Dr. Algorithm
3.06K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Bugun yangiliklarga boy kun bo`ldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UK Hayot | Saidolim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Just Eat

Bugun CTO lar tadbiri bor edi. Just Eat joy beribdi. Sponsorlik qilib. Shuni ofisi.

Stol futbolini 2 xili turibdi. Yangi chiqqan modeli ham bor. Uslub (stil) chiroyli qilgan.

2-qavatda joylashgan. Hamma yoq oyna, shaharni koʻrib ishlanadi. Ajoyib joy ekan.

@UKHayot
Forwarded from UK Hayot | Saidolim
#Gashtak

Bugun Gashtakʼning offline tadbiridamiz.

Tadbirda oʻzbek milliy taomlari, qiziqarli suhbat, tanish-bilish orttirish (networking) va albatta Mafia oʻyini boʻlishi rejalashtirilgan.

#Gashtak - Londondagi yangiliklar, oʻzbek vatandoshlar bilan suhbatlar, tadribali mutaxassislardan tavsiyalar va yana turli mavzularga bagʻishlangan choyxona.

Oshpaz - London markazida joylashgan oʻzbek milliy taomlari restorani. Milliy taom gashtini London ovqatlarini tatib koʻrganlar yaxshi biladi!

Savol va izohlar boʻlsa, marhamat!

@UKHayot
💰Pul

Yoshlar ham oʻqib, ham pul topishga qiziqadi. Bu yaxshi.

Lekin, oʻqib pul topishga nima deysiz?
ITBoom millionlab pul berayotgan ekan. Vazifa esa, taʼlim olish.

Hullas, kim ITga qiziqsa, ilm olishga qiziqsa, kirib koʻrila: @ITBoomUz

Oʻzim koʻrdim, olimpiadada qatnashib, 1 mln olganini.

@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Khumoyun Codes
2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Troll.Uz kanali misolida

2019-yil menga Telegram uchun qo'shimcha raqam kerak bo'lib qoldi va operatorga bog'lanish nuqtalaridan biriga kirib, oxiri 1218 bilan tugaydigan raqam so'radim, ishlatilganidan bo'lsinmi ishlatilmaganidanmi deb so'rashdi, farqi yo'q desam, shunday raqamlardan birini berishdi, rasmiylashtirdik va men Telegram ochishga harakat qilib ko'rdim, bilsam bu raqamda akkaunt oldin ochilgan. Yangi raqamni kontaktlarga qo'shib qarasam, akkaunt kimniki ekan deng? Troll.Uz asoschisi Umid Gafurovniki ekan 😈. Akkauntga kirib ko'rdim, sms orqali kod keldi, kodni tersam akkauntga kirdi va kanalga kirsam, kanalga post yozish uchun forma ishlamoqda. "Test" deb yozib boshqa akkauntdan qarasam post paydo bo'lgan. BINGO! degan xayol keldi boshimga, lekin vijdonim qiynalib, o'zlarini ogohlantirib akkauntni qaytarib bermoqchi bo'ldim 😇, buning uchun kanal adminlari orasidan kanal egasini qidirdim, mendagi raqam qo'shimcha admin sifatida qo'shilgan ekan. Asosiy admin raqamini ko'rib, o'zimning akkauntimdan yozdim, oradan vaqt o'tdi, xabarim o'qilmadi, menga Telegram akkaunt kerak, yangi raqamni sotib olgim kelmadi. Shu bilan e'tiborni o'zimga tortish uchun, birinchi bo'lib 2 faktorli autentifikatsiyani yoqdim, Telegram akkaunt o'zimda qolishi va akkauntni o'chirib bo'lmasligi uchun, keyin kanalga do'stlarim bilan hazil sifatida "Hacked" degan GIF va "Troll ni troll qilish maza ekan" degan postlar qoldirdik 😁, qarabsizki, yugur yugur boshlandi. Mendagi raqamga vahima qilgan odamlar yozishni boshlashdi, kanaldan post o'chdi, adminlar soni kamaydi, botlar kick qilindi, lekin adminlar orasidan mendagi akkauntni o'chirishni o'ylab ham ko'rishmadi. O'ylab ko'rishganda esa, menda to'liq Troll uzga tegishli xabarlar yig'ilgan Telegram akkaunt bor edi, reklama narxlari, kontraklar, shaxsiy xabarlar va hkz.

Bu xabarlar bilan har xil ish qilish mumkin edi, lekin men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan yo'lni tutdim va qaytadan Umid aka bilan aloqaga chiqdim. Har ehtimolga qarshi o'zimni kimligimni sir saqlab qolish uchun 🕵️‍♂️, Minskga bo'lgan sayohatdan qolgan Belorus raqami bilan ochilgan Telegram akkaunt orqali aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, lekin boshida doq-popsalar keldi, sudga beraman, militsiyaga xabar qilaman va hkz. Lekin, meni qilgan ishimda o'zim noqonuniylik ko'rmadim, raqamni passportim va pulim bilan sotib olganimni tushuntirib, qo'llaridan hech narsa kelmasligini tushuntirdim. Xalq uchun qilayotgan ishlarini va kerakli ijtimoiy masalalarni ko'tarishlarini yaxshiligini aytib, akkauntni boshqa raqamga o'tkazib olishlarini so'radim. Aka rozi bo'ldilar, lekin 2 faktorlik autentifikatsiyaga backup qilib o'zimni shaxsiy emailimni qoldirgan ekanman, qaysiki u yerda to'liq ism familyam bor 😂. Anonimlik yoqoldi, o'zimni yana bir tanishtirdimda akkauntni qaytarib berib raqamni o'zimda saqlab qoldim. Umid aka ham rahmat aytib jimgina tinchib ketdilar.

