Dr. Algorithm
4.4K subscribers
673 photos
66 videos
4 files
664 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
London Tech Week 2026

O‘zbekistondan IT Park ham bu tadbirda qatnashmoqda.


Bugun London Tech Week 2026ga borish nasib qildi. Juda katta tadbir. Ajoyib tashkil qilingan.

Bizning Vatandoshlar ham ishtirok etishmoqda. Rasmda ko‘rganingizdek loyihalar bilan kelishgan.

Qaysi loyihani tanidingiz?

Katta zaldagi odaaamni ko‘rgan bo`lsangiz kerak.

AI Session shu yerda bo‘lmoqda.


Faqat Premium va Full access bilan kelganlar kira olar ekan. Bechora £100 ga chipta olganlar kira olmas ekan. Kamida £800 to‘lash kerak.

Lekin bizning UzTech UK (@UzTechUK) jamoasi a'zolari xuddi o‘zini uyida yurgandek, kirib-chiqib yurishibdi. Kelsangiz sizga ham o‘rgatamiz.

InfoSec tadbiriga qaraganda 4 bahoga arziydi. O‘ylaymanki kelajakda bular ham rivojlanishadi.

Londonda bo‘lsangiz albatta kirib o‘ting. Faqat ro‘yxatdan o‘tish esdan chiqmasin.


08.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍15🔥5😁31
Tetris o‘yinida #1 bo‘ldim

Menga g‘oya rosa yoqdi. Zo‘r o‘ylashgan ekan.


3D tetris o‘ynab ko‘rganmisiz?

San'at xonasi bor. Unda 3D rasm va videolar qo‘yishadi. Bu safar esa Tetris o‘yini qo‘yishgan ekan. Eng qiziq joyi, QR kodni o‘qib, o‘ynasa bo‘ladi.

Qayday qilib?

Har 5 daqiqada chap devorda QR kod ko‘rsatiladi ekan. Uni o‘qitganingizdan keyin navbatga tushasiz. 5-10 daqiqa ichida navbatingiz keladi va siz qaysi rangda o‘yinda ekaningiz ko‘rsatiladi.

Xona shiftida sizning rangdagi shakl paydo bo‘ladi. Telefondan boshqarasiz va devordagi harakatni kuzatib borasiz. Eng ko‘p ball to‘plagan yutar ekan. Sizga cheklangan sonda shakl berishadi. Hamma o‘yindan bahramand bo‘lishi uchun.

Bizda ham qilsa bo‘lar ekan.

Buning uchun 4-5 ta proyektor, katta xona va internet bo‘lsa yetarli. Har yarim soatda bitta yangi video yoki o‘yin qo`ysa bo‘ladi.
Orada reklama ham chiqarish mumkin.
Eng asosiysi, odamlar avval ko‘rmagani uchun ko‘p keladi.

Biror katta do‘kon atrofida yoki parklarda qilib ko‘rsa bo‘ladigan g‘oya ekan.

Yoshlikni eslab, 3-4 daqiqa o‘ynay oldim. Ballarimiz bil xil bo‘lgani uchun 2 kishi #1 bo‘ldik. Menda yashil edi.


09.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍11🔥9
Forwarded from Farkhod - AI PM
Anthropic Fable 5

– Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) asosidagi Enterprise tariflariga kiritiladi.

– 23-iyundan boshlab esa Fable 5 ushbu tariflardan olib tashlanadi. Shundan keyin undan foydalanish uchun foydalanish kreditlari (usage credits) talab qilinadi. Agar tizim quvvati yetarli bo‘lsa, biz ushbu bepul foydalanish muddatini uzaytiramiz.

– Keyinchalik, imkoniyat va quvvat yetarli bo‘lganda, Fable 5ni yana obuna tariflarining standart qismi sifatida qayta tiklashni rejalashtirmoqdamiz. Buni imkon qadar tezroq amalga oshirish niyatidamiz.

https://www.anthropic.com/news/claude-fable-5-mythos-5

P.S. Yuqoridagi matn AI bilan tarjima qilingan.

------

@farkhod_com
🔥9👍2
Gemini'ni ham boshini yeyishdi.

Ana bo`lmasa

Gemini’ni ham boshini yeyishdi. Etdim-a Mythos’ga hali erta deb.

Bugun Gemini ishlamayapti. Bitta so‘rovni 3-4 marta yubordim, alohida oynada ochib ko‘rdim, keshni tozalab ko‘rdim, - yordam bermadi.

Bu SI korxonalari jangi qattiq ketvotti shekilli-a?


Sizda ham bugun Gemini ishlamadimi?


🔄 UPD: Ishladi. 18:00 UTC.

10.06.2026 London
@DrAlgorithm
😁9💯2
10% off a new Google Pixel

Har oy Google manga:

- Do‘stlaringga yaxshilik qil. Mabodo kimdir telefon olmoqchi bo‘lsa, arzonroq olsin!

deb email yozadi. E’tibor bermas edim. Keyin shu hafta o‘zim ham ishlatib ko‘rdim.

Rostdan ham 10% arzonga olsa bo‘lar ekan.


Essiz, undan avvalgi kodlarni ishlatmagan edim. Kuyib ketibdi.

Shunga kimga kerak bo‘lsa, marhamat. Bozorilani bersin!

