan ishlarini va kerakli ijtimoiy masalalarni ko'tarishlarini yaxshiligini aytib, akkauntni boshqa raqamga o'tkazib olishlarini so'radim. Aka rozi bo'ldilar, lekin 2 faktorlik autentifikatsiyaga backup qilib o'zimni shaxsiy emailimni qoldirgan ekanman, qaysiki u yerda to'liq ism familyam bor
Qissadan xissa: Hardoim shaxsiy ma'lumotlaringiz saqlanadigan har qanday platformada, 2 faktorlik autentifikatsiya yoqing, sizni telefon raqamingiz yoki emailingizga yo'l topa olishsa, siz yodingizda saqlab turadigan qo'shimcha 2 parol sizni saqlab qolishi mumkin. Shaxsan aynan shu voqeadan keyin barcha platformalarda ushbu xavfsizlik yo'lini tutaman. O'zbekistonda millionlab mobil raqamlar bor, har kuni ular minglab sotiladi, ehtimolligi past bo'lsa ham shunday tasodif bilan ko'p narsangizni yoqotib qo'yishingiz mumkin.
Pastda voqea payti olingan skrinshotlar keltirilgan
P.S. Meni o'rnimda bo'lganingizda siz qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz?
@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Khumoyun Codes
Yuqoridagi postga ilova
@khumoyun_codes
@khumoyun_codes
😁7👍1🐳1👀1
Oʻzbek dasturchiga "qiyin"
Endi ish topib, 3 kishilik dasturchilar korxonasida ish boshlasang-da, odamlar Scrum master, PM, DevOps deb boshingni qotirsa qizziq boʻlarkan...
Katta korxonalar Cloudʼga oʻtib ketgan, sen esa hali ham bash script yozishga vaqting yoʻq. FTPda oʻtirib file tashlaysan, git nima ekanini Team Leadʼman deb aytadigan bola ham bilmasa, aytgancha u oʻzi sandan atigi 1 oy oldin ishga kelgan...
AI ishimizni olib qoʻyadi deb yurgan paytda, xatto ChatGptʼdan roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsang...
Tanish xolatmi?
Yanayam qizzigʻini etimi?
- desam hafa boʻlmaysizmi?
Bu gaplar bir necha yildan beri aqlimni olgan, nahotki sodda narsalarni ishlatishni hammaga oʻrgatib boʻlmasa?
Nima deb oʻylaysiz, gaplarimda asos yoki foyda bormi?

Oʻylab qarasam, sodda narsalar koʻp. Biz ular haqida eshitmaganimiz uchun ishlatmaymiz.
Yanayam qizzigʻini etimi?
Dasturchilar ishlatishni boshlagan dasturlarni oddiy odamlar kundalik hayotida ishlatib yuribdi
- desam hafa boʻlmaysizmi?
Bu gaplar bir necha yildan beri aqlimni olgan, nahotki sodda narsalarni ishlatishni hammaga oʻrgatib boʻlmasa?
Nima deb oʻylaysiz, gaplarimda asos yoki foyda bormi?
@DrAlgorithm
👍30😁7💯4👎1🔥1
Dr. Algorithm
Oʻzbek dasturchiga "qiyin" Endi ish topib, 3 kishilik dasturchilar korxonasida ish boshlasang-da, odamlar Scrum master, PM, DevOps deb boshingni qotirsa qizziq boʻlarkan... Katta korxonalar Cloudʼga oʻtib ketgan, sen esa hali ham bash script yozishga vaqting…
Izohlarni o`qib, bir vaqtlar Payment system yasaganimiz esimga tushib ketdi.
Autorun da command line script turardi. Windows ishlatardik. Vazifasi bilasmi nima?
Ish boshlanganida loyiha turgan folder (papkani) arxivlash (project-20070812092312.rar)🤯
Yoshlik - beboshlik....
@DrAlgorithm
Autorun da command line script turardi. Windows ishlatardik. Vazifasi bilasmi nima?
Ish boshlanganida loyiha turgan folder (papkani) arxivlash (project-20070812092312.rar)
Yoshlik - beboshlik....
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁16👍1
Dr. Algorithm
Oʻzbek dasturchiga "qiyin" Endi ish topib, 3 kishilik dasturchilar korxonasida ish boshlasang-da, odamlar Scrum master, PM, DevOps deb boshingni qotirsa qizziq boʻlarkan... Katta korxonalar Cloudʼga oʻtib ketgan, sen esa hali ham bash script yozishga vaqting…
YouTube
Web development muhitini to'g'ri hosil qilish | Create right environment for web development project
Web development muhitini hosil qilish, file, papkalar, hamda loyiha rasmlarini to’g’ri nomlanishi, ma’lumotni turlari bo’yicha tartiblash nima uchun eng kerakli ishlar sarasiga kiradigan amallardan ekanligini ko’rib o’tishni lozim deb topdik…
-----------…
-----------…
Alisher aka Makhmudov tavsiya qildilar.
Web development muhitini to'g'ri hosil qilish | Create right environment for web development project
📹 https://www.youtube.com/watch?v=PHRY_dMoUbA
5 yil oldin yozilgan video bo`lsa ham qiymatini yo`qotmagan mavzu. Hali ham folder (papka) ketma-ketligini to`g`ri qilmaydigan jamoalarimiz bor. Yetkazib qo`yamiz.
Faqat iltimos, bu usulni loyiha tarihi va versiya uchun ishlatmang. Git bor unaqa narsalar uchun :)
@DrAlgorithm
Web development muhitini to'g'ri hosil qilish | Create right environment for web development project
Files and folder structure mavzusida bir paytlar video qilgan edim, foydali bo'lsa kerak deb o`yladim, - Alisher Makhmudov
5 yil oldin yozilgan video bo`lsa ham qiymatini yo`qotmagan mavzu. Hali ham folder (papka) ketma-ketligini to`g`ri qilmaydigan jamoalarimiz bor. Yetkazib qo`yamiz.
Faqat iltimos, bu usulni loyiha tarihi va versiya uchun ishlatmang. Git bor unaqa narsalar uchun :)
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doiradan tashqariga chiqish
Hamma ko`ringan narsa ham siz o`ylagandek bo`lavermaydi.
Ba'zida oddiy ko`ringan narsalar aslida boshqacha bo`lishi mumkin bo`lishi mumkin.
Buni doim yodda tutgan yaxshi.

Think out of the box.
@DrAlgorithm
⚡8🤯6👍2🔥1
Bitta ozgaruvchi X berilgan.
Agar faqat bitta silk (for, while, loop ixtiyoriy bittasi) ishlatish mumkin bolsa, print(x) ni ishlatib, ekranga cheksiz 10101010.... chiqara olasizmi?
Maktab davrida berishgan edi shu savolni. Javobini eshitib, rosa hayron qolgan edim. Kimdur topsa, voqeani etib beraman.

while true
... // 1 ta amal/command
print(x)

✍3
Dr. Algorithm
Bitta ozgaruvchi X berilgan. Agar faqat bitta silk (for, while, loop ixtiyoriy bittasi) ishlatish mumkin bolsa, print(x) ni ishlatib, ekranga cheksiz 10101010.... chiqara olasizmi? while true ... // 1 ta amal/command print(x) Maktab davrida berishgan…
Telegram
Dr. Algorithm
Bitta ozgaruvchi X berilgan.
Agar faqat bitta silk (for, while, loop ixtiyoriy bittasi) ishlatish mumkin bolsa, print(x) ni ishlatib, ekranga cheksiz 10101010.... chiqara olasizmi?
while true
... // 1 ta amal/command
print(x)
Maktab davrida berishgan…

Savol javobini juda ko`p usullar bilan topa oldingiz.
Endi biroz murakkab qilsak.
Ekranga 2 va 5 raqamlari ketma-ketligini chiqarishimiz kerak. Qanday qilsak bo`ladi?

