Dr. Algorithm
3.06K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poyezd

Omina Mubina bilan birga bolalar uchun kitob tayyorlashmoqda. Omina kitobdagi rasmlarni chizadi. Mubina ikkita bir xil rasm soʻraganida Omina bitta chizgan rasmini nusxaladi, ammo Mubinaga yuborishda boshqa farqli qoralamalarni ham aralashtirib yubordi. Mubinaga bir xil rasmlarni topishga yordam bera olasizmi?

Savol raqami: 40104

https://t.me/DrAlgorithm/390
Sartarosh

Kichik bir shaharcha markazidagi sartaroshxonada ikki sartarosh ishlaydi. Aholi soni kam boʻlgani uchun boshqa bir sartaroshxona topolmaysiz. Tasavvur qiling siz soch oldirishga kirdingiz. Soch turmagi chiroyli qilingan va oʻziga qarab olgan sartarosh mijozi bilan gaplashib, ishlamoqda. Divanda esa sochiga yaxshi eʼtibor qilmagan, mijozi yoʻq boʻlgani uchun telefon kovlab oʻtirgan sherigi oʻtiribdi.

Diqqat savol: siz kimga soch oldirgan boʻlar edingiz va nima uchun?

Savol raqami: 40106

https://t.me/DrAlgorithm/391
Dr. Algorithm
Antiqa sudoku Koʻpchilik uchun Sudoku oʻyini tanish. Uni 3,4,5 yulduzchalik qiyin boshqotirmalarini ham koʻp yechib koʻrgansiz. Keling endi rostakam qiyin Sudoku yechimini izlab koʻramiz.  Demak sizga 9x9 lik kvadrat berilgan. Ichida siniq chiziqlar bilan…
Assalomu alaykum azizlar!

Oʻtgan safar qiyinroq masala tayyorlab tashlaganimda hech kim javob yubormagan edi. Oʻylab qoldim, qiyinlik qildimi yoki erinishdimikan deb.

Hozir yana bitta savol tayyorladim. Biroz yengilroq. Urinib koʻring, qiyinlik qilsa savol soʻrang, bir-biringizga yoʻl yoʻriq ulashing. Natijaga chiqish osonlashar balki?

Dam olish kuningiz hayrli oʻtsin!

https://t.me/DrAlgorithm/392
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Etish esdan chiqibdi. Bu sitedan foydalanib Notebook yutib olsa ham bo`ladi.

https://itboom.uz/lotto/

Yo`li oson. Har bir yecha olgan masalangiz uchun sizga "Oltin chipta" beriladi. Shuni ishlatib son aytasiz. Agar soningiz eng kichik bo`lib chiqsa:
* 1,000,000 so`m
* yoki Notebook yutib olsangiz bo`ladi.

https://t.me/DrAlgorithm/395
Kub 5

Rasmda 5 oʻlchamli kub koʻrsatilgan. Keling ungagi kichik kub boʻlaklari sonini sanab koʻramiz. Koʻrinmayotgan kub boʻlagi bor deb hisoblaymiz.

Savol: Nechta kub boʻlagi olib tashlangan?

Savol raqami: 40109

https://t.me/DrAlgorithm/396
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ignabargli daraxtlar bogʻi.

Camp Conifer - dam olish uchun keng maydonli ajoyib bogʻ. Har bir dam oluvchi uchun soya salqin joylar mavjud boʻlib, jazirama issiqda ham vaqtni maroqli oʻtkazishadi. Bogʻning haritasiga qarasak, daraxtlar joylashuvini koʻramiz.

Har bir daraxt yonida chodir qurish kerak. Chodirni daraxtning yonida (tepasi, tagi, chap va oʻng tomonda) qurish mumkin. Faqat chodirlar yondosh qoʻshni boʻlishi mumkin emas, hatto diagonal tomondan ham.

Har bir satr va ustundagi raqamlar shu qator yoki ustunda nechta chodir boʻlishi kerak ekanligini koʻrsatadi.

