Dr. Algorithm
3.05K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
2023 yil qaysi dasturlash tilini o'rganish kerak?

17 yoshdan kattalar uchun tavsiyalar beramiz.

Maqsad tezroq, eng qisqa muddatda dasturchi bo'lib ish boshlash.

Dasturlashda qanday yo'nalishlar bor?

1) Tizimli dasturlash (C, C++)
2) Desktop (C#, QT)
3) Web
3.1) Frontend (Javascript, TypeScript)
3.2) Backend (Java, C#, PHP, Javascript, Python, GoLang)
4) Mobile (Android, iOs, Java, Kotlin, Flutter)
5) Game Dev (C#, Unity, [C++, unreal engine])
6) Data Science

👉 @QudratAbdurahimov kanaliga a'zo bo'ling

P.S. Dasturlashga qiziquvchi do'stlarga ham ulashamiz

https://www.youtube.com/watch?v=P-0pgGZip7M
👍3
Forwarded from Osmondagi bolalar
Oʻzbek tilida sun’iy intellekt asoschisi, Google’dan $100,000 grant yutgan professor bilan suhbat

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi mehmoni, Yeungnam universtiteti axborot texnologiyalari muhandisi PhD olimi, «Mohirdev »platformasi hamda Mohir AI asoschisi, «Universiti Sains Islam Malaysia» oliygohi professori va «Pythonda dasturlash asoslari» kitobi muallifi Anvar Nazrulloh bo'ldi.

🎯 Bu galgi sonda sun'iy intellekt, Malayziyadagi hayot, ChatGPT va mualliflik huquqi, dasturlash sohasidagi yoshlarga tavfsiyalar, Mohir AI hamda odamlar nega AyTi sohasidan foydalanishi kerakligi haqida o'zingiz uchun kerakli ma'lumotlarni olasiz degan umiddamiz.

🛎 Premyerani hoziroq tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/qDo6lkkPkMI
Bugun Micromouse haqida ko`rib qoldim. Manga juda yoqdi. Bizda ham shunday tadbirlarni tashkillashtirsak bo`lar ekan.

Eng qizzig`i, yoshlarimiz uyda o`tirib, robotni cloud da yasashlari mumkin ekan. Huddi git ga o`xshash, guruh bo`lib ishlasa ham bo`lar ekan.

Man uchun katta yangilik bo`ldi, sizga ham ulashishni afzal ko`rdim.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=ZMQbHMgK2rw

Reklama emas, farzandlarimizni qiziqtirish uchun yana bir boshqotirma!

🔊 https://t.me/DrAlgorithm/302
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆒42
Forwarded from Nodizayn
Mashhur kompaniyalarda ishlayotgan Ex-Super Dispatch’chilar safi yana bittaga ko’paydi. Diyorbek Pinterestga UX Engineer vazifasiga qabul qilinibdi.

Super Dispatchda ishlaganlar hozir quyidagi katta kompaniyalarda ishlashmoqda:
- Uber
- Amazon
- Spotify
- Booking
- Volvo Cars
- Pinterest

Aytgancha, Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Engineering Manager
- Senior Backend Engineer (Python)
- Senior Frontend Engineer
- Senior QA Engineer

Faqat Senior va undan yuqori darajadagi nomzodlar ko’riladi. Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va minnatdorlik, yaxshi mutaxassislarni taklif qilganlarga esa alohida “referral fee” beriladi.

Mahsulot va foydalanuvchilarga yaqinroq ishlashni, AQShdagi yuk tashish sanoatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishni xohlovchilar uchun juda yaxshi imkoniyat.

@nodizayn #superdispatch #hiringalert
Forwarded from Alisher Tojiyev
Assalomu alaykum! Azizlar Qashqadaryo viloyatida AyTi yo'nalishidagi ustozlar uchun o'quv dasturi tashkil qilmoqdamiz. Bu dasturdan maqsad ustoz-mentorlarni tayyorlashdir. 3 kun davom etadigan bu mashg'ulotga xalqaro RoboticsWare'dan mutaxassislar chaqirganmiz.

Yana bir sovg'acha bor, yaxshi natija bilan bitirganlarga robototexnika + lego jamlanmasi beramiz. O'qish jarayonlari Iqtidor AyTi maktabida tashkillashtiriladi.

Ha aytgancha, o'qish mutlaqo bepul! Duo qilib qo'ysangiz bo'ldi.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havolaga bosing:
👉 https://forms.gle/QXAjT9pQ2NqmW8rx9
👍1
Forwarded from Azim Pulat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CS50xTashkent 2023 ⚡️

Dasturlashga kirish niyatida bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyat: Garvard universitetining CS50x kursi O'zbekistonda (o'zbek tilida).

Tajribali dasturchilar ko'magida dasturlashga ilk qadamingizni qo'ying - yanada rivojlantiring. 1 oylik intensiv kursda ishtirok etish bepul va oddiy:

- Nega dasturchi bo'lmoqchiman?

mavzusida qisqa video tayyorlang va #CS50UZ hashtagi bilan ijtimoiy tarmoqqa (youtube/instagram/tiktok) yuklang.

TOP 100 video mualliflarini kursda qatnashish uchun taklif qilamiz. Oltinga teng bilim, unutilmas xotira va ajoyib do'stlar ortirish imkoniyatini boy bermang.

🗓️ Muddat: 5-iyul, 2023
👍2
Barakalla Darkhonbek!

G’oya g’oyat go’zal!

O’zining qimmatli vaqtini ukasining ilm olishiga sarflamoqda. G’oya menga juda yoqdi. Eng asosiysi oqibat! Ukasi uchun harajat qilmoqda. Bu hozirgi kunda kam topiladigan narsa bo’lib ulgurdi.

Hullas, kimda Frontend guruh bor? Darkhonbek bilan gaplashsangiz, ukasini siz intershipga olas, sizga esa Mobil dasturlash bo’yicha maslahat berib boriladi.

Sizga Mobile app maslahatchisi 10x baravar arzonga tushvotti.

Qoil!

https://t.me/DrAlgorithm/307
👍7
Forwarded from Alisher Makhmudov
c#, .net, #programming, #html, #css, #js, #vacancy

.NET C# + ASP.NET MVC, HTML, CSS, JavaScript, DB, MySQL tehnologiyalarini biladigan odamga vancancy e'lon qilgandik. "Juniorlar uchun emas" - degan yeri ham bor...



Eng qizig'i endi boshlanadi:


- topshirayotkan odamlar resumeni .pdf shaklda berishayabti (pdf Karl, fullstack developer, mayli middle, mayli junior bo'lsa ham, jonivor online u yer bu yerga qo'yib, bilimingni ko'rsatib, maqtanib g'oz bo'lib link tashlamaysizmi, boshqa candidatlarni oldida shundoqqina bir pog'ona ustun bo'lib chiqmaysanmi :-)?)

- faylning nomlanishi "ism_familiya.pdf", "ism_familiya-resume.pdf", "ism_familiya-resume-(2).pdf"

- ingliz, tus tilini bilish kk deyilgan, resumeni ichida rus tilini bilaman degan yeri yo'q...


Savol va mulohazalar:


- man tushunmayman, hozirgi yoshlar shunchaki soddami ili ahamiyatsizmi?

- kurslarni bitirib chiqishgan ko'plari, ustozlari shu ishga kirishda, faqat katta pul so'ragin deb o'rgatkanmi?

- resumeni taqdim qilish, muomala madaniyati, mayda detallarga ahamiyat qilish kabi muhim jihatlarni kimdur o'rgatadimi...?

- habarlardan shunday turga mansublari ham bor: "aka ish bo'yicha bezovta qilayotkandim"... ho'sh, habarni davomi qani, bezovta qilayotkaning ma'lum, dalshe chto...? ukajonim tars tars kerakli ma'lumotni taqdim qil, "akajon quyida ma'lumotlarnimni taqdim qildim, ma'qul bo'lsam suhbatga, keyinchalik sizni jamoada ishlash imkoniyatini qo'lga kiritsam faqat hursand bo'laman" - degin olam guliston...

- shu kabi kamchiliklar kamroq bo'lishi uchun, juniorlar uchun emas degandik...

P.S.
bu postni kimdurni kamsitish yoki ayibini oshkor qilish maqsadida emas, shunchaki shu turdagi hatolarni qilmasliklari uchun, kimgadur foydali bo'ladi degan umidda yozib qo'ydim, kamchiliklarni keyinchalik balkim to'ldirib borarman...
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Keyingi o’rganishingiz kerak bo’lgan dasturlash tili

2020chi yili Discord jamoasi Go tilida yozilgan bir servisini Rustda yozib chiqishgani haqida va bu ularga tezlik va resurslar tarafdan juda katta foyda olib kelgani haqida yozishgan ekan: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust. Bu postda yozilganki Goda kamida har 2 minutda avtomatik tarzda bajariladigan “Garbage Collection” operatsiyasi (yani ishlatilmayotgan obyektlarni hotiradan tozalash) millionlab odamlar ishlatadigan servisning tezligiga salbiy tasir qilayotgan ekan. Rustda esa garbage collection yo’q. Rust endi keraksiz bo’lgan obyektlardan qutulishni boshqa usulda yechgan (ownership deyiladi). Shu sababli Discordning bu servisining Rustda yozilgan varianti tezlikni ancha oshirib yuborgan. Undan tashqari CPU kabi resurlar ham kamroq ishlatilishni boshlagan. Bu degani resurslar uchun kamroq $ ishlatiladi degani.

Yaqinda esa Microsoft ham Windowsning asosiy qismlarini Rustda qayta yozib chiqishni boshlashgani haqida yozishgan: https://www.theregister.com/2023/04/27/microsoft_windows_rust/. Windows kabi sistemalar asosan C va C++da yoziladi. Lekin bu tillarda xotiraga aloqasi bo’lgan “bug”lar yani xatoliklar chiqish ehtimoli juda katta. Chunki xotirani dasturchilar boshqaradi. Rustda esa bunday muammo yo’q. Tepada aytib o’tganimizdek Rust xotiraga umuman boshqacha usulda yondashgan. Natijada xotiraga aloqasi bor buglar chiqishi deyarli mumkin emas. Microsoft Azure CTOsi Mark Russinovich yangi loyihalar C/C++ da emas Rustda yolishi kerak deb e’lon qilgan xatto.

Huddi shu sababga ko’ra, Google ham o’zining Android operatsion tizimining qaysidir qismlarini Rustda yozishayotganini 2021chi yilda yozgan ekan: https://security.googleblog.com/2021/04/rust-in-android-platform.html. Postda aytilishicha C va C++da yozilgan loyihalarda xotiraga aloqasi bor buglar bu eng qiyin buglardan ekan va ular umumiy buglarning 70%ni tashkil qilar ekan. Rustda esa, yana bir bor aytaman, bunday buglar chiqishi juda juda qiyin. Tassavvur qilinga, shuchaki boshqa tilda yozganingiz uchun 70% buglar yo’qolib qolsa.

Men hozir Amazon Web Services kompaniyasida ishlayman va 2 haftacha oldin biz ishlayotgan yangi serviceni ishga tushirdik: https://aws.amazon.com/verified-permissions/. Endi AWSga kirsangiz EC2, S3 kabi legenda xizmatlari orasida kamina ishlagan AVP ham bir qatorda turadi 😌. Uzr, chalg’ib ketdim. Hullas bu servisni ham biz Rust tilida yozganmiz va AWS ichida Rustning obro’si kun sari ortib bormoqda.

Facebookda ham shu ahvol: https://engineering.fb.com/2021/04/29/developer-tools/rust/. Appleda ham shu ahvol: https://twitter.com/oskargroth/status/1301502690409709568.

Men bu postim bilan Rust eng zo’r til demoqchi emasman. Shuchaki trendga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Bu til qiyin tilligini ham hisobga olib qo’yishimiz kerak. Birinchi til sifatida juda qiyinlik qiladi menimcha. Shuning uchun ham mening maslahatim agar siz dasturchi bo’lsangiz va ishdan so’ng nimani o’rganishni bilmayotgan bo’lsangiz, Rustni o’rganib qo’yish menimcha zarar qilmaydi.

@jakhonrakhmonov
👍1
Forwarded from IT Park Uzbekistan
🔍 8 iyul kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida Google I/O 2023 Extended konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

⌨️Google I/O Extended — Google tomonidan oʻtkaziladigan dasturchilarning yillik tadbiri boʻlib, unda kompaniyaning ochiq texnologiyalari va xizmatlari, jumladan, Android, Chrome, Chrome OS, Google API, Google Web Toolkit, App Engine va boshqalarni rivojlanishi muhokama qilinadi.