Talaba va mardikor
Talabalik davrida universitetimiz yonida Talaba kafesi boʻlar edi. Taomlari mazali va arzon edi. Faqat bitta tovuqli kotlet biroz qimmat boʻlardi. Stipendiya olganda tatib koʻrardik.
Eng qizzigʻi professor oʻqituvchilar, rektorat xodimlari va talabalar bitta xonada ovqatlanar edi. Koʻpincha yoningizda oʻtirgan odam qoʻshni fakultet professori yoki dekani ekanini bilmay qolar edingiz. Man uchun bu oddiy xolat boʻlgan, toki boshqa universitetda alohida xona tashkil etilganini koʻrmagunimcha. Mayli, u alohida hikoya.
Bir kuni tushlik qilgani kirsam, ikki professor-oʻqituvchi suhbatlarini eshitdim. Mavzu: Mardikorlik qilayotgan talabar uchun tizim qilib, domlalar ehtiyoji boʻlsa ular murojaat qila olishi.
Kursdoshlarimdan baʼzilar mardikorlik qilishini eshitganim uchun mavzu qizziq boʻldi. Mijoz kutib sovuqda turganidan koʻra tizimdan ish topish juda zoʻr gʻoya. Keyin domlalar uyida ishonchli odam ishlatadi va vazifalar yelgilroq boʻladi.
Ammo, suhbatdosh domlalar bu gʻoyani maʼqullashmadi. Sababi, agar biror bitta domla talaba haqqini suisteʼmol qilsa, masalan tekinga ishlatsa, domla-talaba udumiga putur yetadi. Poraxoʻrlik usuli (instrumental)ga aylanib qolishi mumkin.
Talaba uchun mardikorlik juda zoʻr ish. Hayotga orgatadi. Jismoniy mehnat qiyinroq ekanini his qilib, ilm olishga gayrati oshadi. Ertaga ishsiz qolganida ham qiynalmaydi. Yigit kishiga 40 xunar oz ekanini oʻrganadigan joy.
Oʻylab qarasam, 20 yil oldin hayot ancha sodda boʻlgan ekan. Ishingizga va kasbingizga baraka bersin.

👍28❤2🔥2
Wherever you go, Mommy and Daddy are right behind you.
~ Etienne de Bruin
Qayerda boʻlma, ota va onang sening yoningda.
Yutuqlarga erishganingda, oʻqishda baholaring koʻtarilganida, ishingga baraka kirganida, puling koʻpayganda, shaxsiy biznes ochganigda, uy sotib olganingda... bilging-ki barchasi ota-onang duosi bilan.
Ustunim otam, jannatim onam.
Agar ishing yurishmayotgan boʻlsa, toʻgʻrilash mumkin.
Juda yengil amal, ertalab ishga ketishdan oldin:
- ota-onang duosini ol
- farzandingni duo qil.
Qarang, bu gaplarni gʻarblik IT direktori ham bilar va qoʻllar ekan.
@DrAlgorithm
👍27❤7❤🔥1
Rust
IT direktorlar (CTO) hamjamiyatida Rust tili haqida muhokama ketvotti. Ko`pchilik uchun noma'lum bo`lgan til. Lekin..
1. Ma'lumki tillarning bobosi Assembler bo`ladi. 1 va 0 lar tilini soddalashtirish uchun Assembler tili o`ylab topilgan edi.
2. C tili esa Assembler tilini soddalashtirish va qulaylashtirish uchun ishlab chiqilgan.
3. Rust o`z o`rnida C ni mukammallashtirish ustiga qurilgan. Lekin quyi til holatini saqlab qolgan.
Rust qilida yozadigan mutaxassislar kam. Chunki bu tilda ishlay olish uchun "kompyuter bilan sansirab gaplasha olish" kerak. Kompyuterning ichki kechinmalari, kayfiyatini yaxshi xis qilish kerak.
Rustchi (rashqchi emas) hamkasblarga yuborib qo`yamiz.
Sizni izlayotganlar ko`p ekan. (19.04.2024)

👍21🔥3❤🔥1
Ertaga 2 ta zo`r tadbir bor:
1. UzGeeks DevOps meetup
2. Job&Edu fest 2024
Afsus bora olmas ekanman.
Lekin aniq bilaman, siz kutmagan korxona qatnashadi.
@DrAlgorithm
1. UzGeeks DevOps meetup
2. Job&Edu fest 2024
Afsus bora olmas ekanman.
Lekin aniq bilaman, siz kutmagan korxona qatnashadi.
@DrAlgorithm
Telegram
UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da uzoq kutilgan DevOps kuni!
📆 20-aprel shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks April2024 DevOps Day Meetup" bo'lib o'tadi.
📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
1️⃣. “Kichik va…