Chodirlarni joylashtira olamizmi?

https://t.me/DrAlgorithm/400
Dr. Algorithm
Ignabargli daraxtlar bogʻi. Camp Conifer - dam olish uchun keng maydonli ajoyib bogʻ. Har bir dam oluvchi uchun soya salqin joylar mavjud boʻlib, jazirama issiqda ham vaqtni maroqli oʻtkazishadi. Bogʻning haritasiga qarasak, daraxtlar joylashuvini koʻramiz.…
Javoblarni yozish.

To`g`ri javobni izohlarda qoldirilgani uchun katta rahmat. Ko`pchilik to`g`ri javob yuborishdi.

Afsuski hamma uchun qizziq bo`lishi uchun sizning izohlaringizni o`chirdim. Buning uchun uzr so`rayman.

Agar javobingizni yuborish niyatingiz bo`lsa, sploiler qilib yashirin yuborsangiz, ham siz hotirjam bo`lasiz, ham keyingi odamlar uchun qizziqligi yo`qolmasdi.

Rahmat hammaga. Ochiq savollarimiz hali ko`p kanalda, javoblaringizni kutib qolamiz.

https://t.me/DrAlgorithm/401
Forwarded from Nodirxon C# Darslari (ELBEK)
8

8 yil oldin IELTS imtihonini topshirib, 8 ballni qo'lga kiritgan edim. Ko'pchilik aytishi mumkin, dasturchi uchun yuqori ball nima uchun kerak? - deb, lekin ingliz tilini kuchli bilish - siz uchun katta eshiklarni ochilishiga sabab bo'ladi. Masalan, hozirda Ustozim Hassan Habib bilan ishlayman va bir kunda kamida 3 soat video-uchrashuvda bo'lamiz. Jamoadoshlarim va o'zim uchun ham fikrimni to'g'ri va tushunarli yetkaza olishim ishni silliq kechishini ta'minlaydi.

Shuning uchun dasturlashni endi boshlayotgan do'stlarimizga Ingliz tilini kuchaytirishni maslahat beraman.

#ITalk #EnglishForIT

Telegram | YouTube | Linkedin
Oltiburchak oʻyini

Sodda masala bilan dam olish kunlariga yaqinlashib olamiz.

Dizayner Emmanuel oʻzining nevarasi uchun oʻyinchoq tayyorladi.
Oʻyin sharti oddiy. Oltiburchaklarni oʻrtadagi taxtaga qoʻyish kerak. Har bir oltiburchak qalin chiziqlar ichida boʻlishi, bir biri bilan bir xil sonlarda toʻqnashishi va aylantirilmasligi kerak.

Bitta urinishda (60 soniya) topa olamizmi?

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!

Savol raqami: 40119

https://t.me/DrAlgorithm/405
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!
Haftani yaxshi boshlab oldingizmi?

Kuningizni qizziq boshqotirma bilan boshlashga nima deysiz?
Miyyani zanglatib qoʻymaydigan ziyolilarga havas qilaman. Kuniga 200 bet kitob oʻqiydiganlarga ham.

Lekin, hech kim birdaniga maktab yoshiga yetib qolmaydi. Albatta, 7 yil yashab oʻtishi kerak. Demak hamma narsa qadamma-qadam. Kichik qadamlar bilan boʻladi. Faqat, esdan chiqarmang, doimiy qadamlar bilan.
Ahir siz yakshanba kuni toʻyib ovqatlanib olsam, keyin 1 hafta vaqtimni ovqatlanishga sarflamayman, - deb aytmaysizku. Shunday emasmi?

Koʻp gapirib yubordim-a?

Kuningiz xayrli oʻtsin!

https://t.me/DrAlgorithm/408
Burib ula

Mexanik mashinalar davrida shunga oʻxshash oʻyinlar boʻlar edi. Turli shakllarga ega doiralarni burish orqali izlarni bir-biriga ulash kerak edi.

Shunga oʻxshash oʻyin tayyorladik. Har bir doirani 90° dan burishingiz mumkin. Shunday qiling-ki, barcha boʻllamalar ulansin.

Yasab koʻrishingiz uchun yonida bitta boʻsh kataklar taxtasini ham berdik. Bemalol ishlashingiz uchun.

Agar yechim topilmasa, biroz dam olib. Qaytadan boshlang. Qayta boshlash (Restart) koʻpincha yordam beradi.

Savol raqami: 40122

https://t.me/DrAlgorithm/409