Dr. Algorithm
3.06K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Tugmalar (Keyboard)

Bugun biroz lirik chekinish qilaman.

Keyboard ni dodasini topdim. Suv oʻtmidi, tekshirilgan. Yonmasa ham kerak.

Agar qiziqqanlar boʻlsa, joylashgan joyini (location) tashlab beraman.

https://t.me/DrAlgorithm/463
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Email

Email haqida yozganimdan keyin ko`pchilik manga "Email nima uchun kerak?" degan savollar berishdi. Albatta, bizning madaniyatdan chiqishga ulgurgan va eskirgan texnologiyaga o`xshaydi. Keling shu haqida gapirib bersam.

Email uchun ko`pchilik jamoat saytlarini ishlatishadi, masalan gmail.com, mail.ru, yahoo.com, outlook.com, yandex.uz, yandex.ru va boshqalar. Email elektron xatlar uchun ishlatiladi. Shaxsiy va korxona uchun turlari mavjud.


davomi keyingi postda..

https://t.me/DrAlgorithm/467
Email

Email haqida yozganimdan keyin ko`pchilik manga "Email nima uchun kerak?" degan savollar berishdi. Albatta, bizning madaniyatdan chiqishga ulgurgan va eskirgan texnologiyaga o`xshaydi. Keling shu haqida gapirib bersam.

Email uchun ko`pchilik jamoat saytlarini ishlatishadi, masalan gmail.com, mail.ru, yahoo.com, outlook.com, yandex.uz, yandex.ru va boshqalar. Email elektron xatlar uchun ishlatiladi. Shaxsiy va korxona uchun turlari mavjud.

Shaxsiy foydalanish uchun ochiq email xizmatlaridan foydalansangiz bo`ladi. Faqat asosiy email'ni ochishda, uning qo`shimcha imkoniyatlarini ham qarab chiqing. Qanday qo`shimcha qiymatlar bor?

1. Spam filter - juda muhim narsa. Sizga bekorchi emaillar kelmasligini ta'minlaydi. Ko`p korxonalar o`zlari uchun email server ko`ratishadi. Ammo Spam filter bo`lmagani uchun ortiqcha (minglab) xatlar orasidan keragini topishga qiynalishadi.

2. Alias - bitta email qutida birnecha manzildan xabarlarni qabul qilish. Bu korxona uchun ochilganida yaxshi ish beradi. Mison uchun men saidolim@yordam.uz ishlataman deylik. Bu emailga men saidolim.djuraev@yordam.uz, sd@yordam.uz kabi nomlarni ham ulay olaman. Buning foydalari ko`p, o`zim ishlatadiganlarimdan biri ijtimoiy tarmoqlarda sd@yordam.uz bilan ro`yxatdan o`taman. Shunga kelgan xatlarni qaysi Alias ga kelgani bilan saralab ola olaman.

3. Filter - saralash. Ko`p vaqt email bilan ishlataningizdan keyin, sizning loyihalaringiz, uy yumushlaringiz, maktab va ta'lim kabi turli sohadagi turli joylardan xatlar kelishni boshlaydi. Masalan, manda farzandlarim maktablaridan keladigan emaillarni Filter qilib, alohida papkaga saralab qo`yganman. Agar aynan maktabga aloqador narsalarni ko`rib chiqishim kerak bo`lsa, maktab nomli papkani ochaman va faqat maktanga doir xatlarni ko`ra olaman. Huddi shunday ijtimoiy tarmoq, MyGov va Soliq kabi papkalarni ham yasab qo`yish mumkin.

4. Vaqtinchalik email - ba'zida dasturingizni yasashda email manzil bilan test qilishingiz kerak bo`ladi. Iloji bo`lsa doim har xil email manzili bo`lishi kerak. Lekin barcha xatlar sizning manzilingizga kelishi kerak. Shugna siz qo`shimcha "vaqtinchalik" emali yasab, ishlatishingiz mumkin. MailRu buni Anonimayzer deydi.

5. Avto-xabar - siz ta'tilga chiqdingiz. Endi 1 hafta xatlaringizni tekshira olmaysiz. Ammo barcha hamkorlarga buni aytish qiyin. Shunda siz avto-xabarni yoqib qo`ysangiz bo`ladi. Sizga kimdur xat yuborsa, avtomat ravishda "Uzr okajon, men dushanbagacha ta'tilda bo`laman. Dushanba soat 9:00 dan keyin maktublaringizni ko`ra olaman", -degan mazmunda maktub ketadi.
Buning qulay tomoni, sizga xat yozgan odam agar ishi zaril bo`lsa, boshqa odam orqali ishini bitiradi.

6. Rejalashtirilgan maktub - siz ustozsiz. Har bir o`quvchingizga uning nazorat ishidan olgan bahosi va izohlaringizni yozib chiqmoqdasiz. Lekin barcha maktublar Dushanba kuni soat 8:30 da yuborilishi kerak. Buning imkoni bor. Telegramdan avval bor edi :)
Xat yuborish vaqtida "kechiktirib yuborish"ni tanlaysiz va sana/vaqt ni belgilaysiz. Saqlangan xat siz aytgan vaqtda yuboriladi.

