Dr. Algorithm
4.36K subscribers
662 photos
64 videos
4 files
661 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ
“UzGeeks Conf 2026” tadbiri oʻtkazildi

⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori A. Eshankulov ochib berdi.

⬇️“UzGeeks Conf 2026”da malakali mutaxassislar oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi:
➡️Startupni bozorga testlash, GTM da marketing usullari - Abduroziqov Safarmurod (AURA Digital, CEO);
➡️Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI - Senior Product manager);
➡️Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager);
➡️Sunʼiy intellekt sizning ishingizni oladimi yoki yoʻqmi? - Ozodbek Ulmasov (Zarela.ai , CTO);
➡️Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO);
➡️SI davrida Shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash - Saidolim Djuraev (Moneff, CTO);
➡️Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO);
➡️Sunʼiy intellekt - Ertaga Kech! - Anvar Narzullaev (Mohirdev, CEO).


Taqdimotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. Tadbir suratlari esa bu yerda.

Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍7
EDU.DIGITAL.UZ
“UzGeeks Conf 2026” tadbiri oʻtkazildi ⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori A. Eshankulov ochib berdi. ⬇️“UzGeeks…
Assalomu alaykum do‘stlar,

UzGeeks tadbiri haqida maqola chiqibdi.
Barcha tadqimotchilarning taqdimot fayllarini ham Telegramga yuklangan.

Tadbir vaqtida taqdimotlarni so‘raganlar bor edi. Yuklab olishingiz mumkin.

Yana rasm va video materiallar tayyor bo‘lganida xabar beraman.

27.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
3👍14💯1
1 oy tekin ekan.

🧑‍💻 https://bytebytego.com

Assalomu alaykum do‘stlar,
Nodirjonga rahmat. Dasturlash bo‘yicha foydali kitoblarni tekinga o‘qish imkonini tavsiya etdilar.

Ishga kirishga tayyorlanayotganlar uchun foydali manba ekan.


Sizga ham ulashgim keldi.

30.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍7🤯2
Forwarded from Sariq Dev
Birinchi javobni o'ziyoq nuqtasiga urdi. Mutaxassislar bilgan narsasini samaraliroq bajarib, bilmagan narsasini tezroq o'rganishayapti.

Ilmsizlarda esa bilim emas "bilim illyuziyasi" paydo bo'layapti. Ya'ni nimanidir o'rgandim (chunki bajardim) deb o'ylaydi, lekin nima bajarganini (va o'rganganini) o'zi tushunmaydi.

Buning oldini olish haqida keyingi postlarda yana to'xtalaman.

@sariqdev
👍31🔥6🤔21
Assalomu alaykum do‘stlar,

Bir tanishimiz O‘zbekiston to‘lov tizimlari bo‘yicha dissertatsiya yoqlash harakatidalar. Hozirda Angliyada magistraturada o‘qimoqdalar.

Bitta so‘rovnoma qilishlari kerak ekan, shunga yordam bera olamizmi?


👉 https://app.onlinesurveys.jisc.ac.uk/s/northumbria/fintech-adoption-trust-and-regulatory-challenges-in-uzbekistan-

So‘rovnoma ingliz tilida. Payme, Click, Uzum va boshqa FinTechlarni ishlatish haqida fikringizni so‘ragan ekanlar.

Qatnashaningiz uchun katta rahmat!


03.05.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9💯5
Xushnudbek.uz
❗️Jismoniy shaxslarning oʻz bank kartalari oʻrtasidagi pul oʻtkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish, naqdsiz toʻlovlarni aholi uchun qulay boʻlgan shakllarini koʻpaytirish, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki va yoqilgʻi sotish sohalarida xarid cheki boʻyicha hisoblangan keshbekni tezkor qaytarish imkoniyatini yaratish taklif etildi.
Bank kartalari orasidagi o`tkazma komissiyasiz qilinar ekan.

Bu juda zo‘r taklif.


Buni davomini ham qilish kerak.

Bank o‘tkazmalari uchun ham tekin qilish kerak.


Aslida bank va boshqa to‘lov tizimlari xizmatlari uchun pul olishi kerak. Odamlarning to‘lovlarini ustiga o‘tirishi kerak emas.

Odam naqd pulni ishlatishi kabi bank hisob raqamini boshqarish qanchalik oson bo‘lsa, odamlar naqdsiz yo‘lga tez o‘tadi.


Ovqatlandingiz. 123,000 ni 4 kishi bo‘lishishingiz kerak. 30,750 dan tushadi. 250 qaytimni qayerdan olasiz?

Agar bank mobil app yaxshi ishlasa edi, shuni odamlar mobil app orqali qilar edi.

Taklif zo‘r bo‘libdi. Qabul qilib, ishga tushib ketsa yaxshi bo‘ladi.
Davomini ham qilishsa, yanada foydali edi.


05.05.2026 London
@DrAlgorithm
👍31🔥16
Forwarded from Saud Abdulwahed
Shanba kuni kech soatlarda Saidolim a.k.a @DrAlgorithm bilan jonli efir bo'lib o'tadi.

Mavzuni Tas-ix tarmog'i va ahamiyatini tushinishga atamoqchiman. Men uchun ochilmagan va juda qiziq mavzu. Uning ahamiyati va imkoniyatlari hamda O'zbekistondagi Internet dunyosi "tug'ilishi" jarayonlarini o'rganamiz.
🔥14
Assalomu alaykum do‘stlar,

Saud Abdulwahed bilan suhbat uyushtirmoqchimiz.


Shanba, 9 May kuni 19:00da bo‘lishi reja qilingan.
Mavzu: Tas-ix tarmog‘i.

Agar sizga ham mavzu qiziq bo`lsa, savollaringizni shu xabar ostida qoldiring. Suhbat davomida inobatga olishga harakat qilamiz.

Aytgancha. Mavuzda albatta Xakerlar mavzusi bo‘ladi. Shu sababli xakerlikka doir kitob sovg‘asi ham tashkil etiladi.

Eng yaxshi savol bergan 15ta insonga Hacker Kitobi sovg'a qilamiz. 10ta Saidolim aka tomonlaridan 5ta Saud aka.


Shanba kuni ko‘rishguncha.

07.05.2026 London
@DrAlgorithm
🔥27👍1