Dr. Algorithm
3.05K subscribers
470 photos
52 videos
3 files
534 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Mandan ko`p so`rashadi. Farzandim AT ni o`rganmoqchi. Programmist bo`lmoqchi. Nima maslahat berasiz deb.

Agar farzandingiz programmist bo`lishni xohlasa, ertaga yangi g`oyalar ustida ishlashini xohlasangiz unda unga ertak kitob o`qiting (#1).

Qizziq-a? Nega aynan ertak kitob. Bizda buni nomini ertak kitob deyishadi. Boshqa davlatlarda fantastika asarlari deyishadi. Bolangizga hozir hayotda yo`q narsalarni tasavvur qilishiga imkon bering. Ertak o`qisin, fantastika o`qisin. Bekorga bollar Harry Potter ni o`qigani yo`q. Mayli ko`p joyini yaxshi tushunmagan bo`lsin. Lekin unda fikrlash paydo bo`ladi, masalaga turli tomondan yondashish rivojlanadi.

#2 maslahat esa, ko`proq mantiqiy savollarni yechishga harakat qilsin.
Qancha ko`p mantiqiy savol yecha olsa, shuncha ko`p IQ darajasi ortib boradi. Mantiqiy fikrlash tajribasi oshadi. Siz 20 yashar odamga 1,000 ta mantiqiy savol va yechimlari kitobini bersangiz ham u bularni o`rgana olmaydi. Lekin yoshligidan haftasiga 1-2 ta masala yechishdan boshlasa, 20 ga yetganida 5,000 talik tajribaga ega bo`ladi. Shu sababli ko`p mantiqiy savollarni yechishga bering.

#3 Programmistga matematika nima uchun kerak? Ertaga bari-bir hamma narsani kompyuter hisoblab beradi-ku! - deb juda ko`p aytishadi.
Matematika esa, farzandingizni aniqlikka o`rgatadi. Miyyasi sodda xatolarni tez topishga o`rganadi. E`tiborni oshiradi. Bitta yechimga 4-5 xil usulda yetib borishni o`rganadi. Siz bilmagan usulda masalani yechdimi, urishmang, aksincha, farzandingizdan o`rganishni o`rganing. Siz kuchli matematik bo`lsangiz ham farzandingiz sizdan o`tib ketganini sezmay qolasiz.


Davomi bor…

https://t.me/DrAlgorithm/277
👍41
🧩 Piramida va sonlar (1-3 daqiqa)

🗒 Maktab o`quvchilarini biroz qizdirib olish uchun Mr. Matada piramida ishlab chiqadi (rasmga qarang). Bu orqali bolalarning mantiqiy va mental matematika bilimlarini sinamoqchi bo`ladi. Har bir g`isht o`zining ostidagi 2 ta g`ish yig`indisiga teng (faqat eng tagidagi qator bundan mustasno). Masalan, F = A + B.

Barcha harflar qiymatini topa olasmi?

💡 Javobini ertaga etaman. Birinchi topgan 10 kishi ro`yxatini yuritib, oxirida sovg`a beraman.

https://t.me/DrAlgorithm/278
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🤭 Piramida masalasini yechishga qiynalayotganlar uchun:

H yoki B harfidan boshlang, Shunda sizda I va E kelib chiqadi.

* Mental fikrlash "Nima uchun, qanday?" savollariga asoslanib ishlashni o`rgatadi.

https://t.me/DrAlgorithm/279
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Domino taxtasi

Davron quyidagi sxema bo'yicha dominolarini ko'rsatish uchun maxsus stol yasaydi. Raqamlar ko'rsatilgandek stolga bo'yalgan. U o'z mehmoni Shavkatdan to'plamdagi 28 ta dominoni raqamlar ustiga joylashtirishni so'radi. Shunday joylash kerak-ki, stoldagi barcha raqamlar yopilishi kerak.

Quyidagi rasmdagi domino toshlarining konturlarini chizish orqali Shavkatga yordam bera olasizmi?

Belgilash qutisi sizga yordam berish uchun taqdim etiladi. Davron Shavkatni yo'lga tushirish uchun bitta domino qo'ydi. Domino toshlarini vertikal va gorizontal ravishda qo`yish mumkin, lekin diagonal va ustma-ust emas.

💡 Javobini ertaga etaman. Birinchi topgan 10 kishi ro`yxatini yuritib, oxirida sovg`a beraman.

https://t.me/DrAlgorithm/281
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Kechagi savolning javobi

Tekshirib ko`ring va xatolaringizni to`g`rilab oling. Agar bo`lsa..

Topa olganlar uchun katta rahmat!
Tropik baliqlar isiq suvni sevadi

Ko`pchilik maktab matematika darsidagi Venn diagrammalarini eslaydi. Falsafa o'qituvchisi Alisher jiddiyroq masalalarga o'tishdan oldin, Venn diagrammalaridan o'z talabalarining vizual mantiqiy va tezkor fikrlashini boshlash uchun foydalanishni yaxshi ko'radi. U quyida ko‘rsatilgan diagrammani tayyorlaydi, so‘ng o‘quvchilaridan: “Kim tez topa oladi? Bu diagrammaning qaysi qismida ko‘k dumli va sariq qanotli qorong‘uda porlab turadigan, lekin sovuq suvda yashamaydigan baliqlar tasvirlanganligini aniqlash mumkin?” deb so‘raydi. Davron birinchi bo'lib to'g'ri javob berdi.