7. Kechiktirilgan maktub - ma'lumki email yuborilganidan keyin qaytarib yoki o`chirib bo`lmaydi. (Telegramda sizda ham oldin xabar yozib, keyin o`chirib tashlaydigan o`rtoqlaringiz bormi?) Yuborib bo`lib esa, xato qilganingizni yoki file ni yuklamaganingizni bilib qolasiz. Yana bir maktub yasab, qolib ketgan matn va file larni yuborish kerak bo`ladi.
Kechiktirish esa, siz sozlashlar orqali 10-15 soniyaga xatni ketishini kechiktirasiz. Yuborishingiz bilan biror xatosi sezsangiz, darxol oxirgi xabarni bekor qilib, kerakli narsalar bilan to`ldirib, keyin yuborsangiz bo`ladi. Manda bu ko`p bo`lib turadi. Rosa yordam beradigan narsa.

Bonus: File saqlash imkoniyati - kompyuter doim ham yoningizda bo`lmasligi mumkin, shu sababli ko`pchilik ishchi fayllarini emailda saqlashadi. Ammo Google Drive va Cloud Mail kabi file saqlash imkoniyati ham bor.

https://t.me/DrAlgorithm/468
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dastur ishlab chiqishda ishlatiladigan tizimlar

Hozirda dasturlash tillarini oʻrganishga qiziqish ortgan. Foundation'dan tortib PM boʻlishgacha turli mavzularda suhbatlar boʻlib oʻtmoqda.

- Men dasturlashni oʻrgandim. ABC tilini yaxshi bilaman. Oʻzimni Jun/Mid/Sen hisoblayman, - deydiganlar ko'p.

Lekin amaliyotga kelganida, ishlab ketish uchun yana yarim yil ish oʻrganishi kerak boʻlmoqda.

Endi oʻzingizga savol bering: Nima uchun

Shu va boshqa sizni qiynayotgan savollarning javobini Angliyaning Moneff korxonasida, IT direktor (CTO) bo'lib ishlab yurgan hamyurtimiz Saidolim Djurayevdan eshitasiz.

GITA dasturchilar akademiyasining youtube kanalida "Dastur ishlab chiqishda ishlatiladigan tizimlar" nomi webinar bo'ladi.

📅 Sana: 9 mart
Vaqt: 20:00

👉 Webinarda qatnashish uchun havola @gitauz - kanaliga joylanadi.

Telegram | You tube | Instagram
Texkor xabar yuborish - Messenger

[1-qism]

Korxonada biror tizim ishga tushishidan oldin xabarlashib turish uchun aloqa kelishib olinadi. Hamma korxonada har xil. Qo`ng`iroq qilish, SMS yozish yoki Telegramga o`xshash dasturlardan foydalanish.

Endi o`ylab ko`ring. Agar Telegram sizning shaxsiy hayotingizda faol bo`lsa, faqat korxona uchun nima qilsa bo`ladi?

1. Alohida telefon raqam olib, uni korxona telegramiga ulash.
2. Umuman boshqa dasturdan foydalanish.

Huddi, ko`pchilik uchun LinkedIn mutaxassislik (professional) tomondan ijtimoiy tarmoq bo`lgani kabi, tezkor aloqa uchun ham ko`pchilik korxonalar ishlatadigan dastur, Slack bor. Discord bor.

Birinchi marta Slack haqida eshitganimda (2017 yillar) manga g`alati tuyulgan edi. Telegram bor-ku deb. Keyin korxonada Slackga o`tishga kerak bo`lgani (2022 yil)da ham shunday bo`lgan. Keyin o`ylab qarasam, Xato qilgan ekanman.

Slack nimasi bilan korxonalar uchun bo`ladi?

1. Slack’da barcha ma’lumotlar korxona hisobida bo`ladi.
2. Guruhlar korxona ichida Ochiq va Yopiq bo`lishi mumkin. Ochiq bu hamma a’zo bo`la oladi. Yopiq esa faqat chaqirilganlar ko`ra oladi.
3. Xar bir xabarga javob berish mumkin. Huddi hozirgi Telegram kanallarda xabar tagida izoh berish mumkin bo`lganidek. Bu narsa Telegramda chiqqaniga ko`p bo`lmadi. Slackda asoslaridan biri.
4. Bitta xabarga birnecha rasmcha (icon, smile) qo`yish mumkin. Bu Telegram premiumda bor.

https://t.me/DrAlgorithm/472
Texkor xabar yuborish - Messenger

[2-qism]

End keling imkoniyatdan mantiqqa o`tamiz.

Yuqorida keltirilgan imkoniyatlar oddiy xayotda ishlatilmasligi mumkin. Shunday ekan, nima uchun korxonalar va odamlar Slack kabi dasturlardan foydalanadi?

1️⃣ -xolat. Faraz qilamiz. Sizda yaxshi bir sotuvchi xodim bor edi. Barcha mijozlaringiz bilan aloqani yaxshi ushlagan, telegramga viloyat kesimida guruhlar ochgan va nima yanglik bo`lsa, ular bilan tez gaplashib turardi. Buni hammasini u siz uchun qilib bergan edi. Bir kun kelib (oradan 2 yil o`tib) sizdan ketib qoldi. Oxirgi oyligini ham olmadi. Keyin birdan aloqani uzdi. Chunki u korxonada ishlash uchun alohida telefon raqam olgan edi va u endi o`chiq.
Tasavvur qiling, barcha guruhlar endi yo`q. Yoki hammasi sizning eski xodimingizda.
Sizning biznesingiz to`xtadi. Yangi va ishlab turgan mijozlari (mijozlaringiz) bor bo`lgan raqobatchi korxona paydo bo`ldi. Nima qilasiz?

Slack kabi dasturlarda barcha guruhlar, yozishmalar hammasi korxona hisobida qoladi. Xodimlar almashaveradi, guruh joyida turadi.
Xatto biror xodim, boshqasi bilan shaxsiy guruh ochib olib, gaplashgan bo`lsa ham, korxona bu xabarlarni o`qiy oladi.

2️⃣-xolat. Guruhda xodimlar AT muammolarni yozadigan guruh ochdingiz. (AT support). Kompyuter ishlami qoldi, internet uzilib qoldi kabi hamma xabar shu yerda.
Endi tasavvur qiling, har bir odam o`zini muammosini yozishni boshladi. Xabarlar kelib yotibdi, AT xodimingiz bittasiga javob beradi, tushunmasa, yana davomida tushuntiradi. Orada savollar qolib ketadi. Ketini topish qiyin. Yoki Service desk sotib olasiz, yoki boshqa yo`lini qidirasiz.
Yechimi esa oddiy. Guguhda har bir muammo uchun bitta xabar qoldirishga kelishib olasiz. AT xodimi esa, har bir xabaring izoh (yoki javob berish, thread) qismida javob beradi. Shunga biror xabarni ko`rsangiz, ichiga kirasi va hamma muhokamalar ichki qismda bo`ladi.

3️⃣-xolat. Sizda xabarlar kelgan. Ba’zilar yangi, ba’zilarini hali hal qilib ulgurmadingiz, yana bir qismi esa hal etilgan. Izoh qismia javob bergandiz. Lekin yana adashish ko`p. Nima qilamiz?
Shu vaqt bizga suyukli rasmcha (icon, smaylik) :smile as qotadi.

O`tirib kelishib olasiz:
👀 ko`z rasmi - ko`rdim, shug`ullanib javob yozaman
👍 bosh barmoq - ko`rdim, shug`ullanishayotgan ekan
yashil qabul - ish hal etildi.

va boshqalar. Buning osonligi. AT xodimi ish vaqti tugab, keyingisi ishni boshlasa ham, bir ko`z yugurtirib chiqib, aniqlay oladi. nechtasi hali yopilmadi, nechtasi yangi. "Yashil qabul" larni tashlab o`tsa bo`ladi. "Ko`z rasmi" larni oldinroq hal qilish yaxshi, kutib qolishgan. va xokazo.

Bu aytib o`tganlarim faqat oddiy xabarlashish haqida edi.

Tizim ishlamay qolganida xabar kelishi. Task manager, yoki email ni ulab qo`yish. Har bir xolat o`zgarganida, yoki sizga kerakli filter ishlaganida sizga xabar keladi. Shunga o`xshash Bildirishnoma (Notification), Kuzatuv (Monitoring), Huquqlarni boshqarish (Access management) va boshqalar ham bor.

Qisqa yozgim keladi, ammo o`xshamaydi. O`qigan vaqtingizga rozi bo`lasila.

https://t.me/DrAlgorithm/473
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon muborak!

Alloh barchamizga Ramazonni barakotli, amallarimizni solih, ibodatlarimizni qabul qilsin!

Ramazonning birinchi kuni muborak!

https://t.me/DrAlgorithm/477
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda bir odam bilan gaplashib qoldim...

Oradan 2-3 soat o`tib, boshqa bir kanalda post chiqdi va o`qiganimda manga yoqdi. https://telegra.ph/MEN--TROLL-03-11. O`qib ko`ring, yaxshi yozilgan.

AT xohasiga kirmoqchi bo`lganlar, o`zining qiziqishini va qanoatini bilishi kerak. Shunga qarab reja qilishi kerak.

Boshida nima sohada ishlasa, kelajakda ham shu soha unga hamroh bo`ladi. Umuman aloqasi yo`q sohaga o`tib ketish qiyin bo`ladi, - deb o`ylayman.

Vaqt bo`lsa, o`qib ko`ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM