Dr. Algorithm
3.05K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
👍2🔥1
Assalomu alaykum azizlar,

📊 Kecha berilgan so`rovnoma natijasiga ko`ra endi javoblarni 1 hafta o`tganidan keyin qo`yib boraman. Hammaga javobni topishga imkon berishimiz kerak.

🧩 Qizishib olish uchun bu hafta oson savollardan boshladik. Hafta oxiri qiyin savollarni ham berishni boshlaymiz.

👉 https://t.me/DrAlgorithm/285
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kollej Velosiped Qo`ng`iroqlari

Besh nafar talaba do'stlar universitetda turli fanlarni o'qishadi. Ular muntazam ravishda bir-birlarini ko'rishadi, chunki ular turli darslarga velosipedda borishadi va doimo velosiped qo'ng'irog`ida bir biriga "Salom" deb piching qilishadi.

Har birining turar joyi, universitetda o'qiyotgan fani va velosipedining rangini aniqlang.

Quyidagi mulohazalarni ko`rib chiqing, mulohazalar:
1. Tarix fakulteti talabasi (Xasan emas) Maxtumquli ko'chasida yashaydi va na kumush va na yashil velosipedga ega emas.
2. Afsonaviy yorqin zangori velosipedda yuradigan Diyorbek tarix yoki kompyuterni o'rganmaydi.
3. Nurafshon ko`chasida yashovchi talaba na Jamshid (muhandislik fakultetida tahsil olayotgan) emas va na psixologiya o`rganayotgan talaba (uning velosipedi na yashil na qizil emas) ham emas.
4. Kumush velosipedli talaba na Hamza ko`chasida yashaydigan talaba (Kompyuter fakultetida tahsil olayotgan) va na Sherzod emas (Chilonzor ko`chasida yashovchi).


👉 https://t.me/DrAlgorithm/286
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Assalomu alaykum, qadrli do`stlar.
Bugungi savolimiz 3 soatdan keyin chiqariladi. Tayyorlanish jarayonida.

Natijalaringizni yig`ib bormoqdamiz. Yaqin kunlarda bot ga o`tkazib olamiz. Shunda savol tagida muhokama qilish mumkin bo`ladi, javobni esa bot orqali yuborishingiz mumkin bo`ladi.

Savollar sonini ko`paytirish, qiyinroq savollar topish va kanal bilan ishlashni qulaylashtirish ustida ish olib bormoqdamiz.

👉 https://DrAlgorithm.t.me
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Gridblock

Quyidagi barcha 12 ta blokni jadval ichiga joylashtira olasizmi? Jadvaldan tashqaridagi raqamlar chapdan o'ngga yoki yuqoridan pastga qarab har bir satr yoki ustundagi ketma-ket qora kvadratlar sonini bildiradi.

Qora kvadratlarning har bir bloki boshqalardan kamida bitta oq kvadrat bilan ajratilgan. Masalan, 3, 2 raqamlari uchun, boshida 0 ta yoki kamida bitta oq kvadrat, keyin uchta qora kvadrat, kamida bitta oq kvadrat, yana ikkita qora kvadrat va undan keyin istalgan miqdordagi oq kvadratlar bo'lishi mumkin.

Har qanday shakl aylantirilishi yoki ag'darilishi mumkin. Hech bir bo'lak boshqa qismga tegishi mumkin emas, hatto diagonal tomondan bo'lsa ham.

https://t.me/DrAlgorithm/288
🧩 Sonlar ketma-ketligi (4-6 daqiqa)

Hafta davomida yengil darajadagi savollar berib keldim. Endi biroz qiyinlashtirsak. Albatta har hafta yengil savollar berib boraman. Lekin dam olish kunlarida vaqtni unumli o`tkazish uchun murakkabroq savollar berilsa, ko`pchilikka foyda bo`lsa kerak.

Demak savol: Quyidagi sonlarning mantiqiy ketma-ketligini toping va so`roq belgilari o`rniga mos sonlarni qo`yib chiqing.

https://t.me/DrAlgorithm/288
🧩 Yig`indini top

Oftob nomli restoranda biznes jadal rivojlanmoqda, bu yerda mijozlar Komil ismli ofitsiant va ayni vaqtdagi falsafa fakulteti talabasi bilan ular uchun o‘rnatgan “Yig`indini top” o‘yinidan zavqlanishadi. Mana o'ynash uchun yana bir imkoniyat.

Komil quyida ko'rsatilgandek raqamlarni joylashtirdi va siz to'rtta matematik belgilarni ( +, -, ×, ÷ ) qo'yish orqali ifodani teng qilishingiz kerak. Belgilar istalgan tartibda joylashtirilishi mumkin va ulardan birini ikki marta ishlatish mumkin.

👉 https://t.me/DrAlgorithm/290
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GITAdan ajoyib loyiha

Bugun GITA akademiyasi ajoyib loyihaga Start berishdi. “Kim Millioner bo’lmoqchi” ga o’xshash “Omadli dasturchi” loyihasini boshlashdi. O’xshash joyi siz millioner bo’la olasiz.

Shartlari oson:
1. Sizga 5 ta dastur sharti beriladi.
2. Online dastur tuzib, ishlatib ko’rsatishingiz kerak.
3. Savollar joyida tasodifiy (random) tanlanadi.
4. Har bir ishlagan dastur uchun pul yutug’i olasiz.
5. Oxirgi qadam, 5-dasturni tugatganingizda 1 Million ga ega bo’lasiz.

https://t.me/QudratAbdurahimov/179

O’zingizni sinab ko’ring. Bo’lajak dasturchilar uchun ajoyib loyiha!
👍52
Shu savolga ChatGPT ning javobi
👍7👎1
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
Omadli bo'lajak dasturchi! №1 soni Umarjon Ro`ziyev

Mehmonimiz 1 mln so'mdan, 500 ming so'mlik yutuqqa erishdi.

Loyixada dasturlashdan xabari bor xamma ishtirok etishi mumkin.

Ajab emas siz 1 mln so'mlik yutuqqa erishsangiz.

Qisqartirilgan variantda ko'rishingiz mumkin.
🕔 Vaqti: 14 minut 10 sekund

👉 Videoni ko'rish

👉 Omadli bo'lajak dasturchi! loyixasida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish

P.S. Postni dasturlashga qiziquvchi tanishlaringizga jo'natishni unutmang.

🧑‍💻 @QudratAbdurahimov - telegram kanaliga a'zo bo'ling.
👍2
Assalomu alaykum.

Erinmasdan, Ustoz-Shogird kanalidagi e'lonlarni sanab chiqdim.
Maqsadim, dasturlashda yo'nalish tanlay olmayotganlarga ko'maklashish.

Avvalroq yozgan postimda, tanlashda nimalarga e'tibor berish haqida yozgan edim.
Bugun erinmasdan, aprel oyidagi e'lonlarni sanab chiqdim.

Bu e'lonlar takroran qo'yilgan bo'lish ehtimoli bor. Shunday bo'lsa ham sanab ketaverdim. Sanashda ko'z bilan ko'rib sanadim, xato qilgan bo'lishim mumkin, +-1-2 ta

Ushbu rasm bo'yicha savollaringiz bo'lsa izohda qoldirishingiz mumkin.

PS: Ha aytgancha, PHPni tanlamay turing, meni shogirdlarim o'qishni boshlashdi, ular bitirib tez ishga kirvolishsin, konkurent ko'paytirmay turing, keyin tanlayverasiz bemalol 😅
👍3😁1
Forwarded from Sariq Dev
Ofisimga so'roqsiz kelgan 99% yoshlar bilan tahminan shunday suhbat boʻladi:

- Ustoz marsga raketa uchirmoqchiman, yordamingiz kerak.
- Qani, uka oʻzi nimalarni bilasan, shu paytgacha nima o'rganding?
- Varrak uchirib koʻrdim
- Ha unda biroz erta ekan, avval matematika va fizikani oʻrgan, keyin mexanika, keyin dvigatellar qanday ishlashini...
- Yoʻq, ustoz tushunmadiz, meni buncha vaqtim yoʻq, raketani ertaga uchirishim kerak.
- Qanday qilib axir asoslarni bilmasdan raketa uchirasan, kecha varrak uchirib yurgan boʻlsang.
- Shu ozgina joyiga sizni yordamiz kerakda, shu varrakni raketa qibersangiz boʻldi, foydani oʻrtada boʻlib olamiz.
- 🤬

Bu ilmsiz motivasiyaning samarasi. Motivatsiya burnidan chiqib ketgan, kalla boʻm-boʻsh. Maslahat soʻrab keladi, maslahatingizni bir tiyinga olmaydi.

@sariqdev
👍3💯2🤣1
Ravshanning raqamli harakati

Matematika ishqibozi, Ravshan, o'zining ziyofati uchun bog'idagi hovliga moslab raqamlar yozib chiqdi.
U o'zining mehmonlaridan biri Ehsondan kvadratlarning burchaklaridagi barcha nuqtalarni gorizontal yoki vertikal ravishda bog'laydigan uzilmas chiziq chizishni so'radi. Ba'zi qutilarda sonlar yo`q, boshqa ko`pchilik qutilarda bu qutining nechta tomoni chizilgan bo'lishi kerakligini ko'rsatadigan raqamlar mavjud. Agar quti bo'sh bo'lsa, uning istalgan tomonidan chiziq chizish mumkin.

👉 https://t.me/DrAlgorithm/296
👍1🏆1
Juda ajoyib maqola bo’libdi.

* Senior > Junior? - muammosi
* PHP yoki Python bellashuvlari
* Nega Yii, Laravel emas! Nega Spring, VertX emas? Nega Native, Flutter? kabi tortishuvlar
* san bilan ishlay olmas ekanman

🫴 https://t.me/donishmand23/239

Mavzulari javoblari yozilibdi. O’qib ko’rishingizni tavsiya qilaman.

https://t.me/DrAlgorithm/299
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
2023 yil qaysi dasturlash tilini o'rganish kerak?

17 yoshdan kattalar uchun tavsiyalar beramiz.

Maqsad tezroq, eng qisqa muddatda dasturchi bo'lib ish boshlash.

Dasturlashda qanday yo'nalishlar bor?

1) Tizimli dasturlash (C, C++)
2) Desktop (C#, QT)
3) Web
3.1) Frontend (Javascript, TypeScript)
3.2) Backend (Java, C#, PHP, Javascript, Python, GoLang)
4) Mobile (Android, iOs, Java, Kotlin, Flutter)
5) Game Dev (C#, Unity, [C++, unreal engine])
6) Data Science

👉 @QudratAbdurahimov kanaliga a'zo bo'ling

P.S. Dasturlashga qiziquvchi do'stlarga ham ulashamiz

https://www.youtube.com/watch?v=P-0pgGZip7M
👍3
Forwarded from Osmondagi bolalar
Oʻzbek tilida sun’iy intellekt asoschisi, Google’dan $100,000 grant yutgan professor bilan suhbat

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi mehmoni, Yeungnam universtiteti axborot texnologiyalari muhandisi PhD olimi, «Mohirdev »platformasi hamda Mohir AI asoschisi, «Universiti Sains Islam Malaysia» oliygohi professori va «Pythonda dasturlash asoslari» kitobi muallifi Anvar Nazrulloh bo'ldi.

🎯 Bu galgi sonda sun'iy intellekt, Malayziyadagi hayot, ChatGPT va mualliflik huquqi, dasturlash sohasidagi yoshlarga tavfsiyalar, Mohir AI hamda odamlar nega AyTi sohasidan foydalanishi kerakligi haqida o'zingiz uchun kerakli ma'lumotlarni olasiz degan umiddamiz.

🛎 Premyerani hoziroq tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/qDo6lkkPkMI
Bugun Micromouse haqida ko`rib qoldim. Manga juda yoqdi. Bizda ham shunday tadbirlarni tashkillashtirsak bo`lar ekan.

Eng qizzig`i, yoshlarimiz uyda o`tirib, robotni cloud da yasashlari mumkin ekan. Huddi git ga o`xshash, guruh bo`lib ishlasa ham bo`lar ekan.

Man uchun katta yangilik bo`ldi, sizga ham ulashishni afzal ko`rdim.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=ZMQbHMgK2rw

Reklama emas, farzandlarimizni qiziqtirish uchun yana bir boshqotirma!

🔊 https://t.me/DrAlgorithm/302
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆒42
Forwarded from Nodizayn
Mashhur kompaniyalarda ishlayotgan Ex-Super Dispatch’chilar safi yana bittaga ko’paydi. Diyorbek Pinterestga UX Engineer vazifasiga qabul qilinibdi.

Super Dispatchda ishlaganlar hozir quyidagi katta kompaniyalarda ishlashmoqda:
- Uber
- Amazon
- Spotify
- Booking
- Volvo Cars
- Pinterest

Aytgancha, Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti:

- Engineering Manager
- Senior Backend Engineer (Python)
- Senior Frontend Engineer
- Senior QA Engineer

Faqat Senior va undan yuqori darajadagi nomzodlar ko’riladi. Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va minnatdorlik, yaxshi mutaxassislarni taklif qilganlarga esa alohida “referral fee” beriladi.

Mahsulot va foydalanuvchilarga yaqinroq ishlashni, AQShdagi yuk tashish sanoatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishni xohlovchilar uchun juda yaxshi imkoniyat.

@nodizayn #superdispatch #hiringalert