Dr. Algorithm
3.06K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Dr. Algorithm
Bu savolni yechimini izlab ko`rib, man o`ylamagan narsalarni ko`rdim. Biz bitta qolibda ishlashga, uning yordamida hisoblashlarga o`rganib qolganmiz.

Masalan, 4235*5=? berilsa, darrov ustun qilib ishlashga o`tib ketamiz. Aslida kamida 2 ta boshqa usul bor buni ishlashga.

2 sinf o`quvchisi uchun usul:
4235*5=?
4...*5=20...
2..*5= 10..
3.*5= 15.
5*5= 25
------------
=21175

Yana bir usul esa:
4235*5 = 42350/2 = 21175
* son oxiriga 0 qo`yamiz va 2 ga bo`lamiz.
* har bir raqamni chapdan, o`gga bo`lib ketamiz


Shunga o`xshab, bu masalani yechishda ham 200 dam ko`p kvadrat bor ekanini o`ylab ko`ring. man boshida uncha ko`p deb o`ylamagan edim. Aslida ko`p ekan :)

Bir urinib ko`ringchi, nechta topa olasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MohirDev.uz
Loyiha muvaffaqiyatga erishish uchun eng muhimi qaysi biri deb o'ylaysiz?

- Yaxshi mutaxassis?
- Yaxshi boshqaruvchi?
- Yaxshi loyiha?
- Yaxshi resurs?

Yuqoridagilar ham loyiha uchun muhim narsalar hisoblanadi. Lekin shaxsan men uchun yana ham muhimroq bo'lgan "menejment"dir.

Menejmentsiz ishlash juda ko'p noqulayliklarga, muammolarga olib keladi.
Biz ishxonamizda Agiledan foydalanamiz. Vazifalarni jamoa a'zolariga taqsimlash va statuslarini bilib turish uchun ClickUpdan foydalanamiz.
Ishni kunlik meetupni o'tkazishdan boshlaymiz. Biz buni tikka turgan holda emas, "call" ko'rinishida o'tkazamiz. Jamoa a'zolari har kuni 3 ta savolga javob berishadi:
- kecha nima ish qildim?
- bugun nima ish qilaman?
- qanday muammolar bor?

Biror korxonaga ishga kirish uchun resume yuborayotganingizda o'sha kompaniyani o'rganing va ularda menejment bormi, qanaqa usullardan foydalanishini o'rganing. Agarda menejment yo'q bo'lsa yoki yaxshi bo'lmasa u kompaniyaga ishga kirishdan oldin juda yaxshilab o'ylab ko'rishni maslahat berardim.

©️ Sardor Dushamov
Toshkent haqida video ko`rib qoldim.

1966 yilda Toshkent qayta qurilganini bilasiz. O`sha vaqtda binolarga rasm solish juda rivojlangan ekan. Albatta mozayka shaklida rasm solish.

Yoshligimda, Sebzor domlarini ko`rganimda hayron bo`lar edim. Nima uchun podyezdga kirishda devor rasmi bor, lekin podyezd raqami yozilmagan. Son man uchun osonroq tuyular edi.
Lekin bu ataylab qilingan ekan. Har bir podyezd devori har xil tasvirda yasalgan ekan. Videoda bu haqida alohida aytib o`tilgan.

Islomda jonli narsalar rasmini solish mumkin emas. Lekin abstrakt shaklda devorni bezatilgan bo`lsa, ziyon qilmasa kerak. Bunga mani ilmim yetmidi.

Vaqtila bo`lsa, bir tomosha qilila.

Toshkent tarixi, madaniy merosini saqlab qolish haqida video ekan.
Yana bir qizziq tomoni, Toshkent shahrini Gennislar rekordi kitobiga kiritsa bo`larkan. Agar "quruvchilarimiz" buzib tashlashmasa :)

ТАШКЕНТ ЕДИНСТВЕННЫЙ ГОРОД В МИРЕ с рекордным числом советских мозаик! Монументальное искусство СССР

Video rus tilida.

URL: https://youtu.be/XcrePYZLB7c?si=dbb-2gKMOLQS3bQ8


https://t.me/DrAlgorithm/454
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi savol tashlasammikan yoki biror yechinimi qiyin boʻlganini javobini mi?
Forwarded from Ruslan Abdullayev
Post uzun bo'larov, hissiyotlarga berilmaymiz faqat faktlar bilan gaplashamiz.