👍4⚡2🔥1
Dr. Algorithm
Ertaga 2 ta zo`r tadbir bor: 1. UzGeeks DevOps meetup 2. Job&Edu fest 2024 Afsus bora olmas ekanman. Lekin aniq bilaman, siz kutmagan korxona qatnashadi. @DrAlgorithm
UzGeeks DevOps tadbiri
Bunaqangi raqamlarni ko`rib, ba'zilar qo`rqib ketsa kerak. Nega buncha ko`p son va grafiklar deb.
Aynan shu sonlar va o`zgarishlar biznesning qanchalik foydali bo`layotganini hisoblashga yordam beradi.
Bir tomondan minglab odamlarni u loyihasiz qoldira olmaysiz. Ikkinchi tomondan ziyonga ishlayapsiz.
Shunga puxta reja qilish, oldindan hisoblab ko`rish, ziyon qilmaydi - aksincha, foyda keltiradi.
Tadbirlar yaxshi o`tsin, ko`proq qatnashib yurilik.

Bir vaqtlar loyiha ko`rgan edim.
StarUp qilishgan va asosiy imkoniyatligi boshqa bir websitega bog`liq. Odam soni ko`payib, pul tushumi ko`paygan. Ammo foyda kattalashmagan. Aksincha, zararga kirishni boshlashgan.
Sababi esa, bular pul to`lab ishlatadigan xizmat (website) API uchun narxini oshirgani bo`lgan.
Bir tomondan minglab odamlarni u loyihasiz qoldira olmaysiz. Ikkinchi tomondan ziyonga ishlayapsiz.
Shunga puxta reja qilish, oldindan hisoblab ko`rish, ziyon qilmaydi - aksincha, foyda keltiradi.
Boshlasammikan - boshlamasammikan?
Tadbirlar yaxshi o`tsin, ko`proq qatnashib yurilik.
@DrAlgorithm
👍20
Forwarded from Botir Ziyatov
Figma uchun imloni xatolarni tekshiruvchi SpellCheck plaginining daromadi oyiga $380 ga yetdi.
Startup shunday boʻlsinki:
- odamlarni muammolarini hal qilsin.
@botirziyatov
Startup shunday boʻlsinki:
- odamlarni muammolarini hal qilsin.
@botirziyatov
⚡12
Botir Ziyatov
Startup shunday boʻlsinki:
- odamlarni muammolarini hal qilsin.
- odamlarni muammolarini hal qilsin.
1. Figma plugin qanday qilinishini o`rganamiz.
2. O`zbek tilidagi Imlo tekshirish tizimlaridan biriga ulanamiz. (ular birnechta)
3. Plugin yasab, bozorga kirib ko`ramiz.
Oyiga $10 topamiz + Server harajati $20 bo`ladi. = -$10/oyiga 😐
Bizga qilish biroz qiyin ekan. Lekin portfolio uchun qilaman deganlar uchun qizziq g`oya ekan.
@DrAlgorithm
⚡9👍5😁4
Kattalar ham oʻyin oʻynaydi
Metroda ketayotib, katta odam oʻyin oʻynayotganini koʻrdim. Hamma yaxshi gumonda boʻlishi kerak deyilganidek hayolimga kelgan oʻylar:
1. Strategiya oʻynayotgan boʻlsa kerak. Iqtisodiyot, moliya, xalqaro aloqalar va xalqni boshqarish uchun zoʻr simulyayor. 1996 yillar men ham oʻynardim. Miyyani qizdirib yuboradi bagʻzida.
2. Bu tester boʻlsa kerak. Oʻyin ishlab chiqarishda QA (testerlar) koʻp kerak.
3. Ishdan charchab qaytmoqda. Biroz miyyaga dam berish kerak.
Sizda yana qanday oʻylar (variant) bor?
Izohlarda muhokama qilamiz.

Albatta bular hammasi vaqtni zoya ketgazish kabi / koʻrinadi.
Sizda yana qanday oʻylar (variant) bor?
Izohlarda muhokama qilamiz.
@DrAlgorithm
👍15
CTO boʻlmoqchiman
Shaxsiy xabar orqali bir yosh hamkasbimiz (dasturchi demoqchiman) aloqaga chiqib qoldilar. Tanishib online video suhbat qildik.
Oʻzlari Frontendda ishlar ekanlar. Kelajakda CTO boʻlish niyatlari bor ekan. Hech oʻylab koʻrmagan ekanman, reja asosida CTO boʻlish mumkinmi? CTO kurslari bor, ular CTOlar uchun deb oʻylar edim. Chunki koʻpchilik kutilmaganda guruh sardori (Team lead) yoki IT direktor (CTO) etib tayinlanadi. Koʻpincha oʻzidan soʻrab ham oʻtirishmaydi. Bu yigitimiz bilan suhbatlashib ba`zi fikrlar keldi. Shular bilan oʻrtoqlashmoqchiman.
Mavzu: CTO boʻlish.

P.S. Uzr, post juda uzun. Qisqa qilishga harakat qildim.

👍4

1. Dasturchi odam CTO boʻlgani yaxshimi yoki texnik boʻlmagan odammi?
Bu savolni koʻp oʻylaganman. Mening fikrim, texnik odam CTO boʻlishga moslashishi tezroq. Oʻrganadigan narsasi koʻp boʻladi. Odamlar bilan ishlash, moliyani rejalashtirish, oʻzidan aqlliroq odamlar bilan ishlash va boshqalar.
2. Asosiysi masala "Qanday qilib?" savolini "Nima uchun?" ga almashtirishi kerak. Chunki ixtiyoriy masalani texnik jihatdan yechish mumkin ekanini biladi. Yechim aslida kerakmi? Shuni aniqlashi va his qilishni oʻrganishi kerak.
3. Biror yoʻnalish (stack) da ishlab koʻrdingiz deylik (Backend, Frontend, Mobile), ishlash sizga yoqmayapti yoki eplay olmayapsiz yoki matematika pand bermoqda. Kelajakda qayerda boʻlishingizni tasavvur qila olmayapsiz. Nima qilsangiz boʻladi?
Bu holatda sizga boshqa yoʻnalishlar bor ekanini eslatgan boʻlar edim. Masalan,
* DevOps - serverlarga mahsulotni chiqarish, sozlamalar bilan ishlash va boshqalar - Frontend va Backendda ishlagan odam osonlikcha DevOpsga oʻta oladi.
* Security officer - havfsizlik mutaxassisi - xodimlar uchun tizimlarga huquqni sozlash (access management), boʻlinma va guruhlarni shakllantirish (org. chart), qurilmalarni boshqarish (MDM), kiber hujumlardan himoyalash (pentest, antimalware, antifishing) va boshqalar.
* Information officer - boshqa biznes boʻlimlar (operation team) bilan tizimlarni joriy qilish, biznes jarayonlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishini nazorat qilish, IT jarayonlar boʻyicha huquqiy hujjat (policy and procedure) ishlab chiqish, tizimlardan foydalanishni oʻrgatish (training), hujjat va qoʻllanmalar ishlab chiqish (documentation and tutorial) va boshqalar.
4. Agar matemakam yaxshi boʻlsa, qayerga qarab harakat qilsam yaxshiroq?
Analitika va fikrlashni doim rivojlantirib borish orqali Arxitektorlikka harakat qilsangiz boʻladi. Turli tizimlarni ishlab chiqishda sizda aniq struktura orqali ishlash, tizimni mustaxkam qilish, turli jarayonlarda oʻziga hos yondashuvlar qilishni amaliyotda qoʻllashingiz kerak. Shunda 7-10 yilsa arxitektor boʻla olasiz.
U kim? Yangi tizim ishlab chiqilayotganda qaysi texnologiya (stack) tanlanishi, qaysi framework'lardan foydalanishdan tortib, qanday qilib tekshirish va serverga qoʻyishgacha boʻlgan jarayonlarni nazorat qiladi. Oʻzi kod yozmaydi yoki kam yozadi. Lekin koʻproq boshqa boʻlinmalar bilan gaplashadi va masalaning mohiyatiga yetishga harakat qiladi.
5. Har bir dasturchi, u qaysi texnologiya (stack)da boʻlishidan qat'iy nazar oʻziga Hayot yoʻlini chizib olishi kerak. 10 yil, 15 yil faqat bitta texnologiyada qoladimi yoki davomli almashtirib turadimi? Dasturchi boʻlib umrini oxirigacha ishlay oladimi yoki katta boʻlganida boshqa sohaga oʻtib ketadimi?
Bu savollarning javobini hozir bilmasligingiz mumkin. Lekin kamida 15 yilga reja qilish uchun harakat qilsangiz, sizda 5 yillik reja paydo boʻladi. Bu esa keyinchalik qayerda va qanday ishlashingiz, zerikib, oʻz sohangizdan sovib qolmasligingiz, oilaviy hayotingizga koʻproq vaqt ajrata olishingiz kabi masalalarga yechim boʻladi.
Xulosa.
Reja asosida CTO yoki Arxitektor boʻlish mumkin. Buni talabalik davridan boshlasa yaxshiroq. Rejani katta qoʻyish kerak. Lekin kichik qadamlar bilan natijaga erishish kerak.
Vaqtingizga rozi boʻling.

1. Sizdan CTO chiqadi.
2. Doim texnik yechimi bor.
3. Boshqa yoʻnalishlar koʻp.
4. Matematika, analitika, arxitektura.
5. Hayot yoʻlini ishlab chiqish kerak.
Reja asosida CTO yoki Arxitektor boʻlish mumkin. Buni talabalik davridan boshlasa yaxshiroq. Rejani katta qoʻyish kerak. Lekin kichik qadamlar bilan natijaga erishish kerak.
Vaqtingizga rozi boʻling.
@DrAlgorithm
👍27❤1🔥1🆒1
Rejani kattaroq oling
Faraz qiling sizni IT manager (CTO) sifatida ishga olishmoqchi. Sizning yordamingizda korxonani $2mlnʼdan $10mlnʼga olib chiqishmoqchi. Sizni ishga olish uchun suhbat (interview) qilishmoqda. Sizning harakatingiz va soʻzingiz:
Lekin bu gapni kichik CTO gapirsa yarashadi. Senior CTO bunday deydi:
Maqsad korxonaning C-daraja odami boʻlmoqchimisiz? Unda marhamat Imkoniyat va Masʼuliyatni birga qabul qiling. CEO siz bilan birga korxonani kattalashtirishini oʻzingiz his qiling va unga ham his qildiring.
(CTO in 100days: 3-kun)
@DrAlgorithm #cto

- Yaxshi, men shu yerda ekanman, texnologiya sizning oʻsishingiz uchun toʻgʻri ishlashini taʼminlayman, - deb aytishingiz mumkin.
Lekin bu gapni kichik CTO gapirsa yarashadi. Senior CTO bunday deydi:
- Demak, men sizni $2mlnʼdan $10mlnʼga olib chiqishga yordam beruvchi CTOman.
Maqsad korxonaning C-daraja odami boʻlmoqchimisiz? Unda marhamat Imkoniyat va Masʼuliyatni birga qabul qiling. CEO siz bilan birga korxonani kattalashtirishini oʻzingiz his qiling va unga ham his qildiring.
(CTO in 100days: 3-kun)
@DrAlgorithm #cto
👍25🔥6
Masʼuliyat
Qaror biznes uchun foydali yoki zararli boʻlganini aniqlashga qancha koʻp vaqt ketsa, bu qarorlarni qabul qiladigan odamdan shunchalik koʻp ishonch talab etiladi.
(CTO in 100 days: 4-kun)

The longer it takes to reveal whether a decision is good or bad for the business, the more trust is required in the people making those decisions.
(CTO in 100 days: 4-kun)
@DrAlgorithm #cto
👍11☃4🔥1🤔1🆒1