Batafsil | Ro‘yxatdan o‘tish
______

🔍 8 июля в 14:00 в Университете Инха в Ташкенте состоится конференция Google I/O 2023 Extended

⌨️Google I/O Extended - ежегодное событие для разработчиков, организованное Google, на котором обсуждаются развитие открытых технологий и сервисов компании, включая Android, Chrome, Chrome OS, Google APIs, Google Web Toolkit, App Engine и другие.

Подробно | Регистрация

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dilbar O'rinboyeva (Dilbar)
"Big O" haqida gaplashamiz

Dasturchilar sifatida biz doimo samarali kod yozishga intilamiz. Algoritmlarning samaradorligini tushunish bizga kodimizni optimallashtirish, mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni aniqlash va kengaytiriladigan ilovalarni yaratish imkonini beradi. Bu intiluvchan va tajribali dasturchilar uchun muhim mahoratdir.

Toʻliq maqolani bu yerda oʻqing: Maqola

#AlgoritmEfficiency #BigONotation #CodeOptimization #DeveloperSkills

Ushbu qiziqarli mavzu bo'yicha fikr va mulohazalaringizni kutaman! Keling, kodlash mahoratimizni birgalikda oshiraylik. 💪🔥

@u_dilbar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Dasturlashga qo'l urgan, lekin nimadan boshlashni bilmaydiganlar uchun 3-5 yillik plan:

— Nerd rejimiga o'ting: kuniga kamida 6 soat dasturlash bilan band bo'ling
— Computer Science mavzularini chuqur o'rganing
— Muntazam algoritmik masalalarni yeching (codewars, leetcode, va hokazo)
— Bitta dasturlash tilini mukammal o'rganing
— Web, mobil, yoki desktop development uchun kerak bo'lgan texnologiyalarni o'rganing
— O’zingizni pet proyektlaringizni yarating
— Har kuni ko'p kod yozing
— Tez-tez interview qiling (ishingiz bo'lsa ham)
— Vaqtida uxlang, ovqatlaning, va sport bilan shug'ullaning

Qolgani (ish, daromad, va xurmat) o'zi keladi. Natija darxol ko'rinmaydi, lekin albatta keladi - haqiqiy yutuqlar vaqt talab qiladi.

Jarayondan zavq oling!
👍1
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!

📆 15-iyul shanba kuni Toshkent shahri Mohirdev'da "UzGeeks July2023 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “PHP 8 bilan tanishuv. O'zgarishlar” - Sobirjonov Sanjarbek (Backend developer, Genesis Innovation);

2️⃣. “OOP va uning tamoyillari, design patternlar” - Ibragimov Diyorbek (Backend developer, Agrobank ATB).

3️⃣. "Introduction to GSAP" - Asliddin Hamrayev (Frontend developer, UIC Group)
🎉 Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(IT-Park oldi)

Hamkorlar:
Mohirdev
Thinkland

🏷 Tadbir Facebookda
👍3
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturlashni o'rganishga qiynalyapsizmi?

😵‍💫 Dasturlashga endi qadam qo'ygan bo'lsangiz sizda ham ko'pchilik dasturchilar kabi "bu soha menga emas ekan, dasturlash qiyin ekan, zerikib qolyabman..." kabi hayollar o'tayotgan bo'lsa kerak?

Unda sizni Azimjon Pulatov ishtirokidagi "Dasturlashni endi boshlaganimda qanday o’rganar edim?" deb nomlangan tadbiriga taklif etamiz.

Hozirda Amazon kompaniyasida ishlab kelayotgan Azimjon Pulatov tadbirda dasturlashni qanday o’rganganligi va agar bugun boshlaganida qanday o’rgangan bo’lishi haqida gapirib beradilar.

🎁 Hamda savol-javob qismi bo'lib, faol qatnashgan ishtirokchilarga maxsus sovg'alar ham taqdim etiladi.

📍26-iyul, chorshanba kuni, soat 09:30'da Mohirdev ofisida sizni kutib qolamiz

⚡️Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qiling:

👉 Ro'yxatdan o'tish

Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul va hamma uchun. Do'stlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
San'at asari.

Agile Development with Devops.