O'quvchilarni shaxsan o'zim 4 ta toifaga bo'laman:
self-study (bor-1, yo'q-0) va matematika (biladi-1, bilmaydi-0)

1-1: Bu toifadagi o'quvchi "lyuboy" o'quv markazga lyuboy yo'nalishda kirsa tortib ketadi ya'ni HTML dan boshlab JAVA gacha bo'lsayam va aksincha JAVA dan HTML gayam o'rgana oladi. Bular odatda o'quv markazlariga kamda-kam holatda topshirishadi. Chunki shundog'am natijaga erishishadi.

1-0: Bu toifadagi o'quvchi bilimlarni tez o'zlashtiradi lekin mantiq qismida qiynaladi (asosan gumanitar fanlar o'qigan). Bunaqa o'quvchilarga shaxsan man o'zim C dan boshlab asosan mantiqiy masalalar ishlatishga harakat qilardim (C haqida pastroqda)

0-1: Bu toifadagi o'quvchi mantiq yaxshi lekin dangasa, bunaqalarni majburlab o'qitish kerak. Bu toifaga ham ko'proq masala ishlatish kerak va kitob o'qishni/video darslik ko'rishga majburlab boshqarib turish kerak.

0-0: Bu eng ko'p tarqalgan toifa va o'quv markazlarga asosan shu toifadagi o'quvchilar ko'p topshiradi. Chunki maktabda 11 yil hech qanday natija bo'lmadi, universitetda ham deyarli natija yo'q, shunga najot izlashadi.

O'quv markazlar bu - biznes. Demak 0-0 toifadagi o'quvchini qiziqtirish uchun odatda HTML dan boshlashadi ya'ni 3 oy davomida HTML/CSS/JS o'rgatishadi va ko'pchilik JS yiqiladi va tamom. Hozirda foundationda esa ko'pchilik C/Python o'rgatishadi (bu yaxshi)

Nega aynan foundationda C, python yoki PHP emas hatto HTML ham emas (qo'shimcha: C o'tilganda pointer/reference umuman o'tilmasligi kerak. Asosan chiqizli, tarmoqlanuvchi (if) va takrorlanuvchi qismlari (for, while). Umuman chuqurlashilmaydi)

Shaxsan o'zim nega C ni tanlashimning sababi:
1. C da o'zgaruvchi turi aniq ko'rsatiladi. Bu o'quvchida float/int/string nimaligini boshidanoq ajratishni o'rtadi
2. statically typed vs dynamic typing. dynamic typing (PHP va Python) - bu o'quvchida yolg'on tushuncha uyg'otadi ya'ni dasturlashda man xohlaganimni qilsam bo'larkan deb. Lekin aslida unaqa emas, dasturlash aniq qolip, chegaraga ega (buni js chilar yaxshi biladi let bilan var dagi muammolarni)
3. OOP vs functional programming. Pythonda hamma narsa obyekt, hatto int ham. Shuning uchun oddiy input/outputlarda pythonda oddiy ko'ringani bilan bola chalg'ib qoladi. Masalan a = int(input()). Nimaga int() bu ham o'zgaruvchi turi ham oddiy funksiya bo'lib kelishini tushuntirish ancha qiyin. PHP ga kelsa input/output asosan C bilan bir xil, hatto sal murakkabroq ham.
4. Fayllar bilan ishlashni ham C da tushuntirish osonroq ya'ni qanday ishlayapti va har bir file modelar haqida.

Va oxirgi xulosa:
1-1, 0-1 toifadagi o'quvchilardan 6, 9 yoki 12 oyda (o'quv markazlar reklama qilayotganidek) dasturchi chiqarish mumkin. Bularga PHP yoki Pythondan boshlab o'rgatsa bo'ladi. Shunda ancha tez va samarali natijaga erishadi.

1-0, 0-0 toifadagi o'quvchilar bilan kamida 2 yil ishlash kerak. Shuning dastlabki 1 yili C da faqat masala ishlash + self study ni rivojlantirish kerak. Bu qimmatga tushadi lekin buni hamma to'g'ri tushinishi kerak. Chunki bu toifadagi o'quvchilarga PHP va Pythonni o'rgatgan bilan oddiy SQL ga WHERE ni yozolmasa hech qanday web sayt ham qilolmaydi.
Shunaqasidan AyTi uchun ham tuzib chiqamizmi nima deysizlar?

Kimlarni ro'yxatga kiritgan bo'lardingiz?
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum.

Sardor og'aning takliflariga binoan so’rovnoma tashkil etayapmiz.
Bu so'rovnomadan maqsad O’zbek axborot texnologiyalari segmentidagi yetakchi mutaxassislarni aniqlash va ommaga e'lon qilish.