Davron nima dedi?

https://t.me/DrAlgorithm/282
👍2🔥1
Assalomu alaykum azizlar,

📊 Kecha berilgan so`rovnoma natijasiga ko`ra endi javoblarni 1 hafta o`tganidan keyin qo`yib boraman. Hammaga javobni topishga imkon berishimiz kerak.

🧩 Qizishib olish uchun bu hafta oson savollardan boshladik. Hafta oxiri qiyin savollarni ham berishni boshlaymiz.

👉 https://t.me/DrAlgorithm/285
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kollej Velosiped Qo`ng`iroqlari

Besh nafar talaba do'stlar universitetda turli fanlarni o'qishadi. Ular muntazam ravishda bir-birlarini ko'rishadi, chunki ular turli darslarga velosipedda borishadi va doimo velosiped qo'ng'irog`ida bir biriga "Salom" deb piching qilishadi.

Har birining turar joyi, universitetda o'qiyotgan fani va velosipedining rangini aniqlang.

Quyidagi mulohazalarni ko`rib chiqing, mulohazalar:
1. Tarix fakulteti talabasi (Xasan emas) Maxtumquli ko'chasida yashaydi va na kumush va na yashil velosipedga ega emas.
2. Afsonaviy yorqin zangori velosipedda yuradigan Diyorbek tarix yoki kompyuterni o'rganmaydi.
3. Nurafshon ko`chasida yashovchi talaba na Jamshid (muhandislik fakultetida tahsil olayotgan) emas va na psixologiya o`rganayotgan talaba (uning velosipedi na yashil na qizil emas) ham emas.
4. Kumush velosipedli talaba na Hamza ko`chasida yashaydigan talaba (Kompyuter fakultetida tahsil olayotgan) va na Sherzod emas (Chilonzor ko`chasida yashovchi).


👉 https://t.me/DrAlgorithm/286
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Assalomu alaykum, qadrli do`stlar.
Bugungi savolimiz 3 soatdan keyin chiqariladi. Tayyorlanish jarayonida.

Natijalaringizni yig`ib bormoqdamiz. Yaqin kunlarda bot ga o`tkazib olamiz. Shunda savol tagida muhokama qilish mumkin bo`ladi, javobni esa bot orqali yuborishingiz mumkin bo`ladi.

Savollar sonini ko`paytirish, qiyinroq savollar topish va kanal bilan ishlashni qulaylashtirish ustida ish olib bormoqdamiz.

👉 https://DrAlgorithm.t.me
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Gridblock

Quyidagi barcha 12 ta blokni jadval ichiga joylashtira olasizmi? Jadvaldan tashqaridagi raqamlar chapdan o'ngga yoki yuqoridan pastga qarab har bir satr yoki ustundagi ketma-ket qora kvadratlar sonini bildiradi.

Qora kvadratlarning har bir bloki boshqalardan kamida bitta oq kvadrat bilan ajratilgan. Masalan, 3, 2 raqamlari uchun, boshida 0 ta yoki kamida bitta oq kvadrat, keyin uchta qora kvadrat, kamida bitta oq kvadrat, yana ikkita qora kvadrat va undan keyin istalgan miqdordagi oq kvadratlar bo'lishi mumkin.

Har qanday shakl aylantirilishi yoki ag'darilishi mumkin. Hech bir bo'lak boshqa qismga tegishi mumkin emas, hatto diagonal tomondan bo'lsa ham.

https://t.me/DrAlgorithm/288
🧩 Sonlar ketma-ketligi (4-6 daqiqa)

Hafta davomida yengil darajadagi savollar berib keldim. Endi biroz qiyinlashtirsak. Albatta har hafta yengil savollar berib boraman. Lekin dam olish kunlarida vaqtni unumli o`tkazish uchun murakkabroq savollar berilsa, ko`pchilikka foyda bo`lsa kerak.

Demak savol: Quyidagi sonlarning mantiqiy ketma-ketligini toping va so`roq belgilari o`rniga mos sonlarni qo`yib chiqing.

https://t.me/DrAlgorithm/288
🧩 Yig`indini top

Oftob nomli restoranda biznes jadal rivojlanmoqda, bu yerda mijozlar Komil ismli ofitsiant va ayni vaqtdagi falsafa fakulteti talabasi bilan ular uchun o‘rnatgan “Yig`indini top” o‘yinidan zavqlanishadi. Mana o'ynash uchun yana bir imkoniyat.

Komil quyida ko'rsatilgandek raqamlarni joylashtirdi va siz to'rtta matematik belgilarni ( +, -, ×, ÷ ) qo'yish orqali ifodani teng qilishingiz kerak. Belgilar istalgan tartibda joylashtirilishi mumkin va ulardan birini ikki marta ishlatish mumkin.

👉 https://t.me/DrAlgorithm/290
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GITAdan ajoyib loyiha

Bugun GITA akademiyasi ajoyib loyihaga Start berishdi. “Kim Millioner bo’lmoqchi” ga o’xshash “Omadli dasturchi” loyihasini boshlashdi. O’xshash joyi siz millioner bo’la olasiz.

Shartlari oson:
1. Sizga 5 ta dastur sharti beriladi.
2. Online dastur tuzib, ishlatib ko’rsatishingiz kerak.
3. Savollar joyida tasodifiy (random) tanlanadi.
4. Har bir ishlagan dastur uchun pul yutug’i olasiz.
5. Oxirgi qadam, 5-dasturni tugatganingizda 1 Million ga ega bo’lasiz.

https://t.me/QudratAbdurahimov/179

O’zingizni sinab ko’ring. Bo’lajak dasturchilar uchun ajoyib loyiha!
👍52
Shu savolga ChatGPT ning javobi
👍7👎1
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
Omadli bo'lajak dasturchi! №1 soni Umarjon Ro`ziyev

Mehmonimiz 1 mln so'mdan, 500 ming so'mlik yutuqqa erishdi.

Loyixada dasturlashdan xabari bor xamma ishtirok etishi mumkin.

Ajab emas siz 1 mln so'mlik yutuqqa erishsangiz.

Qisqartirilgan variantda ko'rishingiz mumkin.
🕔 Vaqti: 14 minut 10 sekund

👉 Videoni ko'rish

👉 Omadli bo'lajak dasturchi! loyixasida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish

P.S. Postni dasturlashga qiziquvchi tanishlaringizga jo'natishni unutmang.

🧑‍💻 @QudratAbdurahimov - telegram kanaliga a'zo bo'ling.
👍2
Assalomu alaykum.

Erinmasdan, Ustoz-Shogird kanalidagi e'lonlarni sanab chiqdim.
Maqsadim, dasturlashda yo'nalish tanlay olmayotganlarga ko'maklashish.

Avvalroq yozgan postimda, tanlashda nimalarga e'tibor berish haqida yozgan edim.
Bugun erinmasdan, aprel oyidagi e'lonlarni sanab chiqdim.

Bu e'lonlar takroran qo'yilgan bo'lish ehtimoli bor. Shunday bo'lsa ham sanab ketaverdim. Sanashda ko'z bilan ko'rib sanadim, xato qilgan bo'lishim mumkin, +-1-2 ta

Ushbu rasm bo'yicha savollaringiz bo'lsa izohda qoldirishingiz mumkin.

PS: Ha aytgancha, PHPni tanlamay turing, meni shogirdlarim o'qishni boshlashdi, ular bitirib tez ishga kirvolishsin, konkurent ko'paytirmay turing, keyin tanlayverasiz bemalol 😅
👍3😁1
Forwarded from Sariq Dev
Ofisimga so'roqsiz kelgan 99% yoshlar bilan tahminan shunday suhbat boʻladi:

- Ustoz marsga raketa uchirmoqchiman, yordamingiz kerak.
- Qani, uka oʻzi nimalarni bilasan, shu paytgacha nima o'rganding?
- Varrak uchirib koʻrdim
- Ha unda biroz erta ekan, avval matematika va fizikani oʻrgan, keyin mexanika, keyin dvigatellar qanday ishlashini...
- Yoʻq, ustoz tushunmadiz, meni buncha vaqtim yoʻq, raketani ertaga uchirishim kerak.
- Qanday qilib axir asoslarni bilmasdan raketa uchirasan, kecha varrak uchirib yurgan boʻlsang.
- Shu ozgina joyiga sizni yordamiz kerakda, shu varrakni raketa qibersangiz boʻldi, foydani oʻrtada boʻlib olamiz.
- 🤬

Bu ilmsiz motivasiyaning samarasi. Motivatsiya burnidan chiqib ketgan, kalla boʻm-boʻsh. Maslahat soʻrab keladi, maslahatingizni bir tiyinga olmaydi.

@sariqdev
👍3💯2🤣1
Ravshanning raqamli harakati

Matematika ishqibozi, Ravshan, o'zining ziyofati uchun bog'idagi hovliga moslab raqamlar yozib chiqdi.
U o'zining mehmonlaridan biri Ehsondan kvadratlarning burchaklaridagi barcha nuqtalarni gorizontal yoki vertikal ravishda bog'laydigan uzilmas chiziq chizishni so'radi. Ba'zi qutilarda sonlar yo`q, boshqa ko`pchilik qutilarda bu qutining nechta tomoni chizilgan bo'lishi kerakligini ko'rsatadigan raqamlar mavjud. Agar quti bo'sh bo'lsa, uning istalgan tomonidan chiziq chizish mumkin.

👉 https://t.me/DrAlgorithm/296
👍1🏆1