Dr. Algorithm
3.06K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Do`st kanallar

Telegram ajoyib imkoniyat chiqardi. Endi biror kanalga kirganingizda unga mos keladigan boshqa kanallarni ko`rish mumkin.

Kimdur shuni API orqali yig`ib bera oladimi? Kanal nomini (url) bersak. uning do`st kanallarini nomlarini (url) yig`ib bersa.

Bitta sitecha qilib qo`ysak bo`lardi keyin.

P.S. Botir Ziyatov aytganidek: "Start-up loyihaga g`oya".

https://t.me/DrAlgorithm/381
AT osh

Bugun ajoyib yigʻilish boʻldi. AT mutaxassislari offline koʻrishishdi. Suhbat juda mazmunli boʻldi. Vaqt oʻtganini sezmay qoldik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Musayev blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Baratov’s Blog
Kichik qadamlar

1. Bu blogni motivatsiya uchun o'qiyotgan bo'lsangiz, xato qilyapsiz. Motivatsiyani kanaldan olmoqchi bo'lganingiz uchun emas, tashqaridan olmoqchi bo'lganingiz uchun.

2. Tashqaridan kelgan motivatsiya 2 haftadan uzoqqa bormaydi. Bu ham bir narkotik. Inson o'rganib qolsa, faqat motivatsion videolar ko'rib, maqolalar o'qib, hech nima qilmaydigan sabzavotga aylanib qolishi mumkin.

3. Uzoq davom etuvchi motivatsiya ichkaridan chiqadi. Ichkaridan keladigan motivatsiyaning omili - kichik natijalar. Kichik natijalar kichik qadamlardan boshlanadi.

-Ishga joylashmoqchimisiz - 20 daqiqa ajratib, tuzukroq CV (rezyume) tuzing

-Til o'rganmoqchimisiz - bugunoq 10ta so'z yodlang

-Yangi kasb o'rganishda - qayerda o'qishni aniqlab olingda, birinchi bepul darsga yoziling.

-Biznes boshlamoqchimisiz - telefonni olib birinchi 5ta potensiali yuqori bo’lgan insonlardan maslahat oling.

-Blog yurgizmoqchimisiz - Kanalni oching va 1 qator bugun o'rgangan narsalaringizni yozing

-Ertalablari yugurmoqchimisiz - mahallani boshiga borib kelishdan boshlang.

-Namoz o'qimoqchimisiz - 5 daqiqa ajratib, tahorat olib, boshingni sajdaga bir pas qo'yib turing.

4. Shu blogni o'qib bo'lib birinchi kichik qadamni qo'ying. Natijagacha olib boring. Ichkaridan motivatsiyani oling, uzoqga boradigani shu.

Uning kuchi bilan esa keyingi sal kattaroq qadamni qo'yasiz. Shu tariqa motivatsiyaga muxtoj bo'lmaydigan darajagacha davom eting.

Kelayotgan oyning 1-kunini, dushanba, yoki (eng yomoni) yangi yilni kutmang. Bo'lmasam umringiz kutish bilan o'tib ketaveradi jigar.

@baratovs_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poyezd

Omina Mubina bilan birga bolalar uchun kitob tayyorlashmoqda. Omina kitobdagi rasmlarni chizadi. Mubina ikkita bir xil rasm soʻraganida Omina bitta chizgan rasmini nusxaladi, ammo Mubinaga yuborishda boshqa farqli qoralamalarni ham aralashtirib yubordi. Mubinaga bir xil rasmlarni topishga yordam bera olasizmi?

Savol raqami: 40104

https://t.me/DrAlgorithm/390
Sartarosh

Kichik bir shaharcha markazidagi sartaroshxonada ikki sartarosh ishlaydi. Aholi soni kam boʻlgani uchun boshqa bir sartaroshxona topolmaysiz. Tasavvur qiling siz soch oldirishga kirdingiz. Soch turmagi chiroyli qilingan va oʻziga qarab olgan sartarosh mijozi bilan gaplashib, ishlamoqda. Divanda esa sochiga yaxshi eʼtibor qilmagan, mijozi yoʻq boʻlgani uchun telefon kovlab oʻtirgan sherigi oʻtiribdi.

Diqqat savol: siz kimga soch oldirgan boʻlar edingiz va nima uchun?

Savol raqami: 40106

https://t.me/DrAlgorithm/391
Dr. Algorithm
Antiqa sudoku Koʻpchilik uchun Sudoku oʻyini tanish. Uni 3,4,5 yulduzchalik qiyin boshqotirmalarini ham koʻp yechib koʻrgansiz. Keling endi rostakam qiyin Sudoku yechimini izlab koʻramiz.  Demak sizga 9x9 lik kvadrat berilgan. Ichida siniq chiziqlar bilan…
Assalomu alaykum azizlar!

Oʻtgan safar qiyinroq masala tayyorlab tashlaganimda hech kim javob yubormagan edi. Oʻylab qoldim, qiyinlik qildimi yoki erinishdimikan deb.

Hozir yana bitta savol tayyorladim. Biroz yengilroq. Urinib koʻring, qiyinlik qilsa savol soʻrang, bir-biringizga yoʻl yoʻriq ulashing. Natijaga chiqish osonlashar balki?

Dam olish kuningiz hayrli oʻtsin!

https://t.me/DrAlgorithm/392
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Etish esdan chiqibdi. Bu sitedan foydalanib Notebook yutib olsa ham bo`ladi.

https://itboom.uz/lotto/

Yo`li oson. Har bir yecha olgan masalangiz uchun sizga "Oltin chipta" beriladi. Shuni ishlatib son aytasiz. Agar soningiz eng kichik bo`lib chiqsa:
* 1,000,000 so`m
* yoki Notebook yutib olsangiz bo`ladi.

https://t.me/DrAlgorithm/395
Kub 5

Rasmda 5 oʻlchamli kub koʻrsatilgan. Keling ungagi kichik kub boʻlaklari sonini sanab koʻramiz. Koʻrinmayotgan kub boʻlagi bor deb hisoblaymiz.

Savol: Nechta kub boʻlagi olib tashlangan?

Savol raqami: 40109

https://t.me/DrAlgorithm/396
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dr. Algorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ignabargli daraxtlar bogʻi.

Camp Conifer - dam olish uchun keng maydonli ajoyib bogʻ. Har bir dam oluvchi uchun soya salqin joylar mavjud boʻlib, jazirama issiqda ham vaqtni maroqli oʻtkazishadi. Bogʻning haritasiga qarasak, daraxtlar joylashuvini koʻramiz.

Har bir daraxt yonida chodir qurish kerak. Chodirni daraxtning yonida (tepasi, tagi, chap va oʻng tomonda) qurish mumkin. Faqat chodirlar yondosh qoʻshni boʻlishi mumkin emas, hatto diagonal tomondan ham.

Har bir satr va ustundagi raqamlar shu qator yoki ustunda nechta chodir boʻlishi kerak ekanligini koʻrsatadi.

Chodirlarni joylashtira olamizmi?

https://t.me/DrAlgorithm/400