Qissadan xissa: Hardoim shaxsiy ma'lumotlaringiz saqlanadigan har qanday platformada, 2 faktorlik autentifikatsiya yoqing, sizni telefon raqamingiz yoki emailingizga yo'l topa olishsa, siz yodingizda saqlab turadigan qo'shimcha 2 parol sizni saqlab qolishi mumkin. Shaxsan aynan shu voqeadan keyin barcha platformalarda ushbu xavfsizlik yo'lini tutaman. O'zbekistonda millionlab mobil raqamlar bor, har kuni ular minglab sotiladi, ehtimolligi past bo'lsa ham shunday tasodif bilan ko'p narsangizni yoqotib qo'yishingiz mumkin.

Pastda voqea payti olingan skrinshotlar keltirilgan 👇

P.S. Meni o'rnimda bo'lganingizda siz qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz?

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Izohlarni o`qib, bir vaqtlar Payment system yasaganimiz esimga tushib ketdi.

Autorun da command line script turardi. Windows ishlatardik. Vazifasi bilasmi nima?

Ish boshlanganida loyiha turgan folder (papkani) arxivlash (project-20070812092312.rar) 🤯

Yoshlik - beboshlik....

@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba va mardikor

Talabalik davrida universitetimiz yonida Talaba kafesi boʻlar edi. Taomlari mazali va arzon edi. Faqat bitta tovuqli kotlet biroz qimmat boʻlardi. Stipendiya olganda tatib koʻrardik.

Eng qizzigʻi professor oʻqituvchilar, rektorat xodimlari va talabalar bitta xonada ovqatlanar edi. Koʻpincha yoningizda oʻtirgan odam qoʻshni fakultet professori yoki dekani ekanini bilmay qolar edingiz. Man uchun bu oddiy xolat boʻlgan, toki boshqa universitetda alohida xona tashkil etilganini koʻrmagunimcha. Mayli, u alohida hikoya.

Bir kuni tushlik qilgani kirsam, ikki professor-oʻqituvchi suhbatlarini eshitdim. Mavzu: Mardikorlik qilayotgan talabar uchun tizim qilib, domlalar ehtiyoji boʻlsa ular murojaat qila olishi.

Kursdoshlarimdan baʼzilar mardikorlik qilishini eshitganim uchun mavzu qizziq boʻldi. Mijoz kutib sovuqda turganidan koʻra tizimdan ish topish juda zoʻr gʻoya. Keyin domlalar uyida ishonchli odam ishlatadi va vazifalar yelgilroq boʻladi.

Ammo, suhbatdosh domlalar bu gʻoyani maʼqullashmadi. Sababi, agar biror bitta domla talaba haqqini suisteʼmol qilsa, masalan tekinga ishlatsa, domla-talaba udumiga putur yetadi. Poraxoʻrlik usuli (instrumental)ga aylanib qolishi mumkin.

Talaba uchun mardikorlik juda zoʻr ish. Hayotga orgatadi. Jismoniy mehnat qiyinroq ekanini his qilib, ilm olishga gayrati oshadi. Ertaga ishsiz qolganida ham qiynalmaydi. Yigit kishiga 40 xunar oz ekanini oʻrganadigan joy.

Oʻylab qarasam, 20 yil oldin hayot ancha sodda boʻlgan ekan. Ishingizga va kasbingizga baraka bersin.

@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rust

IT direktorlar (CTO) hamjamiyatida Rust tili haqida muhokama ketvotti. Ko`pchilik uchun noma'lum bo`lgan til. Lekin..

1. Ma'lumki tillarning bobosi Assembler bo`ladi. 1 va 0 lar tilini soddalashtirish uchun Assembler tili o`ylab topilgan edi.

2. C tili esa Assembler tilini soddalashtirish va qulaylashtirish uchun ishlab chiqilgan.

3. Rust o`z o`rnida C ni mukammallashtirish ustiga qurilgan. Lekin quyi til holatini saqlab qolgan.

Rust qilida yozadigan mutaxassislar kam. Chunki bu tilda ishlay olish uchun "kompyuter bilan sansirab gaplasha olish" kerak. Kompyuterning ichki kechinmalari, kayfiyatini yaxshi xis qilish kerak.

Rustchi (rashqchi emas) hamkasblarga yuborib qo`yamiz.

Sizni izlayotganlar ko`p ekan. (19.04.2024)

@DrAlgorithm