So’rovnomani to'ldirish uchun quyidagi havolaga o'ting.
https://forms.gle/qkDwmeM2MCzR1Hny5

@UzGeeksCommunity
Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu hafta bir tadbirda qatnashdim. CTO lar bilan.

Bir boshdan aytib beraman. CTO (Chief Technology Officer) bu korxonaning AT lariga javob beradigan odam. Texnika, dasturlash, hujjatlar va moliya hammasi uning mas'uliyatida.

Bir necha oy avval CTO Craft jamiyatiga qo`yilgan edim. U yerga faqat tekshirish (screening) orqali kiriladi. Sizning LinkedIn dagi sahifangiz, qanday loyihalar bilan shug`ullanganligingiz, hozir qayerda ishlayotganingiz muhim. Hozirda 8,000 atrofida a'zolari bor, ko`pchilik maqola yozadi, dars o`tadi (mentor) va boshqalar.

CTO Craft har oyda tadbir o`tkazadi. Tadbir turli shaharlarda bo`ladi. Londondagisi May oyiga rejalashtirilgan. Tadbir turlari ham ko`p. bu hafta Tanish bilish (Networking) tadbiri bo`ldi.

Tadbir 3 soat bo`ladi. 1-soat tanishuv (networking), 2-soatda tashkilotchilar tayyorlagan odam namoyishi (presentation) va 3-soat yana tanish bilish orttirish (networking). Tadbirda suv va ovqatlar bo`ladi. Bemalol kelib, biqinni qilib, gaplashsa bo`ladi. Faqat halolga ehtiyot bo`ling. (Lirik chekinish)

Tadbirga kechroq bordim. Yangi odamlar bilan tanishishga ulgurdim. Ko`pchilik (hamma so`zidan amallab kechish arafasidaman) hozir 100 kishilik katta CTO lar bilan ko`rishaman. O`zimni qanday tutishim kerak, mani ko`rsa, nima deb o`ylaydi. Deb havotir oladi. Aslida esa 5-6 kishilik guruhni boshqarayotgan, startup egasi bo`lgan odamlar bilan ko`rishasiz. Foydali tomonlari ko`p. Yangi loyihalar, kim nima bilan shug`ullanmoqda, sizning muammolaringizga yechim bo`ladigan loyihalar, sizning loyihangiz ularga foydali bo`lishi va xokazo.

Hullas, o`zimizda ham faqat oshga bormasdan, AT choyxonaga ham borib turaylik...

https://t.me/DrAlgorithm/462
Tugmalar (Keyboard)

Bugun biroz lirik chekinish qilaman.

Keyboard ni dodasini topdim. Suv oʻtmidi, tekshirilgan. Yonmasa ham kerak.

Agar qiziqqanlar boʻlsa, joylashgan joyini (location) tashlab beraman.

https://t.me/DrAlgorithm/463
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Email

Email haqida yozganimdan keyin ko`pchilik manga "Email nima uchun kerak?" degan savollar berishdi. Albatta, bizning madaniyatdan chiqishga ulgurgan va eskirgan texnologiyaga o`xshaydi. Keling shu haqida gapirib bersam.

Email uchun ko`pchilik jamoat saytlarini ishlatishadi, masalan gmail.com, mail.ru, yahoo.com, outlook.com, yandex.uz, yandex.ru va boshqalar. Email elektron xatlar uchun ishlatiladi. Shaxsiy va korxona uchun turlari mavjud.


davomi keyingi postda..

https://t.me/DrAlgorithm/467
Email

Email haqida yozganimdan keyin ko`pchilik manga "Email nima uchun kerak?" degan savollar berishdi. Albatta, bizning madaniyatdan chiqishga ulgurgan va eskirgan texnologiyaga o`xshaydi. Keling shu haqida gapirib bersam.

Email uchun ko`pchilik jamoat saytlarini ishlatishadi, masalan gmail.com, mail.ru, yahoo.com, outlook.com, yandex.uz, yandex.ru va boshqalar. Email elektron xatlar uchun ishlatiladi. Shaxsiy va korxona uchun turlari mavjud.

Shaxsiy foydalanish uchun ochiq email xizmatlaridan foydalansangiz bo`ladi. Faqat asosiy email'ni ochishda, uning qo`shimcha imkoniyatlarini ham qarab chiqing. Qanday qo`shimcha qiymatlar bor?