9 ta kod bor ekan, shu yerga:

1. REF-MJ4S4TV9CHU5PHYZE8C2Z9Z

2. REF-7RQLDANHHJT85RDDLWOKL66

3. REF-MHBBMXV9VLB0EK5897N83FW

4. REF-41AJOQO98MYILAHKKX9AS42

5. REF-OYZ2U2VZHKT5TYGWEDWDDGZ

6. REF-5A6T4RXZVSQDIIMJSCZHD5J

7. REF-EUJF2SN3UAGZ94PIEO9W5IF

8. REF-DEIV13RCVQ0F1F1AOACFKUF

9. REF-85YTMND5N3ZY4TB83PGU1L2


Muddat: 31/07/2026

11.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍20🔥6
Farkhod - AI PM
Anthropic Fable 5 – Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) asosidagi Enterprise tariflariga kiritiladi. – 23-iyundan boshlab esa Fable 5 ushbu tariflardan olib tashlanadi. Shundan keyin undan…
Fable 5 - qoʻllanma

Claude Fable 5 modelini ishlatish boʻyicha qoʻllanma chiqardi.


Endi Fable 5 ni maksimal darajada qiynab koʻrsangiz boʻladi.

https://platform.claude.com/docs/en/build-with-claude/prompt-engineering/prompting-claude-fable-5

Shu paytgacha yasab kelgan Skill'larimiz endi kerak boʻlmasligi mumkin.

Opus bilan asosiy farqlaridan biri Fable 5 mustaqil fikrlay oladi. Murakkab masalani oldindan aytsangiz, unumliroq boʻladi ekan.

Maqolani oʻqib, ishlatib koʻrganlar boʻlsa, fikringizni qoldirsangiz. Hammamiz uchun foydali boʻladi.


11.06.2026 London
@DrAlgorithm
17👍1
Forwarded from Ali Ahmad
17👍8🔥2😁2
Dr. Algorithm
Voice message
Alisher Tajiyev tajribalarida bo‘lgan holat haqida aytib berdilar.

🎧 https://t.me/DrAlgorithm/1181

Korxonaning tajribasini SIga o‘rgata olish - haqida aytib o‘tganlar.

Yana korxonanigzda samarali ishni tashkil qilish va SIdan unumli foydalanish uchun foydali ko‘rsatma bor. Eshitib ko`ring, foydasi tegsa hursand bo‘lamiz.

~~~

11.06.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍621
Moliyaviy savodxonlik

Pulni Dollarda (US $) saqlasang yutqazmaysan.

degan ajoyib fikrlash bor bizda. Lekin buni xato ekanini ko‘pchilik bilmaydi.

Oddiy misollar bilan ko‘p tushuntirilgan. Shunga biroz boshqacha qilib aytib o‘tsam.

Har yili davlatlar iqtisodiyotiga qarab, ularning puli qadri tushadi. Avvallari USD $ va boshqa valyutalar 1%-2% inflatsiya bo‘lgani uchun, odamlar shu pulda saqlashni o‘ylashgan. Chunki o‘zining pul birligiga 15%-20% inflatsiya bo‘lgan.

Sizda 1,000,000 so‘m bor deylik. Bu pulga 10kg go‘sht beradi.
5 yil o‘tganidan keyin ham sizda 1,000,000 so‘m pul bor. Lekin endi unga 8kg go‘sht beradi.

Demak, resurs bilan solishtirsa, farqi seziladi.

Dollar $ da ham shunday. Faqat 5 yil emas 15 yilda shu farz seziladi. Lekin bu farq bor.

Bugun Ilon Mask (Elon Mask) 1 Trillion sohibi bo‘ldi deb e’lon qilindi (rasm).


Bu nima degani?

Kimdir boyib ketdi emas, pulning qadri shunchalik kamayib ketdi-ki. Endi bizga Milliard katta emas, endi Trillionda gaplashishimiz kerak, - degani.

Bu tanganing 2-tomoni.

Unda nima qilishim kerak?

* Arzon vaqtida o‘qish kerak. Pulni harakatga keltiradigan narsalarni o‘ylash kerak.
* Pulni tejash emas, uni ko‘proq ishlab topish usullarini o‘rganish kerak.
* Cheklangan resurs - Vaqt. Aynan shuni konstanta qilib, unga bog‘lik Pul va Bilimni oshirish kerak.

Bir Vatandoshimiz darslarida etganlaridek:
Quvvat (Energiya) = Vaqt * Pul * Bilim


Qaysi biri sizga kam bo‘lsa, shuni boshqasi yordamida sotib oling. Doim hammasi katta bo‘lishi kerak. Bittasi ko‘p bo‘lib, qolgani kichik bo‘lsa, quvvat (energiya) ham kam bo‘ladi.

* Vaqt ko‘pligida ilm olish, ko‘p ishlash kerak.
* Pul ko‘pligida kurs sotib olib, o‘qish va odam ishlatib, vaqtni tejash kerak.
* Bilim ko‘payganida esa, qaydan qilib Pul topish va Vaqtni tejashni fikrlash kerak.

Quvvatingiz ko‘p bo‘lsin.


Birovning muvaffaqiyatini o‘ylab, vaqtingizni ketkazmang. O‘zingiz ustingizda ishlang.

Dam olish kunlaringiz foydali o‘tsin!

12.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍64🔥2110🤝1