Oramizda manashunaqa tashkillashtirilgan workflowda ishlaydiganlar bormi?
🕐 Dasturchilar qanday daromad topadi? | Bepul seminar

Dasturchilar yaxshigina pul topishi haqida eshitganmiz. Ammo ular qanday qilib yuqori daromadga chiqqan? Dasturlashga endigina qadam qo'yganlarning bu sohadagi imkoniyatlari qanday?

⚡️Aynan shu savollarga javob topish uchun Backend Developer Botir Ziyatov mentorligida "Daromad olish imkoniyatlarini o'rganish" mavzusida bepul seminar tashkillanmoqda! 💥

Barcha dasturchilar, IT sohasiga qiziquvchilar va bu sferada yangi bo'lgan do'stlarimizni:

📆 | 6-avgust, yakshanba
| Soat 11:00 da
📍 |
Anor plaza, 4-qavatda bo'lib o'tadigan seminarga taklif qilamiz!

Seminarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishni unutmang👇🏻

➡️Ro‘yxatdan o‘tish

📞 | 90-808-37-38
Telegram | You tube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da uzoq kutilgan Java Day!

📆 5-avgust shanba kuni Toshkent shahri Mohirdev'da "UzGeeks x Java Community August2023 Java Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “Javada Concurrency” - Mamur Djurayev(Nextree Inc, Software Engineer), Rahmatjon Hasanov(Nextree Inc, Software Engineer);

2️⃣. “Envoy Proxy orqali Sidecars microservis patternini implement qilish” - Javohir Abdullaev (Software Engineer, EPAM Systems).

3️⃣. "Urishqoq dasturchi va chaqqon AT komanda" - Saidolim Djurayev (CTO, Moneff)

🎉 Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(IT-Park oldi)


Hamkorlar:
Java Community
Mohirdev
Thinkland

🏷 Tadbir Facebookda
🌐 UzGeeks.uz
👍4🆒2
Forwarded from Botir Ziyatov
Yangi dasturchilar va kompaniyalar orasidagi yoriq haqida.

Xozirgi vaqtda o'quv markazlar ko'plab dasturchilarni ishlab chiqarmoqda. Ayrim o'quv markazlari turli hil formatlarda dars o'tib o'quvchilarni yana ham kuchaytirishga, ularni ishga kirgazishga harakat qilishmoqda. Ammo...

Kompaniyalardagi holat ham juda tez o'zgarib bormoqda. Ya'ni talablar tezlik bilan yuqorilashib bormoqda. Ko'plab yirik kompaniyalarga xattoki 1 yil atrofida real ishlagan junior yoki strong junior lar ham kerak bo'lmay qolyapti.

Yaqinda bir guruh(45-50 tacha) o'quvchilar bilan ishlab olgan tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam. O'quv markazlarni bitirib chiqgan o'quvchilarning juda ko'pchiligi(~80% i) kuchsiz. Ular katta extimol bilan kompaniyalar qo'yayotgan talablarga to'g'ri kelmaydi.

O'quvchilarning kuchsizligiga ko'p faktrlar sabab bo'lishi mumkin:
1) Ustozlar. Real tajribaga ega, biror kompaniyada ishlayotgan ustozlik qila oladigan ustozlarning vaqti kam. Shuning uchun ham ularning vaqti juda qimmat turadi va odatiy grafikda dars o'ta olmaydi. Shu sababli o'quv markazlarda bunday ustozlar kam, deyarli yo'q.
2) O'quvchilarning o'zi. Yaqinda 40 taga yaqin o'quvchilarni interview qilib olgan xulosamdan shuni aytishim mumkinki, 85-90%(40 tadan 36 tachasi) o'zbek o'quvchilar muomila qilishni, tillarni tushunmaydi. Menimcha shu bo'yicha ham dars o'tish kerak. Ko'pchilik muomila va til(rus tili)ga deyarli e'tibor bermaydi. Aslida 40% shu skill lar sizni ishga kirgizadi.

Yana ko'p faktrlar bor, lekin men asosiy 2 tasini aytdim.

O'ylashimcha kompaniyalar va yangi dasturchilar o'rtasidagi yoriq kattalashib bormoqda. Ammo bu yoriqni ham yopadiganlar paydo bo'lmoqda. Davomi
👍3
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum
Bugun 14:00 da UzGeeksni navbatdagi meetupi bo’lib o’tadi.
Esingizdami?
👍1