1. Spam filter - juda muhim narsa. Sizga bekorchi emaillar kelmasligini ta'minlaydi. Ko`p korxonalar o`zlari uchun email server ko`ratishadi. Ammo Spam filter bo`lmagani uchun ortiqcha (minglab) xatlar orasidan keragini topishga qiynalishadi.

2. Alias - bitta email qutida birnecha manzildan xabarlarni qabul qilish. Bu korxona uchun ochilganida yaxshi ish beradi. Mison uchun men saidolim@yordam.uz ishlataman deylik. Bu emailga men saidolim.djuraev@yordam.uz, sd@yordam.uz kabi nomlarni ham ulay olaman. Buning foydalari ko`p, o`zim ishlatadiganlarimdan biri ijtimoiy tarmoqlarda sd@yordam.uz bilan ro`yxatdan o`taman. Shunga kelgan xatlarni qaysi Alias ga kelgani bilan saralab ola olaman.

3. Filter - saralash. Ko`p vaqt email bilan ishlataningizdan keyin, sizning loyihalaringiz, uy yumushlaringiz, maktab va ta'lim kabi turli sohadagi turli joylardan xatlar kelishni boshlaydi. Masalan, manda farzandlarim maktablaridan keladigan emaillarni Filter qilib, alohida papkaga saralab qo`yganman. Agar aynan maktabga aloqador narsalarni ko`rib chiqishim kerak bo`lsa, maktab nomli papkani ochaman va faqat maktanga doir xatlarni ko`ra olaman. Huddi shunday ijtimoiy tarmoq, MyGov va Soliq kabi papkalarni ham yasab qo`yish mumkin.

4. Vaqtinchalik email - ba'zida dasturingizni yasashda email manzil bilan test qilishingiz kerak bo`ladi. Iloji bo`lsa doim har xil email manzili bo`lishi kerak. Lekin barcha xatlar sizning manzilingizga kelishi kerak. Shugna siz qo`shimcha "vaqtinchalik" emali yasab, ishlatishingiz mumkin. MailRu buni Anonimayzer deydi.

5. Avto-xabar - siz ta'tilga chiqdingiz. Endi 1 hafta xatlaringizni tekshira olmaysiz. Ammo barcha hamkorlarga buni aytish qiyin. Shunda siz avto-xabarni yoqib qo`ysangiz bo`ladi. Sizga kimdur xat yuborsa, avtomat ravishda "Uzr okajon, men dushanbagacha ta'tilda bo`laman. Dushanba soat 9:00 dan keyin maktublaringizni ko`ra olaman", -degan mazmunda maktub ketadi.
Buning qulay tomoni, sizga xat yozgan odam agar ishi zaril bo`lsa, boshqa odam orqali ishini bitiradi.

6. Rejalashtirilgan maktub - siz ustozsiz. Har bir o`quvchingizga uning nazorat ishidan olgan bahosi va izohlaringizni yozib chiqmoqdasiz. Lekin barcha maktublar Dushanba kuni soat 8:30 da yuborilishi kerak. Buning imkoni bor. Telegramdan avval bor edi :)
Xat yuborish vaqtida "kechiktirib yuborish"ni tanlaysiz va sana/vaqt ni belgilaysiz. Saqlangan xat siz aytgan vaqtda yuboriladi.

7. Kechiktirilgan maktub - ma'lumki email yuborilganidan keyin qaytarib yoki o`chirib bo`lmaydi. (Telegramda sizda ham oldin xabar yozib, keyin o`chirib tashlaydigan o`rtoqlaringiz bormi?) Yuborib bo`lib esa, xato qilganingizni yoki file ni yuklamaganingizni bilib qolasiz. Yana bir maktub yasab, qolib ketgan matn va file larni yuborish kerak bo`ladi.
Kechiktirish esa, siz sozlashlar orqali 10-15 soniyaga xatni ketishini kechiktirasiz. Yuborishingiz bilan biror xatosi sezsangiz, darxol oxirgi xabarni bekor qilib, kerakli narsalar bilan to`ldirib, keyin yuborsangiz bo`ladi. Manda bu ko`p bo`lib turadi. Rosa yordam beradigan narsa.

Bonus: File saqlash imkoniyati - kompyuter doim ham yoningizda bo`lmasligi mumkin, shu sababli ko`pchilik ishchi fayllarini emailda saqlashadi. Ammo Google Drive va Cloud Mail kabi file saqlash imkoniyati ham bor.

https://t.me/DrAlgorithm/468
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM